|
Zamonaviy pedagogning imidji
|
Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 30,7 Kb. | | #254594 |
Bog'liq 6-mavzu zamonaviy pedagogning imidji. Reja
ZAMONAVIY PEDAGOGNING IMIDJI.
Reja
1. Zamonaviy O`qituvchi imidji
2. Zamonaviy o`stuvchi qanday bo`lishi kerak.
3. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari.
4. O‘quv jarayonini samarali boshqarish.
Zamonaviy pedagoglik kasbi o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘ta individualdir. Xar bir pedagogning muxim hayotiy pozitsiyasi o‘z ishining ustasi bo‘lishdir. Mahorat egasi (usta) juda ilgor, bilimdon, yoki o‘z ishini mohirlik bilan bajaruvchi deb ifodalanadi. Zamonaviy pedagog mahorati uning faoliyatida ko‘rinadi. Pedagog avvalo pedagogik jarayonning konuniyatlari va mexanizmlarini yashxi egallagan bo‘lishi lozim. Shu ma’noda pedagogning umumlashgan malakalari, uning pedagogik texnikasi katta axamiyatga molik bo‘ladi. Maxorat-bu alohida qudrat hisoblanadi. Mahoratga erishish ham, erishmaslik ham mumkin. Xakikiy usta mehnat faoliyati chog‘idagina go‘zaldir.
Pedagogik mahoratga yetishish pedagogning muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi. Pedagogik maxorat yuksak darajada pedagogik faoliyatning tarakkiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi, fukarolik va kasbiy mavkeini ifodalaydi.
Zamonaviy pedagog mahoratining o‘ziga xosligi kuyidagi kategoriyalarda jamlanadi:
Pedagogik maxorat;
Pedagogik ijod;
Novatorlik;
Kasbiy bilimdonlik;
Faoliyat uslubi;
Innovatsion faoliyat;
Pedagogik texnologiya;
Maxorat.
O‘quv tarbiya ishlari jarayonida eng yuksak natijalarga erishib faoliyatning yuksak darajada baholanishi va hamma tomondan tan olinishini istamaydigan pedagog topilmasa kerak. Bunga erishishni anna shu xil orzuning ushalishini pedagogik mahorat deymiz. Xo‘sh pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimadan iborat? Unga qanday erishsa bo‘ladi? Hozirgi zamon pedagogika va psixologiya sohasidagi maktablarda «Pedagogik mahorat» tushunchasi turlicha izohlarga duch kelamiz. Bu tushunchaning mohiyatini bir muncha to‘laroq Aniqroq ta’rifini «Pedagogik ensiklopediya»da berilgan deyish mumkin. Bizningcha, boshqalarga nisbatan bu ta’rif pedagogik mahorat mazmunini va mohiyatini bir muncha to‘g‘ri yoritadi. «Tarbiya va o‘qitish yuqori darajaga erishishi va uni doimo takomillashtirib borish imkoniyatini ta’minlovchi san’at bo‘lib, talabaga mehr qo‘ygan va o‘z kasbini sevgan har bir pedagogningqiladigan ishi.
O‘z ishining mohir ustasi bo‘lgan pedagog – bu yuksak darajada madaniyatli, o‘z fanini chuqur biladigan, fanning yoki san’atning tegishlu sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o‘qitish uslubiyotini mukammal egallagan mutaxassisdir.»
Bu ta’rifni yaxshi tushunib, uning uning ma’no mohiyatini tahlil etadigan bo‘lsak, Ushbu ta’rifda pedagogik mahorat tushunchasi mazmunga kiradigan quyidagi masalalarni ajratish mumkin bo‘ladi:
umumiy madaniyatning yuqori darajasi va bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko‘rsatgichi;
o‘zining o‘qitayotgan faniga doir keng va chuqur bilim sohibi;
pedagogika, umumiy va pedagogik psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlar bilan qurollanganlik, ularda o‘qitish va tarbiyalash ishlari tajribasida erkin va ustalik bilan foydalana bilish;
o‘quv-tarbiya ishlari metodikasini mukammal egallanganlik.
