|
Mundarija: kirish I. Bob. Boshlang’ich sinflarda matematikadan koʻrgazmali qurollardan foydalanishni nazariy asoslari
|
bet | 6/9 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 55,92 Kb. | | #259728 |
Bog'liq KO\'RGAZMALI QUROLLAR MATEM (1) v) Geometrik figuralar modeli. Shuni ta’kidlash kerakki, obyekt shaklini toʻgʻri idrok qilish uchun predmet formalarini mavhumlashtirish qobiliyatini rivojlantirish uchun oʻquvchilarning figuralarning modellarini kuzatishlarigagina emas, balki ularning oʻzlari tomonidan shunday modellarning mustaqil yaratilishi ham juda muhimdir. Bu oʻrinda mashhur geometrik N.A.Izvolskiyning “Biror geomtrik obrazni oʻrganishdan avval bu obrazni yaratish , roʻyobga chiqarish kerak” degan fikrini keltirish oʻrinlidir. Shu maqsadlarda dastlabki paytlarda geomtrik figuralarning modellarini andoza ustida qalam yuritish yoʻli bilan hosil qilishdan foydalanish mumkin.
Geometrik figuralar modellarini qogʻoz varagʻini uchta kesishuvchi toʻgʻri chiziq boʻyicha shunday buklash kerakki, bunda ikkinchi va uchinchi bukilish chiziqlari oʻzaro kesishsin va boshqa nuqtalarda birinchi bukilish chizigʻini kessin. Natijada uchburchak hosil boʻladi.
Geometrik figuralarning modellarini flanelegraf, knopka yoki plastilin yordamida magnit doskaga mahkamlash mumkin.
Geometrik figuralarning modellarini oʻnlik sonlarini oʻrganishda sanoq materiali sifatida foydalanish mumkin. Figuralarning oʻzlarini ham, ularning elementlarini ham, ya’ni tomonlari, burchaklari, uchlarini sanash mumkin.
g) Sonli figuralar. Sonli figuralar predmetlarning miqdoriy gruppalarini taqqoslashga, raqamlar bilan sonlarni mos keltirishga yordam beradi. Sonly figuralar yordamida sonlarning tarkibini ham koʻrish mumkin.
d) Grafik modellar.
Rasmlar, sxemalar va chizmalar koʻrsatmalilikni eng koʻp tarqalgan turidir. Ulardan maktab amaliyotida eng koʻp foydalaniladi. Ammo koʻpincha ularni doskada oʻqituvchining oʻzi yasaydi yoki uning rahbarligida oʻquvchi yasaydi. Shu bilan birga boshlangʻich matematika kursi dasturi kichik yoshdagi oʻquvchilar eng soda chizma va sxemalarni mustaqil yasay olish va oʻqish malakalrini egallashlariga malakalarini egallashlariga yoʻllanma beradi. Tajriba shuni koʻrsatmoqdaki, oʻquvchilar sxemalar va chizmalar tilini egallab olishlari uchun uzoq vaqt sermashaqqat mehnat talab qilinadi. Bolalarni maktabda oʻqitishning birinchi kunidan boshlab kunlik mashqlar sistemasida, brogan sari qiyinlashtirib boriladigan masalalarni yechishda shunday ish nazarda tutilishi kerakki, bu ishni bajarish jarayonida bolalarda sekin-asta odatdagi matnni va analitik ifodalarni grafik tasvirlar tiliga oʻtkazish uchun lugʻat toʻplana boradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mundarija: kirish I. Bob. Boshlang’ich sinflarda matematikadan koʻrgazmali qurollardan foydalanishni nazariy asoslari
|