• Foydalangan adabiyotlar
  • Kasbiy mahoratini rivojlantirishda refleksiv- akmeologik yondashuv




    Download 2,09 Mb.
    bet2/2
    Sana02.06.2024
    Hajmi2,09 Mb.
    #259264
    1   2
    Bog'liq
    3. KASBIY MAHORATINI RIVOJLANTIRISHDA REFLEKSIV AKMEOLOGIK YONDASHUV (2)...

    o„z ishining ustasi) shaxsi mehnat kishisining psixik xususiyatlari, sifatlari va holatlari yig„indisidan iborat bo„lib, u kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishi uchun imkoniyat yaratadi hamda mehnat jarayonida o„zgaradi va takomillashib boradi.
    Kasbiy “akme“ kasbiy faoliyatning yuqori darajasini, kasbiy muloqot va shaxs еtukligini egallashda namoyon bo„ladi.
    Shuning uchun shaxs, faoliyat va muloqot еtukligi ko„rsatkichi kasbiy “akme”ning shakl va turlari mavjudligining mezoni sifatida qaralishi mumkin.
    Kasbiy kompetentlik – bu kishining kasbiy vazifalarni bajara olish qobiliyatidir. Professionalizm ko„plab kasbiy kompetentlikdan tashkil topgan bo„ladi.
    Kompetentlik tarkibida kishining bilim, ko„nikma va malakalariga bog„liq holda bu qobiliyatlardan foydalana olish imkoniyati mavjud bo„ladi
    Ushbu bosqichlarning har birida faoliyat mexanizmi determinatlari va maqsadlari o„zgarib turadi. Masalan, agar dastlabki bosqichda sub‟ekt kasbni o„zlashtirishni unga qo„yiladigan talablarni o„rganishni maqsad qilib olsa, keyingi bosqichlarda uning maqsadi va sharoitlari o„zgarishi mumkin.
    Demak, shaxsning faoliyatda rivojlanishi muayyan kasbni o„zlashtirishdan boshlanib, aniq bir faoliyatni mustaqil bajarish bosqichi bilan yakunlanadi. Psixologiyada shaxs taraqqiyotida faoliyatning o„rni ko„p bora tadqiq etilgan.
    Qolaversa, faoliyat insonning ijtimoiy muhitda mavjudligi ifodasi, dunyoni anglashning o„ziga xos tomonidir.
    Inson va mehnat munosabatlari shaxsdagi muayyan individual xususiyatlarni psixologik xususiyatlarni, psixik jarayonlarning rivojlanishiga ta‟sir o„tkazmay qolmaydi.
    Bu esa shaxs faoliyati munosabatlar tizimining еtarlicha dinamik xarakteriga egaligini anglatadi.
    Shaxs va kasbiy faoliyat tuzilishining o„zaro ta‟siri va o„zaro munosabati, mutaxassis shaxsining shakllanishi, professionalizatsiya muammosi Ye.A.Klimov, T.V.Kudryasev, Yu.P.Povarenkov, O.G.Noskova, N.S.Pryajnikov, Ye.Yu.Pryajnikova va boshqalarning ilmiy tadqiqot ishlarida tadqiq etilgan.
    Ushbu tadqiqotlarga B.G.Ananev, K.A.Abulxanova-Slavskaya, A.I.Ansiferova, B.F.Lomovlarning shaxs va faoliyatning o„zaro aloqasi, shaxsning hayot yo„lida rivojlanishi, qiyin vaziyatlarda insonning rivojlanishi haqidagi qarashlari nazariy asos qilib olingan.
    Mehnat sub‟ektining kasbiy shakllanish muammosini o„rganishda eng avvalo shaxs psixologik hayot dinamikasiga asoslaniladi. Masalan, L.I.Ansifirovaning yozishicha, dinamik nuqtai nazardan shaxs taraqqiyoti shaxsning o„z xususiyatlari, yoshi, o„zgaruvchan ijtimoiy muhitdagi “harakati” dir.
    Ushbu yondashuvning maqsadi shaxsdan sifat o„zgarishlarni taraqqiyotdagi progressiv yoki regressiv tendensiya shakllari, shaxs transformatsiyasi sabablarini o„rganishdir. Aynan mana shu jihati bilan inson funksional-energetik o„zgarishlarni o„rganadigan konsepsiyalardan farqlanadi.
    Professionalizm – inson mehnat faoliyatining integral psixologik tavsifi bo„lib, uning kasbni qanday o„zlashtirganligi, shu kasbning zamonaviy bosqichiga xos namunalar asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlarini o„zida aks ettiradi.
    Professionalizm o„z ichiga kishining yuqori darajadagi mehnat samaradorligiga erishishi, boshqalar bilan o„zaro ta‟sir jarayonida kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli bajara olishi, mehnat kishisiga xos bo„lgan muhim kasbiy sifatlarning mavjudligini qamrab oladi. Shuning uchun ham professionalizm mehnat faoliyatining uchta tomonini – kasbiy faoliyat, kasbiy muloqot va mutaxassis shaxsini o„z ichiga oladi
    Kasbiy faoliyat – kishining ijtimoiy va shaxsiy, moddiy va ma‟naviy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ne‟matlar yaratish uchun yo„naltirilgan, mehnat predmetlarini qayta o„zgartirishga qaratilgan faolligidir.
    Kasbiy muloqot mehnat predmetlarini qayta o„zgartirish jarayonida boshqalar bilan o„zaro ta‟sir etish va hamkorlik qilishga yo„naltirilgan faolligidir. U kasbiy faoliyat samaradorligini oshirish vositalaridan biri sifatida namoyon bo„lishi mumkin.
