|
1-amaliy mashg’ulot Eskizlarni chizish uchun mаtеriаl vа хоm аshyolаrni tanlashni o’rganish
|
bet | 4/4 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 54,28 Kb. | | #148829 |
Bog'liq 1-amaliy mashg\'ulotTarkibi “nam” materiallar:
• Markerli ruchkalar (tarkibi spirtli) ranglarning fantastic ko’mamiga ega. Har bir pero ikki xil o‘lchamli uchga ega bo‘lib, ularni universalligini ta’minlaydi, tiniq ranglar olishning tez va samarali usuli hisoblanadi.
• Akvarel - rang tasviming eng nozik tasvirlash vositalaridan biri. Qadimdan akvarel o ‘zining nafisligi va ranglarning yorqinligi bilan ko‘pgina rassomlami qiziqtirib kelgan, Akvarel lotincha so‘z bo‘lib, ≪suv bilan suyultirib ishlatiladigan bo‘yoqlar≫ ma’nosini anglatadi. Akvarel tarkibiga bo‘yoq moddasi (o‘simlik: yoki ma’danlaming mayin qilib yanchilgan kukuni) va biriktiruvchi moddasifatida olcha elimi, glitserin va ozroq asal kiradi. Bular hammasi suvda osongina eriydigan bo‘lgani uchun bo‘yoqqa suv qo‘shib suyultirib ishlatiladi.
Akvarelda oq rang ishlatilmaydi. Uning o‘mini oq qogozning o‘zi o‘taydi. Qog‘oz oppoq, etarli darajada qalin va yuzasi g‘adirbudir bo‘lishi zarur. U agar juda silliq bo‘lsa, sathida ranglar etarli darajada yotmaydi. Narsa va buyumlar tasvirlarini bo‘yash jarayonida umumiydan xususiyga yoki aksincha, xususiydan umumiyga qarab boriladi, nihoyat ish yaxlitlash bilan yakunlanadi.
Akvarel asosan arab yelimi (gummiarabik), glitserin va rangli moybo'yoqdan iborat bo‘lib, tushdan farqli yumshoq ranglar gammasini beradi. Akvarel bo‘yoqlari suv va mo‘yqalam yordamida turli qalinlikdagi chizgilar qog‘ozga tushiriladi. Tonal ranglar hosil qilishda akvarel bo‘yoqlari takroran foydalanish natijasida hosil bo‘Iadi.
|
| |