• Toshkent shahar filiali amaliyot boshqarmasi Manzil
  • 1-mavzu. Tijorat banklari passivlari operatsiyalari va bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarining dinamikasi va tahlili.
  • Toshkent shahar filiali amaliyot boshqarmasi Manzil




    Download 113,1 Kb.
    bet1/10
    Sana24.09.2024
    Hajmi113,1 Kb.
    #272195
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Amaliyot hisobot 21


    Kirish
    Ipoteka bank - Oʻzbekistondagi xorijiy investor ulushi ishtirokidagi universal bankdir. Ipoteka-bank ipoteka kreditlari berish va uy-joy qurilishini moliyalash boʻyicha yetarli tajribaga ega bank hisoblanadi.
    2023-yil 13-iyun sanasida OTP Bank Ipoteka-bankning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligiga tegishli aksiyalardan 73.71 foizini sotib olib uning asosiy aksiyadoriga aylandi hamda shu sanadan boshlab Ipoteka bank rasman OTP Guruhi a'zosiga aylandi.
    “Ipoteka-Bank” ATIB missiyasi - o‘z aksiyadorlari va bank mijozlari uchun eng yuqori darajadagi iqtisodiy qadriyatlarni yaratishdan iborat. Mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yuqori sifati va tanlangan bozorlardagi yetakchilik, kelajakdagi bank muvaffaqiyati uchun birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
    Bankning korporativ qadriyatlari - jamoaviy ruh, yangicha fikrlash, ijobiy munosabat, ajoyib sifat - bank missiyasini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
    Mijozlarga keng ko‘lamdagi bank xizmatlarini taqdim etgan holda, bank mamlakat iqtisodini ko‘tarish va rivojlantirish uchun asoslar va sharoitlarni yaratishga ko‘maklashishga intiladi.
    O’z mijozlariga xizmatlarni taqdim etishda Ipoteka-Bank professionalizmning yuqori standartlariga muvofiq bo‘lish, yangiliklarni qo‘llash, yangi g‘oyalarga ochiqlik, fikrlardan foydalanish hamda qat’iy va izchil faoliyatni amalga oshirishga sodiqdir.
    Bankning mijozlari bilan o‘zaro munosabatlari uzoq muddatli va mustahkam bo‘lishi uchun Ipoteka-Bank bundan keyin ham sifatli xizmatlar ko‘rsatishni davom ettirish niyatida.

    Toshkent shahar filiali amaliyot boshqarmasi
    Manzil: 100000, Toshkent sh., Mustaqillik shox ko`chasi, 15 uy
    Теlefon: +998 (78) 147-27-47
    Faks: +998 (71) 232-06-09
    Boshqaruvchi: Mastandjanova Dilfuza Xamidullaevna
    MFO: 00419
    Elektron Manzil: info00419@ipotekabank.uz
    1-mavzu. Tijorat banklari passivlari operatsiyalari va bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarining dinamikasi va tahlili.
    Passiv operatsiyalar - bu mablag’larni jalb qilish operatsiyalari hisoblanadi. Bu opertasiylarga quyidagilarni misol qilishimiz mumkin: kreditlar, depozitlar jalb qilish, boshqa banklardan kredit olish, o’z qimmatli qog’ozlarini chiqarish.
    Passiv operatsiyalar banklar va umumiy moliya tizimining uzluksiz ishlashi uchun zarur bo‘lib, banklarning o‘z likvidligini boshqarishi, me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etishi va o’z mijozlariga tavakkalchilik bilan bog’liq moliyaviy faoliyat bilan faol shug’ullanmasdan zarur xizmatlar ko‘rsatishini ta’minlaydi.


    Download 113,1 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 113,1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent shahar filiali amaliyot boshqarmasi Manzil

    Download 113,1 Kb.