|
IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA INVESTITSION SIYOSAT
|
bet | 4/5 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 47,62 Kb. | | #155049 |
Bog'liq Tarmoq iqtisodiyoti-fayllar.org3.IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA INVESTITSION SIYOSAT.
Investitsiya siyosati ham mamlakatdagi iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‗yicha davlat qo‗mitasini tashkil qilish to‗g‗risida‖ 2017 yil 31 martdagi PF-4996-son Farmoniga va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo’yicha davlat qo’mitasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida‖ 2017 yil 4 apreldagi PQ-2868-son qarori asosida Investitsiyalar bo’yicha davlat qo’mitasi tashkil qilindi va bu tashkilot davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda bosh hisoblanadi. Bugungi sharoitlarda, masalan, O’zbekistonda bu siyosat shahar va qishloqlarni qayta ta‘mirlash va obodonlashtirishga, yangilarini qurishga, sanoat va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlarida ishlab turgan korxonalarni kengaytirish va texnik qayta jihozlash, aholining uy-joyga bo’lgan ehtiyojini va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish, qazilma boyliklar zahirasini xo’jalik aylanmasiga samarali jalb qilishga, tabiatni muhofaza qilish va hokazolarga qaratilgan. Demak, investitsiya siyosati - bu davlatning ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirishni, iqtisodiyotni modernizatsiyalashga qaratilgan siyosatidir. Bu siyosat ko’p jihatdan kapital qo’yilmalarning ustivor yo‗nalishlarini to’g’ri tanlashga bog’liqdir. O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy soha va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 2017 yilda 68,4 trln. so`m (dollar ekvivalentida 13,4 mlrd. AQSh dollari) yoki 2016 yilga nisbatan 120,4 % asosiy kapitalga investitsiyalar o`zlashtirildi. Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 1991 yilga nisbatan 5,1 martta, 2000 yilga nisbatan 6,6 martta, 2005 yilga nisbatan 5,1 martta, 2010 yilga nisbatan 2,0 martta va 2015 yilga nisbatan 129,7 %ga ko`paydi. Asosiy kapitalga investitsiyalar O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy soha va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 2017 yilda 68,4 trln. so`m (dollar ekvivalentida 13,4 mlrd. AQSh dollari) yoki 2016 yilga nisbatan 120,4 % asosiy kapitalga investitsiyalar o`zlashtirildi. Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 1991 yilga nisbatan 5,1 martta, 2000 yilga nisbatan 6,6 martta, 2005 yilga nisbatan 5,1 martta, 2010 yilga nisbatan 2,0 martta va 2015 yilga nisbatan 129,7 %ga ko`paydi. YaIMga nisbatan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 2017 yilda 26,9 %ni tashkil etib, o`tgan yildagiga nisbatan 2,8 % punktga ko`paydi (1991 yil 18,8 %, 2000 yilda 22,9 %, 2005 yilda 19,9 %, 2010 yilda 24,6 % va 2015 yilda 24,3 %ni tashkil etgan).
