• Kasbiy “akme” bir-biridan ichki tuzilishiga ko‘ra ham farq qilishi mumkin
  • Kasbiy faoliyatdagi kompetentlik va uning turlari quyidagicha
  • 1. Kasbiy akme haqida ma’lumot Professionalizm Kasbiy Kompetentlikning bir qancha turlari




    Download 1,11 Mb.
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,11 Mb.
    #245506
    Bog'liq
    akme

    QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI 4-KURS 020-43-GURUH TALABASI HALIMOVA AZIZANING PEDAGOGIK AKMEOLOGIYA FANIDAN MUSTAQIL TA’LIM UCHUN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI

    Mavzu: Pedagogik akmeologiyaning asosiy muammolari. Kasbiy kompetentlik

    REJA: 1. Kasbiy akme haqida ma’lumot 2. Professionalizm 3. Kasbiy Kompetentlik 4. Kasbiy kompetentlikning bir qancha turlari


    Kasbiy rivojlanishdagi “akme” yoki kasbiy “akme” – shaxsning kasbiy rivojlanish jarayonida muayyan vaqt oralig‘i uchun xos bo‘lgan u uchun eng yuqori daraja hisoblangan psixik holatdir. Kasbiy “akme” barcha kasbiy qobiliyatlarni safarbar etish, ro‘yobga chiqarish, imkoniyatlarini maksimal tarzda namoyon etish, hayotining muayyan bosqichida ortiqcha zo‘riqishlarsiz, inson imkoniyatlarining chegarasidan o‘tmagan holda yutuqlarga erishishni ta’minlaydigan psixik holatdir.
    Inson tomonidan eng yuqori cho‘qqilarga erishishning shakli sifatida kasbiy “akme” B.G.Ananev, A.A.Bodalev, A.A.Derkach, Ye.A Zazikin, Ye.A.Klimov, N.V.Kuzmina, A.K.Markovalar tomonidan o‘rganilgan va tavsiflab berilgan.

    Kasbiy “akme” – muayyan vaqt oralig‘idagi shaxsning kasbiy rivojlanishining kulminatsiyasi, eng qaynoq nuqtasidir. B.G.Ananev kulminatsiya deganda, inson tomonidan o‘zi uchun eng qadrli narsalarni ijod qilishda yuksak samaradorlikka erishish davrini tushunadi.


    Ananyevning fikricha, kulminatsiyaning bosqichlari
    VAQT
    FAOLIYAT
    KASBIY TAYYORGARLIK
    katta “akme” – insonning butun hayoti davomida erishgan eng asosiy muvaffaqiyati, avvalgi ko‘rsatkichlardan o‘zib ketuvchi kasbiy natijalarning tig‘izlashuvi, kasbiy faoliyatdagi yutuqlardan iborat bo‘lib, u bir cho‘qqili “akme” deb nomlanadi;
    kichik “akme” – mutaxassisning kasbiy faoliyatdagi bir necha marotaba takrorlanadigan, katta “akme”dan avval ro‘y beradigan muvaffaqiyat, ya’ni ko‘p cho‘qqili “akme”.
    Kasbiy “akme”ning yuqori cho‘qqilarning miqdori, “tig‘izliklar”, ko‘tarilish darajasiga bir necha turlarini farqlash mumkin:

    Kasbiy “akme” bir-biridan ichki tuzilishiga ko‘ra ham farq qilishi mumkin:


    barqaror darajadagi kasbiy muvaffaqiyatlar, bir maromda davom etuvchi natijalar;
    1
    “sakrash”ga o‘xshagan bir necha faoliyatni faollashtirish bosqichlari.
    2

    Professionalizm – inson mehnat faoliyatining integral psixologik tavsifi bo‘lib, uning kasbni qanday o‘zlashtirganligi, shu kasbning zamonaviy bosqichiga xos namunalar asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘zida aks ettiradi.


    Professionalizm mehnat faoliyatrining 3 ta tomonini o’z ichiga oladi
    Kasbiy faoliyat
    Mutaxassis shaxsi
    Kasbiy muloqot
    Kasbiy faoliyat
      • kishining ijtimoiy va shaxsiy, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ne’matlar yaratish uchun yo‘naltirilgan, mehnat predmetlarini qayta o‘zgartirishga qaratilgan faolligidir.

    Kasbiy muloqot
      • mehnat predmetlarini qayta o‘zgartirish jarayonida boshqalar bilan o‘zaro ta’sir etish va hamkorlik qilishga yo‘naltirilgan faolligidir. U kasbiy faoliyat samaradorligini oshirish vositalaridan biri sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.

    Mutaxassis shaxsi
      • mehnat kishisining psixik xususiyatlari, sifatlari va holatlari yig‘indisidan iborat bo‘lib, u kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishi uchun imkoniyat yaratadi hamda mehnat jarayonida o‘zgaradi va takomillashib boradi.

    Kasbiy kompetentlik – bu kishining kasbiy vazifalarni bajara olish qobiliyatidir. Professionalizm ko‘plab kasbiy kompetentlikdan tashkil topgan bo‘ladi. Kompetentlik tarkibida kishining bilim, ko‘nikma va malakalariga bog‘liq holda bu qobiliyatlardan foydalana olish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
    Kasbiy kompetentlikning turlari
    2. Kasbiy muloqotdagi kompetentlik
    Mutaxassis o’z shaxsini namoyon eta olishdagi kompetentligi
    1. Kasbiy faoliyatdagi kompetentlik

    Kasbiy faoliyatdagi kompetentlik va uning turlari quyidagicha:


    maxsus kompetentlik (o‘z ishini yaxshi bilish);
    professiologik kompetentlik (kasblar haqida ma’lumotga ega bo‘lish);
    huquqiy kompetentlik;
    texnologik kompetentlik;
    sub’ektiv kompetentlik;
    iqtisodiy kompetentlik va boshqalar
    Kasbiy muloqotdagi kompetentlik va uning turlari:
    kommunikativ va muloqotchanlik kompetentligi (hamkorlik qila olish qobiliyati);
    ijtimoiy-perseptiv kompetentlik (boshqa kishilarni idrok qilishga qobiliyat);
    ahloqiy kompetentlik;
    ;
    diagnostik kompetentlik (boshqalarni o‘rganish qobiliyati);
    .
    differensial-psixologik kompetentlik;
    empativ kompetentlik;
    madaniyatlararo, ijtimoiy-madaniy kompetentlik (boshqa madaniyatlarga nisbatan bag‘rikenglik);
    nizoli vaziyatlardagi kompetentlik va boshqalar.
    Mutaxassis shaxsining shakllanishidagi kompetentlik va uning turlari:
    refleksiv kompetentlik va boshqalar.
    madaniy kompetentlik (jamiyatda qabul qilingan madaniy normalarni qabul qilish va o‘zi uchun etalon sifatida o‘zlashtirish);
    individual, autopsixologik kompetentlik (o‘zini o‘rganish ko‘nikmasi);
    psixologik kompetentlik (boshqa kishilarni o‘rgana olish ko‘nikmasi):
    Download 1,11 Mb.




    Download 1,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Kasbiy akme haqida ma’lumot Professionalizm Kasbiy Kompetentlikning bir qancha turlari

    Download 1,11 Mb.