I. BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA KOʻRGAZMALI QUROLLARDAN FOYDALANISHNI NAZARIY ASOSLARI




Download 55,92 Kb.
bet2/9
Sana03.06.2024
Hajmi55,92 Kb.
#259728
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KO\'RGAZMALI QUROLLAR MATEM (1)

I. BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA KOʻRGAZMALI QUROLLARDAN FOYDALANISHNI NAZARIY ASOSLARI
1.1. Boshlangʻich sinflarda koʻrgazmali qurollardan foydalanishning ahamiyati
Koʻrgazmalardan foydalanilganda oʻquvchilarning bilish faoliyati shakllanadi. Koʻrgazmali qurollar namoyish qilinib, yaxlit obraz hosil qilinadi, abstraksiyani shakllantirish jarayonini yengillashtiradi, bilimlarning tushunarlilik darajasi oshadi.
Koʻrgazmali qurollar bilimlarni izchillashtirish va boyitishda, shuningdek oʻquvchilarning fikr yuritish jarayonini faollashtirishda katta ahamiyatga egadir.
Ta’limda koʻrgazmalardan foydalanish namoyish etish, illyustratsiya va ekskursiya tariqasida olib boriladi. Namoyish etish, ekskursiya oʻquvchilarning oʻquv materiallarini konkret obrazlar orqal;I bevosita idrok qilishlarini ta’minlashi uchun muhim ahamiyatga ega.
Namoyish qilish mavzuning xarakteriga qarab asosan 2 yoʻnalishda olib boriladi.
1. Namoyish etish bilan olib borilgan dars yoki dars mashgʻulotining asosiy qismida oʻtilayotgan mavzuning mazmuni namoyish qilish yoʻli bilan yoritiladi.
2. namoyish etiladigan materiallardan foydalangan holda boshqa mustaqil oʻqitish vositalari bilan olib boriladigan dars namoyish etishning elementlari boʻlgan darsdir.
Odatda har bir dars mumkin qadar koʻrgazmali qurollar asosida olib borilishi kerak. Ta’lim jarayonida koʻrsatmalilikdan foydalanish asosan materaillarning xarakteriga, mazmuni, shakli hamda hajmiga bogʻliqdir. Maktablarimizda qoʻllaniladigan koʻzgarmali materiallar xarakter e’tibori bilan 2 turda boʻlishi mumkin:
1. Aslicha koʻrsatilishi mumkin boʻlgan buyum va narsalar ( tabiiy koʻrsatma qurollar): oʻsimliklar va ularning tarkibi, hayvonlar, ma’danlar, kolleksiyalar, asbob va mashinalar, modellar, maketlar va h.k.
2. Tasviriy koʻrgazmali qurollar. Bular:
a) buyum, narsa, hodisa va voqealarning tasvirini ifodalovchi materiallar rasm, surat, diafilm, kinofilmlar va h.k.
b) buyum, narsa, hodisa va voqealar biror shartli belgisi orqali ifodalangan timsol va jadvalli tasviriy materiallar: geografiya va tarix kartalari, chizmalar, jadvallar, diagrammalar va h.k.
tasviriy koʻrgazmali materiallarning har ikkala turi ham ikki xil shaklda qoʻllanilishi mumkin:
a) koʻrgazmali materialni oʻqituvchi namoyish qiladi;
b) koʻrgazmali materiallar oʻquvchilarga tarqatiladi. Ta’lim jarayonida tasviriy materiallardan keng foydalaniladi. Undan unumli foydalanish uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim: oʻquvchilarga mashgʻulot oldida namoyish oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad qisqacha tushuntiriladi; koʻrgazmali materiallar oʻqituvchi bayonining ma’lum paytida koʻrsatiladi yoki tarqatiladi; namoyish jarayoni oʻqituvchi tomonidan izohlab beriladi.
Ta’limda koʻrgazmalardan foydalanishga quyidagi didaktik talablar qoʻyiladi:
1. Koʻrgazmalar oʻquvchilarda koʻrgazmali, obrazli tafakkurni rivojlantirishga yordam berilishi lozim;
2. Koʻrgazmali qurollar oʻrganilayotgan oʻquv materialini oʻzlashtirishda nazariy bilimlarni konkretlashtirishga imkon yaratish kerak;
3. Koʻrgazmali qurollardan maqsadga muvofiq, oʻrganiladigan mavzuning asosiy muhim masalalarini oʻzlashtirishga bevosita yordam beradigan holda foydalanish kerak;
4. Koʻrsatiladigan tajriba, asbob-uskunalarni namoyish qilishda ularning tuzilishini aniq tutshtirish, butun sinf uchun toʻla koʻrinishini ta’minlash va tushuntirishlarni doskaga ilingan rasmlar, daftardagi yozuvlar bilan qoʻshib olib boorish mumkin.
Makatb amaliyotida doska, undagi yozuvlar va homaki rasmlar ham koʻrgazma vositasi sanaladi. Doskadan foydalanishga quyidagi didaktik talablar qoʻyiladi:
1. Doskaga dars mavzusi, rejasi, mavzuga oid material: misol, masala, mashqlar va uy vazifasi yoziladi.
2. Doskadagi yozuvlarning hammasi avvaldan oʻylangan boʻlishi, fikran doskaga joylashtirib olinishi kerakki, yozuvlar simmetrik, bir chiziqda, gorizantal yozilishi va soʻzlar oʻrtasidagi masofalar bir xil boʻlishi kerak.
3. Doskadagi yozuvlar aniq, tushunarli, toʻgʻri va imkoniyatga qarab yirikroq yozilishi kerak, bu yozuvlar sinf xonasining hamma joyidan aniq koʻrinishi lozim.
4. Doskaga tez, ovoz chiqarib, yozuv qoidalariga toʻla amal qilgan holda yozilishi kerak.
5. doskaga yozgach uni diqqat bilan oʻqib chiqish, lozim topilsa, toʻgʻrilash kerak.
6. Doskaga soʻzlarni qisqartiirib yozish mumkin emas.
7. Doska bilan ishlaganda boʻr va surtqi avvaldan tayyorlab qoʻyilishi kerak.
8. Har bir oʻqituvchi doskada yozish koʻnikma va malakasiga ega boʻlishi kerak.
Ushbu qoidalarga nafaqat doskadan foydalanishda, balki barcha koʻrgazma qurollardan foydalanishda amal qilish lozim.

Download 55,92 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 55,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I. BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA KOʻRGAZMALI QUROLLARDAN FOYDALANISHNI NAZARIY ASOSLARI

Download 55,92 Kb.