|
Mavzu: Tovarning hayotiy davri va ularning asosiy bog‘inlari, yangi tovar tushunchasi, firma “Imidji” va tovar belgisi haqida. Reja: I bob. Tovarlarni hayotiy davri va ularni asosiy bosqichlari
|
bet | 6/9 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 456,04 Kb. | | #240343 |
Bog'liq Ubaydullayev Murodjon (2)2.2. Yangi Tovar ishlab chiqish.
Firmaning samarali tovar siyosatini olib borishi ikki yirik muammo bilan bog‘liqdir. Birinchidan, firma mavjud tovar nomenklaturasi chegarasida yashash davri bosqichlarini hisobga olgan holda ishni oqilona tashkil etishni tashkil etishi lozim, ikkinchidan, yangi tovar ishlab chiqarishni o‘z vaqtida amalga oshirish kerak.
Firma doimo tovar strategiyasini takomillashtirib borishi zarur. Bu barqaror assortiment tuzilishiga, doimiy sotuvga va foydaga erishishga imkon beradi.
Tovar strategiyasi istiqbol uchun ishlab chiqariladi va firmada mavjud tovar miksni jalb etuvchanligini yaxshilash bo‘yicha 3 ta strategik yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:
1. Tovar innovatsiyasi
2. Tovar variatsiyasi
3. Tovar eliminatsiyasi.
Firmaning tovar strategiyasi
Variatsiya deganda birinchi navbatda tovarning tashqi shakli va stili, uning o‘rovi va tovar markasini o‘zgartirishni, tovar holatining emas, balki mavjud tovar shakli va texnik jihozlanishning o‘zgarishini tavsiflar texnik eksplatatsion xususiyatlarini o‘zgartirishni tushunadi.
Modifikatsiya tovar sifatini yaxshilanishidan tashqari, uning funksional tavsifnomalarini takomillashtirishni nazarda tutadi, bu esa tovarni differensiatsiyasiga, ya’ni uning innovatsiyasiga mansubdir.
Tovar eliminatsiyasi – samarali tovar siyosati korxonaning tovar nomenklaturasi va ishlab chiqarish dasturini doimiy ravishda nazorat qilish va tartibga solib borishni nazarda tutadi.
Tovar eliminatsiyasi strategiyasining vazifasi – bozorda jozibadorlik nuqtai nazaridan shubhali va qayta tekshiruvdan o‘tishi lozim bo‘lgan tovarlarni aniqlashdan iborat.
Tovar variatsiyasi – ishlab chiqarilayotgan va bozorda mavjud bo‘lgan tovarni uning ayrim xususiyatlari yoki ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish yo‘li bilan modifikatsiyalash.
Variatsiya – bozorda mavjud bo‘lgan tovarlarni zamonaviylashtirish.
Eliminatsiya – ishlab chiqarish dasturidan bironta tovarni ishlab chiqarishni chiqarib tashlash.
Tovar innovatsiyasi strategiyasi yangi tovarni ishlab chiqarish va tatbiq etish dasturini aniqlaydi. Biroq «yangi tovar» tushunchasini turli talkinga ega va takomillashtirishni asoslash sifatida ishlatiladi, mavjud tovarni yangilash uchun ishlatiladi.
Mavjud nazariya va amaliyotda innovatsiya «yangilik kiritish» va «yangilik» tushunchalari bilan sinonim hisoblanadi.
Bozor innovatsiyasi deganda mavjud mahsulot bo‘yicha yangi g‘oyani olish, shuningdek yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va bozorga chiqarish tushuniladi.
Tovar innovatsiyasi yangi tovarni ishlab chiqish va qo‘llashni ko‘zda tutadi va amalga oshirish shakli bo‘yicha tovar differensiatsiyasi va tovar diversifikatsiyasiga bo‘linadi.
Tovar diversifikatsiyasi o‘zida raqobatchi tovarlardan ajralib turuvchi qiladigan bir qator asoslangan tovar modifikatsiyasini ishlab chiqish jarayonini mujassamlashtiradi.
Bozorni modifikatsiyalashda sotish hajmini oshirish, iste’molchilar ishonchini kozonish, yangi bozor segmentlariga tovarni chiqarish, mijozlar e’tibori va qiziqishini ushbu firma chiqarayotgan tovarlarga qaratish, xaridorlarni tovarni intensiv iste’molini rag‘batlantirish orqali amalga oshiriladi.
Tovarni modifikatsiyalashda tovar sifatini oshirish, tovar xossasini yaxshilash, tovarni bezash va tashqi dizaynini yaxshilash ko‘zda tutiladi.
Marketing-miksni modifikatsiyalashda esa marketing elementlaridan to‘liq ishlatishni nazorat qilish optimal maqsadda marketing elementlarini shakllantirish va qo‘llash ko‘zlanadi.
