“Bumerang” texnologiyasi
Bu texnologiya oʻquvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida
turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, oʻrganilgan materialni yodida
saqlab qolish, soʻzlab berish, fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa
vaqt ichida koʻp ma’lumotga ega boʻlish
hamda dars mobaynida
oʻqituvchi tomonidan barcha oʻquvchilarni baholay olishga qaratilgan.
Texnologiyaning maqsad -
oʻquv jarayoni mobaynida tarqatilgan materiallarni
oʻquvchilar tomonidan yakka va guruh holatida oʻzlashtirib
olishlari hamda suhbat -
munozara va turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada
oʻzlashtirilganligini nazorat qilish va baholash hamda oʻquv jarayoni mobaynida har bir
oʻquvchi tomonidan oʻz baho (ball) larini egallashga imkoniyat yaratishdan iboratdir.
Texnologiyaning qoʻllanishi –
amaliy mashgʻulotlar,
seminar yoki laboratoriya
mashgʻulotlari hamda suhbat-munozara shaklidagi darslarda yakka tartibda, kichik guruh
va jamoa shaklida foydalanishi mumkin.
Mashgʻulotda foydalaniladigan vositalar.
Oʻquvchi dars
jarayonida mustaqil oʻqishlari, oʻrganishlari va oʻzlashtirib
olishlari uchun moʻljallangan tarqatma materiallar (oʻtilgan
mavzu yoki yangi mavzu boʻyicha qisqa matnlar,
suratlar,
ma’lumotlar).
Mashgʻulotni oʻtkazish tartibi:
1)
oʻquvchilar kichik guruhlarga ajratiladi;
2)
oʻquvchilar dars (mashgʻulot)ning maqsadi va tartibi bilan
tanishtiriladi;
3)
oʻquvchilarga mustaqil oʻrganish uchun mavzu boʻyicha matnlar tarqatiladi;
4)
berilgan matnlar oʻquvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil oʻrganiladi;
5)
har bir guruh a’zolaridan yangi guruh tashkil etiladi;
6)
yangi guruh a’zolarining har biri guruh ichida navbati bilan mustaqil
oʻrgangan matnlari
bilan axborot almashadilar, ya’ni bir-birlariga
soʻzlab beradilar, matnni oʻzlashtirib olishlarishga erishadilar;
@kimyoni_sev01
7)
berilgan ma’lumotlarni oʻzlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida ichki
nazorat oʻtkaziladi, ya’ni guruh a’zolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar;
8)
yangi guruh a’zolari dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar;
9)
darsning qolgan jarayonida oʻquvchilar bilimlarini baholash yoki toʻplagan ballarini
hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi” tayinlanadi;
10)
oʻquvchilar tomonidan barcha matnlar qay darajada oʻzlashtirilganligini
aniqlash
maqsadida oʻqituvchi oʻquvchilarga savollar bilan murojaat etadilar, ogʻzaki soʻrov
oʻtkazadilar;
11)
har bir guruh a’zosi tomonidan guruhdagi matnning mazmunini hayotga bogʻlagan
holda bittadan savol tuziladi;
12)
guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol-javob
tashkil etiladi (“guruh hisobchilari” berilgan javoblar boʻyicha
ballarni hisoblab boradilar);
13)
guruh a’zolari tomonidan toʻplangan umumiy ballar yigʻindisi
asosida gʻolib guruh aniqlanadi.
Namunaviy mavzu: Irsiyat va o‘zgaruvchanlik – tirik organizmlarning
muhim xususiyatlari.
@kimyoni_sev01