• Tekshirdi : Toshkent-2024 Mundarija
  • Nomoddiy aktivlar uchun buxgalteriya hisobining yondashuvini belgilash.
  • Nomoddiy aktivlar va ularning xizmat muddati
  • Tayyorladi : Gubayeva Oyniso Tekshirdi: Toshkent-2024 Mundarija




    Download 49,3 Kb.
    bet1/8
    Sana29.05.2024
    Hajmi49,3 Kb.
    #257056
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Nomoddiy aktiv

    Soliq Qo’mitasi huzuridagi Fiskal instituti



    Buxgalteriya hisobi va Iqtisodiyot fakulteti
    Moliyaviy hisobning xalqaro standartlari”
    fanidan
    O’quv tadqiqot loyihasi

    Mavzu: Nomoddiy aktiv

    Guruh : 36-21
    Tayyorladi : Gubayeva Oyniso
    Tekshirdi:
    Toshkent-2024
    Mundarija :
    1.Nomoddiy aktivlar uchun buxgalteriya hisobining yondashuvini belgilash.
    2.Nomoddiy aktivlar va ularning xizmat muddati
    3.Nomoddiy aktivlarning xususiyati
    4.Nomoddiy aktiv tan olinishi
    5.Alohida aktivlar
    6.Ichki yaratilga brendlar


