|
III-Bo‘lim. Garov ta’minotining yetmagan qismi bo‘yicha kreditni qaytara olmaslik majburiyatini sug‘urta qilish bo‘yicha
|
bet | 13/15 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 68,39 Kb. | | #247178 |
Bog'liq Avtokredit shartnomasi (9)9.6. III-Bo‘lim. Garov ta’minotining yetmagan qismi bo‘yicha kreditni qaytara olmaslik majburiyatini sug‘urta qilish bo‘yicha:
9.6.1. Sug‘urta tovoni Sug‘urta qildiruvchiga Qarzdor tomonidan kreditning garov yoki boshqa turdagi ta’minot bilan ta’minlanmagan qismi miqdorida, lekin har qanday holatda ham sug‘urta pulidan oshmagan miqdorda to‘lanadi. Sug‘urta tovoni miqdori haqiqatda olingan kredit miqdori va kreditning garov yoki boshqa turdagi ta’minot bilan ta’minlangan qismi o‘rtasidagi farqdan kreditning asosiy qismini sundirish uchun yo‘naltirilgan pul mablag‘larini ayirib (chegirib) qolgan holda aniqlanadi.
9.6.2. Maxsus shartlar: “Sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchidan sug‘urta qoplamasini olish talabi bilan murojaat qilgunga qadar qarz oluvchidan undirish choralarini to‘liq ko‘rishi zarur (ya’ni garovga qo‘yilgan mol-mulk undirilib sotilgandan keyin realizatsiya qilishi yoki kafolat, kafillik va b. bo‘yicha pul mablag‘lari undirilgandan keyin) va faqat qarz oluvchining mol-mulki yetarli bo‘lmagandagina sug‘urtalovchiga sug‘urta qoplamasini to‘lab berish to‘g‘risida talab qo‘yish huquqiga ega. Qarz oluvchining mol-mulki majburiyatni bajarish uchun yetarli emasligi davlat ijrochisining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 40-moddasi birinchi qismining 3-bandi asosidagi ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish to‘g‘risidagi qarori bilan tasdiqlanadi. Ushbu qoidalarga amal qilinmasligi sug‘urtalovchiga nisbatan qilingan sug‘urta da’vo ishini rad etish uchun asos bo‘ladi.
9.6.3. Ushbu Sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelganda Sug‘urta qildiruvchi/Qarzdor Sug‘urtalovchiga darhol, lekin bunday holat yuzaga kelganligi aniqlangan paytdan boshlab 10 (o‘n) ish kunidan kechiktirmay voqea sodir bo‘lganligi to‘g‘risida ariza berishi, shuningdek Sug‘urtalovchiga ziyon sodir bo‘lganligini va miqdorini aniqlash imkonini beruvchi hujjatlarni (Sug‘urta qildiruvchi va Qarzdor o‘rtasida kreditni so‘ndirilishi bo‘yicha tuzilgan, amalga oshirilgan to‘lovlar miqdori haqidagi solishtirma dalolatnomalar nusxalari, Qarzdor kreditni so‘ndirish uchun pul mablag‘lari o‘tkazish haqida to‘lov topshiriqnomalari nusxalari, Qarzdorning oxirgi hisobot davridagi balansining soliq inspeksiyasi tasdiqlagan nusxasi, joriy sanada Qarzdorning hisob raqamidagi mablag‘lar saldosi to‘g‘risida bank ma’lumotnomasi, kredit shartnomasi amal qilgan muddatda mablag‘lar harakati to‘g‘risida ko‘chirmalar, kredit mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hujjatlar taqdim etishi shart.
Qarzdor Sug‘urta qildiruvchiga Sugurtalovchi talab qilayotgan hujjatlarni o‘z vaktida taqdim etishda ko‘maklashishi shart.
9.6.4. Sug‘urtalovchi Sug‘urta qildiruvchi taqdim etgan hujjatlar asosida sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligini tan olgan taqdirda Sug‘urtalovchi tomonidan 5 (besh) kun ichida Sug‘urta hodisasi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi, unda olingan barcha ma’lumotlar ko‘rsatiladi va to‘lanishi lozim bo‘lgan sug‘urta tovoni miqdori belgilanadi. Sug‘urta hodisasi to‘g‘risida dalolatnoma Sug‘urta qildiruvchi va Qarzdor vakillari ishtirokida rasmiylashtiriladi.
9.6.5. Sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta tovoni to‘lovi Sug‘urta hodisasi to‘g‘risida dalolatnoma imzolangandan so‘ng 10 (o‘n) kun ichida amalga oshiriladi. Sug‘urta tovoni to‘lovi kuni bo‘lib Sug‘urtalovchining bank raqamidan pul mablag‘lari o‘tkazilgan kun hisoblanadi.
9.6.7. Sug‘urtalovchi tomonidan Sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta tovoni to‘lovi rad etilgan taqdirda u ushbu Sug‘urta shartnomasi shartlariga muvofiq arizani va barcha tegishli hujjatlarni taqdim etgan kundan boshlab 15 (o‘n) besh kun ichida rad etish sabablari asoslangan yozma bildirishnoma yo‘llaydi.
Agar sug‘urta qildiruvchi sug‘urta shartnomasi shartlariga muvofiq arizani taqdim etganidan so‘ng sug‘urta shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan tegishli hujjatlarni 15 (o‘n besh) kun ichida taqdim etmasa, sug‘urtalovchi da’vo ishini keyingi ish yurituvini tugatadi va bu haqda tegishli yozma bildirishnoma yo‘llaydi. Tegishli hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng sug‘urta da’vo ishi o‘rnatilgan tartibda sug‘urtalovchi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
III-Bo‘lim. Garov ta’minotining yetmagan qismi bo‘yicha kreditni qaytara olmaslik majburiyatini sug‘urta qilish bo‘yicha
|