|
Tashqi savdoni moliyalashtirish
|
bet | 5/10 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 113,1 Kb. | | #272195 |
Bog'liq Amaliyot hisobot 21Tashqi savdoni moliyalashtirish.
Bugungi kundagi iqtisodiy va moliyaviy sharoitlar xalqaro savdodagi hisob-kitoblarning ishonchliligi va raqobatli moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatlariga boʼlgan alohida talablarni qoʼyadi. Ipoteka-bank mijozlarga dokumentar hisob-kitoblarning eng zamonaviy shakllari va savdoni moliyalashtirish vositalarini taqdim etishi mumkin.
Hisob-kitoblarning dokumentar shakllari butun dunyoda xaridorlar hamda sotuvchilar uchun risklarni kamaytiruvchi hisob-kitoblarning ishonchli va qulay usullari sifatida tan olingan. Savdoni moliyalashtirish tovarlar va xizmatlarning aylanish muddati bilan mos keluvchi nisbatan arzon moliyalashtirish manbalarini olishga imkon beradi.
Savdoni moliyalashtirish — bu mijozlarimiz tomonidan tuzilgan eksport-import shartnomalari boʼyicha tashqi savdo amaliyotlarini turli toʼlov vositalari, jumladan, eng koʼp foydalaniladigan hujjatli (dokumentar) akkreditivlar orqali moliyalashtirishdir.
Ipoteka-bank mijozlarining kontragentlari tomonidan shartnomalar (kontraktlar) shartlarining bajarilishi ustidan nazorat qilish boʼyicha amaliy yordam va xorijiy valyutadagi dokumentar akkreditivlar boʼyicha istalgan amaliyotlarni taklif qiladi.
Jismoniy shaxslarni kreditlash turlari
Kredit turi
|
Kredit summasi
|
Kredit muddati
|
Foiz stavkasi (yillik)
|
Valyuta
|
“Oson” ipoteka krediti
|
420 mln. so‘mgacha (Toshkent sh.)
|
240 oygacha
|
18%
|
UZS
|
“Tijorat” ipoteka krediti
|
1 700 mln. so’mgacha
|
240 oygacha
|
25,99%- 26,99%
|
UZS
|
Avtokredit
|
480 mln.so’m gacha
|
60 oy
|
27.99%-29.5%
|
UZS
|
Mikroqarz
|
50 mln.so’m gacha
|
36 oygacha
|
33.99%-
37.99%
|
UZS
|
Korxonalarning kreditga layoqatliligini aniqlashda turli xil ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Ko’rsatkichlar soni chegaralanmagan, ya’ni qarz oluvchining faoliyatidan kelib chiqqan holda, har bir tijorat banki uni o’zi mustaqil aniqlaydi. Banklar orqali qarz oluvchining kreditga layoqatliligini baholash turlicha bo’lishi mumkin, lekin ularning hammasi ma’lum bir andozaga tushirilgan moliyaviy koeffitsientlardan foydalanadilar. Ularga:
- qoplash koeffitsienti;
- likvidlilik koeffitsienti;
- mustaqillik (avtonomiya) koeffitsienti, ya’ni o’z mablag’lari bilan ta’minlanish koeffitsienti kiradi.
Likvidlilik mijozning o’z majburiyatlarini o’z vaqtida bajarilishini (qoplanishini) bildiradi. Likvidlilik ko’rsatkichlari forma balansidagi eng likvidli elementlar va qisqa muddatli majburiyatlarning nisbati qandayligini baholash uchun qo’llaniladi. Tez sotiladigan aktivlar hisobiga bu majburiyatlarning qoplanishi qanchalik yuqori bo’lsa, firmaning mavqei shunchalik ishonchli hamda bankdan kredit olishga imkoniyati shunchalik yuqori bo’ladi. Likvidlilik va qoplash koeffitsientlari qarz oluvchining balans likvidliligini, ya‘ni passivdagi majburiyatlarni qoplash uchun aktivdagi pul mablag’larining etarlilik imkoniyatlarini tasvirlaydi.
«Ipoteka bank» qarz oluvchining tahlilini "skoring" tizimi va "anderrayting"ini ishlab chiqdi va ishga tushirdi.
Skoring - asosida statistika usullari yotuvchi, mijozlarning to'lovga qodirligini baholash tizimi. Odatda, bu potensial qarz oluvchining ma'lumotlari kiritiladigan kompyuter dasturi. Dastur vijdonli qarz oluvchilarga "ballar" berib, ularning reytingini ko'taradi va qarzdorlarga shunday "ball"ga jarima soladi. "Skoring" nomi inglizcha score, ya'ni "hisob" so'zidan olingan.
Skoring modeli mijoz haqida ma'lumotni bir onda olish imkonini beradi (faqat uning roziligi bilan). Mijozning reytingidan kelib chiqib, bank kredit berish haqida qaror chiqaradi.
"Anderraytinga" keladigan bo'lsak - kredit xavflarining baholanishi, u ham kredit berish qaroriga ta'sir qiladi.
Hozir "skoring" va "anderrayting" yordamida bajarilayotgan ishlar avvallari qo'lda qilingan va shuning uchun ko'p vaqt talab qilgan. Mijozlarning anketalari bir necha kunlab tekshirilishi mumkin edi, endi esa kredit berilishi yoki rad etilishi to'g'risidagi qaror ma'lumotlar avtomat tarzda qayta ishlangandan so'ng 5-10 daqiqa ichida qabul qilinadi.
Skorring inson omilini to'liq istisno qiladi. Jarayonlar haqqoniy va adolatli. Hech qanday "shaxsiy" munosabatlar dasturning qaroriga ta'sir qila olmaydi.
Jarayonlar batafsil ma'lumotlarni to'playdi va ularni diqqat bilan tuzib chiqadi - bu kreditga qodir mijozlarga qiziq takliflar berish imkonini beradi.
|
| |