• 9.2. II -Bo‘lim
  • SUG‘URTA TOVONINI TO‘LASH TARTIBI VA SHARTLARI




    Download 68,39 Kb.
    bet12/15
    Sana21.05.2024
    Hajmi68,39 Kb.
    #247178
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Avtokredit shartnomasi (9)

    9. SUG‘URTA TOVONINI TO‘LASH TARTIBI VA SHARTLARI
    9.1. I-Bo‘lim. Qarz oluvchining olgan kreditini qaytara olmaslik majburiyatini sug‘urta qilish bo‘yicha:
    9.1.1. sug‘urta hodisasi yuzaga kelganda Naf oluvchi 3 (uch) kunlik muddatda sug‘urtalovchini belgilangan tartibdagi ariza bilan kreditning qaytarilmaslik sabablari va uni qaytarish bo‘yicha ko‘rilayotgan barcha choralari to‘g‘risida yozma tarzda murojaat qilishi shart.
    Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
    -kredit bo‘yicha qarzdorlik aks ettirilgan hujjat;
    -kreditni belgilangan muddatlarda uni qaytarilishi bo‘yicha ko‘rilgan choralarni tasdiqlovchi (talabnoma va mavjud boshqa) hujjatlar nusxalari.
    9.1.2. Naf oluvchining arizasi ko‘rib chiqilganidan va kredit qaytarilmaganligi aniqlangandan so‘ng, qarz oluvchi, qarz beruvchi va Sug‘urtalovchi o‘rtasida 3 tomonlama, 3 nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma sug‘urtalovchining javobgarligi yuzaga kelganidan so‘ng 3 kun ichida tuziladi. Dalolatnoma Sug‘urtalovchining amaldagi qonunchilikka asosan sug‘urta to‘lovini to‘lash yoki rad etish huquqi mavjud bo‘lgan mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi.
    9.1.3. Sug‘urtalovchi tomonidan Naf oluvchiga sug‘urta to‘lovi amalga oshirganidan so‘ng Sug‘urta qildiruvchiga kreditorlaridan (sug‘urta hodisasi yuzaga kelishida aybdor) kelib tushgan mablag‘lar Sug‘urta qildiruvchi tomonidan Sug‘urtalovchining hisobvarag‘iga to‘langan sug‘urta to‘lovi uchun o‘tkazilishi shart.
    9.1.4. Sug‘urtalovchi subrogatsiya huquqidan foydalanib, to‘lagan sug‘urta to‘lovi summasini undirgandan so‘ng Sug‘urta qildiruvchi bergan xuquq bo‘yicha qolgan ortiqcha mablag‘ Sug‘urtalovchi tomonidan Sug‘urta qildiruvchiga qaytarib beriladi.
    9.2. II -Bo‘lim. Avtotransport vositasining yo‘qotilishi yoki shikastlanishi tavakkalchiligi bo‘yicha Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta hodisasi yuz bergani o‘ziga ma’lum bo‘lganidan keyin bu haqda darhol (72 soat ichida) Sug‘urtalovchini yoki uning vakilini xabardor qilishi shart. Ushbu majburiyatning bajarilmasligi Sug‘urtalovchiga, agar sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi yuz berganini o‘z vaqtida bilganligi, yoxud bu haqda sug‘urtalovchida ma’lumotlar yo‘qligi uning sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatiga ta’sir etmasligi isbotlanmasa, sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish huquqini beradi (O‘zR FK ning 951-moddasi).
    9.2.1. Hodisa to‘g‘risidagi arizada Sug‘urta qildiruvchi quyidagilarni ko‘rsatadi:
    - hodisaning sanasi va tafsilotlari;
    - hodisa yuzaga kelganda Sug‘urta qildiruvchining amalga oshirgan harakatlari;
    - shikastlangan mazkur avtotransport vositasining boshqa sug‘urta shartnomalari asosida sug‘urtalanganligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida;
    - uchinchi shaxslardan olingan zarar kompensatsiyasining miqdori.
    9.2.2.Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
    9.2.2.1. Avtotransport vositasi yo‘qotilganda:
    a) Sug‘urta qildiruvchi tegishli organlarni (yo‘l harakati xavfsizligi organlari, ichki ishlar, yong‘in xavfsizligi organlari va hokazo) yuz bergan hodisa to‘g‘risida xabardor qilganligi va yuz bergan hodisa bo‘yicha tergov (tekshiruv) ning borishi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
    b) sug‘urta polisi.
