|
“TARMOQ IQTISODIYOTI” FANINING PREDMETI, MAQSADI, MAZMUNI VA VAZIFALARI
|
bet | 2/5 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 47,62 Kb. | | #155049 |
Bog'liq Tarmoq iqtisodiyoti-fayllar.org1.“TARMOQ IQTISODIYOTI” FANINING PREDMETI, MAQSADI, MAZMUNI VA VAZIFALARI.
Fanni o’rganishdan asosiy maqsad – talabalarda bozor iqtisodiyoti sharoitida qurilish iqtisodiyotini va islohotlarni chuqurlashtirish bilan bog’liq holda ta‘lim yo’nalishiga mos bilim, ko’nikma va malakani shakllantirishdir. ―Tarmoq iqtisodiyoti‖ fanining asosiy vazifalariga: - qurilish tarmog‗ini milliy iqtisodiyot va jamiyat ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish yo’nalishlarini o’rgatish; - qurilish industriyasi resurs potensialini o’rganish. Foyda, rentabellik va qurilish ishlab chiqarishining ta‘sirini o’rganish; - qurilish bahosini yiriklashtirilgan ko’rsatkichlar bilan aniqlashni o’rgatish; - qurilish ishlari hajmini hisoblash qoidalari va uslubi hamda smeta hisoblarini avtomatlashtrish bilan tanishtirish; - tarmoq vazirliklari va idoralari bo’yicha qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlar narxi bankini tashkil qilishva mavjud muammolar bilan tanishtirish; - iqtisodiyotni medernizatsiya qilish sharoitida qurilish mashinalari va mexanizmlaridan foydalanish qiymati, transport xarajatlari aniqlashni o’rgatish; - kapital qurilishda boshqaruv va xo’jalik munosabatlari tizimiga bozor tamiyillari hamda mexanizmlarini keng joriy etish, loyiha va qurilish ishlarini bajarishga buyurtmalar joylashtirishda tanlov savdolari (tenderlar)ni tashkil etishni o’rgatish; - qurilishni boshqarishni zamonaviy tizimini va investitsion – qurilish jarayoni ishtirokchilarning o’zaro munosabatlarini o’rganish. Shu bilan bir vaqtda samarali qarorlar qabul qilishni shakllantirishdir.
―Tarmoqlar iqtisodiyoti fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: - tarmoq va milliy iqtisodiyot rivojlanishning zamonaviy yo’nalishlari va qonuniyatlari hamda ularni bozor munosabatiga o’tkazish tamoyillarini; investitsiya loyihalari va ularning iqtisodiyotni modernizatsiyalash hamda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishdagi o’rnini; investitsiya loyihalarini va qurilish ishlab chiqarishini amalga oshirishdagi ishtirokchilar va ularning majburiyatlarini; qurilish va qurilish montaj ishlarini olib borish uslublarining hamda tayyor qurilish mahsuloti uchun amalga oshiriladigan to’lovlarning o’ziga xos tomonlarini; qurilishni tashkil etish va qurilish tashkilotlarining bir maromda ishlashida loyiha-smeta ishining ahamiyatini; qurilishda bahoni shakllantirish va pudrat hamda unga tenglashtirilgan tashkilotlarning samarali ishlashi bo’yicha davlat tomonidan qo’llab quvvatlash mexanizmlarini; qurilish industriyasi xodimlari salohiyatini shakllantirishning xususiyatlarini bilishi kerak; - moddiy ishlab chiqarish sohasi sifatidagi qurilishning ixtisoslashuvi hamda uning ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarish funksiyalarini amalga oshirish; qurilishning boshqa tarmoqlar bilan aloqasini hamda ushbu aloqalarning iqtisodiyot va qurilishning ko’rsatkichlariga ta‘sirini aniqlash; qurilishning tashkiliy tuzilmasi va boshqarish tizimini tashkil etish; investitsiyalash va qurilish sohasidagi davlatning zamonaviy siyosatini olib borish; kapital qurilish va iqtisodiyotni boshqarishning turli bosqichlarida investitsiya siyosatini amalga oshirish sohasida amal qiluvchi qonun va huquqiy hujjatlarni amalda qo’llash; rejalashtirish va turli investitsiyaviy xolatlarni baholash hamda tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; - qurilish ob‘yektlarining turli variantlari va investitsiya qo’yilmalarini baholash bilan bog’liq masalalarni hal etish; qurilish industriyasi korxona va tashkilotlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan hamda resurslardan oqilona foydalanish; xarajatlarni kamaytirish va qurilish ishlab chiqarishining rentabelligini oshirish masalalarini hal etish; qurilish ishlab chiqarishining turli zaxiralarini izlash va ulardan foydalanish bo’yicha vazifalarni echish; qurilishning turli xil ko’rsatkichlarini tahlil qilish va baholash malakalariga ega bo‘lishi kerak. Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, tarmoqda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga, jumladan . O’zbek modeli‖ tamoyillariga mos keladigan xo’jalik munosabatlarini joriy etish. Pudrat, loyiha ishlari va qurilish materiallarining rivojlangan bozorini shakllantirish. Samarali qarorlar qabul qilishga erishish. Ishchi kuchlaridan va boshqa resurslardan unumli foydalanish. Qurilish narx belgilash mexanizmini takomillashtirish, uning narxini to’g’ri va aniq shakllantirishdir. Qurilishning milliy iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyati O’zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyoti tarmoqlari qatorida qurilish tarmog’i nafaqat iqtisodiyotning asosiy fondlarini yaratuvchi uchastkasi sifatida, balki mamlakat iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy o’zgarishlarni hamda turli xususiyatlarga ega bo’lgan ijtimoiy sohadagi dolzarb vazifalarni amalga oshirishda muhim o’rin va ahamiyatga egadir (demografik tuzilma va uning o’zgaruvchanligi, qishloq aholisining yuqori darajadaligi hamda uy-joy va ijtimoiymadaniy-maishiy obyektlar bilan kam ta‘minlanganligi, ichki infratuzilma, transport va kommunikatsiya qurilishlarining etarli darajada rivojlanmaganligi va boshqalar). Mamlakat milliy iqtisodiyoti moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari va bozor xizmat ko’rsatish sohalaridan tarkib topadi. Qurilish moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari qatorida (sanoat va qishloq xo’jaligidan keyin) uchinchi o’rinda turadi. Qurilish tarmog’i mahsuloti bo’lib, mamlakatning xo’jalik majmuasi asosiy fondlarini tashkil qiluvchi qurilishi tugallangan va ekspluatatsiyaga topshirilgan zavod va fabrikalar, temir va avtomobil yo’llari, elektr stansiyalar, irrigatsiya kanallari, portlar, uy-joylar va boshqa ob‘yektlar hisoblanadi. Qurilish milliy iqtisodiyotning muhim tarmog’i sifatida milliy xo’jalikning barcha tarmoqlari uchun asosiy fondlarni yaratishda ishtirok etadi. Ishga tushirilgan va o’rnatilgan tartibda qabul qilingan ishlab chiqarish quvvatlari va noishlab chiqarish ob‘yektlari kapital qurilishning mahsuloti hisoblanadi hamda ular o’zlashtirilib borishi bilan asosiy fondlarga aylanib boradi. . Ularning yaratilishida boshqa tarmoqlar ham qatnashadi (qurilish materiallari sanoati, metallurgiya, mashinasozlik, ximiya sanoati va boshqalar). Asosiy ishlab chiqarish fondlari mazmuniga ko’ra texnik, energetik va boshqa uskunalar bilan jihozlangan bino va inshootlardan iboratdir. Shunday qilib, kapital qurilish ishlab chiqarish vositalarining faoliyat yurgizishi uchun moddiy shart-sharoit imkoniyatlarini ham yaratadi. Qurilish tarmog’i umum va maxsus qurilish, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini, qurilish birlashmalariga kiruvchi qurilish sanoati korxonalarini, shuningdek qurilish-montaj ishlari(QMI)ni bajaruvchi barcha tashkilotlar faoliyatini birlashtiradi. Qurilish tashkilotlariga ro’yxatdan o’tkazilgan va qurilishi faoliyati uchun litsenziyaga ega bo’lgan, shuningdek buyurtmachilar bilan shartnoma asosida ishlarni bajaruvchi barcha mulk shakllaridagi yuridik shaxslar kiradi. Kapital qurilish sohasiga, o’z mablag’lari, qarz hamda davlat byudjeti mablag’lari manbalari asosidagi kapital qo’yilmalarga egalik qiluvchi buyurtmachilar faoliyati ham kiradi. Qurilishning rivojlanishi va uning samaradorligini oshirish industrializatsiya asosida