    Mutaxassis (professional – o„z ishining ustasi) shaxsi – mehnat kishisining psixik xususiyatlari, sifatlari va holatlari yig„indisidan iborat bo„lib, u kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishi uchun imkoniyat yaratadi hamda mehnat jarayonida o„zgaradi va takomillashib boradi.
    Mutaxassis shaxsining shakllanishining o„ziga xos xususiyatlari mehnat sub‟ektining kasbiy shakllanishiga nisbatan professiogenetik yondashuvning asosiy xususiyatlarini aniqlab beradi.
    Bu yondashuv mehnat sub‟ektining kasbiy faoliyati davomida ijtimoiy va psixologik rivojlanish qonuniyatlarini o„rganish asosiga qurilgan. Bunda kasbiy taraqqiyot jarayonini faol boshqarish imkoniyatlari va shaxsning mehnat faoliyatiga yaroqliligi ko„rib chiqiladi.
    U faqatgina shaxs taraqqiyoti xususiyatlarini va mutaxassis shakllanishini o„rganishga qaratilgan bo„lmay, balki mavjud faoliyat turlarini, faoliyatga moslashish jarayonini psixik boshqarish mexanizmlari va shaxsning mavjud imkoniyatlari hamda kasbiy talablar orasidagi muvofiqlikni psixologik tahlil qiladi, qolaversa, obro„li kasb va faoliyat turlarining psixologik xususiyatlarini taxmin qiladi.
    Ommaviy va obro„li kasbiy faoliyat turlarini psixologik tahlil qilishning samaradorligi faoliyatni rejalashtirishdagi texnik va texnologik qarorlar va shu bilan bir qatorda, shaxsga nisbatan kasbiy talablar xarakteri hamda faoliyatning psixologik nazariyalari ahvoli haqidagi ma‟lumotlar yordamida aniqlanadi.
    Professiogenezning markaziy nuqtasida mehnat sub‟ektining kasbiy shakllanishi va uni bir necha aspektlarini keng ko„lamda ko„rib chiqish maqsadga muvofiqdir:
    Birinchidan, shaxs taraqqiyoti sifatida – bu muayyan mehnat sub‟ektining faollik darajasiga bog„liq va еtakchi faoliyat xarakteriga asoslangan holda aniq bir yosh davrida namoyon bo„ladi. Psixik taraqqiyot eng avvalo, mehnat motivlarining shakllanishi, kasbiy muhim sifatlarning faollashishi va aniq bir faoliyat talablariga muvofiq ravishda shaxs qobiliyatlarining tarkib topishi bilan yakunlanadi.
    Ikkinchidan, sub‟ekt ijtimoiylashuvi sifatida – bu individ tomonidan ijtimoiy normalarning o„zlashtirilishida, ijtimoiy tajribani shaxsiy kasbiy ustanovkalar tizimida qo„llashda, qadriyatlar va faoliyat dasturida, ijtimoiy rollarni qabul qilish va ijtimoiy masalalarda namoyon bo„ladi.
    Uchinchidan, sub‟ektning kasbiy o„z-o„zini anglashi, o„z-o„zini namoyon qilishi sifatida – bu hayot faoliyati davomida kasbiy shakllanishiga zamin tayyorlaydigan o„z-o„zini anglash, o„z-o„zini boshqarish, o„zo„zini nazorat qilish, hayotiy tajriba va hayot tarzi orqali namoyon bo„ladi.
    Hayot davomida taraqqiy etish va kasbiy shakllanish yosh davrlarida, shaxs hayot-faoliyati bosqichlarida aks etib, jamiyat talablari va shaxsning o„zini o„zi namoyon qilishga intilishi orasidagi qarama-qarshiliklarga bog„liq bo„ladi.
    To„rtinchidan, kasbiy shakllanish shaxs faolligi shaklida namoyon bo„ladi va tavsiflanadi – bunda shaxs shakllanishining dinamik sharoitlari va uning shaxsiy harakatlarining faoliyat bilan muvofiqligi ko„rib chiqiladi.
    Yuqorida ko„rsatilgan professiogenezning o„ziga xos xususiyatlari mutaxassis shaxsining uzluksiz ravishda shakllanishi, mehnat sub‟ektining kasbiy kamolotga erishishga intilishi, bundan tashqari, shaxsning ongli faoliyat sohibi, ijtimoiy qadriyatlar ijodkori, har tomonlama kamol topgan shaxs, oliy toifali mutaxassis sifatida shakllanish jarayonlarida aks etadi.
    Texnologiya murakkab jarayon sifatida qator o„qitish bosqichlaridan, o„z navbatida, bu bosqichlarning har biri o„ziga xos amallardan iborat bo„ladi.
    Amal – o„qituvchining sinfda mavzu boyicha o„quv elementlarini tushuntirish borasidagi bajargan ishlar yig„indisi bo„lib, o„qitish jarayonining shu bosqichida tugallangan qismini tashkil etadi

    Foydalangan adabiyotlar

    • O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonuni T.,1992
    • “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” T., 1997
    • I.A.Karimov “Barkamol avlod orzusi” T., 1996
    • I.Karimov. XXI asr bo‘sag‘asida. –T.-1997.
    • I.Karimov. Barkamol avlod orzusi. –T.: Sharq.-1999.
    • 5. I.Karimov. Donishmand xalqimizning mustaxkam irodasiga ishonaman. –T.-2000.
    • 6. Davletshin M. G. «Umumiy psixologiya» T-2000y.

    Download 2,09 Mb.
    1   2




    Download 2,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kasbiy mahoratini rivojlantirishda refleksiv- akmeologik yondashuv

    Download 2,09 Mb.