|
Davalat va nodavlat korxonalariga mahsulot sotish va uni takomillashtirish
|
bet | 3/7 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 67,74 Kb. | | #140654 |
Bog'liq bozor1.2 Davalat va nodavlat korxonalariga mahsulot sotish va uni takomillashtirish
Fermer xo‘jaliklari o ‘zlari yetishtirgan chorvachilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik mahsulotlaridan o‘z xohishicha foydalanmoqda. Davlat buyurtmasi faqat paxta va dongagina saqlanib qolgan boMib, uning miqdorlari 2015-yilda paxta va don bo'yicha 50 foizgacha qisqartirildi. Paxta xomashyosini tayyorlash, uni qayta ishlab, tolasini sotish markazlashtirilgan holda «0’zpaxtasanoat» uyushmasi va uning hududiy aksiyadorlik birlashmalari orqali amalga oshirilmoqda. Davlat buyurtmasini bajargan xo‘jaliklar ixtiyorida hosilning 70 foizi qoladi. Paxta yetishtiruvchilar bu paxtani erkin sota olmaydilar, uning xaridori «Paxtasanoat» uyushmasining hududiy aksionerlik birlashmalaridir. Paxta yetishtirish rejasini bajargan xo‘jaliklarga zavod ishlab chiqarish narxlarida yog’, sheluxa va kunjara sotilmoqda. Paxta xomashyosini yetishtirish rejasini bajarmaganlarga bu mahsulotlar berilmaydi. Davlat buyurtmasidan ortiqcha paxta yetishtirgan (davlat buyurtmalari narxidan yuqori narxlarda) xo‘jaliklar «Paxtasanoat» hududiy birlashmalariga paxtani shartnoma bahosida sotadi. Chunki respublikada paxta davlat monopoliyasi bo‘Iib, uning erkin bozori shakllanmagan, shu bois buyurtmadan ortiqcha paxta xomashyosini erkin sota olmaydilar. Fermer ishlovchilarga ish haqini pul va natura (yog‘, sheluxa va kunjara kabi mahsulotlarjda to‘laydi. Paxta xomashyosini tayyorlash tizimida ichki bozomi erkinlashtirish zarur. Chunki fermer o‘zlari yetishtirgan paxta hisobiga sheluxa, kunjara, yog‘ vachigitni qayta ishlash zavodidan sotib olmoqdalar. Tayyorlov tashkilotlariga fermerning mahsuloti kerak bo‘lsa, chigitni qayta ishlash xarajatlari (hamda ularning foydalari)ni to‘lashlari kerak. Yog‘ zavodlari yog‘ (sheluxa, kunjara) narxidan, chigitning narxini chegirib tashlagan holda, hisob-kitob qilishlari lozim. Shunday qilib, fermer xo'jaliklari davlat buyurtmasidan ortiqcha paxta xomashyosini erkin bahoda sotish orqali o‘z faoliyatini integratsiyalashtiradi.
Fermer xo‘jaligining ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar ikki guruhga: ishlab chiqarish va bozor munosabatlariga bo’linadi. Ishlab chiqarish omillariga yer, suv, mehnat resurslari, asosiy va aylanma vositalardan foydalanishning samaradorligini oshirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish kabi omillar kiradi. Bozor omillariga - bozor konyunkturasining holati, istiqboli, uning dinamikasi, raqobat sharoitlari va ko‘lami kiradi. Boshqacha qilib aytganda, bozor om illariga - m ahsulotning bahosi unga bo'lgan talab va taklif, raqobatdagi m ahsulotlar m iqdori, raqobatchilarning bozor siyo sa ti va boshqalar kiradi. Bozor munosabatlariga o‘tish bilan tijorat iqtisodni o‘rganish, mahsulot sifatini yaxshilashga erishish, marketing tushunchasining asosini tashkil etadi. Marketing (ingl. m arket-bozor) - bu tadbirkor muhitini, bozorini, iste’m olchining aniq talabini va ular uchun ishlab chiqarilgan tovar va xizm atlarni k o ‘zda tutishni o’rganishga asoslangan, qishloq xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish, sotish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bozor konsepsiyasidir. Marketing tor ma’noda tovar ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi xizmatni, tovarni sotish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqarishni o’z ichiga olgan tadbirkorlik faoliyatidir. AQSHda marketing keng m a’noda uzoqni ko‘ra bilish, boshqarish va tovarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, muomala vositasi orqali xizmatni tashkil etish, yangi g‘oyani hayotga tatbiq etish deb tushuniladi. Marketing faoliyati – baholar sistemasi, mahsulotlarni saqlash, joylashtirish, savdo markazlarini yaratish, mahsulotni sotish, savdo xodimlarini boshqarish, kredit berish, mahsulotni tashish, sotsial talablarni bajarish, savdo shoxobchaiarini ochish uchun joy tanlash, iste’molchilarni oMganish, ulgurji, chakana savdoni va ko’rgazmalarni tashkil etish, jamiyat bilan