KAPITAL QURILISHDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI CHUQURLASHTIRISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI VA MUAMMOLARI




Download 47,62 Kb.
bet3/5
Sana12.02.2024
Hajmi47,62 Kb.
#155049
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tarmoq iqtisodiyoti-fayllar.org

2.KAPITAL QURILISHDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI CHUQURLASHTIRISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI VA MUAMMOLARI.
Mustaqillik yillari davrida mamlakat jamiyati va iqtisodiyoti sezilarli darajada sifat va miqdor o’zgarishlarga erishdi. Erishilgan natijalar bozor munosabatlariga o’tishning o’zbek modeli naqadar oqilona va puxtalik bilan ishlab chiqilganligini yaqqol tasdiqlamoqda. Shunindek, mazkur model orqali jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlari ta‘siriga qarama-qarshi tura oladigan O’zbekistonning barcha ijtmoiy-iqtisodiy tizimi barqarorligi va ishonchliligini ta‘minlashga erishish imkoniyatlari yaratildi. Shuni ta‘kidlash kerakki, 1991 yildan boshlab hozirgi davrga qadar qurilish tarmog’ida ham boshqa tarmoqlar qatori keng va chuqur miqyosdagi islohotlar olib borildi. O’tkazilgan tahlillar asosida o’tgan davr mobaynida qurilish tarmog’i rivojlanishini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin. 1991-1996 yillarda, mamlakatda investitsion faollikning pasayishi qurilish ishlari hajmi va pudrat shartnomalarining kamayishiga olib keldi. Bu davrlarda aksariyat qurilish tashkilotlari rahbar xodimlarining qo’yilgan vazifalarni hal etishda etarli darajadagi bilim va ko’nikmalarga ega emasliklari hamda bozor sharoitiga moslasha olmaganliklari sababli kadrlar va ishlab chiqarish salohiyati borasida ko’p yo’qotishlarga uchradi. 1996-2002 yillar, qurilish tarmog‗ining sezilarli darajada yuksalishi va bozor xo’jaligi sharoitiga moslashishi, bozor infratuzilmasi elementlarining paydo bo’lishi va ularning faollashuvi, chet el kapitallari ishtirokidagi qo’shma korxonalar bilan birgalikda tadbirkorlik va kichik korxonalar, ayniqsa ularning qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida ommaviy ravishda rivojlanishi bilan xarakterlanadi. 2002 yildan boshlab hozirgi davrga qadar qurilish tarmog’i miqdor va sifat jihatdan milliy iqtisodiyot ehtiyojlarini to’liq qondira boshladi. Mahalliy qurilish tashkilotlari raqobatbardoshligining o’sishi sababli aksariyat murakkab va nufuzli ob‘yektlar chet el qurilish firmalari ishtirokisiz qurila boshlandi hamda ularning muxandislik va ishlab chiqarish salohiyatlari yuksaldi. 2018 yil yalpi ichki mahsulot hajmi 407,5 trln. so`mni tashkil etdi va 2017 yil bilan taqqoslaganda 5,1% ga o`sdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlarida keltirilgan. Aholi jon boshiga hisoblangan YIM 12,3 mln. so`mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,3% ga o‘sdi. 2018 yil yakunlari bo‘yicha, qurilish tarmog‘ida 20,7 trln. so`mlik mahsulot yaratilgan bo‘lib, uning YAIMdagi ulushi 23,3% ni tashkil etdi va 2017 yil bilan taqqoslaganda 9,9% ga o`sdi. 2018-yilda O„zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ko’rsatkichlari (2017-yilning shu davriga nisbatan foiz hisobida) Ko’rsatkichlar % da Yalpi ichki mahsulot 105,1  Sanoat 110,6  Chakana savdo aylanmasi 105,5  Qurilish 109,9  Qishloq, o‗rmonchilik va baliqchilik xo‗jaligi 100,3  Jami xizmatlar 108,4 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2018 yil 2 apreldagi Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to’g’risidagi PF-5392-sonli Farmoni va 2018 yil 2 apreldagi ―O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risidagi PQ-3646-sonli Qaroriga muvofiq islohotlar na faqat kapital qurilishda, balki mamlakatning qurilish tarmog’iga xizmat qiluvchi boshqa tarmoq va sohalarda ham amalga oshirilmoqda. Arxitektura va qurilish sohasini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish hududlarning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, hayot va tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan shaharsozlik faoliyatini sifat jihatidan yangi darajaga ko’tarishning muhim sharti hisoblanadi. Shu bilan birga, tahlillar qurilish sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishda zamonaviy shaharsozlik uslublari, normalari va qoidalarini keng joriy qilishga, raqobatni rivojlantirishga, yangi sub‘ektlarning innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar bilan bozorga kirib kelishiga to’sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarni ochib berdi. . Xususan: birinchidan, shaharsozlik faoliyati, loyiha va pudrat xizmatlari bozori, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarishning holati hamda rivojlanish tendensiyalari kompleks tahlil qilinmagan, oqibatda hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirishning o’rta muddatli va istiqbolli yo’nalishlari belgilanmagan; ikkinchidan, arxitektura va qurilish organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasi qurilish va rekonstruksiya jarayonlarini to’liq kuzatib borishni ta‘minlash, shuningdek, qurilish-montaj ishlari sifatini samarali nazorat qilish uchun mavjud resurslarni safarbar etishga imkon bermayapti; uchinchidan, arxitektura va qurilish organlari funksiyalarining tarqoqligi hamda ular faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi shaharsozlik sohasida davlat xizmatlarini ko’rsatishning maksimal shaffofligi va samaradorligini ta‘minlamayapti; to’rtinchidan, ko’pchilik aholi punktlarining bosh