amalga oshiriladi. Uning asosiy yo’nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: quriladigan bino va inshootlarning yig’maliligini oshirish maqsadida texnologik jarayonlarning bir qismini qurilish maydonlaridan zavodlarga ko’chirish; bino va inshootlarning texnologik loyiha yechimlarini yaxshilash, ularni keyinchalik ularni bir shaklga keltirish va unifikatsiyalashtirish; mexanizatsiyalashtirilgan tarzda zavodlarda yoki qurilish tashkilotining yordamchi sexlarida qurilish konstruksiyalari, buyumlari, detallari va materiallarini yuqori darajada qurilish jarayoniga tayyorgarlik holatida ishlab chiqarish; qurilish ishlab chiqarishi ishlarining uzluksizligini ta‘minlash maqsadida bino va inshootlarni qurish, qurilish materiallari va konstruksiyalarini etkazishning texnologik operatsiyalari va jarayonlarini mexanizatsiyalashtirgan tarzda bajarish. . . Asosiy fondlarni yaratishdan tashqari, kapital qurilish funksiyalariga mavjud asosiy fondlarni kengaytirish, qayta qurish va texnik qayta jihozlashlar ham kiradi. Shuning uchun mamlakat iqtisodiyoti barcha tarmoqlari asosiy fondlarini kengaytirilgan tarzda qayta ishlab chiqarish va sifat jihatdan yangilash kapital qurilishning asosiy vazifalari hisoblanadi. Kapital qurilish sohasida qurilish ishlarini metallolom va metall konstruksiyalar, sement, yog’och materiallari, qurilish mashinalari, transport vositalari, yoqilg’i va energetika resurslari bilan ta‘minlovchi 70 dan ortiq milliy iqtisodiyot tarmoqlari bevosita yoki bilvosita qatnashadi. Qurilishda 50 foiz qurilish materiallari sanoati, 18 foizga yaqin metallprokat, 40 foiz yog’och materiallar, foizdan ortiq mashinasozlik sanoati mahsulotlari ishlatiladi. Qurilish materiallari, konstruksiyalari va texnikalarini tashishda amalda barcha transport turlaridan foydalaniladi (avtomobil, temir yo’l, daryo, dengiz va havo transportlari). Qurilish sarf-xarajatalari tarkibida transport xarajatlari qiymati 20 foizgacha etadi. Mamlakat qurilish majmuasi tarkibiga turli mulk shakllaridagi pudrat tashkilotlari, qurilish materiallari sanoati korxonalari, mexanizatsiya, transport, loyiha va ilmiy-tadqiqot institutlari, lizing firmalari, o’quv muassasalari va boshqa korxona hamda tashkilotlar kiradi. Qurilish tarmog’ida olib borilayotgan islohotlar tufayli 8100 tadan ortiq qurilish majmuasi korxona va tashkilotlari mulkchilikning nodavlat shakliga aylantirildi, ya‘ni bu umumiy songa nisbatan 92,7 foizni tashkil etadi. Shuningdek, 65 tadan ortiq qo’shma korxonalar va 2253 tadan ortiq kichik va o’rta qurilish tashkilotlari faoliyat yurgizmoqda. Ushbu tashkilotlar tomonidan yaratilayotgan mahsulotlar hajmining milliy iqtisodiyot yalpi daromadidagi ulushi doimiy ravishda ortib bormoqda. Shuni qayd etish kerakki, qurilish tarmog’i barcha tadbirkorlik tuzilmasining ko’pchilik qismi to’g’ri keladigan xususiy korxonalar sonining o’sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Milliy iqtisodiyotning mustaqil tarmog‘i sifatida qurilishning shakllanishi va texnik-iqtisodiy xususiyatlari Qurilish milliy iqtisodiyotning mustaqil alohida tarmog’i bo’lib, yangi asosiy fondlarni yaratish hamda faoliyat yurgizayotgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ob‘yektlarini qayta qurish, kengaytirish, ta‘mirlash va texnik qayta jihozlash uchun mo’ljallangan. Qurilish tarmog’ining ahamiyati shundaki, mamlakat milliy iqtisodiyoti rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratib beradi. Qurilish tashkilotlarining mahsuloti sifatida yaratilayotgan asosiy fondlarni yaratish jarayonida ishchi xodimlar band bo’ladi hamda mehnat vositalari (texnika) va mehnat predmetlari (materiallar) ishlatiladi. Qurilish jarayoni asosiy elementlarining o’zaro harakati natijasida esa natural (bino, inshoot va ob‘yektlar) va qiymat (pul