Pedagogik mahoratning mazmunida quyidagi o‘zaro bog‘lik bo‘lgan asosiy qisimlarni ajratish mumkin:
pedagogik insonparvarlik yo‘nalishi;
ixtisos mutaxassislikka doir bilimlar;
pedagogik qobiliyat;
pedagogik texnika (ko‘nikma-iqtidor).
Pedagoglik dunyodagi eng qadimgi kasblardan biridir. Uning ijtimoy ahamiyati hech qachon kamaymaydi, so‘nmaydi. Pedagoglik kasbi bir qator muhim talablarga javob berishi kerak.
Hozirgi davrda, biz mustaqil o‘zbekistonda ko‘rayotgan demokratik huquqiy davlatda faoliyat ko‘rsatadigan pedagogqanday bo‘lishi kerak? Hozirgi zamon pedagogsining shaxsi uchun eng muhim asoa – bu insonparvarlik yo‘nalishidir. Pedagogjuda yuksak darajada umumiy madaniyatga ega odam. U juda ko‘p narsani bilishi kerak, hozirgi zamonda o‘zi o‘qiyotgan fan sohasidagi yutuqlardan, yangiliklardan xabardor bo‘lishi kerak, o‘z o‘quvchilarini har kuni o‘qishga o‘rgatib borishi uchun o‘zi muntazam o‘qib o‘rganib, o‘z bilimini to‘ldirib, chuqurlashtirib borishi kerak.
Demak, pedagog pedagogik mahoratning asosi o‘z ustida ishlab borishi – mustaqil o‘qishdir.
Fan va madaniyat rivojlanishi ta’lim-tarbiya ishlarining qay yo‘sinda olib borilishidan kelib chiqadi. Bu falsafiy aqida davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ijtimoiy qonuniyat hisoblanadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin ta’lim-tarbiya sohasida, milliy axloq-odobni qayta tiklash borasida, milliy urf-odatlar, turli-tuman an’analarni joyga qo‘yish, milliy qadriyatlarni yanada rivojlantirish xususida juda keskin va buyuk burulishlar bo‘lgani barchaga ayondir. Davlatning buyuk kelajagi, albatta yoshlarni chuqur bilimli va pokiza odob-axloqli qalb ekanini yoddan chiqarmaslik lozim. Bu kata muammoda mahoratli, bilimli pedagoglarni o‘rni muhim va pedagogik mahorat fanining roli ulkan. «Pedagogik mahorat» fanining predmeti – pedagogning mahorati, «Pedagogik mahorat» maqsadi – mahoratli pedagogni tarbiyalash.
Pedagogik mahorat fanining vazifalari: tarbiyaning mohiyatini va shaxsni har tomonlama taraqqiyot ettirishda tarbiyaning rolini ochib beradi, tarbiyaning maqsadi, mazmuni, usullari, uni tashkil etishdagi shakllari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ko‘rsatadi: shuningdek pedagogik mahora fani o‘z taraqqiyoti davomida ta’lim-tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yo‘llarini yoritib beradi, tarbiyaviy ishlarning shakllarini ko‘rsatib beradi. Pedagogningpedagogik mahorati shunday bir malakalar yig‘indisidirki, u pedagoga tarbiyalanuvchilar ko‘rib va eshitib turgan narsalar orqali o‘z fikrlarini yetkazish imkonini beradi.
Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari:
Nutq malakalari
Tushunarli ta’sirchan fikr va his-tuyg‘ularni so‘zda aniq ifodalash
Mimika va pantomimika
Ma’noli qarash
Hissiy psixik holat
Kayfiyat yoki istehzoli tabassum
Savodli gapirish
Aniq imo-ishora
Rag‘batlantiruvchi munosabat
Ijodiy jiddiylik.
