|
Kichik va o’rta biznesni kreditlash
|
bet | 4/10 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 113,1 Kb. | | #272195 |
Bog'liq Amaliyot hisobot 21Kichik va o’rta biznesni kreditlash.
Kichik biznesni moliyalashtirish dasturi doirasida bank mijozlarga biznes uchun keng ko‘lamdagi kreditlarni taklif etadi.
Kreditlarning turlari biznesni rivojlantirish, uning raqobatbardoshligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan istalgan masalalarni hal qilishga imkon beradi.
Kredit taqdim etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilishda Ipoteka-bank mijozning haqiqiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslanadi. Bunda e’tibor rasmiy ko‘rsatkichlarga emas, balki moliyalashtirish nazarda tutilgan biznesning rivojlanish istiqbollariga qaratiladi.
Har bir shaxsga bo‘lgan alohida yondashuv Ipoteka-bankka kichik biznes sub’ektlari uchun eng qulay shartlarda kreditlarni taklif qilishga imkon beradi.
Kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi bozor kon’yunkturasi va qarzdorning moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda o‘rnatiladi. Foizlar kredit qarzdorligining qolgan qismiga hisoblanadi, bu mijozlarga qo‘shimcha xarajatlar amalga oshirmaslikka imkon beradi.
Kichik va o’rta biznesni kreditlash turlari.
1. J-USBP dasturi bo’yicha modulli kredit. «J-USBP» Yaponiya-O‘zbekiston kichik biznesni qo‘llab quvvatlash dasturlari doirasidagi kreditlar O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lib, yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan sub’ektlar sifatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga beriladi.
2. Portfelli kredit - aylanma mablag‘larni to‘ldirish va asosiy vositalar sotib olish uchun hamda lizing, faktoring, savdoni moliyalashtirish, bank kafolati va boshqa kredit xizmatlari
3. Qurilish sohasi uchun ajratiladigan kredit
4. Davlat dasturlari asosida kreditlar
5. Avtokredit
6. Eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish
7. Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun biznes kredit
8. Asosiy vositalar sotib olish uchun biznes kredit
9. Baliqchilik.
Yuridik shaxslarni aylanma mablagʼlarni toʼldirish maqsadida kreditlash uchun talab qilinadigan hujjatlar roʼyhati:
1. Аriza;
2. Kredit oluvchining vakolatli organining kredit olish boʼyicha yigʼilish qarori. Vakolatlarni tekshirish uchun oxirgi kiritilgan oʼzgartirishlar bilan birga qarz oluvchining taʼsis hujjatlari nusxasi (litsenziya);
3. Oxirgi hisobot davri uchun Davlat soliq idoralariga topshirilgan moliyaviy hisobotlari;
4. Аgar qarz oluvchining boshqa kredit tashkilot (bank)larida xisobraqam va majburiyatlari mavjud boʼlsa, ushbu kredit tashkiloti (bank)dan maʼlumotnoma;
5. Biznes - reja (soddalashtirilgan).
6. Taʼminot hujjatlari.
|
| |