II-BOB. QISHLOQ XO'JALIGIDA JORIY ETILAYOTGAN INNOVATSIYALAR SAMARADORLIGINING AMALIY JIHATLARI




Download 67,74 Kb.
bet4/7
Sana18.01.2024
Hajmi67,74 Kb.
#140654
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bozor

II-BOB. QISHLOQ XO'JALIGIDA JORIY ETILAYOTGAN INNOVATSIYALAR SAMARADORLIGINING AMALIY JIHATLARI
2.1 Qishloq xo'jaligida sarflanayotgan investitsiyalarning, manbalari, sarflanish yo'nalishlari
Qishloq xo`jaligining barqaror rivojlanishi tarmoqda mavjud bo`lgan ishlab chiqarish vositalari oqilona tarzda takror ishlab chiqarilishini talab etadi.Bu jarayon ishlab chiqarish vositalarini sotib olish, qayta ta`mirlash, qurish,innovatsion hamda ijtimoiy munosabatlar yig`indisidan tashkil topadi. Barcha investitsiyalar (kapital qo`yilmalar) quyidagi yirik ikkita manbadan shakllantirilib, amalga oshiriladi:
x korxonaning o`z mablag`laridan;
x chetdan jalb qilingan mablag`lardan.
Korxonaning o`z mablag`lariga quyidagilar kiradi:
-korxonaning sof foydasidan ajratilayotgan mablag`lar;
-amortizatsiya fondidagi mablag`lar;
-asosiy vositalarni tugatishdan, sotishdan kelib tushgan mablag`lar;
-ularni ijaraga berishdan tushgan mablag`lar;
-qishloq xo`jalik korxonalari qimmatli qog`ozlar chiqarib sotish, boshqalarnikini sotib olish natijasida olinayotgan dividentlardan ajratilayotgan mablag`lar.
Yuqori rentabelli korxonalar ishlab chiqarish vositalarini yangilash maqsadida kapital qo`yilmalarni amalga oshirishda ko`proq imkoniyatga ega bo`ladi.
Hozirgi davrda investitsion mablaglar yangi, samarali texnologiyaga hamda intellektual mulkni barpo etishga ham sarflanishi maqsadga muvofiqdir. Bu muammoning to’g’ri, samarali hal etilishi ma lum miqdordagi investitsiyalar sarflanishini ob’ektiv ravishda talab etadi. Demak, investitsiya mablag’lari tarmoqda doimiy va o’zgaruvchan kapitalni hamda intellektni barpo etish va ularni rivojlantirish hamda yuksaltirish uchun sarflanadi. Uzoq hamda qisqa muddatlarga mo’ljallab sarflanishi mumkin. Agarda qishloq xo’jaligining asosiy vositalarini sotib olishga, qurishga hamda ularni kapital ta’mirlashga sarflansa, unda bu sarflar uzoq muddatga mo’ljallangandir. Ularni asosiy kapitalga sarflangan investitsiyalar deb atashadi. Shu bilan birgalikda investitsiyalar qishloq xo’jaligining aylanma vositalariga ham sarflanadi. Ular qisqa muddatga sarflangan hisoblanadi. Demak, investitsiyalar natijasida qishloq xo’jaligining ishlab chiqarish vositalari barpo etilib, ularning ishga yaroqliligi tubdan yaxshilanadi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish vositalariga sarflanadigan barcha mablag’lar investitsiyalar deb ataladi. Ular qishloq xo’jaligi (korxonalar)ning moddiy-texnika bazasini mustahkamlab, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, kimyolashtirish, elektrlashtirish, irrigatsiya-melioratsiyalashtirish natijasida xarajatlarni kamaytirib, etishtiriladigan mahsulotlar hajmi ko’payishi va sifati yaxshilanishini, olinadigan daromad (foyda) summasi oshishishni ta’minlaydi. Bu investitsiyalarni amalga oshirishning tub maqsadidir.
Investitsiyalar maqsad hamda vazifalariga kora, quyidagi turlarga bo’linadi:

  • kapital investitsiyalar;

  • innovatsion investitsiyalar;

  • ijtimoiy investitsiyalar.