Maqsadli bozorni o‘zlashtirish yo‘llarini qidirishda muqobil strategiyalarni aniqlash uchun I.Ansoff tomonidan 1966 yilda taklif etilgan «tovar-bozor» matritsasi ishlatiladi.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, firmaning ustunligini o‘sish manbalarini o‘zashtirishni 4 ta asosiy strategiyalari bo‘lishi mumkin:
1. Bozorga chuqurroq kirib borish strategiyasi;
2. Tovarni takomillashtirish strategiyasi.
3. Bozorni rivojlantirish strategiyasi;
4. Diversifikatsiya.
Diversifikatsiyani 3 ta turi mavjud: gorizontal, vertikal va konsentrik.
Gorizontal diversifikatsiya deganda ilgarigi tovarlarga o‘xshash ishlab chiqarish, texnik, ta’minot va sotish sharoitlariga yaqin bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarish tushuniladi.
Vertikal diversifikatsiya esa, ilgarigi tovar ishlab chiqarishni sotuv yo‘nalishi sifatida ham tovar dasturini chuqurligini o‘stirishni anglatadi. Masalan, go‘sht mahsulotlarini sotuvchi maxsus do‘kon tovar etishtirishni va seleksiya bo‘yicha ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Konsentrik diversifikatsiya korxona uchun yangi tovarni ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi.
Diversifikatsiya tovarlarni turli tumanligi hisobiga jalb etuvchanligini yaxshilashga asoslanadi.
Tovar diversifikatsiyasining maqsadi bo‘lib iste’molchilarni tovarni ustun ko‘rishi, alohida bozor yoki bozor segmenti xususiyatlarini hisobga olish orqali tovarni jalb etuvchanligini oshirish, uni raqobatbardoshligini o‘sishi hisoblanadi.
Tovar diversifikatsiyasi quyidagi omillar bo‘yicha amalga oshiriladi:
• tovarni qo‘shimcha imkoniyatlari;
• tovardan foydalanish samaradorligi;
• komfortlilik;
• ishonchlilik;
• tovar dizayni va stili.
Tovar diversifikatsiyasi firmaning tovar siyosatida muhim o‘rin egallaydi. Bu strategiya yangi sotuv bozoriga taklifni rejalashtirishda qo‘shimcha tovarlarni ishlab chiqarishni boshlaganda qo‘llaniladi. Diversifikatsiya firma faoliyatida barqaror o‘sishini ta’minlash uchun samarali vosita sifatida chiqadi.
Yangi tovarlarni ishlab chiqish va qo‘llash innovatsiya siyosatining tamoyil va uslublariga, xususan, tovar innovatsiyasi jarayoniga mos holda amalga oshiriladi.
Tovar innovatsiyasi jarayoni 6 bosqichni o‘z ichiga oladi:
• yangi tovar haqida g‘oyani qidirish;
• g‘oyani tanlash;
• yangi tovar g‘oyasini tijoratlashuvini iqtisodiy tahlili;
• tovarni ishlab chiqish;
• bozor sharoitida uni tajribadan o‘tkazish;
• tovarni bozorga qo‘llash.
Tovar innovatsiyasi jarayoni yangi tovar haqida g‘oyani qidirish bilan boshlanadi. Yangi tovar g‘oyani qidirishni asosi bo‘lib tovar haqidagi ichki va tashqi g‘oyalar manbai hisoblanadi.
Tashqi tovar haqidagi g‘oyalar manbaiga: savdo korxonalari, xaridor va iste’molchilar, raqobatchilar, yarmarka va ko‘rgazmalar, tadqiqot institutlari, ta’minotchilar, vazirliklar va boshqa davlat institutlari kiradi.
Tovar haqidagi ichki g‘oyalar manbaiga: marketing tadqiqotlari bo‘limi, ishlab chiqarish bo‘limi, marketing bo‘limini barcha qismlari, xalqaro iktisoiy hamkorlik bo‘limi, tovarni tayyorlash bo‘limi kiradi.
Tovar innovatsiyasi jarayoni bosqichlari o‘z mazmuniga ko‘ra yangi tovarni rejalashtirish jarayonini ifodalaydi.
Yangi tovarni rejalashtirishning vazifasi muqobil variantlarni qidirish va ishlab chiqishdan iboratdir.
Yangi tovarni rejalashtirish uchun turli uslublar qo‘llaniladi. Yangi tovar haqida g‘oyani baholashda bozorni tadqiq qilish va ijodiy uslublardan foydalaniladi.
Iqtisodiy tahlil bosqichida foydani solishtirish, zararsizlikni baholash uslubi, xavf-xatar tahlili uslublaridan foydalaniladi.
Tovarni ishlab chiqish bosqichlarida tovar ishlab chiqish uslublari, tovar markasini ishlab chiqish texnikasi uslublari, xarajatlarni hisoblash uslublari ishlatiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Tovarning hayotiy davri va ularning asosiy bog‘inlari, yangi tovar tushunchasi, firma “Imidji” va tovar belgisi haqida. Reja: I bob. Tovarlarni hayotiy davri va ularni asosiy bosqichlari
|