    9.2.2.2. Avtotransport vositasi shikastlanganda:
    a) tegishli organlarning (yo‘l harakati xavfsizligi organlari, ichki ishlar, yong‘in xavfsizligi organlari va hokazo) vakolatli vakillari tuzgan, hodisaning ishtirokchilari va holatlari ko‘rsatilgan dalolatnomaning (qaror yoki ma’lumotnomaning) asl nusxasi;
    b) yo‘l harakati xavfsizligi organlari voqea joyini ko‘zdan kechirishi bayonnomasining nusxasi va YTH ning sxemasi;
    v) baholash faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan mustaqil baholash tashkilotining avtotransport vositasini tiklash uchun zarur bo‘lgan ishlarning ro‘yxati ko‘rsatilgan kalkulyatsiyasining nusxasi;
    g) alkogolli, giyohvandlik, toksik yoki istalgan turdagi mastlik holatini aniqlash bo‘yicha hodisa ishtirokchilarining sud-tibbiy ekspertizasining xulosasi;
    d) sug‘urta polisi.
    9.2.3. Sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasining holatlariga bog‘liq holda qo‘shimcha ma’lumot va hujjatlarni (pasport, avtotransport vositasining texnik pasporti, haydovchilik guvohnomasi, boshqarish huquqi yuzasidan ishonchnoma va hokazo) talab qilishga haqlidir.
    9.2.4. Sug‘urta qildiruvchining arizasi berilganidan keyin 3 kunlik muddatda Sug‘urtalovchi tomonidan Sug‘urta qildiruvchining ishtirokida shikastlangan avtotransport vositasini ko‘zdan kechirish dalolatnomasi tuziladi.
    9.2.5. Sug‘urta hodisasi to‘g‘risida dalolatnoma barcha kerakli hujjatlar olinganidan va Sug‘urtalovchi tomonidan tegishli qaror qabul qilinganidan keyin tuziladi. Uni tuzish uchun Sug‘urtalovchi, zarur bo‘lganda, sug‘urta hodisasi bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni huquqni muhofaza qilish organlaridan va sug‘urta hodisasining holatlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan boshqa muassasalardan so‘rab oladi, shuningdek sug‘urta hodisasining sabablarini va holatlarini mustaqil aniqlash huquqiga ega.
    9.2.6. Sug‘urta hodisasining holatlarini tergov qilish uchun, Sug‘urtalovchi yoki Sug‘urta qildiruvchi mustaqil ekspertlarni (boshqa mustaqil baholovchi) jalb qilish huquqiga ega. Ularning xulosasi sug‘urta tovonini to‘lash summasini o‘zgartirish uchun asos bo‘ladi.
    9.2.7. Sug‘urta tovoni to‘lanadi:
    a) avtotransport vositasi o‘g‘irlangan yoki to‘liq nobud bo‘lgan holda - Sug‘urta shartnomasida ushbu avtotransport vositasi uchun ko‘rsatilgan to‘liq sug‘urta puli summasi miqdorida;
    b) avtotransport vositasi shikastlangan holda - avtotransport vositasiga yetkazilgan moddiy zarar miqdorida.
    Sug‘urta tovoni summasiga shuningdek (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda) Sug‘urta qildiruvchining avtotransport vositasini qutqarish va eng yaqin ta’mirlash shahobchasiga yoki doimiy yashash manziliga tashish xarajatlari, kalkulyatsiyani tuzish va foto (video) suratga olish uchun xarajatlari kiritiladi.
    Sug‘urta tovoni miqdori sug‘urta shartnomasida/polisida belgilangan sug‘urta puli summasidan oshmasligi lozim.
    Sug‘urta tovoni summasiga kiritilmaydi:
    -ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan chiqarilgan brak;
    -avtotransport vositasiga texnik xizmat ko‘rsatish va kafolatli ta’mirlash qiymati;
    -avtotransport vositasining rekonstruksiyasi, uning qismlarini, detallari va anjomlarini eskirganligi, texnik brak va hokazolar tufayli ta’mirlash (almashtirish) bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarning qiymati
    Sug‘urta tovonini to‘lash avtotransport vositasining almashtirilishi lozim bo‘lgan ehtiyot qismlarining tabiiy eskirishini hisobga olgan holda (tabiiy eskirish summasi ayirilgan holda) amalga oshiriladi.
    9.2.8. Agar sug‘urta hodisasi yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan holatlar bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan yoki sud protsessi boshlangan bo‘lsa, sug‘urta tovoni to‘g‘risida qaror qabul qilish tergov yoki sudda ish ko‘rilishi tugagunga kadar kechiktirilishi mumkin.
    9.2.9. Sug‘urta tovoni Sug‘urtalovchi tomonidan u barcha kerakli hujjatlar olganidan va sug‘urta hodisasi e’tirof etilganidan keyin 10 bank kuni ichida to‘lanadi.
    9.2.10. Barcha hollarda sug‘urta tovoni sug‘urta shartnomasida/polisida belgilangan shartsiz franshiza summasi ayirilgan holda hisoblanadi.
    9.2.11. Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli summasidan kamroq sug‘urta tovoni to‘langan holda shartnoma o‘z muddatining oxirigacha, shartnomada belgilangan sug‘urta puli summasi va to‘langan sug‘urta tovoni o‘rtasidagi farq miqdorida o‘z kuchini saqlab qoladi.