rejalari mavjud emasligi hududlarni kompleks qurishga, ishlab chiqarish va infratuzilma ob‘yektlarini joylashtirishga, tadbirkorlik va ishbilarmonlik faolligini rivojlantirishga salbiy ta‘sir ko’rsatmoqda, shuningdek, qurilish jarayonida puxta o’ylanmagan qarorlarni qabul qilishga sabab bo’lmoqda; beshinchidan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ancha eskirgan hamda ularda arxitektura-qurilish ishlarini olib borishning innovatsion uslublarini, energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni keng qo’llash e‘tiborga olinmagan, bu esa loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ob‘yektlarni qurish sifatiga salbiy ta‘sir ko’rsatmoqda; oltinchidan, qurilish ishlarini tashkil etish, innovatsion g’oyalar va ishlanmalarni joriy qilishda ayrim hollarda tor idoraviy manfaatning ustunlik qilishi byudjet mablag‗laridan oqilona foydalanmaslikning sabablaridan biri hisoblanadi; ettinchidan, qurilish sohasi va qurilish materiallari sanoatida istiqbolli investitsion loyihalarni, innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ilgari surish va amalga oshirishda, shuningdek, innovatsion mahsulotlarni joriy etish uchun infratuzilmani takomillashtirishda davlat-xususiy sheriklikdan foydalanishga etarlicha e‘tibor berilmayapti; sakkizinchidan, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi arxitektura-qurilish sohasini jadal rivojlantirish vazifalarini samarali ro’yobga chiqarishga imkon bermayapti, kadrlarni moddiy rag’batlantirish darajasining pastligi esa malakali mutaxassislarning tizimdan ketib qolishiga olib kelmoqda. Arxitektura-qurilish sohasini boshqarishning shaharsozlik faoliyatiga innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va ilg’or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish imkonini beruvchi zamonaviy tizimni yaratish, ko’rsatilayotgan xizmatlarning shaffofligini ta‘minlash maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi va O’zbekiston Respublikasida Ma‘muriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi negizida O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tashkil etildi va quyidagilar uning vazifalari etib belgilandi:  shaharsozlik va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni olib borish, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish-montaj ishlari qiymatini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanishni ta‘minlaydigan energiya samarador va energiya tejaydigan innovatsion loyiha va qarorlarni qurilish faoliyatiga joriy etish;  respublika hududida aholini joylashtirishning bosh sxemasini, Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish, ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring yuritish;  shaharsozlik sohasida davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha takliflar tayyorlash, arxitektura-qurilish faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli va o’rta muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;  loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish va hududiy tarmoqlarini kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qo’llaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish;  shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish norma va qoidalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish, loyihalash, qurilish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish ishlarini amalga oshirish;  arxitektura, loyihalash va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalarida o’quv jarayonining darajasi va sifatini tubdan yaxshilash, qurilish sohasida, jumladan, chet eldagi etakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida loyihachilar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ko’maklashish. Vazirlik markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 81 nafar etib belgilandi. Hududiy bo’linmalarda esa 796 kishi ishlaydi. Idora litsenziyalovchi organga aylanadi. Buning uchun qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo’yicha Respublika komissiyasi tugatildi. Litsenziyalar Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishilgan holda beriladi. Litsenziyalash jarayoni soddalashtiriladi: aniq va to’liq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutiladi, ularga rioya etilishini nazorat qilinadi va moddiy javobgarlik belgilanadi, shuningdek litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirish mexanizmi takomillashtiriladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 noyabrdagi ―Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo’shimcha choratadbirlari to’g’risida‖gi PF-5577-son Farmoniga muvofiq mamlakatimizda tadbirkorlik sub‘ektlarini qo’llab-quvvatlashning zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish, xususiy biznesga katta erkinlik berish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini kuchaytirish, xorijiy investitsiyalarni va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish yuzasidan chora-tadbirlar ko’rilmoqda. Shu bilan birga, qurilish sohasidagi ishlar holatini o’rganish ushbu sohasida islohotlarni jadal amalga oshirishga va sog’lom raqobat muhitini rivojlantirishga to’sqinlik qilayotgan muammolar borligini ko’rsatdi.



Download 47,62 Kb.
1   2   3   4   5




Download 47,62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KAPITAL QURILISHDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI CHUQURLASHTIRISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI VA MUAMMOLARI

Download 47,62 Kb.