Asosiy fondlarni barpo etishga va takror ishlab chiqarishga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning barcha shakllarini rivojlantirishga sarflangan investitsiyalar kapital investitsiyalar, deb ataladi.
Texnika va texnologiyalarning yangi avlodini yaratish va o’zlashtirishga sarflangan investitsiyalar innovatsiya investitsiyalardir.
Inson salohiyatini, malakasini va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga sarflanadigan mablag’lar ijtimoiy investitsiyalar, deb ataladi.
Ular real hamda moliyaviy invaestitsiyalarga ham bo’linadi. Moddiylashgan asosiy va aylanma vositalarga sarflangan mablag’lar real investitsiyalarni tashkil etadi.
Qimmatli qog’ozlarni (aktsiya, obligatsiya, veksel, sertifikat) shakllantirishga sarflangan mablag’lar esa moliyaviy investitsiyalar hisoblanadi. Real investitsiyalarni kapital qo’yilmalar, deb ham atash mumkin. Kapital qo’yilmalar yalpi va sof kapital qo’yilmalariga bo’linadi. Real investitsiyalarning umumiy summasi yalpi kapital qo’yilmalarini tashkil etadi. Real investitsiyalarni sarflash natijasida ishga tushirilgan qismi sof kapital qo’yilmalardir. Sof kapital qo’yilma yalpi kapital qo’yilma sumasiga teng yoki kam bo’lishi mumkin. Qishloq xo’jaligi, jumladan, korxonalar miqyosida yalpi kapital qo’yilmani sof kapital qo’yilmaga aylantirishga alohida e’tibor berilishi lozim. Sarflanayotgan real investitsiyalar moddiylashtirilishini, ya’ni ishga tushirilishini ta’minlash zarur.
Milliy hisoblar tizimida asosiy kapitalga hamda moddiy ishlab chiqarish vositlariga sarflangan mablag’lar real investitsiyalar deb hisobga olinadi.
Lekin, respublika qishloq xo’jaligida erkin bozor munosabatlari sust sur’atlar bilan rivojlantirilayotganligi moliyaviy investitsiyalar ko’lami kengayishini talab darajasida ta’minlamayapti. Jumladan, jamoa, shirkat, fermer xo’jaliklarida qimmatli qog’ozlar (aktsiya, obligatsiya, sertifikat, veksellar...) chiqarib, sotilayotgani yo’q. kelajakda bu muhim masalani hal etishga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Davlatning iqtisodiy siyosatida qishloq xo’jalik korxonalarida ham qimmatli qog’ozlar bozorini tashkil etish tadbirlari ishlab chiqilishi va ular amaliyotga tatbiq etilishi lozim.
Bozor iqtisodi sharoitida investitsion siyosatni shakllantirishda quyidagilar-ga alohida e’tibor berish kerak:

  • tender asosida raqobatbardosh loyihalarni tanlashga. Bu qishloq xo’jaligida investitsion loyihalar bozori barpo etilishini ta’minlaydi;

  • qishloq xo’jaligi uchun mo’ljallangan investitsiyalarning iqtisodiy jihatdan asoslanganligiga. Qishloq xo’jaligi tabiiy-iqtisodiy omillarining xususiyatlari real hisobga olingan holda iqtisodiy-ijtimoiy natijalari aniqlangan bo’lishi zarur. Chunki, aksariyat hollarda loyihada belgilangan mablag lar ko’zda tutilgan tadbirlarni bajarish uchun etmaydi, oqibatda ko’zlangan maqsadga erishilmaydi. Bu hol investitsion loyihalar uzoq muddatga cho’zilishiga olib keladi;

  • chet el investorlarini va ularning investitsiyalarini qishloq xo’jaligiga jalb etishga. Buning uchun qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotlarga bo’lgan shaxsiy va xususiy mulkchilikni rivojlantirish lozim va boshqalar.

