II -Bo‘lim. Avtotransport vositasining yo‘qotilishi yoki shikastlanishi




Download 68,39 Kb.
bet5/15
Sana21.05.2024
Hajmi68,39 Kb.
#247178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Avtokredit shartnomasi (9)

4.2. II -Bo‘lim. Avtotransport vositasining yo‘qotilishi yoki shikastlanishi.
4.2.1. Agar hodisa quyidagilar natijasida yuz bersa, u sug‘urta hodisasi hisoblanmaydi:
- Sug‘urta qildiruvchining yoki avtotransport vositasi ularning tasarrufida bo‘lgan boshqa shaxslarning sug‘urta hodisasining yuzaga kelishiga qaratilgan qasddan qilgan harakatlari, ularning o‘z fuqarolik burchini bajarishi yoxud o‘zining va uchinchi shaxslarning hayotini, sog‘lig‘ini, sha’ni va qadr-qimmatini himoyalash bilan bog‘liq harakatlar bundan mustasno;
- istalgan shakldagi alkogolli, giyohvandlik yoki toksik mastligi holatida yoki reaksiya tezligini va diqqatini pasaytiruvchi dori preparatlarining ta’sirida bo‘lgan haydovchining avtotransport vositalarini boshqarishi, shuningdek agar sug‘urtalangan avtotransport vositasining haydovchisi YTH joyidan qochib yashirinsa yoki tibbiy ko‘rikdan (mastlik holatini aniqlash bo‘yicha ekspertizadan) o‘tishdan bosh tortsa;
- haydovchining olovdan va portlashdan xavfli moddalarni va buyumlarni saqlash va tashish qoidalarini buzishi;
- haydovchining temir yo‘ldan o‘tishda yo‘l harakati qoidasini buzishi, svetoforning qizil signalida (qizil chiroq yonganda) harakatlanishi va yo‘lning qarama-qarshi harakat yo‘l tasmasiga chiqishi;
- yo‘lning harakat qismining notekisligi yoki yomon holati, o‘tkir buyumlarni bosib o‘tishi tufayli shinalarning shikastlanishi, agar ularning shikastlanishi avtotransport vositasining shikastlanishiga yoki nobud bo‘lishiga olib kelmagan bo‘lsa;
- doimiy ta’sir etuvchi foydalanish omillarining ta’siri (eskirish, eroziya, korroziya, quyqa hosil bo‘lishi va hokazo), umuman avtotransport vositasi, shu jumladan uning ayrim detallari va tarmoqlarining asta-sekin shikastlanishi.
4.2.2. Quyidagilar uchun sug‘urta tovoni to‘lanmaydi:
- tashqi omillar sabab bo‘lmagan ichki buzilishlar uchun;
- avtotransport vositasiga o‘rnatilgan va uning zavoddagi butlanishiga kirmaydigan qo‘shimcha jihoz-uskunalarning o‘g‘irlanishi, nobud bo‘lishi yoki shikastlanishi uchun, agar ushbu qo‘shimcha jihoz-uskunalar sug‘urta shartnomasining jadvalida tegishli pozitsiya bo‘yicha maxsus ko‘rsatilgan bo‘lmasa;
- avtotransport vositasining o‘g‘irlanishi, uning uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlari oqibatida yo‘q qilinishi yoki shikastlanishi uchun, agar vakolatli organlarga ariza berilmagan bo‘lsa, shuningdek agar ushbu holat vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanmagan bo‘lsa;
- avtotransport vositasining shikastlanishi oqibatida uning tovar ko‘rinishi yo‘qotilishidan ko‘rilgan zararlar;
- Sug‘urta qildiruvchi Sug‘urtalovchiga shikastlangan avtotransport vositasini yoki uning qoldiqlarini taqdim etishdan bosh tortgan holda, ular qoldiqsiz nobud qilinishi mumkin bo‘lgan holatlar bundan mustasno;
- sug‘urtalangan avtotransport vositasi davlat organlarining qaroriga ko‘ra olib qo‘yilishi, musodara, rekvizitsiya qilinishi, xatlanishi yoki yo‘q qilinishi oqibatida yuz bergan zararlar;
- sug‘urtalangan avtotransport vositasini qarovsiz (eshiklarni ochiq qoldirish, kalitni o‘t oldirgich og‘zida qoldirib ketishi) qoldirish oqibatida avtotransport vositasi olib qochilsa.

Download 68,39 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 68,39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II -Bo‘lim. Avtotransport vositasining yo‘qotilishi yoki shikastlanishi

Download 68,39 Kb.