|
Qabul qildi: I. F. N., Dots. Aliqulov S. A reja
|
bet | 1/5 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 12,86 Kb. | | #127020 |
Bog'liq Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversif-kompy.info
Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish muammolari va vazifalari
Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish muammolari va vazifalari Qabul qildi: I.F.N., Dots. Aliqulov S.A Reja:
Kirish
Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari: Qishloq xo’jaligi
Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida Qishloq xo’jaligini va ishlab chiqarishni modernizatsiyalash vazifalari
Agrar sektorni qishloq xo’jaligi texnikalari bilan o’z vaqtida ta’minlashning dolzarbligi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish Mamlakatimizning innovatsion rivojlanishini ta’minlash sharoitida 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida – ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish transport kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari: Qishloq xo’jaligi Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning asosida albatta tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini moderniztsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan uning raqobatbardoshligini oshirish masalasi turadi. Pirovardida iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar natijasida yurtimiz kun sayin ravnaq topib bormoqda, mamlakatimizning nafaqat shaharlarida, balki qishloqlarida ham sanoat jadal rivojlanib bormoqda, zamonaviy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalari barpo etilayapti. Respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilayotgani bu – Qishloq xo’jaligidir.
|
| |