Barcha omillarni e’tiborga olgan holda sarflanadigan investitsiyalar qishloq xo’jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini barpo etadi. Qishloq xo’jaligi zamonaviy mashinalar, traktorlar, kombaynlar, bino-inshootlar bilan ta’minlanadi. Unda bog’zor, uzumzorlar barpo etiladi. Zotli, sermahsul chorva hayvonlari yaratiladi.
Ular yangi ish joylari barpo etilishini ta’minlaydi, qishloq xo’jaligida band bo’lgan tadbirkorlarning bilimlarini, malakalarini yuksaltiradi, bozor munosabatlarini shakllantiradi. Ularning uyg’unlashishi natijasida tarmoqda etishtiriladigan mahsulotlar hajmi ko’paytirilib, raqobatbardoshligi oshadi. Bu, o’z navbatida, aholini, qayta ishlash tarmoqlarini va nihoyat, davlatning talabi qondirilishini ta’minlaydi, fuqarolarning turmush darajasini yuksaltiradi. Bularning hammasi investitsiyalarning iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati katta ekanligidan dalolat beradi.
Kapital qo’yilmalarning xalq xo’jaligi va qishloq xo’jaligidagi ahamiyati –
-Birinchidan, kapital qo’yilmalar jami xarajatlarning asosiy qismi hisoblanadi. Kapital qo’yilmalardagi o’zgarishlar jami talabga etarlicha ta’sir ko’rsatadi, shuningdek aholining bandligi va yalpi milliy daromad (YaMD) hajmining ham o’zgarishini ta’minlaydi.
-Ikkinchidan, kapital qo’yilmalar korxonaning asosiy fondlari jamg’arilishiga, ya’ni ko’payishiga olib keladi. Bunda ishlab chiqarish kuchlarini kengaytirishga sarf qilingan pul mablag’lari boshlang’ich bosqichda korxona faoliyati natijalariga ta’sir etmasligi mumkin, lekin kelajakda iqtisodiy o’sish uchun zarur bazani yaratadi.
Uchinchidan, kapital qo’yilmalarning noratsional sarf qilinishi ishlab chiqarish resurslari, xarajatlar o’sishiga olib keladi, natijada YaMD qisqaradi. Misol uchun, tugatilmagan qurilishning ko’payishi, moddiy resurslar oshishi, to’lanadigan ish haqining ko’payishi hamda ishlab chiqarishning qisqarishi shular jumlasidandir. Xuddi shunday tarzda noritmik holda etkazib berilgan vositalar me’yordan yuqori bo’lib, korxona zahiralariga ham ta’sir ko’rsatadi. Ular sarflanayotgan kapital qo’yilmalarning qiymati o’sishiga hamda samaradorligiga ta’sir etadi.
Kapital qo’yilmalarning miqdori, dinamikasi va samaradorligi quyidagi omillarga bog’liq: kapital qo’yilma amalga oshirilayotgan loyihaga; mamakatdagi va korxona faoliyatidagi iqtisodiy o’zgarishga; davlatning soliq siyosati va banklarning foiz stavkasiga; tashqi savdodagi iqtisodiy holatga; milliy valyutaning ichki va tashqi kursiga; mamlakatning siyosiy hayotidagi barqarorlikka.
Investitsiyalar (kapital qo’yilmalar) qishloq xo’jaligining har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi. Chunki ular evaziga tarmoqning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi. Ulardan to’liq va samarali foydalanish natijasida jonli mehnat xarajatlari qisqarib, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ko’payib, sifati yaxshilanadi. Bu hol qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan talab yanada yaxshiroq qondirilishini ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda sof foyda summasi ko’payadi. Natijada qishloq xo’jaligini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish asosida rivojlantirish imkoniyati tug’iladi. Aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli yanada yuksaladi. Bular investitsiyalar, kapital qo’yilmalarning ijtimoiy hamda iqtisodiy samaradorligi mavjudligidan dalolat beradi.

Download 67,74 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 67,74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II-BOB. QISHLOQ XO'JALIGIDA JORIY ETILAYOTGAN INNOVATSIYALAR SAMARADORLIGINING AMALIY JIHATLARI

Download 67,74 Kb.