|
Tarmoq iqtisodiyoti
|
bet | 1/5 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 47,62 Kb. | | #155049 |
Bog'liq Tarmoq iqtisodiyoti-fayllar.org
Mavzu: [Tarmoqlar iqtisodiyoti
Reja:
I. Asosiy qism
1.Kirish
II. Ikkinchi qism
1.“TARMOQ IQTISODIYOTI” FANINING PREDMETI, MAQSADI, MAZMUNI VA VAZIFALARI.
2.KAPITAL QURILISHDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI CHUQURLASHTIRISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI VA MUAMMOLARI.
3.IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA INVESTITSION SIYOSAT.
III. Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Shavkat Mirziyoyevning 2019 yilda mamlakatni rivojlantirishning eng ustivor vazifalari to’g’risidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta‘kidlanganidek, ―Oliy ta‘lim muassasalarida ilmiy salohiyatni yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash ko‗lamini kengaytirish – eng muhim masalalardan biridir‖. 1 Ta‘lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar o’z navbatida, respublikada chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishni ta‘minlaydi, milliy iqtisodiyot sohalariga tashqi va ichki investitsiyalar oqimini faollashtirish, iqtisodiy yuksalishning yangi bosqichini boshlab berish uchun asosiy omil hisoblanadi. Jumladan, iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, uy-joy qurilishini, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishdir. Qurilish sohasida iqtisodiy islohotlarning asosiy yo’nalishlari va muammolarini mukammal bilishlarida, shuningdek qurilish ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya va divesifikatsiyalash, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash, sohada puxta investitsiya siyosatini yurgizish va chet el investitsiyalarini yanada ko‗proq jalb qilish kabi masalalarda chuqur bilimga ega bo’lishlarida talabalarning mazkur fandan samararli foydalanishlari hamda ijodiy yondoshuvlari qurilish iqtisodiyoti fanining oldida turgan vazifalardan biridir. Hozirgi kunda kapital qurilishda narxlarni shakllantirishning smeta-normativ bazasini takomillashtirish va yangilash uchun hududlar, tarmoq vazirliklari va idoralari bo’yicha qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlar narxi, qurilish mashinalari va mexanizmlaridan foydalanish qiymati, transport xarajatlari, quruvchi ishchilarning ish xaqi to’g’risidagi ma‘lumotlar axborot banki tashkil etilmoqda. Eskirgan va zamonaviy talablarga muvofiq bo’lmagan amaldagi smeta normalari va qoidalari tizimi va uning asosida qurilish smeta qiymatining oshib ketishiga olib keluvchi rassenkalarni qayta ishlab chiqish va tugatish, qurilishtexnologiya jarayonini va umuman qurilish majmuasining samarali ishlashini maqbullashtirish yo’lida, pirovard natijada qurilishda loyihalashtirish smeta tizimini takomillashtirib borishda ushbu fanni qurilish sohasi talabalariga o’qitish o’z samarasini beradi.
|
| |