Pedagogik texnika va uning komponentlari, tarkibiy kismlari
Pedagogik texnika pedagogga ukuv faoliyatida xam zarur bulgan umumiy pedagogik malakalar majmuidan tashkil topadi. Avvalo, pedagogik-texnikaning tarkibiy kismi sifatida pedagogning nutq madaniyatini, ya’ni savodli gapirish, uz nutkini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan kilib bayon etish, uz fikr va xis-tuygularini suzda anik ifodalash malakalarini aytib utish mumkin.
Pedagogik texnikaning bosh tarkibiy kismi pedagogning mimik va pantomimik ifodaligidir. Aniq imo-ishora, ma’noli qarash, rag‘batlantiruvchi yoki istexzoli tabassum pedagogik ta’sir ko‘rsatishda ko‘p so‘zli tushuntirish yoki e’tiroz bildirishga qaraganda ancha samarali muomila vositalari xisoblanadi. Pedagogik o‘zaro ta’sir ko‘rsatishda pedagogning o‘z xissiy psixik xolatini boshkarish, o‘zida eng qulay hissiy (ijodiy) jiddiylik darajasini va umidbaxshlik, xayrixohlik kayfiyatini saklash uzining xissiy dam olishini tashkil etish maxoratida muxim rol uynaydi. Bu maxorat pedagogning kasbiy jixatdan uz-uzini nazorat kilishini ta’minlaydi. Kup yillar davomida soglom asab tizimini saklab kolish, asabii buzilishilardan, xissiy va akliy zerikishdan uzini tiyishga yordam beradi. Shunday kilib, pedagogning pedagogik texnikasi - bu shunday bir malakalar yigindisidirki, u tarbiyalanuvchilar kurib va eshitib turgan narsalar orkali ularga uz fikrlari va kalbini yetkazish imkonini beradi. Talabalar bilan bevosita muomila kilishda pedagogning xuddi ana shu malakalari yoki ularning yukligi uning xulk atvorida namoyon buladi. Tarbiyachi, pedagog xar bir ishni tashkil etishni, yurishni, xazillashishni, kuvnok, jaxldor bulishini bilish lozim. U uzini shunday tutishi kerakki, uning xar bir xarakati tarbiyalanuvchilarga namuna bulsin. Pedagogik texnika pedagog malakalarining shunday yigindisidirki, u pedagogning eng yaxshi ijodiy xulk atvoriga, boshkacha kilib aytganda, xar kanday pedagogik vaziyatda tarbiyalanuvchilarda samarali ta’sir kursatishga yordam beradi. Mukammal pedagogik texnika pedagogning vakti va kunlarini ijodiy ish uchun bushatib beradi. Pedagogik uzaro ta’sir kursatish jarayonida talabalar bilan muomila kilishda zarur suzni topish yoki muvaffakiyatli chikmagan gan oxangini tushuntirishga uz fikrini chalgitmaslik imkonini beradi. Pedagogik texnikani egallab olgan pedagog ovozi burilgandan yoki uzining ish bilan boglik bulmagan kandaydir kechinmalarini unutishni bilmaslikdan azoblanib yurmaydi. Demak, pedagogik texnikani egallash pedagogning uz kasb maxoratidan kanoatlantirish darajasini usishiga olib kelishi mumkin. Pedagogik texnikaning xamma uchun umumin bulgan malakalarini tadbik etish soxasini pedagogning talabalar bilan bevosita muomilasini karab o‘tamiz. Rivojlangan pedagogik texnika pedagogga talabalar bilan muomila kilganda zarur. Suz, gan, oxang, karash, imo-ishorani tez va anik topish, eng utkir va kutilmagan vaziyatlarda osoyishtalikni va anik fikr yuritish, taxlil kilish kobiliyatini saklab kolish imkonini beradi. Bundan tashkari xakikiy pedagog ta’sir kursatishda pedagogning pedagogik