Mavzu: Tovarning hayotiy davri va ularning asosiy bog‘inlari, yangi tovar tushunchasi, firma “Imidji” va tovar belgisi haqida. Reja: I bob. Tovarlarni hayotiy davri va ularni asosiy bosqichlari




Download 456,04 Kb.
bet8/9
Sana17.05.2024
Hajmi456,04 Kb.
#240343
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ubaydullayev Murodjon (2)

Xulosa va takliflar.
Yangiliklar (tovar bo‘yicha, sotuv metodi, bozor va boshqalar bo‘yicha)ning barcha turlarining integratsiya jarayonlarini tezlashishini ta’minlovchi boshqaruv metodlarining yig‘indisi va ishlab chiqarish tijorat faoliyatida innovatsiyalarni stimullashga yordam beruvchi qulay shart-sharoitlarni korxonada yaratish - o‘zida innovatsion siyosatni aks ettiradi. Uning maqsadi-ishlab chiqarish muddatini qisqartirish, yangi mahsulotni kiritish va ishlab chiqarish va sotish rentabelligini oshirish.
Innovatsion siyosat marketing tizimida tovar siyosatining o‘zak bo‘g‘inidir va u o‘ziga yangi g‘oya qidirish jarayonini va xaridorning so‘nggi talablariga ko‘ra yangi tovar yaratish, yangi tovarni bozorga chiqarish bozorda uning harakatini nazorat qilish.
Marketing tizimida yangi tovar deyilganda quyidagilar tushuniladi:
Sifatli absolyut yangi tovar, bozorda u paydo bo‘lgunga qadar analoglar bo‘lmagan. O‘zga tovarlarga ko‘ra bu tovar turlariga juda oz, chunki uni yaratish o‘ta qiyin va texnologik uzilishni talab etadi. Fundamental izlanishlarni rivoji va katta moliyaviy xarajatlar bilan bog‘liq absolyut yangi kashfiyotlar va ixtirolar qilinishi lozim. Ushbu turdagi tovarlarga misol tariqasida EHM faksimil aloqa vositalari va boshqalari bo‘lishi mumkin.
Zamonaviylashtirilgan tovarlarga misol lazerli yozish disklari uni to‘ldiruvchi va plastinkalar video kamera kinokameralar o‘rnini bosuvchilar kiradi. Bozordagi tovar lekin ba’zi joylari zamonaviylashtirilgan lekin uning negizi o‘zgartirilmagan. Bularga misol, video magnitofon raqamli yozish bilan, fotoapparat raqamli va boshqalar.
- Bozordagi yangi tovar
- Innovatsion kiritish 2 xil bo‘ladi: tashqi va ichki
Tashqi NTRni rivojlantirishi, ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlarga moslashish. Firmaning olib borayotgan siyosatiga raqobatchilarning havfi, bozordagi o‘zgarishlarga moslasha olish, iste’molchilarning istaklaridagi o‘zgarish.
Ichki harakat savdoni hajmini oshirish, foyda va daromadni oshirish raqobatchilikni yaxshilash firma uchun yangi bo‘lgan bozorga chiqish.
Yangi tovar ishlab chiqarish yoki innovatsion realizatsiya qilish siyosati 3 ga bo‘linadi:
1. Tovar ishlab chiqarishdagi yangi g‘oyalar innovatsiyadagi talabni aniqlash katta o‘rin tutadi, iste’molchilar tomonidan yangi tovarlarga talabi hamda tovarni bozorga chiqarishning qulay payti.
2. Yangi tovar namunasini ishlab chiqarish va uni bozor va laboratoriyalarda sinovdan o‘tkazish. NTRning rivojlanishi bilan raqobatchi firmalar qisqa vaqt ichida tovar ishlab chiqarish uchun ba’zi birlari bozor sinovidan voz kechishgan, bu esa ishni ancha qiyinlashtirgan.
3. Keng qamrovda ishlab chiqarish va bozorni tayyorlash. Bunda marketologlar tovar ishlab chiqarishning aniq bajarilishi va ish grafigini nazorat qilishadi. Tovarning sifat darajasiga etishi uchun ular ayrim o‘zgartirishlar kiritib turishi mumkin.
Tovarning sistemada joy egallashi yangi xomashyoni aniqlashda yordam beradi.
Bozorda aylanib konkurent turgan tovarlar bilan bir qatorda uning xaridorlar tomonidan talab etilishi, uni afzal tomonlarini aniqlab beradi.