    9.2.12. Sug‘urta qildiruvchi, agar zarar to‘liq qoplangan bo‘lsa yoki sug‘urta tovoni sudning qaroriga ko‘ra zarar yetkazilishiga aybdor bo‘lgan shaxs tomonidan amalga oshirilsa, sug‘urta tovonini olish huquqidan mahrum bo‘ladi.
    9.2.13. Agar Sug‘urta qildiruvchi yoki Naf oluvchi aybdor yoki uchinchi shaxslardan zararni qoplash bo‘yicha summani olsa, Sug‘urtalovchi faqat sug‘urtalash shartlariga ko‘ra to‘lanishi lozim bo‘lgan summa va aybdor yoki uchinchi shaxslardan olingan summa orasidagi farqni to‘laydi.
    9.2.14. Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori sug‘urta qildiruvchiga (naf oluvchiga) ular sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lashni so‘rab murojaat etganlaridan keyin o‘n besh kundan kechiktirmay xabar qilinishi va rad etish sabablarining asoslantirilgan dalil-isbotlarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
    9.2.15. Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini yoki sug‘urta puli summasini to‘lashni rad etish qarori ustidan, unga sudda da’vo bildirish yo‘li bilan shikoyat qilinishi mumkin.
    9.2.16. Sug‘urta tovonini to‘lash:
    9.2.16.1. Sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta tovoni Naf oluvchini yozma tarzda xabardor etilgan holda amalga oshiriladi. Naf oluvchi sug‘urta tovoni summasidan o‘z talablarini ustuvor qondirish huquqiga ega. Bunda Naf oluvchi Sug‘urta qildiruvchining Naf oluvchi oldida kredit bo‘yicha qarzdorligidan oshmagan miqdorda sug‘urta tovonini olish huquqiga ega, sug‘urta tovonining qolgan qismi esa Sug‘urta qildiruvchining zararlari doirasida uning xarajatlarini qoplash uchun yo‘naltiriladi.
    9.2.16.2. Sug‘urta tovoni arizada ko‘rsatilgan Naf oluvchi/Sug‘urta qildiruvchining bank hisobvarag‘iga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
    9.2.17. Agar sug‘urta tovoni to‘langanidan keyin Sug‘urta qildiruvchiga o‘g‘irlangan avtotransport vositasi yoki uning qismlari, detallari, anjomlari qaytarilgan bo‘lsa, Sug‘urta qildiruvchi o‘g‘irlash bilan bog‘liq bo‘lgan ta’mirlashning qiymati ayirilgan holda sug‘urta tovonini qaytarishi shart. Ushbu sug‘urta tovoni Sug‘urta qildiruvchi tomonidan unga o‘g‘irlangan avtotransport vositasi (uning qismlari, detallari yoki anjomlari) qaytarilganidan keyin ko‘pi bilan 3 oy ichida qaytarilishi lozim. Sug‘urta qildiruvchi bu talabni bajarmagan holda, Sug‘urtalovchi tegishli sudga da’vo kiritadi.
    9.3. Sug‘urta tovonini to‘lagan Sug‘urtalovchiga Sug‘urta qildiruvchining (Naf oluvchining) sug‘urtalash natijasida qoplab beriladigan zararlar uchun javobgar shaxsga nisbatan talab qilish huquqi uning to‘lagan summasi doirasida o‘tadi. Avtotransport vositasining yo‘qotilishi yoki shikastlanishi tavakkalchiligii bo‘yicha Sug‘urta qildiruvchining yaqin qarindoshlariga (otasi, onasi, qizi, o‘g‘li, xotini, eri, aka-ukasi, opa-singli) talab qo‘yilmaydi. Lekin Shartnomaning qasddan zarar yetkazgan shaxsga nisbatan talab qilish huquqi Sug‘urtalovchiga o‘tishini istisno etuvchi shartlari haqiqiy bo‘lmaydi.
    9.4. Sug‘urta qildiruvchi yoki Naf oluvchi Sug‘urtalovchiga Sug‘urtalovchi tomonidan unga o‘tgan talab qilish huquqini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni va isbotlarni berishi va unga barcha kerakli ma’lumotlarni taqdim etishi shart.
    9.5. Agar Sug‘urta qildiruvchi yoki Naf oluvchi o‘zining Sug‘urtalovchi tomonidan qoplangan zararlar uchun javobgar bo‘lgan shaxsga nisbatan talab qilish huquqidan voz kechgan bo‘lsa yoki Sug‘urta qildiruvchining yoki Naf oluvchining aybi bilan ushbu huquqni amalga oshirish mumkin bo‘lmay qolsa, Sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘lashdan to‘liq yoki tegishli qismida ozod etiladi va ortiqcha to‘langan tovon summasini qaytarilishini talab qilishga haqli bo‘ladi.

    Download 68,39 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 68,39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    SUG‘URTA TOVONINI TO‘LASH TARTIBI VA SHARTLARI

    Download 68,39 Kb.