texnika soxasidagi barcha malakalari bir vaktda namoyon buladi. Nutk, imo-ishora, mimika, xarakat bilan birga sodir buladi. Uzliksiz uzini tuta bilish; ta’sirchan vositalarga berilmaslik imkonini beradi. Individual pedagogik texnika pedagogning yoshi, mijozi, fe’l atvori, sixat-salomatligi, anatomik, fiziologik xususiyatlariga ancha boglik buladi. Pedagogik texnikaning shakllanishi shaxsning sifatlariga xam ta’sir kursatadi. Chunonchi, nutkni ifodali, sof, savodli bulishi ustida ishlash, fikrlashning ravon bulishiga ta’sir kiladi. Psixik faoliyatni mustakil tartibga solish usullarini egallash, fe’l atvor bilan bulgan xissiy vazminlikning rivojlanishiga olib keladi. Pedagogik texnika malakalarining shakllanish darajasida pedagogning umumiy madaniyati, imkoniyatlari namoyon buladi. Agar pedagogning nutki kashshok va tartibsiz bulsa, bular-bulmas sabablar bilan uz xissiyotlariga erk bersa, tarbiyalanuvchi xissiyotiga ta’sir kilmaydi. Pedagoglarning talabalar bilan bevosita mulokati tarbiyalanuvchilarga ta’sir kursatadi. Bu jarayondan ikki tomonlama axborot almashiladi. YA’ni, pedagog boshkarish subyektidan obyektga "talabalar"ga boradi. Va aksincha obyekt subyektga boradi. Pedagog bevosita shaxslararo muomiladan uz tarbiyalanuvchilari umuman jamoa, undagi ichki jarayenlar xakida royat xilma-xil axborotga ega buladi. Pedagogik muomila vositasi orkali kanday axborot olishni karab chikar ekanmiz, talabaning shaxsi xakidagi axborotini muximligini aloxida ta’kidlab utish kerak. Bevosita muomila shaxsning royat xilma xil sharoitlarda va kurinishlarda urganishga imkon beradi. U fakat shaxsning xulk atvorida namoyon buladigan erkin va eng ta’sirchan tashki belgilarigina kayd etish imkonini berib kolmaydi. Pedagog talabalar bilan muomila kilar ekan, juda mayda detallarni xam anglab olishga kodir buladi, bu detallar sirtdan karaganda unchalik axamiyatli bulmay shaxsda sodir bulayotgan, uni tushunish uchun juda muxim bulgan zarur ichki jarayenlar kurinishlarining alomatlari buyicha -bulishi xam mumkin. Bu xol shaxsni chukur tushunish imkonini beradi, tashki katlam ostida boshka usullar bilan aniklab bulmaydigan narsalarni topish imkonini beradi. Pedagoglik faoliyati kishini uzi duch keladigan xodisalarni taxlil etish va umumlashtirish tajribasi bilan boyitadi. Bu esa uz sheriklari axvolini faxmlab, bilib olish va ular xakida xukm yuritish kobiliyatini oshiradi. Nixoyat pedagogning talabalar bilan kundalik muomilasi shunga olib keladiki, u talabalarning xatti xarakatlaridagi chukur ma’no va xakikiy sababini turli vaziyatlarda paykab oladi, buning uchun namuna sifatida uzi tez-tez kayd kilgan dalillardan va talabalarnig xulk-atvor usullardan foydalaniladi. Bu narsa pedagoglik faoliyatida ayniksa sezilib turadi. Bu konuniy bir xoldir. Chunki "Biz kundalik xayotda odamlar bilan muomilada bular ekanmiz , ularning xulk-atvorini bilib olamiz, chunki biz uni guyo ukiganday" bulamiz, ya’ni xulk-atvorning tashki kurinishlari axamiyatini tushunib olamiz va shu tarika konteksda xosil bulgan uzininig ichki psixologik rejasiga ega bulgan tekstni ma’nosini