Aytish kerakki, investitsiya siyosati faqat davlat miqyosida emas, balki ayrim mintaqalar, tarmoqlar va korxonalar miqyosida ham tegishlicha maqsadli vazifalari va ularni amalga oshirishning usullari, muddatlari va vositalari yordamida shakllanib, amalga oshiriladi. Masalan, davlat o’z investitsiya maqsadlarini amalga oshirishda ko’proq markazlashgan manbalarga va birinchi navbatda byudjet mablag’larga, xorijiy investitsiyalar va kreditlarga, mintaqalar esa mahalliy byudjet mablag’lariga tayanadi. Korxonalar o’z investitsiya faoliyatlarini asosan o’z mablag’lari, daromadlari, amortizatsiya mablag’lari va ayrim hollarda bank kreditlari yoki boshqa turdagi qarz mablag’lari hisobiga amalga oshiradilar. Amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatida korxonalarning o’z manfaatlari va davlat manfaatlari doirasida tutgan o’rnini alohida ta‘kidlab o’tishni istar edik. Ma‘lumki, korxonalar iqtisodiyotning asosiy bo’g’inlaridir. Ularda jamiyatga kerak bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqariladi, yumushlar bajariladi va xizmatlar ko’rsatiladi. SHuningdek, korxonalarda malakali kadrlarning asosiy qismi to’planadi, foyda yuzaga keladi, binobarin, ularda milliy daromadning jami bo’lmasa ham, har holda bir qismi vujudga keladi. Korxonalar ushbu ishlab chiqarish funksiyalarini bajarish, shuningdek, kerakli moliyaviy ajratmalarni mahalliy va respublika byudjetlariga to’lash davomida mintaqa va respublika miqyosida investitsiyalash uchun moddiy bazas yarataish natijasida zaiflashib qoladilar, qolgan foyda miqdori juda kam bo’lib, amortizatsiya ajratmalari jiddiy o’zgarishlar uchun etarli bo’lmay qoladi. . Binobarin, iqtisodiyotni boshqarishning turli pogonalarida amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatini investitsiyalarni sarflash yo’nalishlari va sohalarini tanlash, korxonalarning investitsion mustaqilligini va moddiy bazasini kengaytirish nuqtai nazaridan iqtisodiy ahvolga moslashtirish lozim. Direktorlik korpusining aksariyat qismining fikricha, bu vazifani bajarishga soliq tizimini yaxshilash katta yordam beradi. Bunday tizim korxonalarga o’zi ishlab topgan daromadlarining investitsion mo’ljallarni amalga oshirish uchun etarli miqdordagi ulushini o’z ixtiyorida qoldirishga imkon berishi lozim. Aytib o’tilgan fikrlardan yana bir xulosa kelib chiqadi: investitsiya siyosati har qancha puxta o’ylangan va asoslangan bo’lmasin, u qanday darajada amalga oshirilmasin, moddiy ta‘minotsiz, ya‘ni resurslar bilan etarli ta‘minotsiz faqat qog’ozlarda va qarorlarda qolib ketadi. Har qanday siyosat, shu jumladan investitsiya siyosati ro’yobga chiqishi, amalga oshishi uchun muayyan investitsiyalar miqdori bilan tasdiqlanishi lozim. SHuning uchun, investitsiya maqsadlarini, shu jumladan kapital qo’yilmalarni qo’llashning ustivor yo’nalishlarini, sohalari va chegaralarini belgilashda buning uchun kerak bo’ladigan investitsiyalarning ko’lami va ularning moliyaviy manbalari ham puxta ishlab chiqilishi lozim. Ammo bu yerdagi umumiy qoida shundayki, kuchli investitsiya siyosatini amalga oshirish uchun mamlakatdagi vaziyat ham iqtisodiy, ham siyosiy jihatdan barqaror bo’lishi shart. Sezilarli iqtisodiy o’sishlar ko’zatilayotgan O’zbekiston bugungi kunda maqsadga yo‗nalgan va samarali investitsiya siyosatini amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlarga egadir. Investitsiya-qurilish jarayoni, uni tashkil qilish va samaradorligi