Ученый XXI века • 2016 • № 11 (24)
37
УДК 004.9
TASVIRIY SAN’AT DARSLARINI O’QITISHDA CORELDRAW GRAFIK MUHARRIRI
IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH
U.X. Xayitov
1
, D. Shokirova
2
Rezyume
Maqolada tasviriy san’at darslarini oqitishda Corel Draw grafik muharriri
imkoniyatlaridan foydalanish, ular orqali dars jarayonini tashkillashtirish usullari va
ularning o’quv tarbiyaviy jarayondagi o’rni haqida fikrlar tahlil etilgan
Таянч сўзлар: Corel Draw редактори, мультимедиа, анимация, электрон
қ
ўлланма, интернет.
O’zbekiston Respublikasida chuqur, keng ko’lamli
islohotlar amalga oshirilar
ekan, uzluksiz iqtisodiy ta’lim tizimini shakllantirishga birinchi darajali ahamiyat
berilmoqda. Prezidentimizning 2002 yil 30 maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada
rivojlantirish va axborot – kommunikastiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida”
farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va
vazirlikning bu boradagi tegishli ko’rsatmalari o’quv-ta’lim jarayonlarida axborot–
kommunikastiya texnologiyalarini keng joriy etish hamda xalqaro axborot ta’lim
resurslaridan samarali foydalanish va ularni mahalliy resurslar bilan uyg’unlashtirish
yo’lida munosib zamin yaratadi. Mamlakatimiz rivojlanishining muhim sharti
zamonaviy iqtisod, fan, madaniyat, texnika, texnologiya rivoji asosida kadrlar
tayyorlashning takomillashgan tizimiga amal qilish bo’lib hisoblanadi. Mavjud ta’lim
tizimini tubdan isloh qilish va milliy dasturni zamonaviy
ilmiy tafakkur yutuqlariga,
ijtimoiy tajribaga tayangan holda, uzluksiz ta’lim tizimini barcha shakldagi ta’lim
muassasalarida ta’lim jarayonini ta’minlovchi ilg’or ilmiy metodik texnologiya sifatida
amalga oshirishdir. Bulardan ko’rinadiki, hozirgi paytda ta’limga, xususan informatika
fanini o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiya va axborot texnologiyalarini jadal tadbiq
etish, ta’lim jarayonini kompyuterlashtirish etakchi pedagogik – metodik g’oyaga
aylangan. Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yilgan muhim talablardan biri
ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga
erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchiga etkazib berish,
ularda ma’lim faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarini hosil qilishdir. Shu bilan
birgalikda zamonaviy texnologiyalar o’quvchilarni egallayotgan bilimlarini o’zlari
qidirib topishga, mustaqil o’rganib,
tahlil qilishga, hatto xulosalarni ham o’zlari
keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. Dars ta’limning asosiy shakli bo’lib, o’qituvchi bu
jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit
yaratadi, boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik vazifasini bajaradi, o’quvchi esa qo’yilgan
muammolarni hal qilishda “faol qatnashuvchi” sifatida ishtirok etadi. Kasb – hunar
kollejlari o’quvchi – talabalarini o’qitishda zamonaviy o’qitish usullari - interaktiv
metodlar, innovastion texnologiyalarning o’rni kattadir.
Barcha sohalar kabi loyihalash ishlarida ham kompyuterning dasturiy
vositalaridan foydalanish amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda kompyuterning grafik
imkoniyatlaridan foydalanish zamon talablaridan biridir. Zamonaviy bino va
inshootlarni loyihalashda, hujjatlarni bezashda, matbuotda
vektorli grafikaga
mo’ljallangan CorelDraw dasturiy paketi grafik dizaynli har qanday ishlarni bajarishda,
elektron hujjatlar tayyorlashda qo’l keladi. CorelDraw dasturiy paketi takomillashib,
ko’p imkoniyatlarga ega bo’lgan vositaga aylandi. Dastur oynasida loyihalash ishlariga
mo’ljallangan shunday uskunalar paneli piktogrammalari mavjud bo’lib, ular yordami-
da chegaraviy chiziqlar, millimetr o’lchami, soya berish, masshtabni o’zgartirish, matn
1
Хайитов Умиджон Хамидович – преподаватель, Бухарский государственный
университет, Узбекистан.
2
Шакирова Дилором – преподаватель, Каганский профессиональный колледж
дошкольного образования и сервиса, Узбекистан.
Педагогические науки
38
yozish, diagrammalar, tayyor figuralar va shakllardan foydalanib chizish, chiziq turlari,
ob’ektlarni biror burchakka burish va boshqa amallarni mukammal bajarish mumkin.
