|
I-bob.AGRAR MAHSULOTLARNI YETKAZIB BERISHNING TASHKILIY MASALALARI
|
bet | 2/7 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 67,74 Kb. | | #140654 |
Bog'liq bozorI-bob.AGRAR MAHSULOTLARNI YETKAZIB BERISHNING TASHKILIY MASALALARI
1.1Qishloq xo’jalik mahsulotlari bozorini rivojlantirishning nazariy asoslari
Iqtisodiy islohotlar natijasida fermer xo‘jaliklari faoliyati rivoj topib, ular pishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy qismini ishlab chiqarmoqda. Ammo davlat ixtiyoridagi tayyorlov va qayta ishlash korxonalari o‘rnida xususiy korxonalar, hissadorlik jamiyatlari paydo boMishi, tez buziluvchi qishloq xo‘jalik mahsulotlarining son jihatidan ko‘p va makon jihatidan tarqoq ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetishtirila boshlashi, mahsulotlarning ko‘p qismi iste’molchilarga yetib borishi jarayonida nobud bo‘lishiga olib kelmoqda. Respublikamiz Prezidenti SH. M. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: «Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash texnologiyasi juda orqada qolgani tufayli har yili kartoshka, tomat, karam, lavlagi, sabzi hamda boshqa sabzavot va mevalarning 20-40 foizi isrof boMmoqda. Biz, ishlab chiqarish - qayta ishlash - sotish, degan yagona zanjirda ishlab, bu zanjirda band bo‘lganlarning manfaatini hisobga olishni o‘rganishimiz zarur. Jahon bozorini o‘zlashtirish ko‘p jihatdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ko‘rinishi bilan bog‘liq. Bunda mahsulotlarni navlarga ajratish, o‘rash, qadoqlash va iste’molchiga o‘z vaqtida yetkazib berish nazarda tutilmoqda». Bozorlardasavdo qilish sharoitlari doimiy o‘zgarib borishi va meva-sabzavot, chorvachilik mahsulotlarini iste’molchilarga yetkazish tizimi talablar darajasida emasligidan, mahsulot ishlab chiqaruvchi va iste’molchi birday zarar ko‘rmoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozori faoliyatini rivojlantirish bozorlar bilan qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish katta ahamiyat kasb etadi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-oktabrdagi 452-sonli «Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotib olish va sotish bo‘yicha ulgurji bozorlar tizimini shakllantirish va rivojlantirish to’g’risida»gi Qarori asosida ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari maqomidagi ulgurji bozorlar tashkil etilayotgan bo‘lsa-da, hamon yoz va kuz oylarida fermer katta yo‘l yoqalarida oylab vaqtini sarflab, yetishtirgan mahsulotlarini sotishi davom etmoqda. Hali-hanuz saqlash tarmoqlari, sovitish tizimiga ega omborxonalar, xizmat ko'rsatish infratuzilmalariga ega xalqimizga xos bozor madaniyatini mujassamlashtirgan ulgurji bozorlar rivojlanishda davom etmoqda. Mahsulot yetishtiruvchi fermerda tadbirkorlik xususiyatlari rivojlanib, mahsulot sotishda zamonaviy tamoyillarga ko‘proq murojaat qilinmoqda. 2017-yilda respublikada jami yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 70,2 foizi dehqon xo‘jaliklari, 30,3 foiz shirkat xo‘jaliklari va 45,5 foizi fermer xo‘jaliklari zimmasiga to‘g‘ri kelib, mahsulot yetishtiruvchilar soni yildan yilga ortib bormoqda. Lekin qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va qayta ishlash sohasining bugungi kun talablariga javob bermasligi, qishloq xo'jaligida moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchi sanoat korxonalarining monopol vaziyati, xizmat ko'rsatish sohasining rivoji talabga javob bermasligi, mahsulotni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga bo’gan jarayondagi harakatini ta’minlovchi tarmoqlar rivoji sustligi kabi muammolar mavjud. Mahsulot bozordan sotib olinganidan keyin fermerning ishlab chiqarishga sarflagan mehnati ijtimoiy zaruriy mehnatga aylanadi. Ikkinchi tomondan, mahsulot xaridor tomonidan sotib olingandan keyingina, fermerning ishlab chiqarishga jalb etgan jonli va moddiylashgan mehnati sarfini qoplash imkoni tugMladi. Demak, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoni uchun moddiy asos paydo bo’ladi va mahsulot oldi-sotdi jarayoni ishlab chiqarish va iste’mol qilish jarayonini bog’lovchi muhim bo'g’in hisoblanadi. Mahsulotning ishlab chiqarish samaradorligi bozor sharoitida, iste’molga yetkazish tizimining samaradorligi orqali belgilanadi. Chunki «mahsulot ishlab chiqarish-taqsimotayirboshlash va iste’mol qilish» tizimida «ayirboshlash va iste’mol qilish» jarayoni yakunlovchi bosqich hisoblanadi. Mahsulotni tayyorlash, saqlash, saralash, qadoqlash