ochib beramiz. Bu "ukish yul-yulakay buladi, chunki atrofimizdagilar muomila jarayonida bizda ularning xulkiga doyr ma’lum darajada avtomatik tarzda mavjud bulgan psixologik ma’no xosil buladi. Pedagogning talabalar bilan muomilasi ular urtasidagi uzviylikni tuldiruvchi vazifasini xam bajaradi. Shu munosabat bilan tarbiya uzluksiz jarayon ekanligini nazarda tutish kerak. Talabalarga nisbatan tarbiyaviy vazifani bajaruvchi katta yoshdagi kishilar, unga doimiy ta’sir etuvchi tizimiga ega emas. Xar bir talabaga xar xil ta’sirlar okimi yetib boradi. Ular bir-birlari bilan unchalik mos kelmasligi va ma’lum darajada biri ikkinchisiga zid kelishi mumkin. Pedagogning uz tarbiyalanuvchilariga kursatadigan turli tuman ta’sirlari unga tuzatish kiritishga intilishiga boglik. Albatta bunga talabalarga munosabat uning shaxsiy sifatlariga karab boshkariladi. Muammolarning kup yoki oz darajada bulishi inobatga olinadi. Pedagogik kobiliyatlar strukturasida akl, idkoo, xozirjavoblik, tankid kuz bilan karash, sobitkadamlik, notiklik, suz boyligi va xokazolar muxim rol uynaydi. Pedagogik kobiliyatlar fakat pedagogik faoliyat samarali bulishi shartigina emas, balki kup jixatdan pedagogning muvafydakiyatli ishlashi natijasidir. Shu munosabat bilan pedagogning uzida pedagogik kobiliyatlarining anik maksadni kuzlab tarkib topishi va rivojlanishi katta rol uynaydi. Tajriba va maxsus tadkikotlar buning batamom xakikiy narsa ekanligini kursatmokda. Masalan, shaxs xususiyatlarini kuzatish pedagogning pedagogik tajrsba xosil kilishga xam, uning maxsus ma’lumotlar tuplashida muxim urin tutadi. Pedagog uzining sotsial psixologik kuzatuvchanligi bilan talabalarning turli xarakter xususiyatlari va mayllarini paykab kolish kobiliyatinigina emas, shu bilan birga ularning paydo bulish sabablarini bilib olish, ularga bu sabablarning paydo bulish vaziyatiga muvofik baxo berish maxoratini va xokazolarini rivojlantirishga kodirdir. Agar pedagogda talabalar bilan munosabatlarining ishonch asosida kurilishiga yul-yurik bulsagina, bunday mulokat ruy beradi. Tarbiya jarayonida bunday yul-yurikni amalga oshirish kiyin ishdir, lekin bunga butunlay erishish mumkin. Albatta, katta yoshdagi kishilarning talabalar xayotiga kushilib ketishi nixoyatda kiyin narsa. Lekin bu muxitga u yakinlasha oladi, ancha yakinlashib boradi. Pedagogda talabalar bilan uzaro ishonch va dustlik munosabatlari vujudga kelgandagina bunga erishish mumkin. Talabalar jamoasi bilan muomila kupincha suxbat, ma’ruza, axborot va xokazolar shaklida buladi. Birinchi navbatda suxbatni kanday kilib tashkil etish, pedagogning gaplariga talabalarning dikkatini tortish muxim axamiyatga ega. Buning uchun bir necha usullar bor. Gapni masalaning kuyilishidan boshlash mumkin. Bu masalada bulajak suxbatning ma’nosi mujassamlashgan buladi. Mavzuga dikkatni.tortishga urinib xam kurish mumkin. Bunda gapning erkin kizikarli faktni ma’lum kilishdan boshlasa buladi. Keyin uni tushuntirish va taxlil kilish esa muomilaning mazmunini tashkil etadi. Makola yoki biron bir asardan parcha keltirish xam muvaffakiyatli bulishi