Investitsiya-qurilish jarayoni ijtimoiy ishlab chiqarishning eng muhim elementidir. Uningsiz takror ishlab chiqarishni tasavvur qilish mumkin emas. Bu faqat tabiiy eskirish jarayonida ishdan chiqayotgan mehnat vositalarini almashtirish emas, balki ishlab chiqarish quvvatlarini kuchaytirish, shu jumladan yuqori sifat darajasini, iqtisodiy o’sishni va aholining farovon turmush darajasini ta‘minlashdir. Investitsiyalash va qurilishni, investitsiya va qurilish jarayonlari kabi ko’pincha alohida o’rganish mumkin. Ammo investitsiya resurslarining 60 foizdan ko’proq qismi qurilish sohasida foydalanilayotganligini hisobga oladigan bo‗lsak, bu tushunchalar ko’pincha aynan qurilish majmuasining iqtisodiy samaradorligini baholashda qo’llaniladi. Investitsiya-qurilish jarayoni ham zamonda, ham makonda amalga oshiriladi. Umumiqtisodiy va ijtimoiy jarayonning tarkibiy qismi bo’lgan investitsiya jarayoni investitsiya maqsadlarining texnik-iqtisodiy asoslashni ob‘yekt va inshootlarni o’rganish va loyihalashni, qurilishning o’zini va ob‘yektni foydalanishga topshirishni, uni sinash, tekshirish va ekspertlar tomonidan baholashni o’z ichiga oladi. Bundan kelib chiqqan holda vaqtda o’lchanadigan investitsiya jarayoni quyidagi formula orqali aniqlanishi mumkin: Tip = T1 + T2 + T3 + T4 Qurilish jarayoni - investitsiya jarayoni hamda qurilishning xalq xo’jaligining bir tarmog’i sifatida faoliyat ko’rsatishining asosiy bosqichidir. Uning tashkiliy tizimi uch bosqichdan iboratdir: qurilishni tayyorlash; bevosita qurilish jarayonining o’zi; tayyor qurilish mahsulotini realizatsiya qilish. Qurilishni tayyorlash qurilish ob‘yektining maqsadga muvofiqligini texnikiqtisodiy asoslash (TIA), ob‘yektni loyihalash va qurilishga injener-texnik tayyorgarlik ko‗rishdan iborat. Ushbu yo’nalishlarning har biri o’zining maqsadli vazifalariga ega. Bevosita qurilish - bu bino va inshootlarni qurib, ko’tarish jarayoni bo’lib, qurilish maydonchalarida bevosita amalga oshiriladi. SHuning uchun qurilish maydonchasini ―noldan qurilish ob‘yektining tayyorlik holatigacha bo’lgan bevosita qurish jarayonining o’ziga tenglashtiriladi. Qurilish mahsulotining realizatsiyasi - qurilishi tugallangan ob‘yektlarni foydalanishga topshirish va ularni belgilangan tartibda buyurtmachiga (investorga) topshirishdir. ob‘yektlar buyurtmachiga o’tkazilgach, ular xalq xo’jaligi balansida asosiy fond sifatida ko‗rsatiladi. Qurilish investitsiya jarayonining o’zagidir. Ob‘yektlarni, ayniqsa sanoatqurilish ob‘yektlarini qurishda u jami investitsiya siklining 50 foizi va undan ko’p qismini egallaydi. Masalan, amaliyotdan ma‘lum bo’lishicha, o’rtacha quvvatli mashinasozlik korxonasini qurishda, turli tadqiqotlar va asoslashlarga o’rtacha 1-1,5 yil ketadi, loyiha ishlab chiqishga - 1 yilgacha, qurilishga 3-4 yil, foydalanishga topshirish va sinab ko’rishga esa kamida yarim yil ketadi. Shunday qilib, o’rtacha quvvatli korxonani qurishga ketadigan investitsiya jarayonining muddati taxminan 5-7 yilni tashkil qiladi. Bugungi kunda ilg’or qurilish texnika va texnologiyalari, quruvchilarning g’ayrat-shijoati qurilish ishlab chiqarishini tashkil qilish tizimi etarlicha darajada yaxshi yo’lga qo’yilganda ob‘yektlarni qurish va foydalanishga topshirishga nisbatan qisqaroq muddatlar ketadi, natijada investitsiya resurslarining samarasi eng yuqori bo’ladi. Bunga o’z paytida Asakada foydalanishga topshirilgan avtomobil zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho’rtan gaz-kimyo majmuasi misol bo’la oladi. Bu ob‘yektlar qurilgan va ishlayotgan bo’lsa, u holda bugungi kunning nuqtai nazaridan Kungrad soda zavodi, Qizilqum fosforit kombinati va Andijon biokimyo zavodida, Angrendagi kaolin fabrikasining birinchi navbati, Toshkent, Buxoro, Samarqand va Urganchdagi aeroportlarda qurilish sur‘atlar bilan bormoqda. Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi, Toshkent - Andijon – O’sh - qashqar avtomobil yo’lining dovon uchastkasi haqida ham aynan shunday gaplarni aytish mumkin. Qurilish investitsiya jarayonining o’zagi, asosiy bosqichi bo’lishiga qaramay, uning qolgan tarkibiy qismlari ham investitsiya jarayonining muddatiga va samaradorligiga ma‘lum darajada ta‘sir ko’rsatmoqda. Masalan, muddati cho’zilib ketgan injenerlik-geologik tadqiqotlar va boshqa qurilish tadqiqotlari, loyiha ishlanmalari sifatining pastligi va eng yomoni ularning eski texnik yechimlarga mo’ljallanganligi investitsiya jarayonida eng yaxshi ko’rsatkichlarga erishishiga imkon beradi. Bu ko’rsatkichlar jarayonning dastlabki bosqichida ko’zga tashlanmasa-da, ob‘yektlardan foydalanish davomida yoki o’ziga o’xshash ilg’or analoglar bilan taqqoslaganda lalbatta seziladi. SHuning uchun investitsiya jarayonini yaxshilashda hali loyihalash va tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida ham katta imkoniyatlar mavjud bo’ladi. SHu sababdan, quruvchilarda ―Loyiha qanday bo’lsa, ob‘yekt ham shunday bo’ladi‖ degan shior haligacha bor bo’lib, oz ahamiyatini yo’qotmagan. Investitsiya-qurilish faoliyatini samarali tashkil qilish quyidagi bir qator vazifalarning hal qilinishini ko’zda tutadi: investitsiya jarayonining asosiy bo’g’ini sifatida qurilish faoliyatini tashkil qilishdagi asosiy yondashuvlar; olish investitsiya-qurilish faoliyatini tashkil qilishda bozor iqtisodiyoti tamoyillarini hisobga; investitsiyalashda ustivor yo’nalishlarni tanlash va investitsiyalardan foydalanish samaradorligini baholash; qurilishda yerga egalik qilish va yerdan foydalanishni tashkil qilish va uning samaradorligini baholash; pudrat tanlovlarini o’tkazishni tashkil qilish; investitsiya-qurilish risklarini boshqarish; moliyaviy resurslarni shakllantirishni va ulardan foydalanishni tashkil qilish; Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish investitsiyalar hamda qurilish ishlab chiqarishining samaradorligini oshirishgagina emas, balki mamlakat iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurishni muvaffaqiyatli amalga oshirishga va qulay investitsiya muhitini yaratish muammosining hal qilinishiga ham imkon beradi. Ayni paytda investitsiya-qurilish faoliyatining boshqaruv tizimini qayta qurish ham muhim vazifalardan biri bo’lib, u quyidagi chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi: a) markazlashgan rejalashtirishni bartaraf qilish va qonunlar, me‘yorlar va standartlar yordamida davlat boshqaruviga o’tish; b) o’zaro munosabatlarning, shu jumladan davlat boshqaruv tuzilmalari bilan bo’ladigan munosabatlarning shartnoma (kontrakt) shakllarini rivojlantirish; v) tarmoqlarda kompleks boshqaruv tizimlarini rivojlantirish bilan birgalikda ixtisoslashgan hisobga o’tish va tashkiliy boshqaruvning yanada mustaqilroq tuzilmalarini barpo qilish; g) investitsiya-qurilish faoliyatini boshqarishning ―loyihani boshqarish‖ tizimini keng joriy qilishga o’tish; Investitsiya-qurilish faoliyatini tashkil