Kasbiy mahoratini rivojlantirishda refleksiv- akmeologik yondashuv




Download 2,09 Mb.
bet1/2
Sana02.06.2024
Hajmi2,09 Mb.
#259264
  1   2
Bog'liq
3. KASBIY MAHORATINI RIVOJLANTIRISHDA REFLEKSIV AKMEOLOGIK YONDASHUV (2)...

KASBIY MAHORATINI RIVOJLANTIRISHDA REFLEKSIV- AKMEOLOGIK YONDASHUV.


Inson xulq-atvorini qanday qilib tushunish mumkin? Nega insonlar turli qobiliyat egasi bo„ladilar? “Ruh” nima va uning tabiati qanday? Bu va shu kabi savollar hamisha insoniyatni qiziqtirib kelgan.
Ratsional yondashuvga ko„ra bizni o„rab turgan voqelik ongimizdan holi ravishda mavjud bo„ladi, bu ko„pgina tadqiqotlarda o„z aksini topgan va kuzatish ishlari o„z ilmiy asosiga ega.
Bunday yondashuvni amalga oshirish uchun tadqiqot predmeti haqida tushunchaga ega bo„lish zarur.
Turli fan yo„nalishlari vakillari bir necha bor inson haqida to„liq tasavvurlarni shakllantiruvchi g„oyalarni ishlab chiqishga uringanlar. Bunday tasavvurlar 23 psixologiyada ham mavjud. B.G.Ananevning shaxs konsepsiyasi: Shaxsni o„rganishga qaratilgan izlanishlar jahon psixologiyasida mashxur bo„lgan B.G.Ananev ishlarida uchraydi.
B.G.Ananevning jahon psixologiyasi taraqqiyoti uchun qo„shgan xizmatlari haqida gapirganda uning shaxs psixologiyasini tadqiq qilishga yangicha metodik yondashuvni ishlab chiqqanligini alohida ta‟kidlash zarur. Shaxs haqidagi ilmiy bilimlar taraqqiyoti haqida gapirar ekan, Ananev shaxs muammosi butun fan sohalari uchun yagona umumiy muammoga aylanishini ta‟kidlagan.
Kasbiy rivojlanishdagi “akme” yoki kasbiy “akme” shaxsning kasbiy rivojlanish jarayonida muayyan vaqt oralig„i uchun xos bo„lgan u uchun eng yuqori daraja hisoblangan psixik holatdir.
Kasbiy “akme” barcha kasbiy qobiliyatlarni safarbar etish, ro„yobga chiqarish, imkoniyatlarini maksimal tarzda namoyon etish, hayotining muayyan bosqichida ortiqcha zo„riqishlarsiz, inson imkoniyatlarining chegarasidan o„tmagan holda yutuqlarga erishishni ta‟minlaydigan psixik holatdir.
Kasbiy “akme” muayyan vaqt oralig„idagi shaxsning kasbiy rivojlanishining kulminatsiyasi, eng qaynoq nuqtasidir. B.G.Anaev kulminatsiya deganda, inson tomonidan o„zi uchun eng qadrli narsalarni ijod qilishda yuksak samaradorlikka erishish davrini tushunadi.
Kulminatsiyaning bosqichlari esa, B.G.Ananevning fikricha, vaqt, faoliyat, kasbiy tayyorgarlik metodlariga bog„liq bo„ladi. Kasbiy rivojlanishdagi “akme” vaqtga ko„ra kishining individ sifatidagi va shaxs sifatidagi “akme”siga mos kelmasligi mumkin.
Insonning individ, shaxs va kasbiy faoliyat sub‟ekti sifatidagi rivojlanishining “tig„iz” payti turli davrlarda ro„y berishi mumkin.
Har bir kishi o„z hayoti davomida turlicha ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega bo„lgan kasbiy “akme”ga erishishi mumkin. Ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega kasbiy “akme” alohida insonning eng yuqori darajadagi kasbiy muvaffaqiyatlari bo„lib, hamkasblari va atrofdagilar tomonidan e‟tirof etilgan, jamiyat uchun zarur bo„lgan natija, me‟yoriy darajani ortda qoldiruvchi ko„rsatkichdir.
Mehnatning bunday natijasi, odatda, kasbiy mahoratni va undan kasbiy ijodkorlikka o„tishni ifodalaydi. Agar u kasbiy tajriba chegaralaridan chetga chiqsa, kasbiy faoliyatga yangi vazifa, usul, texnologiya, umuman, yangi natijalarni olib kirish bilan birga kasb tajribasiga o„zining yangi individual ijodiy ulushini qo„shadi.
Ijtimoiy ahamiyatga ega kasbiy “akme” o„zida ilg„or yutuqlar (nazariy g„oyalar va kashfiyotlar), alohida ijodiy topilmalar, novatorlik tajribasi va boshqalarni aks ettirishi mumkin.