mablag‗lari) ko’rinishidagi pirovard qurilish mahsuloti yaratiladi. Qurilish jarayoni uchta asosiy bosqichga ajratiladi: 1) qurilishga tayyorgarlik ishlari; 2) qurilish jarayonining ozi; 3) tayyor holdagi qurilish ob‘yektini ekspluatatsiyaga topshirish. Qurilishga tayyorgalik ishlari quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi: qurilish obyektining maqsadga muvofiqligi yuzasidan texnik-iqtisodiy tadqiqotlarni olib borish, ob‘yektni loyihalashtirish va qurilishga muxandislik-texnik jihatdan tayyorgarlik ko’rish. Texnik-iqtisodiy tadqiqotlar jarayonida barpo etilayotgan ob‘yektning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari va uni qurishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi baholanadi. Loyihalashtirish bosqichida ob‘yektning konstruktiv-joylashtirish yechimi, uni qurishni tashkil etish usullari va ishlarni bajarish texnologiyasi ishlab chiqiladi hamda qurilishning smeta qiymati aniqlanadi. Undan keyin qurilishga muxandislik-texnik tayyorgarlik ko’rish amalga oshiriladi (tayanch geodezik va qurilish to’r(set)larini ishlab chiqish; qurilish maydoni hududi va transport kommunikatsiyalari yo’lakchalarini tayyorlash bo’yicha ishlarni olib borish). Qurilish maydonida bevosita qurilish jarayonining o’zi amalga oshirilishida barcha texnologik elementlarning birlashishi sodir bo’ladi, buning natijasida esa qurilish mahsuloti yaratiladi hamda qurilish jarayonining amaldagi jami xarajatlari, bino va inshootlarning moddiy-ashyoviy elementlari, ularning arxitekturaviy-qurilish ifodasi va sifati shakllanadi. Ob‘yektlar qurilishining tugallanishi, ularni tayyor holda ekspluatatsiyaga hamda buyurtmachilarga asosiy fondlar sifatida topshirishdan iboratdir. Qurilish ishlab chiqarishi jarayoniga kapital qo’yilmalar doiraviy aylanishining quyidagi uchta bosqichlari to’g’ri keladi: 1) ishlab chiqarish - asosiy fondlarni yaratishning mahsulot shakli sifatida; 2) amalga oshirish (realizatsiya) - qurilish mahsulotining asosiy fondlarga aylanishi shakli sifatida; 3) pul mablag’larini kelgusi mahsulotga aylantirish maqsadida takror ishlab chiqarishning navbatdagi davri(sikli)ni tayyorlash. Vaqt va makon bo‗yicha takror ishlab chiqarish jarayoni barcha elementlarining o’zaro harakat darajasi qanchalik katta bo’lsa, qurilish iqtisodiy samaradorligi ham shuncha yuqori boladi. Qurilish jarayonining iqtisodiy mohiyati, uni amalga oshirish bilan bog’liq sarf-xarajatlar bilan ifodalanadi. Ob‘yektlar barpo etish borasida qurilish korxonalarining ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq xarjatlari bir vaqtning o’zida sodir bo’ladigan va joriy xarajatlarga bo’linadi. Bir vaqtning ozida sodir bo’ladigan xarajatlarga qurilish tashkilotlarining asosiy fondlarni yaratish yoki sotib olish xarajatlari hamda tugallanmagan qurilish aylanma mablag’laridagi moddiy zaxiralar qiymati kiradi. Joriy xarajatlar, bu qurilish korxonasining ob‘yektlarni yaratish bilan bog’liq bevosita va bilvosita barcha xarajatlari hisoblanadi: ish haqi, qurilish materiallari, amortizatsion ajratmalar va boshqa xarajatlar. Joriy xarajatlarning umumiy yig’indisi qurilish-montaj ishlarining tannarxini tashkil qiladi. Qurilish tarmog’ining turli mahsulotlarni ishlab chiqarish, taqsimlash hamda xizmatlar ko’rsatish bo‗yicha milliy iqtisodiyotning boshqa tarmoq va sohalari bilan iqtisodiy aloqalari tarmoqlararo aloqalar hisoblanadi. Qurilish moddiy ishlab chiqarish tarmogi sifatida boshqa tarmoqlardan farqli ravishda qator o’ziga xos xususiyatlarga ega. Tarmoq xususiyatlari, uning pirovard mahsuloti, mehnat sharoitining o’ziga xosligi, qo’llanilayotgan texnika va texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish va moddiy-texnika ta‘minotlar xarakteri bilan izohlanadi. Ko’rsatilgan xususiyatlar umumiy va maxsus turlarga bo’linadi.
