|
Asosiy materiallar va jihozlar (Bazaviy komplektlash)
|
bet | 2/4 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 54,28 Kb. | | #148829 |
Bog'liq 1-amaliy mashg\'ulot1.2. Asosiy materiallar va jihozlar (Bazaviy komplektlash)
O‘z ijodiy ishidan mamnun bo‘lgan dizayner bir vaqtda faqatgina bir nechta, oddiy ruchka va qalam bilan cheklanmasdan, balki turli xil tarkibdagi rangli qalamlar, rangli ruchkalar, turli xildagi qog‘ozlar va qo‘shimcha yelim vositalari dizayner yonida boMishi lozim. Qalam va ruchkani to‘g‘ri ushlash. Dizaynerlar ishlatadigan turli xil materiallarni ko‘rib chiqishdan oldin, qalam yoki ruchkani to‘g‘ri va noto‘g‘ri ushlash usullari orasidagi farqlarni aniqlab olish zarur. Bunda ming yillik tajribaga tayangan holda, chizgilar orqali
ma’lum bir qiyofani yuksak darajada ko‘rsatib berilishi, dizayneming o‘z texnikasini shakllantirishi va umuman olganda ulami o‘zlashtirishiga asos hisoblanadi.
Asosiy jihozlar: Hozirgi kunda oddiy qora qalamning juda ko‘p turlari mavjud. 0 ‘rtacha yumshoq qalamlardan tortib, juda ham qattiq qalam turlari shular jumlasidandir. Tariximizga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ibtidoiy davrlarda odamlar g‘orlarga, tog‘u toshlarga turli xil tasvirlami turli tasvir vositalar yordamida ishlab qoldirishgan. Ammo rivojlanish jarayonida tasvir vositalari ham takomillashib bordi. Oddiy qora qalamlar ham shular jumlasidandir. XVI asrda Angliyada grafit konidan topilgan tayoqchalar rasm chizishda qoilanilganda, ulaming qog'oz yuzasida juda ham nafis va chiroyli chiziqlar tushira olish xususiyatiga ega ekanligi aniqlangan. Shu kunlarda foydalanilayotgan oddiy qora qalamlar XVII asming oxirida fransuz olimi N.Kante
tomonidan kashf etilgan bo‘lib, ulami yog‘och moslamasiga yopishtirib ishlatish taklif etilgan. Bunday qalamlardan ko‘proq xomaki rasm ishlash yoki kompozitsiya eskizlari tayyorlashda foydalaniladi.
• Qalamlar qattiqligi va yumshoqligi bilan farqlanib, “H” qattiq qalamlar va “B” yumshoq qalamlar deb ataladi. Chiziqning barqarorligi va ifodaliligi quyidagi ikkita omilga bog‘liq: chizish vaqtida qog‘ozga bosish va qalamning qattiqlik darajasi. Rasm chizish jarayonida a ’lo natijaga erishish uchun qalamning yon qismidagi harflarga e ’tibor berish kerak, chunki ular qalamning qattiqlik darajasini bildiradi. Qalam turlarining qattiqligi va yumshoqligi yuqori darajada bo‘lishi kuzatiladi, bunda qattiqligi turlicha bo‘lgan qalamlar “H” toifaga va yumshoqligi turlicha bulgan qalamlar “B” toifaga kiruvchi qalam turlarini sirasiga kiradi. Binobarin, ‘H” dan ‘B” gacha boMgan qalamlar sust chiziqlami chizishda, qoralama eskizlami dastlabki bosqichida qo'llaniladi. “B” dan “6 V” gacha boMgan qalamlar, chizilgan rasmga hajm berishda,
bosimni o‘zgartirib bir vaqtning o‘zida yumshoq chiziqlami va aniq to‘q shtrixlar birikmasini yaratishda ishlatiladi.
• Rasmni ifodalashda yumshoq va noaniq samaraga erishish uchun qo‘llaniladigan rangli qalamlar (mellar)ning* ranglar ko’lami keng, yaxshi tusga ega va suvda eruvchan boMishi lozim. Melli
qalamlar ko'mirga o‘xshash hususiyatga ega, ulami ingichka chiziqlar chizish, keng qamrovli tuslar berish, hamda pastel qalamlar bilan qo‘shib ishlatish mumkin.
• Gel siyohli sharikli va roller-ruchkalar keng ko‘lamli hammabop bo'lib, foydalanish uchun qulaydir. Bunda ruchkalarni chizma asboblari singari ushlash va ishlashga qulay bo‘lganlarini tanlash zarur. Mo‘yqalam dizaynerga turli qalinlikdagi, tez, mohir va ifodali mujnjal chiziqlami yaratishga imkon beradi.
• Tush (pero ruchka) - yuqori bo‘yovchi xususiyatga ega suyuq substansiya bo‘lib, agar quyuq tush bilan ishlansa, unda suv bilan aralashtiriladi, natijada to’lqinli, shaffof, ingichka chiziqli, aniq va contrast eskizlami yaratishga imkon beradi. Qayd qiluvchi sprey, eskizni yakunlagandan so‘ng, qalam, ko‘mir va pastelni qayd qilishda qo'llaniladi.
• Stepler, yelim, niqoblovchi va ikki tomonlama tasmalar materiallami umumlashtirshda, qatlamlami qayd qilish va birlashtirishda, chizma atroflarini niqoblashda qo'llash zarur.
• Stikkerlar albomga material bo'lagini va boshqa elementlami qo‘shishda ishlatiladi.
Tasviriy san'at turi sifatida chizmatasvir ishlaganda muhim bir jihatga e’tibor qaratish zarur. Tekislikdagi buyumlar uch o’lchamli tasvir asosiga ega bo‘lib, haqqoniy tasvir yuzasida namoyon boiadi. Bu uning hayotdagi real aksi. Rassomning vazifasi hayolotni emas, balki borliqqa taqlid qilib asar yaratishdir. Chizma tasvir - bu turli vositalar yordamida tasvirlanayotgan borliq bilan dialektik yaxlitlikni tashkil etadi.
|
| |