|
Yangi tovar yaratishning ketma-ket bosqichlari
|
bet | 5/9 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 456,04 Kb. | | #240343 |
Bog'liq Ubaydullayev Murodjon (2)Yangi tovar yaratishning ketma-ket bosqichlari.
Yangi tovar o‘zi bozorga kiradigan paytga kelib yuzaga chiqadigan xaridorlarda shakllanadigan ehtiyojlarga so‘zsiz javob berishi kerak.
Bozorga yangi tovar tayyorlash va ishlab chiqarishda ikkita talabni hisobga olish lozim bo‘ladi:
1. Yangi ehtiyojlarni oldindan aytib berish va imkoniyatga qarab shakllantirish.
2. G‘oyani ko‘tarib chiqish va tovarning ilk nusxalarini sotish o‘rtasidagi muhlatni iloji boricha qisqartirish.
Eng istiqbolli g‘oyani ko‘tarib chiqish va tanlash.
Bu jarayonning texnologiyasi ehtiyoj va ularni qondirishga, tovarlarnin konstruktiv xususiyatlariga va boshqalarga taalluqli iloji boricha ko‘proq g‘oyalarni ko‘tarib chiqishdan boshlanadi. Korxonalarning barcha xodimlarini mavjud tovarlarni yaxshilash va, ayniqsa, yangi buyumlar yaratishga bog‘liq yangi g‘oyalarni ko‘tarib chiqish uchun rag‘batlantirish zarur.
Ekspertlarning tuzilgan guruhlarida ish tashkil etish.
Yangi tovar yaratish yoki yangi g‘oyalarni qidirib topish uchun aqliy hujum usuli bo‘yicha ekspertlar guruhi tashkil etiladi.
Bu yetakchi (aqliy hujumni tashkil etish bo‘yicha mutaxassis) boshchiligida 8-12 nafar bir-biridan mustaqil ekspertlar to‘planadi. 2-3 soat mobaynida iloji boricha ko‘proq yangi g‘oyalarni jamlash kerak bo‘ladi.
Mezonlar ro‘yxati bo‘yicha g‘oyalarni baholash va solishtirish.
Eng istiqbolli g‘oyalar tanlab olinganidan so‘ng quyidagi masalalar o‘rganiladi:
- foyda olish mumkinligi;
- mavjud va ehtimoli bor raqiblar;
- bozorning sig‘imi;
- kerakli sarmoyalar darajasi;
- patent himoyasi darajasi;
- muammoning konstruktorlik va texnologik yechimi ehtimoli;
- tajriba o‘tkazish bosqichidagi ko‘zda tutilgan xarajatlar va yangi ishlab chiqarishni tashkil etish yoki mavjudini modernizatsiya qilishda kerak bo‘ladigan sarmoyalar;
- ish bosqichlarini tugallash muddatlari;
- texnik, moliyaviy, kadrlar va boshqa xarakterda bo‘lishi mumkin qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari;
- ana shu tovar bozoridagi umumiy ahvol;
- mavjud tovarlarning tijoriy samaradorligi;
- xaridorlarga hissiy ta’sir o‘tkazish ehtimoli;
- xaridorlarning korxonaga va uning mahsulotiga munosobati;
- mavsumiy va boshqa davriy omillarning ta’siri;
- tijotiy jihatdan tugal tovarni yaratish vaqti ehtimoli;
- ishlab chiqarishda qiyinchiliklarning bo‘lishi mumkinligi;
- moddiy va mehnat resurslarining mavjudligi;
- raqobatbardosh narxlar bo‘yicha ishlab chiqarishning mumkinligi;
- tovarga talabgor bo‘lgan tashqi va ichki bozorning segmentlari;
- yangi tovar mazkur loyihasining o‘zini oqlashi darajasi va muddati. Barcha ilgari surilgan g‘oyalarni o‘zaro solishtirish tovarlarning raqobatbardoshligini baholashda bo‘lgani kabi yuqorida tilga olingan mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Ijobiy natijalarga erishilganda tegishli loyihani amalga oshirishga qaror qabul qilinadi.
Yangi tovarlar yaratish uchun maqsadli guruhlar tuzish. Yangi tovarlar yaratish uchun bir necha xodimlardan tashkil topadigan «Maqsadli guruhlar» usuli muvaffaqiyatli qo‘llaniladi, bunga korxanining vazifalarni bajaruvchi bo‘limlarining mutaxassislari jalb etiladi. Guruh rahbari-yaxshi tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan va mazkur texnik sohada so‘zsiz yirik mutaxassis bo‘lgan kishilardan bo‘lishi kerak.