Qurilishning umumiy xususiyatlari quyidagicha: 1) Qurilish ishlab chiqarishi va pirovard mahsulot xarakteriga ko’ra noturg‗un va vaqtinchalik bo’lib, ularning bir tipda emasligi. Ob‘yektlar ekspluatatsiyaga topshirilishi bilan qurilish-montaj ishlari hamda ishlab chiqarish vositalari yangi ozlashtirilgan qurilish joyiga ko’chiriladi. Qurilishda ish joylari, mashina-mexanizmlar, asbob-uskunalar, mehnatning texnik va texnologik jihatdan ta‘minlanganligi – ko’chma, qurilish mahsuloti esa – ko’chmas hisoblanadi. Shuningdek, qurilish tarmog’i mahsulotlari jamiyatga uzoq davrlarga, ya‘ni bir necha o’n yillar xizmat qilishga mo‗ljallangan. 2) Qurilish jarayoni tarkibiga kiruvchi barcha operatsiyalarning texnologik jihatdan bir-biriga bogliqligi. Qurilishda qurilish-montaj ishlari boshlanishiga qadar vaqtinchalik ishlab chiqarish-maishiy va ma‘muriy-xo’jalik binolari barpo etiladi hamda muxandislik kommunikatsiyalari, yo’l, elektr uzatish liniyalari va boshqalar o’tkaziladi. Ushbu ishlar o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan tashkiliy va qo’shimcha xarjatlarni talab qiladi. Shu bilan birgalikda qurilish muddatining uzoq davomiyligi xo’jalik faoliyatidagi aylanma mablag’larni tugallanmagan qurilishga sarflanishiga olib keladi. Qurilishning me‘yordan ortiq davom etishi va keyinchalik texnologik jarayonning takomillashuvi yangi texnika va texnologiyalarni hisobga olgan holda qurilishning borishi to’g’risida oldin qabul qilingan qarorlarni qayta ko’rib chiqishga olib keladi. Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi, uning alohida jarayonlarining qat‘iy ketma-ketlikda bajarilishini talab qiladi: bitta ish jarayonining tugallanishi boshqa jarayonning boshlanishidan oldin bo’lishi kerak. Shu bilan birgalikda qurilish jarayonini fazoviy jihatdan joylashtirish mumkin emas, shuningdek ishchi xodimlardan ularning ixtisosligi va malakalariga muvofiq ravishda bir vaqtning o’zida foydalanish tegishli qiyinchiliklarni tug‗diradi. 3) Qurilish-montaj ishlari murakkabligi va turlari bo’yicha ular o’rtasidagi nisbatning noturg’unligi. 4) Pirovard qurilish mahsulotini yaratishda turli tashkilotlarning qatnashuvi. Sanoatda kooperatsiyaning istalgan darajasida pirovard mahsulotni bitta bajaruvchi ishlab chiqaradi va sotadi. Ob‘yektlar qurilishida esa bir vaqtning o’zida bir necha qurilish-montaj tashkilotlari qatnashadi (bosh pudratchi, subpudratchilar). Ushbu tashkilotlarning har biri qurilish mahsulotining ma‘lum bir qismlarini bajaradi.
. Qurilish milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, ayniqsa sanoat bilan chambarchas bog‗langan. Qurilish hajmining oshishi, bir tomondan uni texnik va texnologik jihatdan ta‘minlovchi sanoat tarmoqlari rivojlanishiga, ikkinchi tomondan esa milliy iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun pudrat shartnomasi asosida qurilish-montaj ishlarining bajarilishiga bog’liqdir. Qurilish tashkilotlari buyurtmachilar faoliyati bilan mustahkam bog’langan. Bir qancha tarmoqlar qurilishga nisbatan ham ta‘minlovchisi, ham qurilish mahsulotining iste‘molchisi sifatida faoliyat yurgizadi. Qurilish material jihatdan ko’p talab qiladigan tarmoq hisoblanadi. Pirovard qurilish mahsulotini olish uchun mazkur tarmoqga 70 tadan ortiq milliy iqtisodiyot tarmoqlari qurilish materiallarini etkazib beradi. 5) Qurilish ishlarida iqlim va mahalliy shart-sharoitning roli. Qurilishda mavsumiyliknig yo’qotilishiga qaramasdan, qish mavsumida ham ob‘yektlar qurilishi bo’yicha tadbirlarning bajarilishi talab qilinadi. Bir xil tipdagi binolarning turli hududlarda qurilishi har xil moddiy resurs xarajatlarni talab qiladi. Qurilish sharoiti ko’pincha hududning seysmik holati, yer relefi, gruntlar geologik tuzilishi, yer osti suvlari mavjudligi, qurilish maydoniga konstruksiya va materiallarni etkazish uslublari orqali aniqlanadi. Qurilish ishchilari sanoatning boshqa tarmoqlaridagi ishchilariga nisbatan ko’pincha iqlim sharoiti ta‘siriga duch keladi. Ushbu xususiyat yilning eng qulay davrlariga katta kuchlar sarflanishini talab qiladi. Shu sababdan asosiy qurilish, montaj va ta‘mirlash-qurilish ishlariga mehnatning me‘yoriy shart-sharoitidan chetga chiqishlarni hisobga oluvchi tuzatish koeffitsientlari kiritiladi. . Qurilishning maxsus xususiyatlari