O'zbekiston qishloq xo'jaligida innovatsiyalarni kiritishning zamonaviy tajribalari




Download 67,74 Kb.
bet5/7
Sana18.01.2024
Hajmi67,74 Kb.
#140654
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bozor

2.2. O'zbekiston qishloq xo'jaligida innovatsiyalarni kiritishning zamonaviy tajribalari

Qishloq xo’jaligining barqaror rivojlanishi tarmoqda mavjud bo’lgan ishlab chiqarish vositalari oqilona tarzda takror ishlab chiqarilishini talab etadi. Bu jarayon ishlab chiqarish vositalarini sotib olish, qayta ta’mirlash, qurish, innovatsion hamda ijtimoiy munosabatlar yig’indisidan tashkil topadi.
Investitsiyalarni maqsadi, vazifalari, manbalari hamda yo’nalishlarini e’tiborga olgan holda 8-chizmadagidek turkumlashtirish mumkin.
Barcha investitsiyalar (kapital qo’yilmalar) quyidagi yirik ikkita manbadan shakllantirilib, amalga oshiriladi:

  • korxonaning o’z mablag’laridan;

  • chetdan jalb qilingan mablag’lardan.

Korxonaning o’z mablag’lariga quyidagilar kiradi:

  • korxonaning sof foydasidan ajratilayotgan mablag’lar;

  • amortizatsiya fondidagi mablag’ lar;

  • asosiy vositalarni tugatishdan, sotishdan kelib tushgan mablag’lar;

  • ularni ijaraga berishdan tushgan mablag’lar;

  • qishloq xo’jalik korxonalari qimmatli qog’ozlar chiqarib sotish, boshqalarnikini sotib olish natijasida olinayotgan dividentlardan ajratilayotgan mablag’lar.

Yuqori rentabelli korxonalar ishlab chiqarish vositalarini yangilash maqsadida kapital qo’yilmalarni amalga oshirishda ko’proq imkoniyatga ega bo’ladi.
Yuqoridagilardan tashqari, qishloq xo’jaligi korxonalari uchun kapital qo’yilmalar manbai chorva hayvonlarini sotishdan tushgan mablaglar, Ustav fondini ko’paytirish uchun qilingan ajratmalar ham hisoblanadi.
Chetdan jalb qilingan mablaglar esa:

  • qishloq xo’jaligi uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablaglar;

  • hamkorlardan olinadigan mablaglar;

  • turli xil qarzlar, shu jumladan, tijorat banklaridan olinadigan kreditlar;

  • xo’jalik a’zolarining bo’sh yotgan mablag’larini jalb etish;

  • xorijiy, davlat korxonalari hamda shaxsiy korxonalar va fuqarolarning mablag’ lari;

  • xayriya fondlaridan, homiylar ajratayotgan mablag’ lari va boshqalar.

Chetdan jalb qilingan mablag’lar orasida bank kreditlari alohida o’rin tutadi. Ular ishlab chiqarish faoliyati natijalaridan qat’i nazar, alohida korxonalar ehtiyojlarini hisobga olgan holda kapital qo’yilmalarni amalga oshirishga imkon beradi. Bank kreditlari korxona o’z mablag’larining kapital qo’yilma uchun kerakli miqdorini yig’masdan turib investitsiya jarayonini tezlashtiradi. Kreditlar kapital qo’yilma manbai sifatida nafaqat kapital qurilishda, balki yangi texnikani joriy qilishda ham ishlatiladi. Kapital qo’yilmalarning asosiy vazifasi - tarmoq mahsulotini ko’paytirish va ishlab chiqarish samaradorligining o’sish sur’atlari tezlashtirilishini ta’minlashdir.
Kapital - korxona moliyaviy natijalarining bir qismi bo’lib, aylanma fondlarga qo’yilib, daromad keltiradi. Kapitalning aylanma fondlarga qo’yilishi to’g’ri portfelli investitsiyalar orqali amalga oshiriladi.
Shuni ham aytib o’tish kerakki, investitsiya qilishda korxona o’z mablag’laridan imkoni boricha foydalanishi ikkita ustunlikka olib keladi: korxonada tashqi to’lovlar mavjud bo’lmaydi (olingan kreditlar bo’yicha foiz, aktsiyalar bo’yicha dividentlar, ijara haqi va hokazo), shuningdek, korxonani boshqarishda mustahkam pozitsiyani shakllantiradi.
Ayni paytda xo’jaliklarga chetdan jalb qilinadigan mablag’laming manbalaridan biri xo’jalik a’zolarining vaqtincha bosh yotgan mablag’larini jalb etish hisoblanadi. Bunday investitsiyani amalga oshirish uchun korxona o’z ichida qisqa muddatli obligatsiyalarni, veksellarni chiqarib, ularni a’zolariga ishonchli tarzda tarqatishi (sotishi) yoki huquqiy kuchga ega bo’lgan ishonchli dalolatnomalarni ham berishi mumkin. Xo’jalik a’zolari esa muomalaga berilgan mablag’larini malum muddat o’tgandan song belgilangan foizi bilan qaytarib olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu turdagi kapital qo’yish qishloq xo’jaligi korxonalari uchun hozirgi davrda yaxshi samara bermaydi. Chunki xo’jaliklarda hozircha qimmatli qog’ozlarni chiqarish imkoniyatlari cheklangan, kelajakda shu masalalarga alohida e’tibor berish kerak.
Chetdan jalb etilayotgan investitsiyalar chet davlatlarning, yuridik hamda jismoniy shaxslarning investitsiyalaridan tashkil topadi.
Chet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka doir huquqlar shuningdek, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad respublika hududida chet el investitsiyalari hisoblanadi. Ular O’zbekiston Respublikasi hududida quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi:

  • respublika qishloq xo’jaligidagi yuridik hamda jismoniy shaxslarning Ustav jamg’armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo’shib qatnashish;

  • tarmoqda chet ellik investorgarga to’liq qarashli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari va shirkatlari, bank, sug’urta va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish;

  • mol-mulk, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarni, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz mablag’ larini sotib olish;

  • intellektual mullka, shu jumladan, mualliflik huquqlari, patentlar, firma nomlari va nou-xaularga, shuningdek, ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish va boshqalar.

Ularni chet davlatlar yoki bu davlatlarning quyidagi hududiy organlari amalga oshiradilar:

  • davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq sub’ektlari bo’lgan xalqaro tashkilotlar;

  • chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko’rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, shirkatlar, uyushma va tashkilotlar;

  • chet el fuqarolari bo’ lmish jismoniy shaxslar va boshqalar.

Hozirgi davrda mamlakat qishloq xo’jaligini boshqarishni takomillashtirishga va ishlab chiqarishini rivojlantirishga Jahon banki, evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot bankining respublikadagi bo’limlari hamda AQSh, Germaniya, Isroil, Gollandiya, Frantsiya va boshqa davlatlarning vakolatxonalari investitsiyalarni joylashtirish, sarflash orqali muayyan darajada hissa qo’shish ishlari bilan shug’ullanmoqda. Lekin ularning investitsiyalari talabni qondiradigan darajada emas. Shuning uchun bu masalaga, ya’ni chet el investitsiyalarini jalb etish muammosiga kelajakda alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir.

Download 67,74 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 67,74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston qishloq xo'jaligida innovatsiyalarni kiritishning zamonaviy tajribalari

Download 67,74 Kb.