munosabatlarni yaxshilash, bozor tadqiqotlarini olib borish, tovarlarning sifatiga kafolat berish bilan shug'ullanadi. Marketingning vazifasi - sotib olish, sotish, mahsulot tashish va uni saqlash, moliya mablag’lari bilan ta’minlash, mahsulotni ko‘rgazmaga qo‘yish va bozor ma’lumotlarini yig‘ishdan iborat. Qishloq xo‘jaligi marketingining maqsadi - talabni shakllantirish va rag‘batlantirish, ishlab chiqarish rejalari, qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarining asoslanganligini ta’minlash va mahsulotlar savdosi, bozor hissasi va foydasini ko'paytirishdan iborat. Marketing tizimlaridan fermer xo‘jaligini rivojlantirishda foydalanish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 1. Qishloq xo’jalik m ahsulotlarini yetishtirish ko’p jihatdan ob-havo sharoitiga bog'liq. Bu qishloq xo‘jaligida tovar ishlab chiqaruvchilarning mahsulot sifati va hajmi (miqdori) ustidan nazorat olib borish imkoniyatini ma’lum darajada cheklab qo'yadi. Fermer xo'jaligi faoliyatida 3 model mavjud: Birinchi model tovar ishlab chiqaruvchining qulay iqlim sharoitidagi faoliyati bilan aniqlanadi. Bu chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlari umumiy hajmining ko‘payishi bilan bog‘liq. Ikkinchi model iqlim sharoiti noqulay bo’lgan vaziyatga mo’ljallangan bo’ladi. Bunga hosilni saqlab qolish uchun qo‘shimcha mehnat va boshqa resurslarni jalb etib, hosilni yig‘ishtirib olishni jadallashtirish, hosilni saqlab qolishning boshqa tadbirlarini amalga oshirish kiradi. Nihoyat, uchinchi model, baxtsiz hodisalar ehtimoli bo’lganda, tovar ishlab chiqaruvchi tomonidan qo’llaniladigan tadbirlardan iborat bo’ladi. 2. Aholini oziq-ovqatga bo’lgan talabini qondirish kafolatini bera oladigan qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish. Bu xususiyat sanoatga nisbatan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun ma’lum afzalliklar yaratadi, chunki qishloq xo‘jaligida mahsulot sotishning noqulay sharoiti yo‘q. Keltirilgan ma’lumotlar dehqonchilik sektorida ma’lum darajada zikr etilgan oldingi xususiyatlaming mavjudligi bilan qoplanadi. 3. Tez buziladigan, katta hajmdagi mahsulotlar, birinchidan omborlarning (sabzavot, poliz, meva saqlashga mo’ljallangan) mavjudligi, ikkinchidan, tovar ishlab chiqaruvchilarning qisqa vaqt ichida bu mahsulotlarni realizatsiya qilishini taqozo etadi. 4. Bir xil tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko’p bo’lsa, bozorda ulaming har biriga to‘g‘ri keladigan ulushi kichik bo‘ladi. Shu bilan marketing tadbirlarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo’lgan zaruriy shartlar bo‘lishi kerak. a) ishlab chiqarish hajmining bozorga ta’sir etishi, talabning oshib borishi, xarajatlarni qoplash qobiliyati va boshqalar katta mablag‘ni talab qiladi. b) normal ish jarayoni - bozorga moslashish, tovar ishlab chiqaruvchining u yoki bu mahsulot yetishtirishga qodirligi, ishlab chiqarishdagi xavf-xatar va boshqalarga tovar ishlab chiqaruvchi mas’ul hisoblanadi. Yuqoridan ko‘rinadiki, marketing, engavvalo, keyingi mahsulotni qayta ishlab chiqaruvchilar (oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari)ga yetkazib beradi. Har xil tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatini gorizontal integratsiya, qayta ishlovchi korxonalar va savdoni esa vertikal integratsiya asosida birlashtiradi. Tovar ishlab chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalarning birgalikdagi faoliyati (hamkorlik formasi) mezomarketing (mezo-o‘rta, oraliq) bo‘lib, agrar iqtisodiyotda hukmron mavqega ega. Shu bilan birga, sanoatning boshqa sohalarida bu shakl mikromarketing (kichik korxona va tovar ishlab chiqaruvchi) deb ataladi. 5. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini, asosan, Shahar aholisini iste’mol qilishi ham har xil vositachilar mahsulotni sotish zaruriyatini tug‘diradi. Bu esa tovar ishlab chiqaruvchilar oladigan daromadning kamayishiga olib keladi, chunki mahsulot qiymatining ma’lum qismi vositachilarda qoladi. 