1. O’rta Osiyoning tabiiy-geografik rayonlashtirilishi haqida qisqacha ma’lumot




Download 0.69 Mb.
bet2/4
Sana04.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#69640
1   2   3   4
Bog'liq
REFERAT-TURON-PROVINSIYASI
Python-Cookbook-3rd-Edition, GEOMETRIK SHAKL-WPS Office, Dars ishlanma, DIE JAHRESZEITEN 1, 2.2-Labaratoriya ishi Sirojov, 1-Laboratoriya ishi Sirojov, Qunduz opcham zaks, Документ Microsoft Word, wepik-yenilenebilir-enerji-kaynaklarinda-elektrik-enerjisi-uretimi-20231120175401cpEH, BINO ELEMENTLAR1, Hujjatga tasvir va hoshiya qo‘shish, Ijtimoiy menejment.1docx, Qurilishni tashkil etish va rеjalashtirish Mustaqil ish 2, Obyektivka
2. Turon provinsiyasi haqida
Turon provinsiyasi tekislik-togʻlik tabiat kompleksidir. Provinsiya tabiatining asosiy belgilari neogen va toʻrtlamchi davrlarda shakllangan. Olimlar Turon tekisligi va unga tutash togʻ tizimlarini yagona tabiiy majmua deb hisoblaydilar. Tadqiqotchilar Turon tekisligining janubidagi viloyat va unga tutash (unga qaragan) G’arbiy Tyanshan, Oloy, Turkiston va Nurota togʻ tizimlari, Qoratepa, Ziyovuddin-Zirabuloq togʻlarida joylashgan. Hisor tizmasi va uning janubi-gʻarbiy tarmoqlari Janubiy Tojikiston togʻlari Hindush, Safedko’h va Nishopurning shimoliy yon bagʻirlarini oʻz ichiga oladi. Turon viloyatining tekisliklari va qismlari tabiatining shakllanishida muayyan farqlar mavjud. Tekislik qismi Turon plitasining janubiy qismini egallagan boʻlsa, viloyatning togʻli qismi faol rifting va neotektonik harakatlar zonasida joylashgan. Tekislik qismning mutlaq balandligi 0-50 m dan 200-300 m gacha, yangi tektonik harakatlarning kuchsizligi xarakterlidir. Provinsiyaning kamroq qismini egallagan togʻli hududning mutlaq balandligi 4500-5000 m. Togʻlarda tog’ oldi va tog’ oraliq botiqlari bo’lib, ular mezo-kaynozoy yotqiziqlari bilan qoplangan. Lekin u togʻli tekisliklarni oʻz ichiga olgan Turon provinsiyasi uchun umumiy bo’lgan oʻziga xos xususiyatlari ham bor. Bular quyidagilar:

  1. Tabiatning oligotsendan keyin kontinental sharoitda rivojlanganligi;

  2. Tog’lik va tekislik qismlarining butun neogen-turtlamchi davrda bir-biri bilan uzviy bog’liq holda rivojlanganligi, ya’ni tog’li qismida yemirilish ro’y bergan bo’lsa, tekislik qismida akkumullyatsiya bo’lgan;

  3. Iqlimning o’ziga xosligi, masalan, yog’ingarchilikning yil davomida notekis taqsimlanishi, havo haroratining balandligi, qishning iliq bo’lishi.

Turon provinsiyasining orografik tuzilishi va makrorelefining o’ziga xos xususiyat, hududning shimolga va shimoli-g’arbiy tomondan ochiqligi va janubdan tog’lar bilan o’ralganligidir.

