Tuproqlari, o’simlik va hayvonot dunyosi




Download 0.69 Mb.
bet4/4
Sana04.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#69640
1   2   3   4
Bog'liq
REFERAT-TURON-PROVINSIYASI
Python-Cookbook-3rd-Edition, GEOMETRIK SHAKL-WPS Office, Dars ishlanma, DIE JAHRESZEITEN 1, 2.2-Labaratoriya ishi Sirojov, 1-Laboratoriya ishi Sirojov, Qunduz opcham zaks, Документ Microsoft Word, wepik-yenilenebilir-enerji-kaynaklarinda-elektrik-enerjisi-uretimi-20231120175401cpEH, BINO ELEMENTLAR1, Hujjatga tasvir va hoshiya qo‘shish, Ijtimoiy menejment.1docx, Qurilishni tashkil etish va rеjalashtirish Mustaqil ish 2, Obyektivka
3. Tuproqlari, o’simlik va hayvonot dunyosi
O’ziga xos iqlimiy sharoitlar va tekisliklarda tarqalgan tog’ jinslarining litologik va mexanik tarkibi, relyef sharoitlari asosan cho’l tuproqlarini rivojlanishiga olib kelgan. Turon Yevrosiyo materigining ichkarisida, okeanlardan juda olis joylashganligi tufayli iqlimiy hususiyatlarining eng xarakterlisi – keskin kontinentallikni tarkib topishiga sabab bo’lgan. Tekislik yil davomida ko’plab quyosh energiyasini oladi, shuning uchun ham yoz issiq va uzoq davom etadi. Yozda havoning o’rtacha harorati cho’llarda 30 0 dan yuqori. Qishda esa shimolada Sibir antisikloni g’arbiy tarmog’ining ta’siri xukmron. Goho uning massalari janub tomon tez – tez “xujum” qilib turadi. Sovuq havo kirib kelishi bilan u ta’sir etgan hududda havo harorati keskin pasayib, kesalari havo ochiq, kunduzlari esa quyosh charaqlab nur sochsada, qishda qattiq ayoz boshladi. Ertalab tuman tushishi mumkin. G’arbiy nam havo massalarining muntazam esishi tufayli ayoz havo kuchsizlanib, kun iliydi. Kuchli frontlarning to’qnashishi natijasida qishda qor yog’ishi kuzatiladi. Nisbatan iliqroq siklonli va haddan tashqari sovuq antisiklonli havo massalarining tez-tez bostirib kirishi tufayli tekislikda keskin kontinental havotarkib topadi. Turon cho’llariga namlikni g’arbiy hao massalari keltiradi. Yilning salqin davrida yog’in-sochin ko’p miqdorda tushadi, yozning issiq kunlari esa mazkur havo massalari O’rta Osiyoga kirib kelishi bialn ancha qurib ketadi. Shu sababdan yilning issiq davrida yog’in-sochin juda kamligi, ba’zan joylarda umuman tushmasligi bilan tavsiflanadi. Bu hol o’lkanining qurg’oqchilik xususiyatini belgilaydi. Ammo yog’in-sochin tushishi hududda turlicha taqsimlangan. Turon tekisligining Markaziy Qozog’iston provinsiyasida yog’inlar yil davomida bir maromda tushadi, goho yozda ko’proq tushishi kuzatiladi. Turon provinsiyasida qismida esa buning aksi kuzatiladi. Bu hol bu davrda kuchli siklonlarning harakati va yozda termik depresiyaning mavjudligi bilan tushuntiriladi.
Turon gidrologik jihatdan bekik hudud hisoblanadi. Unda Kaspiy va Orol dengizlari, Balxash ko’li berk havzalari mavjud. Tekislik va yog’in sochinning kamligi tufayli o’zanlarda muntazam oqim tarkib topmaydi. Lekin uning hududida tog’lardan boshlanuvchi daryolar berk havzalar tomon cho’llardan kesib o’tgan, ularning ayrimlari avvalgi quyilgan daryolar yoki ko’llarga hozirlda yetib bormaydi. Chu, Sarisuv, To’rg’ay darvozasidagi bir necha kichik daryolar quyi qismida qurib qoladi.
Yog’in miqdorining juda ham cheklanganligi (Orolbo’yida 80-100 mm, qumli cho’llarda 200-250 mm) havo haroratining yuqoriligi va yotqiziqlarning ko’proq suvda eriydigan tuzlar bilan to’yinganligi tufayli tuproqlarning ham sho’rlanganligi kuzatiladi. Ushbu hol tuproq hosil bo’lish jarayonida tarkib topgan. Cho’l iqlim sharoitida tog’ jinslarining nurashi ko’plab karbonat tuzlarining ajralib chiqishiga sabab bo’ladi. Tuproqlarning tarqalishida aniq qonuniyat seziladi: poleogen va neogen jinslaridan tashkil topgan plato, balandlik, qir va ularning shleyflari, paleozoy jinslaridan tuzilgan, yonbag’irlarda asosan bo’z-qo’ng’ir tuproqlar rivojlangan. Ushbu tuproqlar gipsli, dag’al mexanik tarkiblidir. Vohalarda sug‘oriladigan o‘tloq tuproqlari, botqoq va taqirli tuproqlar ajratiladi.