va iste’molchiga yetkazish jarayonida yangi mahsulot yaratilmasa-da, yangi iste’mol qiymati shakllanadi, mahsulot yangicha ko‘rinish oladi. bozorgirligi ortadi. Respublikamizda, mahsulotlarni iste’molchiga yetkazish, asosan, chakana savdo va ulgurji bozorlar orqali amalga oshiriladi. Chakana savdo bozorlari mahsulotni iste’molchilarga naqd pulga sotishi, u yerda iste’molchilar sonining ko'pligi, xaridor sotib oladigan tovarlar miqdori esa kamligi va xarid qilish maqsadi bilan ajralib turadi. Ulgurji bozorlar esa, tovarlar va xizmatlarni naqd pulga hamda pul o‘tkazish yo’li bilan katta miqdorda va mayda ulgurji sotish orqali xaridorlarga yetkazuvchi bozorlar bo’lib, savdo hajmi yirikligi, asosiy xaridorlar soni kamligi bilan farq qiladi. Ulgurji bozorlar tarkibida «Savdo xarid qilish korxonasi» (SXK) tashkil etilgan. Mazkur bo'lim tomonidan mahsulot yarmarkalari tashkil qilinadi, asosiy faoliyati esa, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sotish hisoblanadi. Bozorlarni ixtisoslashuviga ko'ra, dehqon bozorlariga, buyum bozorlariga, oziq-ovqat mahsulotlari bozorlariga, universal bozorlar va ixtisoslashgan bozorlarga bo'lish mumkin. Dehqon bozorlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar sotilsa, buyum bozorlarida nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi amalga oshiriladi. Oziq-ovqat mahsulotlari bozorlarida esa, maxsus jihozlangan turg‘un savdo nuqtalari orqali tayyor va yarim tayyor oziq-ovqat mahsulotlari savdosi amalgaoshirilsa, ixtisoslashgan bozorlarjumlasigachorva mollar, qurilish mollari bozorlari kabilarni kiritish mumkin. Agrar tarmoqda fermer xo'jaliklarining o‘rni va ishlab chiqarishda davlat buyurtmasi asosida paxta, don, sholi yetishtirishdagi ulushlari ortib bormoqda. Ayniqsa, iste’mol bozorini kartoshka, sabzavot va turli xil mevalar bilan ta’minlashda ularning hissasi juda kattadir. Fermer xo'jaliklarining shakllanishida servis xizmat ko'rsatish va tayyorlov tizmini tubdan yangilashga to'g'ri kelmoqda. Chunki qishloq xo'jaligida mahsulot yetishtirish bilan bir qatorda uni tayyorlash, saqlash, qodoqlash va iste’molchilarga talafotsiz yetkazib berish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, tez buziladigan va transportda tashish noqulay bo'lgan mahsulotlarni va fermer tomonidan yetishtirilgan iste’mol mollari quyidagi sotish kanallari orqali yetkazib beriladi. 1. Ishlab chiqaruvchilar - Davlat - Iste’molchilar. 2. Ishlab chiqaruvchilar - Dehqon bozori - Iste’molchilar yoki ishlab chiqaruvchilar - Iste’molchilar. 3. Ishlab chiqaruvchilar - Xususiy (kichik) olib sotarlar - Dehqon bozori - Iste’molchilar. 4. Ishlab chiqaruvchilar - «O'zbekbirlashuv», «O'zbeksavdo» tashkilotlari - Chakana savdo - Iste’molchilar. 5. Ishlab chiqaruvchilar - Vositachilar - Tovar xomashyo birjalari - Ulgurji (xususiy) tayyorlov tashkilotlari - Chakana savdo - Iste’molchilar. 6. Ishlab chiqaruvchi lar-Qayta ishlash korxonalari - Ulgurji savdo korxonalari - Chakana savdo - Iste’molchilar. 7. Ishlab chiqaruvchilar - Qayta ishlash korxonalari - Chakana savdo - Iste’molchilar.
Paxta xomashyosi,don.tamaki, asosan, birinchi kanal orqali tayyorlanadi. Ikkinchi kanal orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotiladi. Hozirgi kunda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini o‘z vaqtida iste’molchiga yetkazib berishdakamchiliklar bo’lmoqda. Xarid baholari ham ortib bormoqda. Chunki oxirgi yillarda meva-sabzavot va kartoshka saqlash omborlarida mahsulotlar zaxira qilinmagan. Buning asosiy sababi meva-sabzavot, kartoshka saqlaydigan omborlar yaroqsiz, ta’mirga muhtoj bo‘lib qolgan. Xo‘jaliklardan kartoshka, meva va sabzavot sotib olish uchun tayyorlov korxonlaridayetarli mablag‘larning yo‘qligi, mahsulotlarni saqlash uchun elektr energiya xarajatlari yuqori boMganligi tufayli meva-sabzavot saqlash omborlari foydalanish uchun tadbirkorlarga ijaraga berilgan. Xususiylashtirilgan omborlarni esa tadbirkorlar qarzlarini to’lash uchun sotgan. Omborlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash uchun tara va konteynerlarningyetarli bo’lmaganligi ham muammoni kuchaytirmoqda. Umuman, qishloq xo‘jalik mahsulotlari tayyorlov tizimining past sur’atlar bilan rivojlanayotganligining asosiy sabablaridan biri tayyorlov korxonalarida pul mablag’larining kamligi va tara, xizmatlar hamda energoresurslar narxining oshayotganligi va sohada investitsiya oqimining pasayganligidir.
|
| |