-mavzu. Tijorat banklari tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi va tahlili




Download 113,1 Kb.
bet7/10
Sana24.09.2024
Hajmi113,1 Kb.
#272195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Amaliyot hisobot 21

5-mavzu. Tijorat banklari tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi va tahlili
Valyuta operatsiyalari - milliy qonunchilik yoki xalqaro shartnomalar bilan tartibga solingan valyuta boyliklari bilan bogʻliq boʻlgan bitimlar. "Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida"gi OʻzR Qonunining 6-moddasiga muvofiq, valyuta operatsiyalariga boʻlgan mulk huquqining va boshqa huquqlarning oʻzga shaxsga oʻtishi hamda valyuta boyliklarini toʻlov vositasi sifatida ishlatish bilan bogʻliq operatsiyalar; valyuta boyliklarini OʻzRda olib kirish va joʻnatish, shuningdek OʻzRdan olib chiqish va joʻnatish; xalqaro pul joʻnatmalarini amalga oshirish. "Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida"gi qonunning 7-moddasiga asosan, joriy xalqaro operatsiyalarga quyidagilar kiradi:
tashqi savdo, boshqa joriy faoliyat olib borilishi, shu jumladan xizmatlar koʻrsatilishi munosabati bilan, shuningdek odatdagi qisqa muddatli bank va kredit mexanizmlari ishlashi munosabati bilan toʻlanishi zarur barcha toʻlovlar;
• kreditlarni, qarzlarni uzish uchun yoki toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar amortizatsiyasi uchun maqbul summalarni toʻlash;
• savdo bilan bogʻliq boʻlmagan pul joʻnatmalarining maqbul summalari.
"Ipoteka-bank" Oʼzbekiston valyuta bozorining yetakchi operatorlaridan biridir. Xususan, Ipoteka-bank eng talabchan valyutalar bilan BUDAY, TOMORROW va SPOTuchun belgilangan sanalar boʼyicha konversion operatsiyalarni taklif etadi.
Oʼzbekiston Respublika valyuta birjasi aʼzosi, shuningdek banklararo valyuta bozorida faol ishtirok etgan holda, u oʼzining kontragentlari va korrespondent banklarga konversion operatsiyalarni amalga oshirish boʼyicha barcha xizmatlarni taklif etadi.
Ipoteka-bank oʼz faoliyatida REUTERS maʼlumot va diling tizimini - Dealing 3000 xtra tizimidan faol foydalanadi. Bankning kotirovkalari doimiy ravishda yangilanib boriladi va bozorning hozirgi sharoitlariga toʼliq mos keladi, bu esa operatsiyalar samaradorligini oshiradi.
Bank birinchi darajali xorijiy moliya institutlari va yetakchi Oʼzbekiston banklari bilan sheriklik aloqalarini oʼrnatdi va chegaralar oʼrnatdi. Shunday qilib, bank barcha asosiy jahon valyutalari bilan ish olib borgan holda real vaqt rejimida xalqaro valyuta bozorining yeng yaxshi kotirovkalari boʼyicha konversion operatsiyalarni bajarilishini taʼminlaydi. Konversiya operatsiyalari muddati - 2 bank kuni.
Bank bilan hamkorlik individual yondashuvni, narxlarning moslashuvchan sharoitlarini kafolatlaydi, shuningdek, valyuta va foiz stavkalarini xavf-xatarlardan himoya qilish imkoniyatini beradi.
Bank milliy valyutada to'lovlarni elektron kliring tizimlari, shu jumladan O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, ANOR va MUNIS orqali amalga oshiradi va mijozlarga to'lov topshiriqlarini qisqa vaqt ichida bajarish imkonini beradi.
Shuningdek, chet el valyutasidagi o‘tkazmalar Ipoteka-bankning yirik xorijiy hamkor-banklardagi vakillik hisobraqamlari tarmog‘i orqali amalga oshiriladi. Bu bankga turli chet el valyutalarida, xususan, AQSh dollari va yevroda o‘tkazmalarni amalga oshirish imkonini beradi.
Chet el valyutasidagi o'tkazmalar amalga oshirish imkoniyatlari Ipoteka-bankning korporativ mijozlarining mahalliy va xalqaro operatsiyalarni amalga oshirishga bo'lgan turli talablari bo'yicha majburiyatini kuchaytiradi.

Download 113,1 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 113,1 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu. Tijorat banklari tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi va tahlili

Download 113,1 Kb.