|
«avtokredit» namunaviy
|
bet | 1/15 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 68,39 Kb. | | #247178 |
Bog'liq Avtokredit shartnomasi (9)
1003/58/3412-SONLI
AVTOKRЕDITNI SUG‘URTALASH SHARTNOMASI
2024 yil «15» may Toshkent sh.
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024 yil 01 fevraldagi № 216084-sonli Litsenziyasi asosida harakat qiladigan, keyingi o‘rinlarda "Sug‘urtalovchi" deb ataladigan «NEO INSURANCE CORP» AJ nomidan 00001 yildagi №00001 Ishonchnoma asosida faoliyat yurituvchi Raqamlashtirish departamenti direktori Azimboeva Hilola bir tomondan va keyingi o‘rinlarda “Sug‘urta qildiruvchi” deb nomlanuvchi AYXANOV ASLIDDIN YODGOR O‘G‘LI, AB 6389483 asosida faoliyat yurituvchi ikkinchi tomondan, shuningdek quyida “Naf oluvchi” deb nomlanuvchi "SNACK LAB" MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT nomidan Ishonchnoma asosida faoliyat yurituvchi filial boshqaruvchisi ${ bank_direktor} uchinchi tomondan, mazkur shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:
1. SHARTNOMA PRЕDMЕTI
Sug‘urtalovchi, mazkur sug‘urta shartnomaning shartlariga muvofiq, shartnomada belgilangan sug‘urta hodisasi yuzaga kelganda AYXANOV ASLIDDIN YODGOR O‘G‘LI va "SNACK LAB" MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT o‘rtasida 2024 yil «15» mayda tuzilgan ASDF/132R–sonli kredit shartnomasida ko‘rsatilgan Sug‘urta qildiruvchining olgan kredit summasini sug‘urta polisida ko‘rsatilgan sug‘urta davri mobaynida qaytara olmagan qismini to‘lab berish hamda kredit shartnomasi asosida harid qilinadigan (garovga qo‘yilayotgan) avtotransport vositasiga yetkazilgan zararni qoplashni zimmasiga oladi. Sug‘urta qildiruvchi esa mazkur sug‘urta shartnomasida ko‘zda tutilgan tartibda va muddatlarda sug‘urta mukofotini (badalini) to‘lashni zimmasiga oladi.
|
| |