Tajriba ishlari va «Yo‘l-yo‘riqli» partiyani ishlab chiqishni tashkil etish. Tajriba ishlari va «Yo‘l-yo‘riqli» partiyani ishlab chiqishni tashkil etishning barcha bosqichlarida materiallarni butlash, buyumlarni va tayyor tovarni foydalanishning eng og‘ir sharoitlarida har tomonlama sinovdan o‘tkazish kerak. Bugungi kunda buyumning ishonchliligi tovarning raqobatbardoshligida eng muhim ko‘rsatkichdir.
Marketing operatsiyalarining predmeti tovar va xizmatlardir. Ular marketing orqali sotish uchun ishlab chiqarilgan mehnat mahsulidir. Marketingda tovar birinchi navbatda ma’lum ehtiyojni qondirishga xizmat qiladigan «vosita» sifatida, keyin esa sotish uchun ishlab chiqarilgan mehnat mahsuli sifatida o‘rganiladi. Marketing tovarlarni, eng avvalo, ikki guruhga bo‘lib o‘rganadi:
1. Yakka tartibda foydalaniladigan tovarlar.
2. Ishlab chiqarishga oid tovarlar.
Yakka tartibda foydalaniladigan tovarlarni esa o‘z navbatida quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
- uzoq foydalaniladigan tovarlar, masalan: muzlatgich, televizor, avtomobil va boshqalar.
- qisqa muddatlarda foydalaniladigan tovarlar. Masalan: oziqovqat, pardoz buyumlari va boshqalar.
- turli xizmatlar.
- Eksklyuziv xilli tovarlar: agar biror xil tovar sotuvda bo‘lmasa, xaridor uning paydo bo‘lishini kutadi, agar bunday tovarni topolmasa, boshqasini umuman sotib olmaydi.
Eng ko‘p manzur bo‘ladigan ishlab chiqarishga oid tovarlar quyidagi xillarga bo‘linadi:
1. Biotibbiyot uskunalari;
2. Kompyuterlar va periferik qurilmalar;
3. EHM dastur ta’minoti;
4. Qurilmalarni sinab ko‘rish uchun elektron uskunalar va qurilmalarning o‘zi;
5. Poligrafiya texnikasi;
6. Radioelektronika apparati tarkibiy qismlari;
7. Yuqori aniqlikdagi metallni qayta ishlash uskunalari;
8. Oziq-ovqat mahsulotlari uchun uskunalar;
9. Qadoqlash mashinalari;
10. Texnologik havo va suyuqlikni tozalaydigan qurilmalar;
11. Atrof-muhitni himoyalash uchun uskunalar;
12. Laboratoriya uskunalari;
13. Aloqa apparatlari;
14. Qurilish materiallari;
15. Qurilish uskunalari;
16. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari. Tovarning asosiy tavsiflash belgilari.
- xizmat qilish tavsifi;
- ishonchliligi va uzoqqa yarashi hisoblanadi.
Jahon bozorida shuningdek, tovarning quyidagi xususiyatlariga ham alohida e’tibor beriladi: rangi, qadoqlanishi, tashqi ko‘rinishining fasohati (dizayn), ergonomik xususiyatlari, ilova qilinadigan hujjatlar. Tovar - murakkab ko‘p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa iste’mol xususiyatlari, ya’ni tovarning o‘z vazifasini bajarish - unga ega bo‘lgan iste’molchining ehtiyojlarini qondirish xususiyatlaridir.
Tovarga asosiy talablar va uning ehtiyojga moslashuvi.
Tovarlarning xususiyatlari inson ehtiyojlariga mos ravishda uch turga ajratiladi: 1) tovarlarning moddiy ehtiyojlarni qondira oladigan funksional xususiyatlari; 2) tovarlarning ma’naviy ehtiyojlarni qondira oladigan nafosatli xususiyatlari; 3) tovarlarning ijtimoiy ehtiyojlarni qondira oladigan ergonomik xususiyatlari. qayd qilingan xususiyatlarni ma’lum davr mobaynida saqlab qoladigan to‘rtinchi xususiyat - bu tovarning pishiq - puxtaligidir.
1. Tovarlar funksional xususiyatlari tufayli inson hayotida muayyan vazifani bajarib, uning moddiy ehtiyojini qondiradi. Tovarlarning funksional xususiyatlari ularni iste’mol qilish mobaynida ma’lum fizik yoki kimyoviy jarayonlar natijasida yuzaga chiqadi. Bu jarayonlarga qarab ularning funksional xususiyatlarini 8 turga ajratish mumkin: kimyoviy, fizik-kimyoviy, mexanik, termik, optik, akustik, elektrik va magnit.