qurilayotgan ob‘yektlarning turlitumanligi bilan bog’liqdir. Ular quyidagilardan iborat: sanoat, uy-joy, ijtimoiy maishiy, transport, qishloq xo’jaligi, melioratsiya va suv xojaligi, magistral quvurlar, elektruzatish liniyalari. Sanoat binolari qurilishi ularning ajratilgan joyga to’planishi va ob‘yektlarning murakkabligibilan xarakterlanadi. Bitta joydagi ishlar bir yildan ortiq olib boriladi. Nisbatan uzoq muddatli sanoat ob‘yektlarini qurish bilan band bo’lgan tashkilotlarda ishlab chiqarish vositalarining ko’chib yurishi kam ta‘sir ko’rsatadi. Ushbu qurilish korxonalarida kadrlar tarkibi esa bir muncha barqaror hisoblanadi. Transport, qishloq xo’jaligi, melioratsiya va suv xo’jaligi, magistral quvurlar va elektruzatish liniyalari ob‘yektlarini qurish esa quyidagi xususiyatlarga ega: bitta joydagi ishlar hajmining unchalik katta emasligi, bir-biridan har xil masofalarda joylashgan turli ob‘yektlarda ishlarni olib borish zaruriyati, shuningdek yangi o’zlashtirilgan maydonlarda u yoki bu ob‘yekt va inshootlar qurilishida ishchi xodimlarning ko‗chib yurishi. Uy-joy va ijtimoiy-maishiy ob‘yektlarni qurish esa kompleks qurilishlar ketmaketligi va navbatiga qat‘iy rioya qilinganlik bilan xarakterlanadi. Shuningdek, uy-joy massivlari bilan bir qatorda yo’l, suv ta‘minoti tizimi, elektr ta‘minoti, issiqlik tarmog’i, maktab va maktabgacha tarbiya muassasalari, savdo-sotiq, madaniyat va maishiy xizmat ko’rsatish ob‘yektlari ham qurilishi kerak. Ushbu ob‘yektlarni qurish talablariga amal qilmaslik sanitariya hamda shahar normalari va qoidalarining buzilishiga olib keladi. Ijtimoiy ahamiyatga molik ob‘yektlarni barpo etish qurilish korxonasi texnikasi, asbob-uskunalar, brigada va qurilish ishtirokchilarining doimiy ravishda ko’chib yurishi bilan xarakterlanadi. Qo’shimcha vaqt, moliya va moddiy xarajatlar esa qurilish tashkilotlari faoliyati samaradorligining pasayishiga olib keladi. Qurilishning tashkiliy shakllari, moddiy-texnika bazasi va uning taraqqiyot istiqbollari Kapital qurilishda investitsiya jarayonining asosiy ishtiroqchilari sifatida odatda bajaradigan vazifalariga ko’ra investor, buyurtmachi, quruvchi, pudratchi va loyihalovchilar ishtirok etadilar. Investor - ob‘yekt qurilishini moliyalashtirishni xususiy yoki qarz mablag‗lar hisobiga amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub‘ekti. Investor investitsiya natijalarini tasarruf qilishga to’liq yuridik huquqlarga ega. Shuningdek, u investitsiyalarni (kapital qo’yilmalarni) jalb qilish shaklini belgilaydi, qurilish kontraktlarining shartlarini ishlab chiqadi, investitsiya jarayoni ishtiroqchilari bilan bo’ladigan moliyaviy-kredit munosabatlarni amalga oshiradi. Investor qurilish mahsulotining buyurtmachisi, kreditori, haridori bo’lishi, shuningdek, bevosita quruvchi funksiyasini bajaradi. Buyurtmachi - texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqishdan boshlab ob‘yektni foydalanishga topshirish yoki ob‘yektning ishlab chiqarish quvvatiga chiqishigacha bo’lgan muddatda ob‘yekt qurilishining tashkilotchisi va boshqaruvchisi funksiyalarini qabul qilgan huquqiy yoki jismoniy shaxs. Qurilish egasi - qurilish bo’layotgan yer maydoniga egalik qilish huquqiga ega bo’lgan huquqiy yoki jismoniy shaxs. U buyurtmachidan farqli ravishda qurilish uchun ajratilgan yer maydonidan uzoq muddatli ijara shartlari asosida foydalanadi. . Pudratchi (bosh pudratchi) - pudrat shartnomasi yoki kontrakti asosida ob‘yekt qurilishini amalga oshirayotgan qurilish firmasi. Bosh pudratchi qurilish natijalari uchun shartnoma shartlariga muvofiq ravishda buyurtmachi oldida to’liq javobgar boladi. U zarur hollarda ayrim turdagi ishlarni bajarish uchun quyi pudrat tashkilotlarini jalb qilishi mumkin Loyihalovchi - buyurtmachi bilan tuzilgan shartnoma asosida u yoki bu ob‘yektning kelgusidagi qurilishini loyihalovchi loyihalash tashkiloti yoki shunga o’xshash boshqa muassasa. Loyihalovchi loyihaning va uning asosidagi texnikiqtisodiy ko’rsatkichlarning sifati uchun to’liq javobgar boladi. Buyurtmachi loyihada ko’zda tutilgan yechimlarga rioya qilinishini nazorat qilish uchun mualliflik nazorati o’rnatadi. Qurilish ishlab chiqarishi jarayoni turli shakl va usullarda tashkil qilinishi mumkin bo’lib, pudrat usuli, xo’jalik usuli, ob‘yektlarni ―qulf-kalit qilib topshirish va sotish shular jumlasidandir. Pudrat usulida qurilish muntazam ishlab turuvchi qurilish tashkilotlari (firmalari) tomonidan buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalar assida amalga oshiriladi. Bu qurilishning asosiy va eng keng tarqalgan usulidir. Bugungi kunda kapital qurilish sohasidagi barcha pudrat ishlarning taxminan 80 foizdan ortig’i shu usulda amalga oshiriladi. Uni amalga oshirish uchun ―Kapital qurilish pudrat shartnomasi‖ asos bo’lib xizmat qiladi. Xo’jalik usulida - ob‘yektlar qurilishi yoki qurilish-montaj, ta‘mirlash-qurilish ishlari xo’jalk sub‘ektlarining - korxonalar, tashkilotlar, institutlar va shu kabilarning kuch va mablag‗lari hisobiga amalga oshiriladi. Korxonalarni qayta ta‘mirlash va kengaytirish, kichikroq qurilish ob‘yektlari, hududlar va xonalarni obodonlashtirish, ta‘mirlash ishlari ko‗pincha shu usulda olib boriladi. Obyektlarni to’liq qurib bitkazishga o’tkazish (“qulf-kalit” bilan topshirish)da buyurtmachining funksiyalari bosh pudratchiga berilib, u qurilishni boshidan boshlaydi va ob‘yektni buyurtmachiga uzil-kesil tugallangan holatda topshiradi. Qurilishning bunday usuli uy-joy qurilishida juda keng tarqalgan. Tanlovlar - iqtisodiyotda nisbatan yangi hodisa bo’lib, bunda buyurtmachi biror ob‘yektni qurish yoki loyihalash, asbob-uskunalar etkazib berish bo’yicha tanlov e‘lon qilayotganligini ochiq yoki yopiq shaklda xabardor qiladi va hohlovchilarni shu tanlovda ishtiroq etishga taklif qiladi. Bunda maxsus hujjat tayyorlanadi va unda tanlovning asosiy g’oyasi, uning tijoriy va boshqa shartlari korsatiladi. Bunday hujjatlar majmuasi ―tender‖ deb ataladi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan shakllardan tashqari, qurilishning ijtimoiy mehnat taqsimoti nuqtai nazaridan ixtisoslashuv, konsentratsiya, kooperatsiya kabi tashkiliy shakllari mavjud. Shuni ham aytib o’tish kerakki, bu shakllar faqat qurilishda emas, balki xalq xo‗jaligining boshqa tarmoqlarida, avvalo sanoatda ham qo’llaniladi. Amaliyotdan ma‘lum bo’lishicha, bu shakllarni mohirlik bilan qo’llash orqali ishlab chiqarish va kapital qo’yilmalarda yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Masalan, agar ixtisoslashuv va kooperatsiya xarajatlarning kamayishiga, mahsulot sifatining yaxshilanishiga imkon bersa, konsentatsiya va kombinirlash - xom ashyo va materiallardan kompleks foydalanishga hamda qurilish sohasida fan-texnika taraqqiyoti ko’lamining yanada kengayishiga olib keladi. Qurilish moddiy ishlab chiqarish tarmog’i sifatida faqat mahsulot ishlab chiqaribgina qolmay, balki buning uchun u yoki bu turdagi resurslarni iste‘mol qiladi yoki foydalanadi ham. Mavjud ma‘lumotlarga ko’ra, qurilish materiallari sanoati mahsulotlarining 80 foizi, yog’och materiallarining taxminan yarmi, metall prokatining 20 foizdan ko‗prog’i, mashinasozlik sanoati mahsulotlarining 10 foizdan ko’proq qismi qurilishda foydalaniladi. Qurilish xarajatlari tarkibida transport sarfxarajatlarining qiymati 20-25 foizni tashkil qiladi. Boshqacha qilib aytganda, qurilishga xalq xo’jaligi tarmoqlarining deyarli barchasi xizmat ko’rsatadi. Qurilishning moddiy-texnik bazasini rivojlantirishda qurilish materiallari sanoati alohida o’rin tutadi. Bu tarmoqdagi korxonalar sement, ohak, gips, g’isht, shisha, qoplama va issiqlik o’tkazmaydigan materiallar, turli to’ldirmalar ishlab chiqaradi. Kapital qurilishda ayrim turdagi materiallar iste‘molining solishtirma ulushi juda kattadir. Masalan, taxminan 80 foiz sement, deraza oynasi – 50 foiz, yog’och materiallar - 35-40 foiz, qora metallar prokati – 20 foiz, yumshoq qoplama materiallar - deyarli 70 foiz iste‘mol qilinadi. Qurilishning materiallar, konstruksiyalar, texnikalar va boshqa ishlab chiqarish vositalari bilan eng to’la ta‘minash ko’p jihatdan tarmoqlararo aloqalarning mukammalligi va yanada rivojlantirilishiga bog’liqdir. Bu esa, odatda, ishlab chiqarishning tarmoqlararo balansida va mahsulotning xalq xo’jaligidagi taqsimotida aks etadi. Iqtisodiyotda buyruqbozlik, markazlashgan boshqaruv va rejalashtirish tizimidan bozor tizimiga o’tilishi xo’jalik sub‘ektlariga qurilishni rivojlantirish va uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun keng imkoniyatlarni ochib berdi, bunda hududiy