6. Eng muhim sotsial jihatlardan biri, qishloq xo‘jaligida tovar ishlab chiqaruvchilarning bozordagi faoliyatini davlat tomonidan tartibga solib turish va uni sotsial himoya qilishdir. Rejalashtirish iqtisodidan bozor munosabat-lariga o‘tish davrida bozordagi vaziyat sezilarli darajada o‘zgaradi,bu esa har xil qishloq xo‘jalik mahsulotlarining bozordagi holatiningo‘zgartirishiga ta’sir etadi. Agar rejali iqtisodiyotda qishloq xo‘jalik mahsulotlari uchun davlat tayyorlov bahosi amal qilib, mahsulot sifatidan qat’i nazar, qabul qilish kafolati ta’minlangan bo‘lsa, bozor iqtisodiyotida baho talab va taklifga qarab o‘zgarib turadi. Marketing subyekti - tovar ishlab chiqarishni va xizmatni tashkil etishni, ulgurji va chakana savdo tashkilotlarini marketing sohasi mutaxassislarini va har xil iste’molchilarni o‘z ichiga oladi. Marketing mahsulotni yetishtirish va sotishning aniq dasturini tuzish, bozordagi o‘zgarishlarga tezda o‘rganish va raqobatda ma’lum afzalliklarga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Marketing konsepsiyasi xohlagan tovar ishlab chiqaruvchilar yoki xo‘jaliklar (shirkat, dehqon, fermer xo‘jaliklari va boshqalar) tomonidan ular yetishtirigan mahsulot turidan qat’i nazar, keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Mahsulot turlaridagi farq, mahsulotni bozorda sotishning o‘ziga xos xususiyatlari savdo operatsiyalarini amalga oshirishda universal marketingdan foydalanish mumkin.
1.3 Fermer xo’jaliklarida agrar tovarlar va fond birjalaridan foydalanish yo’llari
Qishloq xo‘jalik tovar birjasi-tijorat korxona bo’lib, ulgurji savdo, iste’mol va ishlab chiqarishga mo’ljallangan tovarlarni erkin bahoda yetkazib beradi. Birja o‘z faoliyatini ochiq savdoda, ma’lum joyda, birja qoidasiga mos ravishda amalga oshiradi. Birja faoliyati qonuniy, tashkiliy va iqtisodiy asosda olib boriladi. Qonuniy jihati-birja a’zolari birja mulkining egasi bo’lib, qo‘yilgan kapital mablag’lar va olingan daromadlar egasidir. Tashkiliy jihati - xaridor va sotuvchini uchrashtiradi (ochiq birjalarda) yoki vositachi mutaxassislar (broker, diler, maklerlar) orqali xaridor va sotuvchini o‘rtasida bitim tuziladi (yopiq birjada). Iqtisodiy jihati - tovar birjalarining faoliyati yirik ulgurji tovar bozori, shu bilan birga, real bozor baholari asosi sifatida tavsiyalanadi. Tovar birjalari quyidagi turlarga bo ‘linadi: 1.Yopiq tovar birjalari. Bunda birja a'zolari, broker, diler, maklerlar va Nizomga kо’ra birja a’zolari deb qabul qilingan shaxslar qatnashadi. 2.Ochiq tovar birjalari. Bunda birja savdosiga qatnashish xohishi bo’lgan barcha xodimlar ishtirok etishi mumkin. 3.Ixtisoslashgan tovar birjalari. Ma'lum turdagi tovarlar bilan muomala xizmatini bajaradi. Tovar birjalari a’zolari, yuridik yoki moliyaviy shaxs, jumladan, chet el fuqarosi bo‘lishi mumkin. Birja a’zosi bo’lishi uchun brokerlik joyi sotib olinadi. Tovar birjalari broker kompaniyalari orqali faoliyat ko‘rsatadi. Broker kompaniyasi - bu alohida shaxs, shirkat, aksioner birlashmasi yoki tuzilma bo‘lib, asosiy faoliyati mijoz (tovar ishlab chiqaruvchi, xaridor, savdo vositalari) va birja o ‘rtasida aloqa bog‘lashga qaratilgan bo’ladi. Broker kompaniyasi mijozlardan (fermer) xarid qilish yoki birja tovarlarini sotish bo‘yicha arizalarni yig’ish, rasmiylashtirish va operativ ravishda o‘z birja brokerlariga yetazib berdi. Broker olingan arizani bajaradi va bajarganligi to‘g‘risidagi xabarni broker kompaniyasiga va undan keyin mijozga jo ‘natadi. Bundan tashqari, kompaniya o‘z brokerlarining to’lov qobiliyatiga kafolat ham beradi, ya’ni sug‘urta to’lovi vazifasini bajaradi. Broker xizmat haqi broker kompaniyasi va mijoz o‘rtasidagi kelishuv orqali aniqlanadi. Broker xizmat haqi tuzilgan bitimlar qiymatining o‘ndan bir, ba’zida yuzdan bir foizini tashkil etadi. Taxminan bitim qiymatining 1-2 foizini mijozga marja(sug‘urta to’lovi) sifatida to’lashi kerak. Tovar birjalarining vazifalari: • xo’jalik subyektlari yoki qatnashuvchi birja vositachilari о ‘rtasida birja savdosi uchun sharoit yaratib berish; • birja savdosini о ‘tkazish, tovarlar bo 'yicha talab va taklifni о ‘rganish, zarurat tug'ilganda vositachi vazifasini bajarish; • tovarlar bahosini aniqlash va uni maxsus bulletenlarda chop etish; • birja bitimlarini rasmiylashtirish; • birja operatsiyalari bo ‘yicha tortishuvlarni hal etish; • tovar aylanmasini о’rganish, tartibga solish va yengillashtirish bilan bog'liq bo’lgan operatsiyalarni bajarish.