mumkin. Bundan tashkari darxol talabalarga bulajak suxbat ularning kizikishlari bilan boklik ekanligini aytib utsa xam buladi. Mana suxbatga talabalarning dikkatini jalb kilindi xam deylik. Endi uning mavzusini ancha kiska, lekin yetarli darajada anik kilib ochib berish darajasi turadi, buni kanday amalga oshirish mumkin? Masalan, suxbatni tuzishning bunday varianti bulishi mumkin. Dastlab pedagog talabalar ongi va xissiyotiga yetkazmokchi bulgan asosiy fikr kiskacha bayon etiladi. Sungra u ochib beriladi. Buning uchun faktlar, misollar va illyustratsiyalar tizimi bayon kilinadi. Bundan erkin takkoslashlar, kutilmagan uxshatishlardan foydalanish juda foydali buladi. Shundan keyin xulosa chikarish, ya’ni suxbatning asosiy fikrinn boshkacha suzlar bilan takrorlash mumkin. Suxbat talabalarda doymi i kizikish uygotish uchun bir kator murakkab bulmagan usullardan foydalanish zarur, eng muxim guzlar va iboralarning intonatsiya bilan ajratib kursatish va aksincha intonatsiyami (urgu) uzgartirish unchalik muxim bulmagan tekstni bayon kilish kerak. Ovoz va nutk oxangini uzgartirish foydalidir. Suxbatni kanday tugallash xam muxim axamiyat kasb etadi. U turlicha bulishi mumkin. Asosiy goyalarni yana bir marta kiskacha bayon kilib berish mumkin. Uni she’riy satrlar bilan tugallasa xam buladi. Agar talabalarning uzlari eshitgan narsalari xakida fikr yuritishlarini xoxlasa javobsiz savol bilan tugallash mumkin.Suxbatning yakuni barcha kursatib utilgan tarkibiy kismlarini uz ichiga oladigan variant xam buladi. Bu koidalarga rioya etish pedagogning suzlari talabalarga zarur ta’sir kursatish uchun shart-sharoit yaratadi. Insonlarga ta’sir ko’rsatishning 2 usuli mavjud. “Ishontirish usuli” va “Yoqish usuli”.
Ulardan so’nggisi samaraliroq degan edi Farangistonlik olim va faylasuf Blez Paskal. Shunday ekan avvalo imidj so’zi qanday ma’noni bildirishini aniqlab olsak. Imidj atamasi ingliz tilidagi «image» so’zidan olingan bo’lib, o’zbek tiliga tarjimasi “ko’rinish”, “qiyofa”, “siymo”, “timsol” ma’nolarini anglatadi. Imidj – taasurotlarni boshqarish san’ati bo’lib, ijobiy imidj tufayli shaxsning siymosi uning ma’naviy hislatini namoyon etadi, vizual tarzda uning eng yaxshi xususiyatlari moddiy tarzda gavdalanadi hamda uning individual o’ziga xosligi ko’rinadi.
Tashqi qiyofa orqali insonlarning qiziqishlarini orttirgan holda, o’zini namoyon qila olish, o’ziga og’dira olish va e’tiborni qarata olish, shuningdek, iste’dodning o’zi etarli emas, balki o’quvchilar ko’ngliga yoqa olishni ham bilish karak. Dars mashg’ulotiga kirgan o’qituvchi oyoqlarining yig’ilgan holatda turishi, qo’llarning me’yorida harakatlanishi, ovoz tembrning juda yuqori emasligi yoki aksincha, o’tirmasdan dars o’tishi juda muhimdir.
Imidj nima uchun kerak degan savollar ham oz emas, insonning qanday ko’rinishga egaligi, imidji u haqida 92% tasavvur paydo bo’ladi. Kiyimning vazifasi esa bu nafaqat insonni issiqdan, sovuqdan himoya qilish, balki o’ziga jalb etishni ham uddalashi kerak. Ozoda, yarashgan va sipo kiyim kishining ishiga talabchanligi va ichki kamtarligi haqida ma’lumot beradi.