Ba‟zan esa yirik muvaffaqiyatlar bilan bir qatorda qo„rsatkichlarning pasayishi, ijoddagi tanaffuslar, quyi darajadagi natija, faoliyatning sustlashishi va boshqalar kuzatilishi mumkin. Odatda insonlar haqida ular erishgan yutuqlarga qarab fikr yuritishadi.
Shaxsiy ahamiyatga ega kasbiy “akme” – alohida kishining kasbiy muvaffaqiyatining eng yuqori darajasi bo„lib, avval erishilgan natijalarni sezilarli tarzda ortda qoldirishdir.
Mazkur yutuqlar hamkasblari tomonidan e‟tirof etilmasligi mumkin, ammo kishining o„zi shu vaqt ichida professionalizm darajasiga erishishning maksimal imkoniyati sifatida anglanadi va baholanadi.
Individual subyektiv ahamiyatga ega kasbiy “akme” – kishining o„z ustidan g„alaba qozonishi, kuchlarini safarbar etishi, dastlab erishgan natijalaridan o„zib ketishi, o„zi uchun yangi hisoblangan professionalizm darajasiga ko„tarilishi, kasbiy mahoratning rivojlanishi uchun ilg„or shart-sharoit yaratishda namoyon bo„ladi.
Sub‟ektiv ahamiyatga ega kasbiy “akme” xamma vaqt ham kasbdoshlar jamiyati tomonidan e‟tirof etilmasa ham, mutaxassis uning imkoniyat va yangi yutuqlarini qanday baholashlariga befarq emas.
Kasbiy “akme”ning yuqori cho„qqilarning miqdori, “tig„izliklar”, ko„tarilish darajasiga bir necha turlarini farqlash mumkin: - katta “akme” – insonning butun hayoti davomida erishgan eng asosiy muvaffaqiyati, avvalgi ko„rsatkichlardan o„zib ketuvchi kasbiy natijalarning tig„izlashuvi, kasbiy faoliyatdagi yutuqlardan iborat bo„lib, u bir cho„qqili “akme” deb nomlanadi;
- kichik “akme” – mutaxassisning kasbiy faoliyatdagi bir necha marotaba takrorlanadigan, katta “akme”dan avval ro„y beradigan muvaffaqiyat, ya‟ni ko„p cho„qqili “akme”.
Har bir kishida kasbiy “akme” mavjudligini va uning tabiatini baholash uchun mazkur kasb bilan shug„ullanish jarayonida shakllangan professionalizm va kasbiy loyiqlik yoki kompetentlik ko„rsatkichlarini inobatga olish zarur.
Kasbiy “akme”ni aniqlash va baholash alohida ijtimoiy-tarixiy davrda mazkur kasbiy faoliyatda shakllangan professionalizm va professional kompetentlikning ko„rsatkichlari qanday tushunilishiga bog„liqdir.
Professionalizm – inson mehnat faoliyatining integral psixologik tavsifi bo„lib, uning kasbni qanday o„zlashtirganligi, shu kasbning zamonaviy bosqichiga xos namunalar asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlarini o„zida aks ettiradi.
Professionalizm o„z ichiga kishining yuqori darajadagi mehnat samaradorligiga erishishi, boshqalar bilan o„zaro ta‟sir jarayonida kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli bajara olishi, mehnat kishisiga xos bo„lgan muhim kasbiy sifatlarning mavjudligini qamrab oladi.
Shuning uchun ham professionalizm mehnat faoliyatining uchta tomonini – kasbiy faoliyat, kasbiy muloqot va mutaxassis shaxsini o„z ichiga oladi
Kasbiy faoliyat – kishining ijtimoiy va shaxsiy, moddiy va ma‟naviy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ne‟matlar yaratish uchun yo„naltirilgan, mehnat predmetlarini qayta o„zgartirishga qaratilgan faolligidir. Kasbiy muloqot mehnat predmetlarini qayta o„zgartirish jarayonida boshqalar bilan o„zaro ta‟sir etish va hamkorlik qilishga yo„naltirilgan faolligidir. U kasbiy faoliyat samaradorligini oshirish vositalaridan biri sifatida namoyon bo„lishi mumkin.
Mutaxassis (professional
Download 2,09 Mb.
  1   2




Download 2,09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kasbiy mahoratini rivojlantirishda refleksiv- akmeologik yondashuv

Download 2,09 Mb.