|
Mavzu: Tovarning hayotiy davri va ularning asosiy bog‘inlari, yangi tovar tushunchasi, firma “Imidji” va tovar belgisi haqida. Reja: I bob. Tovarlarni hayotiy davri va ularni asosiy bosqichlari
|
bet | 1/9 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 456,04 Kb. | | #240343 |
Bog'liq Ubaydullayev Murodjon (2)
Mavzu: Tovarning hayotiy davri va ularning asosiy bog‘inlari, yangi tovar tushunchasi, firma “Imidji” va tovar belgisi haqida.
Reja:
I BOB. Tovarlarni hayotiy davri va ularni asosiy bosqichlari
1.1. Tovarlarni “hayotiy davri” va ularni asosiy bo‘g‘imlari.
1.2. Tovarlarni “hayotiy davrini” uzaytirish uslublari.
II BOB. Yangi tovar tushunchasi, firma “Imidji” va tovar belgisi.
2.1. Yangi tovar tushunchasi. Yangi tovarlarni baholash uslublari.
2.2. Yangi tovar ishlab chiqish.
2.3. Tovar belgisi, markasi va o‘rami.
Xulosa va takliflar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Kirish
Oddiy bozorda tovar ishlab chiaruvchi korxonaning bozor va butun xo‘jalik siyosati bo‘yicha taqdirini belgilaydi. Shu sababli ham tovarni yaratish, ishlab chiqarish, takomillashtirish, sotish, sotilgandan keyingi xizmat ko‘rsatish, reklama tadbirlarini ishlab chiqish, shubhasiz, tovar ishlab chiqaruvchining butun faoliyatida markaziy o‘rinni egallaydi. Mana shu kompleks tadbirlar tovar siyosati deb ataladi. Aynan shu sababli, ishlab chiqaruvchida iste’molga qaratilgan sifatli tovar bo‘lmasa, unda hyech narsa yo‘q! – bu marketingning qat’iy qoidasi hisoblanadi.
Tovar – butun marketing kompleksining asosidir. Agar tovar xaridorning talabini qondirmasa, u holda marketing tadbirlari uchun hyech qanday qo‘shimcha xarajatlar raqobatli bozorda uning mavqyeini yaxshilay olmaydi. Endi esa marketingda tovar qanday ta’riflanishini keltiramiz.
Tovar deb ma’lum bir ehtiyojni qondirish maqsadida bozorga sotib olish, foydalanish va iste’mol qilish uchun taklif etilayotgan mahsulot tushuniladi. Mahsulotga narx belgilanishi va bozorga taklif etilishi bilanoq tovarga aylanadi. Shuning uchun ham «tovar» atamasi «mahsulot» atamasi bilan teng ma’noda ishlatiladi.
Marketing nuqtai nazaridan tovar ma’lum bir iste’mol qiymatga ega bo‘lishi kerak. Tovarning iste’mol qiymati esa, inson ehtiyojlarini qondirishi mumkin bo‘lgan xususiyatlarining majmuidan tashkil topadi.
Amerikaning taniqli olimi, marketolog F.Kotlerning tasnifiga ko‘ra tovarning uch darajasi mavjud
1. Tovarni yaratish g‘oyadan boshlanadi. Bu g‘oyada yaratiladigan Tovar iste’molchining qanday muammosini hal qilishi va undan qanday asosiy foyda olinishi o‘z aksini topadi.
2. Tovarning texnik tasnifi, dizayni, narxi, o‘rab-joylanishi, sifati, markasi qanday bo‘lishi, ya’ni real bajarilishini o‘ylab ko‘rish zarur hisoblanadi.
3. Tovarni sotish, yetkazib berish va o‘rnatish, sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish, kafolatlar, kreditlash, rag‘batlantirish, ya’ni tovarni qo‘llabquvvatlovchi omillar haqida ham o‘ylash kerak bo‘ladi.
Tovarlarga baho berishda uning sifati asosiy o‘rinda turadi. Tovarning sifati – maqsadiga ko‘ra bu iste’molchilarning talabini qondirishi mumkin bo‘lgan foydali xususiyatlarning majmuidan iboratdir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Tovarning hayotiy davri va ularning asosiy bog‘inlari, yangi tovar tushunchasi, firma “Imidji” va tovar belgisi haqida. Reja: I bob. Tovarlarni hayotiy davri va ularni asosiy bosqichlari
|