O‘zbekiston cho‘l zonasi 27004 ming gektar, shundan 40 % maydonida qo‘ng‘ir tusli sur tuproqlar, 36 % da qumliklar, 5,4 % da taqirli, 3,18 % da qumli tuproqlar va 0,5 % da taqirlar tarqalgan.
Adir, tog‘ oldi qiyaliklarida va tog‘ etaklaridagi tekisliklarda bo‘z tuproqlar mintaqasi joylashgan. Bu tuproqlar tog‘ etaklari va quyi yonbag‘irlari
bo‘ylab cho‘zilib ketgan lyossli tekisliklarda juda yaxshi rivojlangan. Ular tog‘li
o‘lkalarning tuproqlaridan hisoblanadi va tog‘ yonbag‘irlaridagi eng quyi tuproq mintaqasini hosil qiladi. Bu mintaqada pastdan yuqoriga tomon tabiiy sharoitning
o‘zgarishiga qarab eng past yerlarda och tusli bo‘z tuproqlar, undan balandroqda oddiy, yuqori qismida to‘q tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan. Bo‘z tuproqli yerlar
Chirchiq-Ohangaron havzasida 250-400 metrdan 1200-1300 metrgacha, respublikamizning janubiy hududlarida 1500-1600 m gacha balandlikda uchraydi.
Bo‘z tuproqlar karbonatli tuproqlar bo‘lib, hamma qatlamida ozmi ko‘pmi
karbonat uchraydi, lekin eng ko‘pi 100-140 sm chuqurlikda bu tuproq unumdorligini oshiradi. Bo‘z tuproqlarda chirindi tuproqning ustki qatlamida to‘planadi va bu qatlamning qalinligi 15-18 sm ga boradi. Grunt suvlari chuqurda yotganligi uchun oddiy va to‘q tusli tuproqlar deyarli sho‘rlanmagan bo‘ladi. Och tusli bo‘z tuproqlar grunt suvi yuza joylashgan yerlarda sho‘rlanib, sho‘rxoksimon bo‘z tuproqlarga, ba’zan esa sho‘rxoklarga aylanadi. Bo‘z tuproqlar mineral tarkibining asosiy qismini lyoss jinslar tashkil etadi.
Och tusli bo‘z tuproqlar 250-400 metr balandliklarda-Mirzacho‘l, Farg‘ona vodiysining adirlarida va konussimon yoyilmalarida, Zarafshon, Surxondaryo,
Qashqadaryo vodiylarining yuqori terrasalarida tarqalgan va bu yerlar lanshaftiga
ko‘ra tog‘ cho‘li mintaqasiga ( yuqori cho‘lga) kiradi. Chirindili qatlamida chirindi miqdori tuproqning mexanik tarkibiga bog‘liq holda 2 % gacha bo‘ladi, undan pastga esa kamayib boradi. Umuman chirindili qatlamning chuqurligi 70- 80 sm gacha boradi, sug‘orib o‘g‘itlar solinsa, bu tuproq unumdor tuproqqa aylanib yaxshi hosil beradi. Har bir gektar yerdagi chirindinig umumiy miqdori 50-60 tonnaga teng. Och tusli bo‘z tuproqlarning yuqori qatlamida suvda eriydigan tuzlar miqdori 0,1 % ni tashkil qiladi, chuqurlashgan sari bu miqdor biroz ortadi. Bu tuproqlar sizot suvlari oqimi yomon bo‘lgan hududlarda sug‘orilganda ikkilamchi sho‘rlanishi mumkin. O‘zbekistonda och tusli bo‘z tuproqlar maydoni 2592 ming gektarni tashkil etadi.
Amudaryo etagi, Zarafshon, Chirchiq-Ohangaron, Qashqadaryo va Surxondaryo vodiylaridagi qadimiy obikor dehqonchilik qilinadigan joylarda
vohalar vujudga kelgan. Vohalardagi bo‘z tuproqlar uzoq vaqt ishlov berilishi
natijasida madaniy tuproqlarga aylangan.
