SUG‘URTA SHARTNOMASINING TO‘XTATILISHI




Download 68,39 Kb.
bet9/15
Sana21.05.2024
Hajmi68,39 Kb.
#247178
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Avtokredit shartnomasi (9)

7. SUG‘URTA SHARTNOMASINING TO‘XTATILISHI
7.1. Sug‘urta shartnomasining amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
-uning amal qilish muddati tugaganda;
-Sug‘urtalovchi shartnoma bo‘yicha o‘zining majburiyatlarini to‘liq hajmda bajarganda;
-shartnoma tomonlarning kelishuviga ko‘ra bekor qilinganda;
-Sug‘urtalovchining yoki yuridik shaxs bo‘lgan Sug‘urta qildiruvchining O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilangan tartibda tugatilganda;
-sud sug‘urta shartnomasini haqiqiy emas deb tan olish to‘g‘risida qaror qabul qilgan bo‘lsa;
-O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida ko‘zda tutilgan boshqa holatlarda.
7.2. Agar Sug‘urta qildiruvchi/Naf oluvchi sug‘urta shartnomasi shartlariga muvofiq sug‘urta mukofotini va/yoki uning navbatdagi qismi (transhi)ni o‘z vaqtida to‘lamagan bo‘lsa, mazkur sug‘urta shartnomasi Sug‘urtalovchi tomonidan bir taraflama bekor bo‘lgan hisoblanadi va Sug‘urtalovchi ushbu sug‘urta shartnomasi bo‘yicha javobgarlik olib bormaydi.
7.3. Navbatdagi sug‘urta badali (navbatdagi transh) to‘langanidan so‘ng sug‘urta shartnomasi qayta kuchga kiradi, lekin sug‘urta shartnomasi to‘xtatilgan kundan keyingi transh to‘langungacha bo‘lgan sug‘urta hodisalari bo‘yicha sug‘urta kompaniyasi javobgar hisoblanmaydi. Navbatdagi badal (transh summasi) o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda hodisa yuzaga kelsa, hodisa yuzaga kelgandan so‘ng navbatdagi transh to‘lanishidan qat’iy nazar sug‘urtalovchi o‘sha davrda (keyingi transh o‘tkazib yuborilgan davr) yuzaga kelgan sug‘urta hodisalari bo‘yicha javobgarlik olib bormaydi.
7.4. Sug‘urta qildiruvchi (Naf oluvchi) Sug‘urta shartnomasidan muddatidan ilgari voz kechganda, to‘langan sug‘urta mukofoti Sug‘urta shartnomasi amal qilgan vaqtga mutanosib tarzda, ishlab topilmagan sug‘urta mukofotdan 25 % ayirilgan holda qaytarilishi lozim.
7.5. Sug‘urta qildiruvchi tomonidan qarz oluvchiga kredit mablag‘lari ajratilmagan taqdirda, to‘langan sug‘urta mukofoti to‘liq miqdorda naf oluvchining yozma roziligiga asosan qaytariladi.
7.5. Agar sug‘urta shartnomasi tuzilganidan keyin Sug‘urta qildiruvchi Sug‘urtalovchiga holatlar to‘g‘risida bila turib yolg‘on ma’lumot bergani aniqlansa, Sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomasini haqiqiy emas deb tan olishni talab qilish huquqiga ega va Sug‘urta qildiruvchi tomonidan to‘langan sug‘urta mukofoti qaytarilmaydi.
7.6. Sug‘urtalovchi, agar Sug‘urta qildiruvchi (Naf oluvchi) mazkur sug‘urta shartnomasining shartlariga binoan tavakkalchilik darajasi oshgani uchun qo‘shimcha sug‘urta mukofotini to‘lashga e’tiroz bildirgan holda, sug‘urta shartnomasini bekor qilishni talab qilish huquqiga ega.



Download 68,39 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Download 68,39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



SUG‘URTA SHARTNOMASINING TO‘XTATILISHI

Download 68,39 Kb.