• 8.2. Sug‘urta qildiruvchi quyidagilarga majbur
  • TOMONLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI




    Download 68,39 Kb.
    bet10/15
    Sana21.05.2024
    Hajmi68,39 Kb.
    #247178
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Avtokredit shartnomasi (9)

    8. TOMONLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
    8.1. Sug‘urta qildiruvchi quyidagi huquqlarga ega:
    8.1.1. Sug‘urta shartnomasining butun amal qilishi davomida Sug‘urtalovchidan sug‘urta qilish masalalari bo‘yicha maslahatlar olish.
    8.1.2. Sug‘urta hodisasi yuzaga kelganda Sug‘urtalovchidan belgilangan tartibda sug‘urta tovonini olish.
    8.1.3. Avtotransport vositasiga o‘rnatilgan qo‘shimcha jihoz-uskunalarni qo‘shimcha sug‘urta qilishni amalga oshirish.
    8.1.4. Sug‘urtalovchi/Naf oluvchi bilan kelishuvga binoan, sug‘urta shartnomasiga qo‘shimcha bitimni imzolash yo‘li bilan o‘zgartirishlarni va/yoki qo‘shimchalarni kiritish.
    8.1.5. Sug‘urtalovchini/Naf oluvchini albatta xabardor qilgan holda sug‘urta shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish.
    8.2. Sug‘urta qildiruvchi quyidagilarga majbur:
    8.2.1. Sug‘urtalovchi talab qilgan hujjatlarni, jumladan garov, kredit va transport vositasini olish bo‘yicha tegishli shartnomalarni taqdim etishi shart. Avtotransport vositasi harid qilinganidan va rasmiylashtirilganidan so‘ng Sug‘urta qildiruvchi (Naf oluvchi) tomonidan avtotransport vositasining texnik pasporti nusxasi 5 (besh) kunlik muddatda Sug‘urtalovchiga taqdim etilishi shart.
    8.2.2. Sug‘urta mukofotini sug‘urta shartnomasida belgilangan tartib va muddatlarda to‘lash.
    8.2.3. Sug‘urtalovchiga sug‘urtalash obyekti to‘g‘risida to‘liq va haqqoniy axborotni berish.
    8.2.4. Sug‘urta shartnomasining amal qilishi davrida Sug‘urta qildiruvchi yoki Naf oluvchi ularga ma’lum bo‘lishi bilan darhol, lekin ko‘pi bilan 5 bank kuni ichida, Sug‘urtalovchiga sug‘urta obyektiga tegishli bo‘lgan barcha jiddiy o‘zgarishlar to‘g‘risida, agar ushbu o‘zgarishlar sug‘urta qilish tavakkalchiligining ortishiga jiddiy ta’sir etishi mumkin bo‘lsa, jumladan quyidagilar haqida xabar berishi shart:
    - sug‘urtalangan avtotransport vositasini va (yoki) uning qo‘shimcha jihoz-uskunalari va anjomlarini ishonchnoma yoki ijara (prokat) shartnomasi bo‘yicha berish;
    - avtotransport vositasiga bo‘lgan mulk huquqining boshqa shaxsga o‘tishi;
    - arizada ko‘rsatilgan transport vositasidan foydalanish maqsadlarining o‘zgarishi;
    - qo‘shimcha gaz jihoz-uskunalarini o‘rnatish;
    - avtotransport vositasini YHXB organlarida ro‘yxatdan olish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazish;
    - sug‘urtalangan avtotransport vositasi uchun ro‘yxat hujjatlari, avtotransport vositasining kalitlari, signalizatsiyani boshqarish pulti, ro‘yxat (raqam) belgilarining yo‘qotilishi yoki o‘g‘irlanishi.
    8.2.5. Sug‘urta obyektlarini ko‘zdan kechirish uchun imkoniyat berish.
    8.2.6. Sug‘urtalangan avtotransport vositasi o‘g‘irlangan holdaSug‘urta qildiruvchi/Naf oluvchi:
    a) zudlik bilan, imkoni tug‘ilishi bilan, lekin hodisa yuzaga kelishi paytidan ko‘pi bilan 24 soat ichida, Sug‘urtalovchiga yoki uning vakiliga hodisa joyini aniq ko‘rsatgan holda bildirish. Bildirishdan keyin 72 (yetmish ikki) soat ichida Sug‘urta qildiruvchi/Naf oluvchi Sug‘urtalovchiga hodisaning sabablari va holatlari bayon etilgan xabarnomani yozma shaklda (faks yoki boshqa shaklda) yuborishi lozim;
    b) zudlik bilan yuz bergan voqea to‘g‘risida huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berish;
    v) Sug‘urtalovchiga tergov organlari tomonidan tasdiqlangan ushbu hodisa bo‘yicha jinoiy ishning qo‘zg‘atilishi yoki to‘xtatilishi to‘g‘risida, yoki ishni sudga jo‘natish to‘g‘risidagi qarorlarining nusxalarini taqdim etish.
    8.2.7. Avtotransport vositasi avariya (YTH), portlash, yong‘in, buyumlarning zarbasi, uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlari, tabiiy ofatlar natijasida nobud bo‘lishi yoki shikastlanishi holatida:
    a) Sug‘urtalovchiga 8.2.6.(a) bandiga muvofiq tegishli xabar bildirish;
    b) zudlik bilan YHXB organlariga yuz bergan hodisa to‘g‘risida xabar berish va albatta voqea joyida YTH holati bo‘yicha bayonnoma yoki ma’muriy dalolatnoma tuzilishini talab qilish;
    v) Sug‘urtalovchiga shikastlangan avtotransport vositasini ko‘zdan kechirish uchun taqdim etish, avtotransport vositasining barcha shikastlangan qismlarining fotosuratlarini olish yoki video suratga olish, Sug‘urtalovchi bilan avtotransport vositasini ta’mirlash ishlarini bajarish boshlanishigacha o‘zining keyingi harakatlarini kelishib olish;
    g) Sug‘urtalovchiga barcha ishlar, ehtiyot qismlar va materiallar ro‘yxati ko‘rsatilgan ta’mirlashni bajarish uchun kalkulyatsiyalarning nusxalarini taqdim etish;
    d) Sug‘urtalovchiga tergov organlari tomonidan tasdiqlangan ushbu hodisa bo‘yicha jinoiy ishning qo‘zg‘atilishi yoki to‘xtatilishi to‘g‘risida, yoki ishni sudga jo‘natish to‘g‘risidagi qarorlarining nusxalarini taqdim etish.
    ye) avtotransport vositasini qismlarga ajratishda va ta’mirlashda yashirin nuqsonlar aniqlangan holda, ushbu nuqsonlar bartaraf etilishidan avval Sug‘urtalovchini yozma tarzda ogohlantirish. Bu holda shikastlangan detallarning fotosuratlari olinadi va qo‘shimcha dalolatnoma tuziladi.
    8.2.8. Sug‘urtalovchiga sug‘urta shartnomasining amal qilishi davri mobaynida sug‘urtalangan avtotransport vositasining holatini, shuningdek Sug‘urta qildiruvchi tomonidan avtotransport vositasi to‘g‘risida bildirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirish imkonini berish.
    8.2.9. Olgan kreditni sug‘urtalovchiga taqdim etilgan arizada va kredit shartnomasida ko‘rsatilgan maqsadlargagina ishlatish;

    Download 68,39 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 68,39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    TOMONLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

    Download 68,39 Kb.