Mavzu: Tovarning hayotiy davri va ularning asosiy bog‘inlari, yangi tovar tushunchasi, firma “Imidji” va tovar belgisi haqida. Reja: I bob. Tovarlarni hayotiy davri va ularni asosiy bosqichlari




Download 456,04 Kb.
bet7/9
Sana17.05.2024
Hajmi456,04 Kb.
#240343
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ubaydullayev Murodjon (2)

2.3. Tovar belgisi, markasi va o‘rami.
Tovar siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda yana bir muhim tadbirlardan biri tovar markasini yaratish hisoblanadi. Tovar markasi — bu bitta ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) yoki ular guruhlarining tovarlarini yoki xizmatlarini identifikatsiyalash yoki ularni raqobatchilarning tovarlaro va xizmatlaridan farqlash uchun mo‘ljallangai ism, belgi, atama, -rasm, simvol, obraz, rang yoki ularning o‘zaro bog‘liqligi. Yaratilgan malakali tovar markasi korxonaning yuqori qiymatga ega bo‘lgan boyligi hisoblanadi. Yuqori saviyali tovar markalari tovarlar raqobatini, ularning bozordagi mavqei, mahsulotni keng tarqalishiga, yuqori narxlarni shakllanishiga asos bo‘ladi. Tovar markasi ikki qismdan iborat bo‘ladi: tovar markasining nomi va tovar markasining belgisi.
Tovar markasining nomi – harf, so‘z yoki harf va so‘zlar yig‘indisidir, ya’ni og‘zaki aytish mumkin bo‘lgan markaning qismiga (Masalan: Marriott, Hilton) aytiladi.
Tovar markasining belgisi – bu simvol, rasm, obraz, rang yoki ularni o‘zaro bog‘liqligi, ya’ni chizish mumkin bo‘lgan markaning qismiga (Masalan: N harfi Hilton otelni, S harfi Sheraton kompaniyasini, sariq ark belgisi McDonald’s restorani, yashil rang Holiday Inn mehmonxonasiga tegishli) aytiladi. Tovar markasining nomi va belgisi marketing nuqtai-nazaridan huquqiy himoyalangandan keyin tovar belgisi aylanadi.
Tovar belgisi markaning butunlay yoki ma’lum qismining o‘rnatilgan tartibga ko‘ra huquqiy himoyalanishidir.Tovar belgisi huquqiy himoya qilingandan keyin boshqa shaxslar tovar belgisi egasining ruxsatisiz foydalana olmaydi. Tovar belgisi halqaro va mahalliy darajada huquqiy himoyalanadi. Tovar belgilarini halqaro darajada himoyalashga Parij konvensiyasini sanoat birlashmasi bo‘yicha va Madrid halqaro belgilarni rasmiylashtirish qo‘mitasi misol bo‘la oladi. 100 yaqin davlatning tovar belgilarini ro‘yxatga olish bo‘yicha milliy qonunchiligi mavjud. Jumladan O‘zbekistonda ham tovar belgilarini ro‘yxatga olish bo‘yicha mualliflik va turdosh huquqlar bo‘yicha qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Xizmat ko‘rsatish korxonalari mehmonxonalar, restoranlar, banklar, turfirmalar, sug‘urta korxonalari, transport kompaniyalari ham xizmat belgilaridan foydalanishadi.
Tovar markasini tanlash bilan bog‘liq quyidagi strategiyalar mavjud:
Korporativ marka strategiyasida korxona taklif etayotgan mahsulotlarini bozorda yagona (bitta) marka bilan chiqaradi. Masalan, McDonald’s, Pizza Hut kompaniyalari qaysi mamlakat faoliyat yuritmasin, qanday yangi mahsulot yaratmasin yagona korporativ markadan foydalaniladi.
Individal (alohida) marka strategiyasi korxona turli mahsulotlarini alohida (individal) markalar bilan chiqaradi. Masalan, Marriott korparatsiyasining o‘nga yaqin tovar markalari mavjud. Bu strategiyadan turli segmentlar bilan ishlaydigan yoki differensiyalangan tovar ishlab chiqaruvchi korxonalar ko‘proq foydalanadi.
“Soyabon” marka strategiyasi korporativ va alohida marka strategiyalarini to‘ldiruvsi strategiya hisoblanadi.
Tadbirkorlikning jadal rivojlanib borishi, tadbirkorlar sonining kundan kunga o‘sib borishi, albatta, raqobat muhitini hosil qilib iste’molchilarga eng sifatli maxsulotlar va xizmatlar taqdim etilishini ta’minlaydi. Ammo, iste’mol bozorida tadbirkorlar sonining ko‘payishi, ular ko‘rsatayotgan xizmatlar va ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning turli tumanligi ba’zida iste’molchilarni tanlov jarayonida o‘ylantirib qo‘yishi tabiiy. Bunday vaziyatlarda iste’molchi ham, tadbirkor ham zarur bir vositaga ehtiyoj sezadi. Bu iste’molchi uchun sifatli maxsulot va xizmatlarni boshqa sifatsizlaridan ajratish, tadbirkor uchun esa boshqa raqobatchilar ichida o‘z mahsulot va xizmatlarini ajratib ko‘rsatish va iste’molchilar e’tiborini doimiy o‘ziga qaratishdir.
Tovar belgisi aynan shu masalada bozor munosabatlarining ikkala ishtirokchisi uchun ham foydalidir. U maxsulot va xizmatlarni aynan bir tadbirkorga tegishliligini ko‘rsatib turadi va iste’molchilarga tanlov jarayonida adashmaslik uchun imkon yaratadi.
Qonunchiligimizda tovar belgisiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi (tovar belgisi) bu bir yuridik va jismoniy shaxslar tovarlari va xizmatlarini (tovarlar) boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgilardir”. Sodda tilda aytadigan bo‘lsak, iste’molchilar mahsulot ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchilarni ularning tovar belgisi orqali tanib oladi. Sifatli mahsulot ishlab chiqaruvchi, sifatli xizmat ko‘rsatuvchilarning tovar belgilari iste’molchilar orasida o‘zgacha mavqega, ishonchga ega bo‘lib, mazkur tovar belgilari ostidagi mahsulot va xizmatlar ortiqcha reklamaga ehtiyoj sezmaydi va bozorda doimiy talabga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham, tovar belgisi bu tovar va xizmatlar egasining imidjini, mavqeini belgilaydi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ammo shuni bilish lozimki, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazmasdan ham tadbirkorlik faoliyatini olib borish mumkin.
O‘z tovar belgisiga ega bo‘lish tadbirkor uchun o‘z mahsulot va xizmatlarini boshqa insofsiz raqobatchilarning sohta kontrafakt tovar va xizmatlaridan farqlash va o‘z xaridorlarini yo‘qotmaslik uchun zarurdir.
O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi qonunining 4-moddasida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgilari qonun bilan muhofaza qilinishi belgilab qo‘yilgan.Shunday ekan, har bir mahsulot ishlab chiqaruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchiga o‘z tovar belgisiga ega bo‘lish foydadan holi bo‘lmaydi.

Download 456,04 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 456,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Tovarning hayotiy davri va ularning asosiy bog‘inlari, yangi tovar tushunchasi, firma “Imidji” va tovar belgisi haqida. Reja: I bob. Tovarlarni hayotiy davri va ularni asosiy bosqichlari

Download 456,04 Kb.