|
Agrar mahsulotlarni yetkazib berishning tashkiliy masalalari mundarija kirish i-bob. Agrar mahsulotlarni yetkazib berishning tashkiliy masalalari
|
bet | 1/7 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 67,74 Kb. | | #140654 |
Bog'liq bozor
Agrar mahsulotlarni yetkazib berishning tashkiliy masalalari
MUNDARIJA
KIRISH
I-bob.AGRAR MAHSULOTLARNI YETKAZIB BERISHNING TASHKILIY MASALALARI
1.1Qishloq xo’jalik mahsulotlari bozorini rivojlantirishning nazariy asoslari
1.2 Davalat va nodavlat korxonalariga mahsulot sotish va uni takomillashtirish
1.3 Fermer xo’jaliklarida agrar tovarlar va fond birjalaridan foydalanish yo’llari
II-BOB. QISHLOQ XO'JALIGIDA JORIY ETILAYOTGAN INNOVATSIYALAR SAMARADORLIGINING AMALIY JIHATLARI
2.1 Qishloq xo'jaligida sarflanayotgan investitsiyalarning, manbalari, sarflanish yo'nalishlari
2.2 O'zbekiston qishloq xo'jaligida innovatsiyalarni kiritishning zamonaviy tajribalari
2.3 Qishloq xo'jaligida innovatsiyalar iqtisodiy samaradorligini oshirishda xorij tajribasi va uni amalda qo'llash imkoniyatlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini to‘laqonli amalga oshirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga ilmiy asoslangan axborot, zamonaviy xizmatlarni ko‘rsatish, ishlab chiqarishga ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalarni keng joriy etish, ta’lim, ilm-fan, ishlab chiqarish va agroxizmatlar ko‘rsatish tizimining uzviy integratsiyasini ta’minlash maqsad qilingan.
Qishloq xo‘jaligi kompleksidagi eng asosiy masalalardan biri eksportbop meva-sabzavot yetishtirish va uni eksport qilishdir.
Xususan, Prezident qishloq xo‘jaligida hosildorlik va samaradorlikni keskin oshirish kambag‘allikni qisqartirish va qishloq aholisi daromadlarini ko‘paytirishning eng tez natija beradigan omil ekanligiga e’tibor qaratdi. Prezident har gektar erdan olinadigan daromadni hozirgi o‘rtacha 2000 dollardan kamida 5000 dollargacha oshirish bo‘yicha ustuvor vazifa qo‘ydi. Buning uchun davlatimiz rahbari 2021 yilda qishloq xo‘jaligiga suvni tejash, biotexnologiya va urug‘chilik sohasida eng ilg‘or texnologiyalarni joriy etishni davom ettirish va takomillashtirish vazifasini qo‘ydi. Bundan tashqari, ilm-fan va innovatsiya yutuqlari qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kerakligi ta’kidlandi.
Prezidentimiz Murojaatnomasida «qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga oid juda muhim masalaga, yani yerdan foydalanish huquqlarini kafolatlash va ularni bozor aktivlariga aylantirishga bag‘ishladi. Shuningdek, davlatimiz rahbari 2022 yilda barcha hududlarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar markazlari yaratish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Bu yerda 100 dan ortiq agroxizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan, yerlarning sifatini yaxshilash, kasalliklarga qarshi kurashish, urug‘larni tanlash va boshqa xizmatlar “yagona darcha” tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, birinchi marta qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish, yerning unumdorligini oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etishga ilk bor 600 million dollardan ziyod kredit va grant mablag‘lari jalb qilinadi.
Davlatimiz rahbarining qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalalariga bunday katta e’tiborining asosiy sababi ushbu sohaning iqtisodiy rivojlanishga ulkan ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi bilan bog‘lash mumkin. Qishloq joylarda sharoitlarning yaxshilanishi kambag‘allikning kamayishiga katta hissa qo‘shishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligidagi o‘sishining nisbiy avfzalliklari kambag‘allikni kamaytirishdagi roli ekonometrik tadqiqotlar bilan ham qo‘llab-quvvatlanadi. Mamlakatlararo ekonometrik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qishloq xo‘jaligi sohasida erishilgan yalpi ichki mahsulotning o‘sishi kambag‘allar uchun nisbatan katta samara keltiradi. Xususan, kambag‘allikni kamaytirishda qishloq xo‘jaligidagi o‘sish boshqa tarmoqlarda erishilgan o‘sishdan keluvchi samaraga nisbatan kamida ikki baravar yuqori bo‘ladi.
Masalan, Xitoyda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga asoslangan jami iqtisodiy o‘sish kambag‘allikni kamaytirishda qishloq xo‘jaligidan tashqari sohalardagi o‘sishga nisbatan 3,5 baravar, Lotin Amerikasida esa 2,7 baravar samarali ekanligi aniqlangan. Qishloq xo‘jaligining Xindistonda texnologik innovatsiyalar joriy etish (yuqori hosilli ekinlarni yetishtirish), Xitoyda esa institutsional innovatsiyalar (uy xo‘jaliklarining javobgarligi va bozorni liberallashtirish) tufayli jadal o‘sishi butun dunyo bo‘ylab qishloqdagi kambag‘allikning sezilarli darajada pasayishiga olib keldi.
Janubiy Koreyaning tajribasi ham ibratlidir. Bu yerda jadal sanoatlashish davridan oldin (yigirmanchi asrning birinchi yarmida) qishloq infratuzilmasiga (birinchi navbatda yo‘l tarmog‘iga), sug‘orishga, o‘g‘itlarga va yuqori mahsuldor urug‘liklarga muhim sarmoyalar kiritilishi keyingi sanoatlashish davri uchun muhim dastlabki shart-sharoitlarni ta’minladi.
Shunday qilib, Prezident Murojaatnomasidan O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish dastlabki bosqich ekanligini va ushbu sohani samarali rivojlanishisiz boshqa murakkab sanoat va xizmatlarning keyingi rivojlanishini tasavvur qilish qiyinligini aniq tushunish mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Agrar mahsulotlarni yetkazib berishning tashkiliy masalalari mundarija kirish i-bob. Agrar mahsulotlarni yetkazib berishning tashkiliy masalalari
|