Joy egallash va segmentatsiya bir-biriga uzviy bog‘liqdir. Ta’kidlab o‘tganimizdek segmentatsiya-iishlab chiqarilgan tovar bo‘lib, bozor tomonidan belgilab berilgan va xaridorlarning talabi asosida ishlab chiqiladigan xom-ashyodir.
Xom ashyoning mustahkam joy egallishi uning afzallik tomonlariga bog‘liq, xarajatlariga, xaridorlarning talabiga javob berishiga, maxsus tovarlar ishlatilashiga, boshqa tovarlar bilan taqqoslanishiga o‘zining tovariga asos yaratib berishiga qarab o‘ziga mustahkam poydevor yaratadi.
Joy egallash - har xil marketing turlariga ham bog‘liq, xomashyoli, baholash servisi va reklamasi.
Xaridor yangi tovarni aniqlab, unga o‘zi baho beradi, uning sifat tomonidan talabga javob berishi va bozordagi tovarni o‘rnini bosa olishini aniqlab beradi.
Asosiy raqobatchilarning strategik raqobat deganda ayrim odamlarning bir-biri bilan bir xil yo‘nalishda bir-biridan o‘zib ketishi harakati tushuniladi.
Raqobat marketingda 3 xil bo‘ladi:
1. Funksional: Uning kelib chiqishi, har xil talabning qisqa qilib aytganda har xil usullar bilan qondirsa bo‘ladi. Albatta xom-ashyolar shunaqa yo‘l bilan qondirilsa bu funksional raqobat deyiladi.
2. Ko‘rinishli raqobat-deyilganda bir xil maqsadda ishlab chiqarilgan, lekin boshqacha parametrlari bilan farq qiladi.
3. Xom-ashyoli raqobat-bunda firmalar yagona bo‘lgan xomashyoni ishlab chiqarishadi, lekin ular sifati bilan farq qiladi yoki sifati ham bir xil bo‘ladi. Bunaqa raqobat ba’zi payt firmalararo raqobat deyiladi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, ba’zi paytlarda firmalararo deb oldingi ikkalasi ham keladi.
Raqobatni baholi va bahosizga ajratishadi. Baholi raqobat oldin bozor erkinligi paytida bir xil tovarlarni har xil bahoda taklif qilinishidir. Bahoni tushirish bilan ishlab chiqaruvchi o‘zining xom-ashyosiga xaridorlarni jalb qilgan va bozordan o‘ziga monand joy egallagan. Hozirgi zamonda esa tovarning bahosini qo‘yib ko‘p ushlab turishga harakat qilishadi, uni bir maqsadda yo‘naltirib tovar tannarxini tushirish va uni marketingdagi sarf-xarajatlarni qisqartirish va foydani yanada oshishini ta’minlash uchun.
Baholi raqobat, asosan, monopoliyaga qarshi kurashishda firmalar orqali o‘zgarib turiladi. Baholi usullar, asosan, bozorga yangi xom-ashyo bilan kirib borishda va yetkazib berishdagi muammolarni bartaraf qilishda hamda o‘z joyini mustahkam egallashda qo‘llaniladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri baholi raqobatda firmalar ishlab chiqilayotgan va bozordagi xomashyoning bahosi tushganligidan xabar berishadi.
Berkitilgan raqobatda firmalar yangi sifati yaxshilangan xaridorlar talabiga javob beradigan qilib chiqarishadi, bahosini esa asta-sekin ko‘tarishadi. Bahosiz raqobat birinchi navbatda raqobatchilardan ko‘ra sifatli, ishonchli, o‘ta zamonaviy va xaridorlar qurbiga qarab bahosi pasaytiriladi. Bahosiz raqobatning ish quroli har doim reklama bo‘lgan, bu yo‘l bilan firma o‘zining xom-ashyosi haqida xaridorlarga yetkazib turadi.
Bahosiz raqobatning noqonuniy metodlariga ishlab chiqarish josusligi, mutaxassislarni jalb qilish, soxta mollar ishlab chiqarish namunalarini nusxa ko‘chirish maqsadida ishlab chiqarishlar kiradi.
Firmani boshqarishni marketing metodini bahosiz raqobat yo‘liga kiritsa bo‘ladi.



Download 456,04 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 456,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Tovarning hayotiy davri va ularning asosiy bog‘inlari, yangi tovar tushunchasi, firma “Imidji” va tovar belgisi haqida. Reja: I bob. Tovarlarni hayotiy davri va ularni asosiy bosqichlari

Download 456,04 Kb.