• Naf oluvchi
  • Sug‘urta polisi
  • Sug‘urta mukofoti (badali)
  • Sug‘urta tarifi
  • SHARTNOMADA QO‘LLANILADIGAN ATAMALAR VA ULARNING TA’RIFI




    Download 68,39 Kb.
    bet2/15
    Sana21.05.2024
    Hajmi68,39 Kb.
    #247178
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Avtokredit shartnomasi (9)

    2. SHARTNOMADA QO‘LLANILADIGAN ATAMALAR VA ULARNING TA’RIFI:
    2.1. Umumiy atamalar:
    Sug‘urtalovchi – Sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatini zimmasiga oluvchi yuridik shaxs – «NEO INSURANCE CORP» AJ;
    Sug‘urta qildiruvchi – sug‘urtalovchi bilan sug‘urta shartnomasini tuzgan va sug‘urtalovchi bilan aniq sug‘urta munosabatlariga kiruvchi, o‘zining mulkiy manfaatlarini sug‘urtalayotgan shaxs.
    Mazkur sug‘urta shartnomasi bo‘yicha quyidagilar sug‘urta qildiruvchi deb e’tirof etiladi:
    Sug‘urta shartnomasining 3-I-Bo‘limi va 3- III-Bo‘limi bo‘yicha "SNACK LAB" MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT;
    Sug‘urta shartnomasining 3-II -Bo‘limi bo‘yicha (AYXANOV ASLIDDIN YODGOR O‘G‘LI).
    Naf oluvchi – Sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta to‘lovlarini olish uchun belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
    Sug‘urta shartnomasi - yozma kelishuv bo‘lib, unga ko‘ra sug‘urtalovchi kelishuvda shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga kelishuvda nazarda tutilgan voqea (sug‘urta hodisasi) sodir bo‘lganda sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatini oladi; Mazkur sug‘urta shartnomasi umumiy sug‘urta sohasining 3 va 14 klassi doirasida tuzildi.
    Sug‘urta polisi - Sug‘urtalovchining mazkur shartnoma bo‘yicha majburiyatlari kuchga kirishi holatini tasdiqlaydigan, Sug‘urta qildiruvchiga uning sug‘urta mukofotini yoki uning birinchi qismini (badalini) to‘lashidan keyin beriladigan hujjat;
    Sug‘urta puli – Sug‘urtalovchi uning doirasida sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatini zimmasiga oladigan summa bo‘lib, uning miqdori Sug‘urta qildiruvchining Sug‘urtalovchi bilan kelishuvi orqali belgilanadi;
    Sug‘urta mukofoti (badali) – Sug‘urta qildiruvchi Sug‘urtalovchiga sug‘urta shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda to‘lashi shart bo‘lgan sug‘urtalash uchun to‘lov;
    Sug‘urta tovoni – Sug‘urtalovchi tomonidan Sug‘urta qildiruvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) sug‘urta shartnomasida ko‘zda tutilgan sug‘urta hodisasi yuzaga kelishi tufayli kelib chiqqan zararlarni belgilangan tartibda qoplash uchun to‘lanadigan summa;
    Sug‘urta tarifi – sug‘urta mukofotining sug‘urta puli summasiga nisbatan me’yorlangan miqdori, bu mutlaq pul ko‘rinishida yoki sug‘urta puli summasidan foizlarda aniqlanadi.

    Download 68,39 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 68,39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    SHARTNOMADA QO‘LLANILADIGAN ATAMALAR VA ULARNING TA’RIFI

    Download 68,39 Kb.