|
Gozallikonlayn uz Loyihaning g
|
Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 3,17 Kb. | | #133552 |
Bog'liq gozallikonlayn
Gozallikonlayn.uz
Loyihaning g‘oyasi: Toshkent shaxridagi gozallik salonlaridagi bo‘sh o‘rinlarni onlayn bron qilish
Loyihaning maqsadi: Aholi o‘rtasida raqamli texnologiyalarni targ‘ib qilish va axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanishni yo‘lga qo‘ygan xolda o‘z vaqtini tejash.
Loyihaning vazifasi:
1. Gozallik salonlarini bir platformaga joylashtirish
2. Platformani samaradorligini aniqlash
3. Aholiga qulaylik yaratib, hech qayerga borib, navbat kutmagan xolda vaqtini va asabini asrash.
4. Sifatli xizmat ko‘rsatish.
5. Aholiga qulay vaqtda kerakli muolajani belgilab, qulay vaqtda navbatga onlayn yo‘zilishini imkoniyatini yaratish.
6. Platformani rivojlantirish va qo‘yilayotgan ma'lumotlarni muntazam yangilash.
7. Mijozlar haqidagi shaxsiy ma'lumotlarni xavfsiz asrash.
Loyiha tarkibi: loyiha rahbari, sohaga oid maxsus mutahassislar.
Loyihaning amalga oshirish jadvali: Loyiha ishga tushirish uchun maxsus platforma ishlab chiqiladi. Gozallik sohasida malakali mutaxassislarni yig’ish uchun e’lonlar beriladi yoki salonlarga borib shartnoma tuziladi, qanday xizmat korsatishi aniqlanib, bo‘sh vaqtlari va ishlash kunlari yo‘zib olinadi. Loyiha ishga tushgach reklama va messenjerlardagi kanallar orqali aholiga tanishtiriladi. Mijozlar bilan doim aloqada bo‘lish. Taklif va talabni muntazam o‘rganib borish.
Loyihadan kutilgan natijalar:
1. Gozallik salonlari hamda gozallik sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar platformasini yaratish
2. Gozallik salonlarining tarmog‘ini yaratish,
3. Loyiha doirasini kengaytirish va Respublika barcha hududlarida ham ishlab chiqilgan platformani targ’ib qilish
4. Daromadga erishish
5. Mijozlar sonini ko‘paytirish
|
| |