qilishda asosiy ―figura - bu investor bo’lib, u kapitalni qo’llash siyosati va taktikasini belgilaydi. Ammo baribir investitsiya-qurilish faoliyatining samaradorligi avvalo qurilish ishlab chiqarishini mahorat bilan tashkil qilishga, resurslarni tejashdan to qurilishga sarflanayotgan har bir so’m yoki boshqa pul birliklarining yuqori samara berishiga erishishgacha bo’lgan butun qurilish jarayonini boshqarishning ratsional shakllariga bog’liqdir. Buning uchun muddati cho’zilib ketgan qurilishlarning vujudga kelishiga, kapital qo’yilmalarning ko’plab ob‘yektlarga taqsimlanib ketishiga, tugallanmay qolib ketgan ob‘yektlarning paydo bo’lishiga va boshqa noishlab chiqarish xarajatlariga yo’l qo’ymaslik juda muhimdir. Ayniqsa, ish vaqtining bekorga sarf bo’lishiga yo’l qo’yish mumkin emas, chunki bekor turib qolish va ish vaqtidan samarasiz foydalanish - qurilish muddatining cho’zilishiga va kapital qo’yilmalar samarasining pasayib ketishiga sabab bo’ladigan eng muhim sababdir. Qurilishning bugungi vazifasi - qurilishning sur‘atlarini kuchaytirish, uning sifatini oshirish, noishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va mehnat unumdorligining o’sishini ta‘minlashdan iborat. Uni muvaffaqiyatli hal qilish faqat quruvchilarga emas, balki investitsiya jarayonining barcha ishtiroqchilariga bog’liq bo’lib, bu vazifa qanchalik tezroq hal qilinsa, qurilishning va butun milliy iqtisodiyotning miqdoriy va sifat ko’rsatkichlari shunchalik yuqori bo’ladi.
XULOSA.
2016 yil 25 oktyabr kuni mamlakatimizda qurilish tarmog‘i sohasida tub burilish yasagan muhim hujjat tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan qurilish materiallari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish, texnologik va texnik qayta jihozlash uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish hamda uning eksport salohiyatini oshirish va ularda korporativ boshqaruv xalqaro standartlarini joriy etishga qaratilgan maqsadlarni amalga oshirish «O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyati vazifalari sirasiga kiritildi. Har qanday soha rivoji yetuk va bilimli kadrlarga bog‘liq. Yosh mutaxassislarning faol bo‘lishga, innovatsion g‘oyalar, loyihalar va texnologiyalarni joriy etishga va yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi bandligini ta’minlashga intilishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash siyosati o‘z mevasini bermoqda. Bugungi kunda tarmoq korxonalarida zamonaviy va ilg‘or bilimlarni egallargan yuqori malakali mutaxassislar mehnat qilmoqda.
Ish bilan ta’minlash ko‘rsatkichlari ham ijobiy dinamikaga ega: 2017 yilda 1467 nafar kishi ishga joylashtirildi, 2018 yilda 1468 ta yangi ish o‘rni, shu jumladan, investitsiya dasturlarini amalga oshirish hisobidan 178 ta ish o‘rni, tarmoqni rivojlantirish dasturini amalga oshirish hisobidan 1213 ta ish o‘rni va kasanachilikni rivojlantirish dasturini amalga oshirish hisobidan 77 ta ish o‘rni barpo etildi. Joriy yil boshidan buyon o‘tgan 9 oy mobaynida 831 ta yangi ish o‘rni barpo etildi, bu prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 104,7 foizni tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda qurilish materiallari tarmog‘i iqtisodiyotning eng istiqbolli va jadal rivojlanib borayotgan yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilar ekan, uni mustahkamlash – O‘zbekiston sanoatini rivojlantirish strategiyasining muhim asosi bo‘lib xizmat qiladi.
|
| |