2. Tovarlarning estetik xususiyatlari deyilganda, ularning shakli, tuzilishi va pardozi tushuniladi. Tovarlarning bu xususiyatlari iste’molchilarga badiiy zavq bag‘ishlay olishi kerak. Ma’lumotlarga qaraganda, 40 foiz xaridorlar tovarlarning estetik xususiyatlari qoniqarli bo‘lmagani uchun magazindan xarid qilmasdan chiqib ketar ekanlar.
Tovarlarning estetik xususiyatlariga misollar:
- magnitofon shaklining o‘ziga xosligi;
- mebelning zamonaviy usulga mosligi;
- ust kiyimining va poyabzal modelining zamonaviy modaga mosligi;
-tovarlarning tashqi bezagi;
- tovarlar qo‘shimcha bezaklarining ularning estetik xususiyatlariga salmoqli hissa qo‘shishi.
3. Ergonomika insonnning unumli ishlashi uchun shart-sharoit va qulaylik yaratish imkoniyatlarini o‘rganadi. Tovarlarning ergonomik xususiyatlari deb ularni ishlatish qulayligi va gigiyenik bezararligiga aytiladi. Tovarlarni ishlatish qulayligi iste’molchining:
- antropometrik;
- fiziologik;
- psixofiziologik;
- psixologik xususiyatlariga mos kelishi;
- tovarlarning shinamligi;
- tovarlarning universalligi;
- jildirish va joylashtirish qulayligi;
Tovarlarning gigiyenik bezararligi esa - ularni ishlatish bezararligi, havfsizligi, shovqinsizlikni ta’minlash xususiyatlarini bildiradi.
Tovarlarning pishiq-puxtaligi - ularning buzilmay ishlashini, chidamliligini, ta’mirlashga yaroqliligini, tashqi muhitga inertligini bildiradi.
Tovar xususiyatlarining majmuyi quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi:
1. Sifati (ishonchliligi, xizmat qilish muddati, dizayn).
2. Xizmatga yaroqliligi.
3. Narxning sifat va iste’mol qimmatiga muvofiq kelishi.
4. Tovarga qo‘shib jo‘natiladigan hujjatlar.
5. Sotishdan keyingi servis xizmati.
6. Turining ko‘pligi, tanlov imkoniyati.
Yangi tovar uchun bozor yangiligi zarur. Yangi tovarlar ikki xil bo‘ladi:
1. Yangi kashf etilgan tovarlar ayrim orzularni ro‘yobga aylantiradi. Bunday tovarlar boshlang‘ich sarflarni qoplash uchun eng yuqori bahoda sotiladi.
2. Yaxshilangan tovar. Misolimizda-patefon. Bunda valik plastinkaga almashtirilgan. Natijada endi uzoq xizmat qiladigan, sifati yaxshilangan, o‘rnatish qulay bo‘lgan, ko‘paytirish imkoni tug‘ilgan.
Bunday misollarni hozirda ko‘plab keltirish mumkin.
Tovar bugungi ehtiyojga emas, ommaviy sotuv davriga mo‘ljallanishi kerak. Bozor tovarlarni tabiiy ravishda sarxillab beradi, bozorga kiritilgan 10 xil tovardan 8 tasi quyidagi sabablarga ko‘ra bozordan chiqib ketadi:
1. Ehtiyojni aniqlashning noto‘g‘riligi - 45%
2. Reklama va so‘rovning yetarli emasligi - 25%
3. Narxning oshirib yuborilgani - 20%
4. Raqiblarning javob harakatlari - 17%
5. Vaqtning noto‘g‘ri tanlanishi - 14%
6. Hal etilmagan ishlab chiqarish muammolari mavjudligi- 12%
Tovarga bo‘lgan ehtiyojlar pog‘onalari.
Yakka tartibdagi ehtiyojlar quyidagilarga ko‘ra aniqlanadi:
- majburiyatlar doirasiga, oiladagi roliga qarab;
- kichik guruhlardagi boshqa odamlar bilan munosabatiga ko‘ra;
- guruhning shaxsga va shaxsning guruhga talabi bilan;
- katta jamoalarning faoliyatiga qo‘shilish bilan;
- jamiyatning ma’lum turkumiga mansublik bilan.
- yurtdoshlarga mansublik bilan.
Tovarlarga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyoj - bu yakka tartibdagi ehtiyojning ifodasidir.
|
| |