Tovarlarni birjada savdo qilish - bozorda olib boriladigan savdo singari amalga oshiriladi. Xaridor tovarni ko‘rgandan keyin, sifati, sertifikatiga qarab baho qo‘yiladi. Bundan tashqari, tovarlarning namunasini yarmarkaga yoki ulgurji bozorga qo‘yish orqali ham savdo qilinadi. Ikki tomonlama bitimlar tuzishda (forvard-bitim) - sotuvchi va xaridor mahsulotni yetkazib berish, qabul qilish, uning sifati, yetkazib berish muddati, bahosi, uni aniqlash uslubi va bajarilgan bitimga haq to‘lash qoidasi to’g’risida majburiyat oladilar. Ikki tomonlama forvard bitim barcha tovarga tuzilishi mumkin. Bozorda sotiladigan tovardan farqi, shartnomada mahsulotlarning standart ko‘rsatkichlari ko'rsatiladi. Fyuchers yoki shoshilinch bitim - tovar ishlab chiqaruvchi birja xizmatchisi brokerga hali yetishtirmagan mahsulotini, ba’zida ekilmagan ekin uchun bitim tuzishda vositachilik qilgani uchun, ma’lum miqdordagi pulni beradi. Broker olinadigan mahsulot hajmini mo‘ljallab, u bilan uzoq muddatli bitim tuzadi. Fermer yuqori-hosil olgandan keyin, hosilning ma’lum qismini o’zida qoldirib, brokerga ham belgilangan ulushini beradi. Broker ziyon ko‘rmaydi, u vositachiligi uchun olingan haqni olgandan keyin, shartnomaga ko’ra yetishtirilgan hosilning bir qismini qabul qiladi va tuzilgan bitim asosida tegishli shaxsga yoki tashkilotga mahsulotni beradi. Agar hosil bo‘lmay qolsa, tovar ishlab chiqaruvchi brokerga hosilni olish uchun zarur bo'lgan vositalarni (urug‘lik, mashina, o’g’it va boshqalar) qaytarmaydi. Bu holda broker yutqazadi. Fyuchers bitimi qatnashchilari bo’lajak bozorni baholaydi va ishlab chiqaruvchi daromadini (rejalashtirilgan va haqiqiy baholar o‘rtasidagi qoldiq) olishga umid qiladi, xaridor esa sotib olingan shartnomani yuqori bahoda sotishga mo’ljallab ish yuritadi. Fermer bahoning tushishidan keladigan xavf-xatar(zarar)ni kamaytirish va oldindan belgilangan maksimal miqdordagi daromadni olish uchun savdo opsionidan foydalanadi. Opsion - bu ikkala shartnoma tuzuvchilar o‘rtasidagi bitim bo‘lib, bunda ulardan biri mukofot oladi, sotib olish yoki sotish majburiyatini oladi, boshqasi mukofot pulini to’laydi va ma’lum tovarni belgilangan vaqt davomida aniq bahoda sotish huquqini oladi. Marketing infratuzilmasining tarkibiy qismi fond birjalari hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi vaqtincha foydalanmayotgan pul mablag’larini qayta taqsimlash va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash, sotish, xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan birja operatsiyalari (aksiya, obligatsiya, bank sertifikatlari, xazina majburiyatlari va boshqalar) ni amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratishdan iborat. Fond birjalari bu tashkiliy rasmiylashtirilgan, muntazam faol ishlab turuvchi bozor bo‘lib, bunda qoidaga ko‘ra qimmatbaho qog'ozlar savdosi amalga oshiriladi.
|
| |