O’rta Osiyoning tabiiy-geografik provinsiyalarga bo’linishi.
O’rta Osiyoning Yevroosiyo materigining markazida va okeanlardan ancha uzoqda joylashganligi iqlimning juda ham kontinental bo’lishiga olib kelgan. Turon ancha janubda joylashganligi uchun Quyoshdan energiyani ancha ko’p oladi. Shuning uchun bu erda yozi issiq bo’lib, ancha uzoq davom etadi. Janubiy cho’llar esa yozda juda ham qizib ketadi. Bu yerda Quyosh energiyasining namni bug’latishga sarf bo’lmasligi natijasida yozgi harorat (o’rtacha) +32° gacha boradi. Shu bilan bir qatorda, qishda Sibir antisiklonining janubiy tarmoqlari ta’sirida sovuq havo massalari bemalol kirib kelib, Turonning janubida qishni shu kengliklar uchun xos bo’lmagan darajada qattiq sovuq bo’lishiga olib keladi. Bu hol O’rta Osiyo tekisliklari iqlimining kontinentalliginu sezilarli darajada oshiradi. Iqlimining kontinentalligini ko’rsatuvchi issiqlikning yillik farqi ko’rsatgichi O’rta Osiyoda qishni o’lkalarga nisbatan ancha katta, faqat Sharqiy Sibirdagiga nisbatan kamroqdir. Turonning katta qismi cho’l va chala cho’llardan iborat. Bu yerga yog’in-sochin asosan Atlantikadan kelayotgan nam havo orqali keladi. Lekin nam havo bu erga ancha isib, tarkibidagi namligining katta qismini yo’qotib keladi. Shuning uchun provinsiya iqlimi juda ham quruq. Provinsiya uchun yog’in-sochin miqdorining kamligi, havo nisbiy namliging yozda kunduzi juda kamayib ketishi, bulutsizlik natijasida quyoshli vaqtning ko’pligi xosdir.
Тuron provinsiyasi iqlimida subtropik iqlimga xos xususiyatlar mavjud. Ayrim yillari qish yumshoq kelib, ba’zi o‘simliklar, ayniqsa, o‘t va buta o‘simliklari ko‘karib turaveradi. Boshqacha qilib aytganda, vegetatsiya to‘xtamaydi, yog‘in kam yog‘sa ham, uning ko‘p qismi bahor oylariga to‘g‘ri kelgani uchun bahorda qisqa muddatda unib-o‘sib, meva berib qurib qoladigan o‘simliklar — efemer va efemeroid o‘simliklar barq urib o‘sadi. Yoz kelishi bilan ular qurib qoladi. Bundan tashqari, yozda yog‘in deyarli yog‘maydi, jazirama issiq bo‘ladi. Qishda esa Qozog‘iston kichik o‘lkasida kuzatiladigan qattiq sovuq bo‘lmaydi.
Turon provinsiyasida bahor fasli o’simliklarning rivojlanishi uchun juda qulay, chunki bunda o’simliklarning rivojlanishi uchun tabiiy nam va issiklik yetarli buladi. Iliq davrning (mayning boshidan to oktyabrning oxirigacha) meteorejimi qishnikiga butunlay qarama-qarshi bo’lib, bu davr haqiqiy kserotermik hisoblanadi. Bu davrda nam yetishmasligi va ortiqcha harorat ta’sirida o’simliklarning tabiiy rivojlanishi keskin chegaralangan buladi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, Turon provinsiyasida bir-biridan farqlanuvchi uchta ekologik davr ajratiladi: Mikrotermik (qishki), mezotermik (bahorgi), kserotermik (yozgi).
Bu uch davr Turon provinsiyasining tekislik va tog’ oldi qismlarida, ayniqsa tekislikda yaqqol kuzatiladi. Turon provinsiyasida tekislik qismida shimolga tomon va tog’larga ko’tarilgan sari havo haroratining pasayib borishi natijasida yilning sovuq davrida o’simliklarning vegetatsiya davri kamayib boradi.
Turon provinsiyasining shimoliy chegarasida va baland tog’larda sovuq davr subtropik tabiatiga xos xususiyatlarini yo’qotadi. Qish qo’shni provinsiyalarda kuzatiladigan qishga o’xshab ketadi. Shu bilan birga tog’larga ko’tarilgan sari yillik davrning ob-havo rejimlari ham asta o’zgarib boradi. Harorat pasayib, havoning namligi ortib boradi, yogin-sochin mikdori ko’payadi. Buning oqibatida kserotermic davr qiskarib boradi. Natijada tog’larda bahorgi mezotermik davri uzayadi va ob-havoda O’rta Yer dengizi bo’yiga xos xususiyatlar ancha kuchli namoyon bo’la boshlaydi.
Turon tabiiy-geografik provinsiyasining iqlimi iliq, qurg’oqchil va kontinental. Bu holat Oʻrta Osiyoning janubi-gʻarbidan oligotsen dengizi keta boshlagandanoq shakllana boshlagan, soʻngra kontinental rivojlanish davrida hozirgi holiga kelgan.
Turon provinsiyasiga oqim modulining juda xilma-xil ekanligi xosdir. Tog’li qismida oqim moduli ko’rsatkichlari yuqori. Masalan, Jung’oriya-Tyanshan provinsiyasida oqim moduli 30 m/s boʻlgan hudud umuman yoʻq. Turon provinsiyasida esa bunday oqim modulli hudud umumiy maydonning 18 foizini egallaydi. Qo’shni Jung’oriya – Tyanshan provinsiyasida atigi 2,5-3% ni tashkil qiladi.
Turon provinsiyasining okruglarga bo’linishi:


Download 0.69 Mb.
1   2   3   4




Download 0.69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. O’rta Osiyoning tabiiy-geografik rayonlashtirilishi haqida qisqacha ma’lumot

Download 0.69 Mb.