boshqaruv organlarining roli kuchayib bormoqda. Ammo bu qurilishning ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish va mustahkamlash o’z-o’zidan, stixiyali ravishda yuz beradi, degani emas. U qurilishning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va joylashtirish hamda uning resurslar bilan to’la ta‘minlash ilmiy tamoyillariga mos bo’lishi lozim. Qurilishning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va joylashtirish uchun qurilish hududi va joyini tanlashga ta‘sir qiladigan barcha omillar va shartlarni miqdoriy ifodalashga imkon beradigan usullarga ega bo’lish lozim. Bunday usullar - masalaning optimal yechimini topishga imkon beradigan matematik modellardir. Ulardan biri - chiziqli dasturlash bo’lib, u o’zgaruvchan kattaliklarning berilgan chiziqli cheklashlarni va ushbu kattaliklarning maqsadli funksiyasini maksimallashtiruvchi yoki minimallashtiruvchi qiymatlari majmuasini topish talab qilinadigan ekstremal masalalarni echishning nazariyasi va amaliyotini o’zida birlashtiradi. Qurilishning moddiy-texnik bazasini optimal rivojlantirish va joylashtirishning iqtisodiy-matematik modelini shakllantirishda boshqa omillar bilan bir qatorda xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarish punktlari, korxonalarni joylashtirish mumkin bo’lgan punktlar, shu punktlardagi ishlab chiqarish hajmlari, transport xarajatlari va boshqalar hisobga olinishi lozim. Bu holatda masalani optimal echish mezoni odatda kelgusida ishlab chiqariladigan mahsulotning yuqori darajada raqobatbardosh bo‗lishi, ayni paytda korxonani yaratish va joylashtirishda (bir martalik va joriy) xarajatlarning imkon qadar kam bo’lishidir. Qurilishning moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirishning muhim shartlaridan biri qurilish industriyasi korxonalari hamda qurilish konstruksiyalari, detallari va materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarni loyihalashtirish bilan shug’ullanuvchi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni yaxshilashdir. Bunda ushbu o’zaro munosabatlarning asosida quyidagilar yotishi lozim: - qurilish industriyasi korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlari yuksak darajada mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan, yangi, eng tejamli loyihalarini ishlab chiqish; - bu korxonalarni xom ashyo va materiallarni, konstruksiyalarni tashishning hamda ishlab chiqarishni kooperatsiyalashni rivojlantirishning ratsional sxemalarini hisobga olgan holda mamlakat hududida joylashtirishning optimal variantlarini tanlash; - ishlab turgan, birinchi navbatda 20-30 yil va undan uzoq muddat ishlab kelayotgan korxonalarni texnik qayta jihozlash. Shuni ham nazarda tutish kerakki, bozor munosabatlari sharoitida, qurilish industriyasi korxonalari va tashkilotlarining xojalik yuritishdagi mustaqilligi kuchayib borayotgan bir paytda, moddiy-texnik bazani rivojlantirish, xo’jalik sub‘ektlari, xususan, sub‘ektlar bilan kapital qurilish sohasida ishlovchi yoki unga bog’liq bo’lgan ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlar o’rtasidagi xo’jalik aloqlarini kuchaytirish masalalari avvalgi paytlardagidek vazirlik va mahkamalar tomonidan emas, balki zarur hollarda davlat tomonidan qo’llab-quvvatlangan holda ko’proq qurilish tashkilotlari va korxonalari tomonidan hal qilinmoqda. Qurilish industriyasi korxonalari va tashkilotlari o’zlarining moddiy-texnika bazalarini rivojlantirish orqali o’z ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlabgina qolmay, balki raqobatli muhitda o’z iqtisodiy barqarorligini ta‘minlaydilar hamda faoliyatlari hayot sikllarini o’zaytiradilar. Bunda moddiy-texnika bazani rivojlantirish ishlab chiqarishning faqatgina texnik yoki moddiy ta‘minotidagi absolyut o’sishidan yoki iqtisodchilarning iborasi bilan aytganda, ishlab chiqarishning fond bilan ta‘minlanganligi oshishidan iborat bo’lib qolmay, balki uning ustuvorlik tamoyillari asosida, maksimal samaradorlikni ta‘minlash tamoyili asosida amalga oshiriladi. Gap shundaki, bozor munosabatlari sharoitida korxona resurslarning har bir turi oldin rejalashtiriladigan iqtisodiyot sharoitidagi kabi Davlat rejalashtirish qo’mitasining yoki ta‘minot qo’mitasining buyrug’i asosida emas, balki xususiy mablag’lar hisobiga erishiladi.
|
| |