Bu imkoniyatlardan loyihalash jarayonida keng foydalaniladi. CorelDraw fazoviy figu-
ralar va tekislikdagi shakllarni
tasvirlovchi dastur hisoblanib, kompyuter grafik im-
koniyatlarining deyarli barcha jihatlarini ochib beradi. Dastur uch o’lchamli fazoda ish
olib borishga mo’ljallangan. Dasturiy paketdan qurilish va arxitektura mutaxassisligiga
yo’naltirilgan kollejlarda hamda chizmachilik, geometriya fanlari chuqur o’rgatiladigan
listeylarda informatika darslarida foydalanilsa, samarali natijalarga erishiladi. Masa-
lan, talabalar chizmachilik darslarida bino va inshootlarning old ko’rinishi – bosh
fasad, orqa tomondan ko’rinishi – hovli fasadi, yon fasadlari, ustidan ko’rinishini
tomning planini chizishni hamda geometriya darslarida fazoviy shakllarni chizishni
amaliy mashg’ulotlarda kompyuterda bajarib ko’radilar. Har xil animastiyalardan foy-
dalanib, shakllarni harakatga keltiradilar. Bu esa shu fanga qiziqishni orttiradi va
darsning samaradorligini ta’minlovchi omillardan biri hisoblanadi.
1.CorelDraw dasturiy paketidagi turli animastiyalar
loyihaning chiroyli
bo’lishini ta’minlaydi. Bu esa yoshlarimizning nozik didli, mustaqil fikrli bo’lib etish-
ishlariga yordam beradi.
2.CorelDraw dasturiy paketi boshqa grafik muharrirlarga nisbatan matnlar
bilan yaxshi ishlaydi, ya’ni nashriyot tizimlarida, masalan, yumoristik yoki boshqa
kitoblarni har xil, turli o’lchamdagi harflar bilan yozish mumkin. O’quvchilar bu dastur
bilan ishlash jarayonida shunga amin bo’ladilarki, uning boshqa grafik muharrirlardan
imkoniyati keng, mavjud amallar ancha ko’p va murakkabdir
. Bu muharrirda fayl va
ularning kengaytmasi file.cdr ko’rinishda bo’lib, fayllarni import va eksport qilishda
eng yaxshi qulayliklarga ega hisoblanadi. CorelDraw vektorli grafik muxarririda tasvir
ixtiyoriy shakldagi konturlardan iborat bo’ladi. Bu konturlardan tasvir yaratiladi.
Yaratiladigan kontur bir yoki bir nechta segmentlardan iborat bo’ladi.
3.CorelDraw dasturi bilan ishlash jarayonida ob’ektlar ustida murakkab
amallarni bajarish imkoniyati mavjud. Ob’ektlar ustida
ish bajarish jarayonida
menyudan, klaviaturadan, sichqonchadan, uskunalar panelidan foydalanish mumkin.
Foydalanuvchiga qaysi usuldan foydalanish qulay bo’lsa uni o’zi tanlaydi. Bu dasturda
nafaqat shakllar yaratish, balki ularga rang berish, belgilangan konturning xohlagan
tugunining o’rnini o’zgartirish imkoniga ega vertikal uskunalar paneli mavjud Bu esa
foydalanuvchiga qator qulayliklar yaratib beradi. Vertikal uskunalar panelida
joylashgan tugmalar juda ko’p funkstiyalarni bajaruvchi bo’lib, tugmalarning o’ng
tomoni pastida joylashgan belgi orqali ochiluvchi tugmalarni tavsiya etadi Bu esa
tanlash imkoniyatining kengligini ko’rsatadi.
4.Kasb-hunar kollejlarida tasviriy san’at fanlarini o’qitilishida CorelDraw va
Adobe Photoshop dasturlarini o’rgatish yo’lga qo’yilsa,
yangi pedagogik va axborot
texnologiyalari asosida CorelDraw va Adobe Photoshop dasturining imkoniyatlari
ochib berilsa hamda loyihalash ishlarida foydalanish usullarini yaratilsa, talabalarning
grafik obektlar yaratish va ular bilan bajariladigan amallarga bilimlarini oshiradi,
ko’nikma va malakalarini mustahkamlaydi.
Фойдаланилган адабиётлар:
1.
Abduqodirov A.A. «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari». Toshkent. O’qituvchi.
1997
2.
Sh. Razzoqov, Sh. Yo`ldoshev «Kompyuter grafikasi» o`quv qo`llanma. Toshkent.
«Talqin». 2006
3.
D. Mironov «
Corel Draw 9». Uchebniy kurs. Sankt-Peterburg. 2000
4.
M.Aripov, A.Haydarov «Informatika asoslari» Akademik litsey va kasb – hunar kollejlar
uchun Toshkent «O`qituvchi»-2002.
© U.X. Xayitov, D. Shokirova, 2016