Oddiy bo‘z tuproqlar tog‘ chala cho‘l mintaqasida tarqalgan. U joyiga qarab
300-600 m balandlikdagi tog‘ etaklarida, baland tekisliklar, qirlar, past tog‘larda rivojlangan, ayrim joylarda 800 metrgacha balandliklarda ham uchraydi. Oddiy
bo‘z tuproqning maydoni 3050 ming gektar bo‘lib, tarqalgan maydoniga ko‘ra
balandlik mintaqasi tuproqlari ichida birinchi o‘rinda turadi. Bu tuproqda chirindi och tusli bo‘z tuproqdagiga nisbatan ko‘proq -1,5-2,5 % hamda chirindili qatlam
bir oz to‘q tuslidir. Quyi qatlamida chirindi oz bo‘lsada 60-80 sm chuqurlikkacha uchraydi.



Qumli cho’llar o’simliklar bilan mustahkamlangan joylarda cho’l qum va tuproqlar, harakatdagi qismida esa yalang qumdan iborat. Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo, Tajan, Murg’ob, Ili, Chu, Atrek va boshqalarning qadimgi allyuvial tekisliklari va deltalarida taqirlar va taqirli tuproqlar mavjud. Ularning ayrim qiismlari hozirda o’zlashtirlgan. Taqirlar odatda berk botiqlarning tubini egallaydi. Yer yuzasi zich va qattiq bo’lganligi tufayli o’simliklardan holi bo’ladi. Taqirli tuproqlar daryo deltalarida cho’l qum va sho’rxoklar bilan bir majmuada uchraydi. Ayrim joylar turli bir yillik sho’ralar, yulg’un hamda qora saksovul bilan zich qoplanadi.Taqirlar va taqirli tuproqlar turli darajada sho’rlangan. Daryolar qayirlari va deltalarida gidromorf va yarim gidromorf tuproqlar, ya’ni o’tloq-allyuvial. O’tloq-botqoq. O’tloq-taqir va sho’rxoklar bilan band.


Turon provinsiyasi yer yuzasining tuzilishi xilma-xil, kelib chiqishi, shakli va yoshi jihatidan har xil orografik shakllar: pasttekisliklar, platolar, past togʻlar, qirlar, botiqlar, qad. daryo oʻzanlari, deltalar tarqalgan. Turon tekisligining markaziy qismini Turon pasttekisligi egallagan. Undan har tomonga balandlik ortib boradi. Bir qancha platolar (Ustyurt, Mangʻistov, Krasnovodsk, Shagʻiray va boshqalar) bor. Ular ichida eng yirigi — Ustyurt. Platolar xamma tomondan tik yon bagʻir (chink)lar bilan oʻralgan. Past togʻlar Turon tekisligining gʻarbiy kismidagi Mangʻistov yarim orolda — Krratov (556 m), Shimoliy va Janubiy Oktovlar, Qizilqumdagi Sulton Uvays togʻi (485 m), Boʻkantov (500 m), Yetimtogʻ (622 m), Tomditov (922 m), Aristontov (698 m), Ovminzatov (649 m), Quljuqtov (785 m), Qozoqtov (613 m), Balxash koʻlining janubi-gʻarbida JeltovOytov (1052 m) va boshqa Bular paleozoy togʻ jinslaridan tashkil topgan, suvayirgʻich qismi turli tuzilishga ega (qoyali, tekislangan yuzalar), yon bagʻirlari koʻpincha tik, qryali, koʻplab quruq soylar bilan kesilgan. Turon tekisligida mezokaynozoy togʻ jinslaridan tuzilgan bir qancha qirlar (BodxizQorabelQorabovur, Oqtumshuq va boshqalar) mavjud. Ularning yon bagʻirlari nishabroq, atrofidagi tekisliklar bilan astasekin tutashib ketadi, bal. 1000 m gacha. Turon tekisligida bir qancha botiqlar (Borsakelmas, Askaovdan, Mingbuloq, Qoraxotin, Oyoqogʻitma va boshqalar) bor. Ularning uz. 40 km gacha, eni 20 km gacha (Qoragiyo) yetadi. Botiklar tubida baxrr faslida vaqtinchalik koʻllar gʻosil boʻladi. Baʼzilarda (mas., Sariqamishda) doimiy koʻl bor. Turon doimiy oqar daryolar yoʻq, togʻlardan boshlanuvchi daryolar (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, IliChu, Murgʻob, Tajan va boshqalar) tekislik hududiga yetib keladi. Tektonik, antropogen koʻllar (Orol, Balxash, Sariqamish, AydarkoʻlDengizkoʻl va boshqalar) mavjud. Turon tekisligi yer osti suvlariga boy, lekin, ularning katta qismi shoʻr. Chuchuk yer osti suvlari Turon plitasining poydevori va baʼzi qum massivlarida hosil boʻlgan. Uning hududidan oqib oʻtuvchi daryolarda suv omborlari (Tuyamoʻyin, Tajan, Sariyoz, Hovuzxon, Yoʻloʻtan) va kanallar (QoraqumAmu-Buxoro va boshqalar) barpo etilgan. Tuproqlari  kulrang-qoʻngʻir, boʻz, qumli, taqir, oʻtloq, shoʻrxok, agroirrigatsion tuproqlar. Ularning koʻpchiligi shoʻrlangan, chirindiga boy emas. Oʻsimlik qoplami siyrak, qurgʻoqchilik sharoitida substrat tarkibiga moslashgan, vegetatsiya davri qisqa boʻlgan shuvoq, shoʻra, juzgʻun, qum akatsiyasi, efemer va boshqa tarqalgan, vohalarda madaniy oʻsimliklar oʻstiriladi. Hayvonot dunyosi har xil, hayvonlar qurgʻoqchil sharoitda yashashga moslashgan. Bir qancha  qoʻriqxonalar  (AmudaryoBadaytoʻqayBodxizBorsakelmas, Hasankoʻli, Repetek, Ustyurt, Qizilqum, Qoplonqir) tashkil etilgan. Turon tekisligi turli tabiiy boyliklar (foydali qazilmalar, chorvachilik ozuqasi, yer)ga ega. Foydali qazilmalardan neft, gaz, oltin, fosforit, qurilish materiallari bor.