Shunday ekan imidjingizni shakllantirishda muvaffaqiyat tilayman!
Har bir inson bir necha imidjga ega bo ladi:
- kasbiy imidj;
- ijtimoiy imidj;
- oiladagi imidj;
- shaxsiy imidj.
Rahbar imidji uchun zarur bo lgan xususiyatlar quyidagilardan iboratdir:
1.Ishchanlik qobiliyati;
2.O zini ko rsatishga moyillik va qo‘rqmaslik;
3.Konflikt vaziyatlarni yechimga olib kela olish;
4.Hamma bilan hamkorlik o rnata olish;
ʻ5.Aloqaga kirishuvchanlik, ya’ni keng ma’noda muomala qila olish qobiliyati;
Boshqalarga nisbatan mehrli, ochiq, samimiy, to‘g ri, teng, mulozamatli muomala qila olish;
Birovlarni ishontira olish, o zining ortidan ergashtira olish, o zgalarga ta’sirʽʽo tkaza olish;
7.Turli sharoitlarga tez moslasha olish, odamlarga va sharoitlarga nisbatanmoslashuvchanlik;
8.Optimizm, o‘z maqsadlarining to‘g riligiga komil ishonch.
Yuqorida tilga olingan asosiy vazifalar qatorida o`qituvchi imidjini yaratishʻham bugungi kunning dolzarb vazifasi sifatida kun tartibiga qo yilmoqda. Imidjʻo‘zi nima? Imidj so`zining ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjimasi "ko`rinish”,ʽʻ"qiyofa”, "siymo”, "timsol” ma’nolarini anglatadi. Imidj bu nafaqat ko rinish,ʻbalki nutq, muomala orqali namoyon bo`ladigan tarbiyaviy jihatlarni ham o‘zʻichiga qamrab oladi. Tashqi qiyofa orqali insonlarning qiziqishlarini orttirganholda, o‘zini namoyon qila olish, o‘ziga og dira olish va e’tiborni qarata olishʻpedagog faoliyatida muhim sanaladi. Bu jarayonda faqatgina istedodning,bilimning o‘zi yetarli emas, balki o quvchilar ko‘ngliga yoqa olishni ham bilishʻkerak. Aksariyat o quvchilardan nima uchun aynan shu fanga qiziqasiz, debʻso ralganda, "Ustozimni yaxshi ko`rardim” yoki "Dars juda qiziqarli o‘tardi”ʻʻdegan javoblarni olamiz.
Demak, o qituvchi o‘zini, fanini taqdimot qila olgan,ʻya’ni u o‘zini namoyon qila olgan sanaladi. E’tiborimizni qaratishimiz lozimbo lgan jihat bu – pedagoglardagi muomala odobi, xulqi va notiqlik san’atidir. ʻBuham o qituvchi va tarbiyachilarimizda ta’lim-tarbiya berish bosqichida muhim rolʻo‘ynaydigan sifatlardan biridir.
Agar hamkoringiz ma’ruzachi bo‘lsa, uni tanishtirib,so‘ng o‘rningizga o`trishingiz va so zlarini oxirigacha tinglashingiz lozim.ʻShundan so‘ng o‘rningizdan turib, uni qo‘lidan tutib, yaxshi ma’ruzasi va ketganvaqti uchun tashakkur bildiring.Oxirgi paytlarda firmaning vujudga kelishi, nafaqat ichki, balki tashqisavdoda ham uning tan olinishi – taqdimot namoyish marosimi orqali voqe bo‘lmoqda. Uning ijobiy tarzda o‘tkazilishi sheriklar bilan bo‘lgan keying muzokaralarda muvaffaqiyat keltiradi.
Nazorat uchun savollar:
1. Zamonaviy o`qituvchi qanday bo`lishi kerak?
2. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari nimalardan iborat?
3. Rahbar imidji uchun qaysi xususiyatlar muhim?
|
| |