Qoraqum cho’li
Cho’llashish jarayonining kuchayishi sababli ushbu tuproqlar endilikda zonal tuproqlar yo’naligida evolyusiya bosqichiga o’tgan. Tuproqlarning xilma-xilligi va iqlimiy sharoitlarning yirik hududlar bo’yicha bir oz bo’lsada farqlanishi (yog’in miqdori va havo harorati bo’yicha) o’simliklarning turli formasiyalarda
tarqalishga imkon beradi. Bu borada gurunt suvlarining yer betiga yaqinligi va sho’rlik darajasi o’simlik qoplamining yanada xilma-xil bo’lishiga ta’sir etadi. Cho’l qum va qumliklarda quruqsevar psammofil (oq saksovul, terkez, qandim, selen, quyonsuyak va boshq.), bo’z-qo’ng’ir tuproqlarda (Ustyurt, Mang’ishloq, Krasnavodsk platosi va boshq) biyurg’un, shuvoq, keyreuk, qir saksovuli va boshqalar keng tarqalgan. Daryo to’qayzorlari o’simliklarga nihoyatda boy. Namlikning yetarli bo’lishi tuproq sharoitlarining qulayligi tufayli daraxtli turlardan turang’il, turli bargli tol, jiyda; butalardan yulg’un, deraza va boshqalar zich o’sadi. Eng quyi yarusda bir yillik sho’ralar va turli o’tlar xukmron. Gidrofil va mezofil turkumiga oid o’simliklar tuproq va namlikning muntazam bo’lishiga juda ham sezgir. Hozirgi cho’llashish kuchaygan kuchaygan bosqichda ular kserofit va galofit guruhlar bilan almashmoqda. Chunonchi yulg’un, qorabaroq, qorasaksovul, bir yillik sho’ralar hukmron bo’lmoqda. Qamishzorlar maydoni borgan sari kamayib bormoqda. Turon pastekisligining hayvonot dunyosi bir-biridan keskin farq qilmaydi. Asosiy farq cho’l mintaqasining shimoliy va janubiy kichik zonalarida kuzatiladi. Janubiy subtropik cho’l mintaqasi hayvonot olami tur jihatdan nisbatan boyroq. Umuman tuproqlarning hosil bo‘lishida iqlim bilan bir qatorda xilma-xil ona jinslarning va ular xossalarining, shuningdek relef, grunt suvlari, ularning sayoz yoki chuqurligi ham katta ta’sir etadi. Shuning uchun bir zonaning o‘zida bir-biriga o‘xshamagan turli-tuman tuproqlarning tarkib topishi mumkin. Relef va gidrogeologik sharoitlarning o‘zgarishi ta’sirida zonal tuproqlar orasida azonal tuproqlar-o‘tloq, o‘tloq-botqoq, botqoq, sho‘rxok hamda turli darajada sho‘rlangan tuproqlar vujudga keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. P. Baratov, M. Mamatqulov, A. Rafiqov O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi T.: O’qituvchi 2002
2. I. A. Hasanov, P.N.G’ulomov O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi T.: 2002
3. I. A. Hasanov, P. N. G’ulomov, A. A. Qoyumov O’zbekiston tabiiy geografiyasi 2-qism T.:2010
4. 7-sinf O’rta Osiyo va O’zbekistonning tabiiy geografiyasi T.:2017
5. I. A. Hasanov O’zbekiston tabiiy geografiyasi Maruzalar matni T.:2018
Internet saytlar:
6. www.ziyo.uz
7. www.fayllar.uz
8. www.geografiya.uz
Download 0.69 Mb.
1   2   3   4




Download 0.69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tuproqlari, o’simlik va hayvonot dunyosi

Download 0.69 Mb.