    Nomoddiy aktivlar uchun buxgalteriya hisobining yondashuvini belgilash.
    Nomoddiy aktivlarni hisobga olishda qo’llanishi lozim, bundan quyidagilar mustasno:
    a) boshqa standart qo’llash doirasidagi nomoddiy aktivlar;
    b) 32-sonli BHXS “Moliyaviy instrumentlar: taqdim etish‖da ta’riflangan moliyaviy aktivlar;
    d)aktivlarning qidiruvi va baholanishini tan olish hamda baholash
    e) foydali qazilmalar, neft, tabiiy gaz va shunga o„xshash qayta tiklanmaydigan resurslarni qayta ishlash va qazib olish xarajatlari.
    Agar boshqa standart nomoddiy aktivning ma’lum turi uchun buxgalteriya hisobi tartibini belgilasa, tadbirkorlik subyekti mazkur standart o’rniga o’sha standartni qo„llaydi. Masalan, mazkur standart quyidagilar uchun qo’llanilmaydi:
    -tadbirkorlik subyekti tomonidan oddiy biznes faoliyatida sotish uchun egalik qilinayotgan nomoddiy aktivlar ;
    - muddati uzaytirilgan solik aktivlari .
    - 17-sonli BHXS «Ijara»ning qo„llash doirasidagi ijaralar;
    - xodimlarga haq to„lashdan yuzaga keladigan aktivlar .
    -32-sonli BHXSda ta‟riflangan moliyaviy aktivlar. Ba‟zi moliyaviy aktivlarning tan olinishi va baholanishi 10-sonli MHXS ‒ “Jamlangan (konsolidatsiyalashgan) moliyaviy hisobotlar‖, 27-sonli BHXS ‒ «Alohida moliyaviy hisobotlar‖ va 28-sonli BHXS ‒ «Qaram tadbirkorlik subyektlaridagi va qo shma korxonalardagi investistiyalar‖da qamrab olingan.
    -Biznes birlashuvida sotib olingan gudvill
    -4-sonli MHXS «Sug urta shartnomalari»ni qo„llash doirasidagi sug„urta shartnomalari asosidagi sug„urtachining shartnomaviy huquqlaridan kelib chiqadigan muddati uzaytirilgan xarid xarajatlari va nomoddiy aktivlar. 4-sonli MHXS ushbu nomoddiy aktivlar uchun emas, balki ushbu muddati uzaytirilgan xarid xarajatlari uchun aniq ma‟lumotlar ochib berilishi talablarini belgilaydi. Shu tufayli mazkur standartdagi ma‟lumotlarni ochib berish bo„yicha talablar ushbu nomoddiy aktivlar uchun qo„llaniladi.
    - 5-sonli MHXS ‒ «Sotish uchun mo ljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom ettirilmaydigan faoliyat»ga muvofiq sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan (yoki sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan chiqarish guruhiga kiritilgan) uzoq muddatli nomoddiy aktivlar.
    Ba’zi nomoddiy aktivlar moddiy ko’rinishda saqlanishi mumkin, masalan: kompakt disk (kompyuter dasturi misolida), huquqiy hujjatlar (litsenziya yoki patent misolida) yoki film. Nomoddiy va moddiy jihatlarga ega aktivni 16-sonli BHXS ‒ “Asosiy vositalar bo’yicha hisobga olinishi yoki mazkur standart bo’yicha nomoddiy aktivlar sifatida hisobga olinishini aniqlash uchun, tadbirkorlik subyekti qaysi jihat ahamiyatliroqligini baholashda hukm chiqarishdan foydalanadi. Masalan, aniq bir kompyuter dasturisiz faoliyat ko’rsatmaydigan kompyuter nazorat qiladigan uskuna uchun kompyuter dasturi tegishli ehtiyot qismning ajralmas qismidir va u asosiy vosita sifatida hisobga olinadi. Aynan shu yondashuv kompyuterning operatsion tizimiga nisbatan qo’llaniladi. Qachonki dastur tegishli ehtiyot qismning ajralmas qismi bo’lmasa, kompyuter dasturi moddiy aktiv sifatida hisobga olinadi.
    Shu bilan birga, mazkur standart reklama, trening, biznesni boshlash, tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish faoliyatlari bo’yicha xarajatlar uchun qo’llaniladi. Tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish faoliyatlari bilimni rivojlantirishga yo’naltirilgan.
    Shu tufayli ushbu faoliyatlar natijasi moddiy ko„rinishdagi aktivga (masalan, namuna) olib kelishiga qaramasdan, aktivning moddiy jihati uning nomoddiy qismiga ikkilamchidir, ya’ni unda bilim singdirilgandir.
    Moliyaviy ijara holatida asosdagi aktiv moddiy yoki nomoddiy bo’lishi mumkin. Dastlab tan olingandan so’ng, ijaraga oluvchi moliyaviy ijara kelishuvi asosida egalik qilinayotgan nomoddiy aktivni mazkur standartga muvofiq hisobga oladi. Tasviriy filmlar, video tasmalari, yozma asarlar, qo’lyozmalar, patentlar va mualliflik huquqlari kabi moddalar uchun litsenziyalash kelishuvlari asosidagi huquqlar 17-sonli BHXSda qo’llash doirasidan chiqarilgandir va mazkur standart qo’llash doirasidadir.
    Agar faoliyat yoki operatsiyalar shunchalik maxsuslashtirilib, boshqacha yondashuv zarur bo’ladigan buxgalteriya hisobini qo’llashga olib kelsa, mazkur standartning qo’llash doirasidan istisno bo’lishi mumkin. Bunday masalalar qazib olish sohasida ‒ neft, gaz va mineral depozitlarni qidiruv yoki qayta ishlash va qazib chiqarish xarajatlarini hisobga olishda hamda sug’urta shartnomalari holatlarida yuzaga keladi. Shu tufayli, mazkur standart bunday faoliyatlardagi xarajatlar va shartnomalar uchun qo„llanilmaydi. Biroq mazkur standart qazib olish sohalarida yoki sug’urtachilar tomonidan foydalanilgan boshqa nomoddiy aktivlar (masalan, kompyuter dasturi) va sarflangan boshqa xarajatlar (masalan, biznesni boshlash xarajatlari) uchun qo’llaniladi.
    Ushbu standartda quyidagi belgilangan ma’nodagi atamalardan foydalaniladi:
    Amortizatsiya ‒ nomoddiy aktivning eskirish hisoblanadigan qiymatini uning foydali xizmat muddati davomida sistematik tarzda xarajatlarga olib borishdir.

    Aktiv resurs bo’lib, u:


    a) oldingi hodisalar natijasida tadbirkorlik subyekti tomonidan nazorat qilinadi; b)undan tadbirkorlik subyekti tomonidan kelgusida iqtisodiy naf olinishi kutiladi.
    Balans qiymati shunday qiymatki, bunda aktiv har qanday jamg’arilgan amortizatsiya va yig’ilgan qadrsizlanish bo’yicha zararlarni chegirilgandan so’ng moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda tan olinadi.
    Tannarx aktivni uning xaridi yoki qurilishi paytida sotib olish uchun to’langan pul mablag’i yoki pul mablag’i ekvivalentidagi qiymat yoxud boshqa turdagi uning evaziga berilgan tovonning haqqoniy qiymati, shuningdek, tegishli hollarda, boshqa BHXSlarning, masalan 2-sonli BHXS ‒ “Aksiyaga asoslangan to lov‖ning aniq talablariga muvofiq ushbu aktivning dastlabki tan olinishidagi qiymatdir.
    Eskirish hisoblanadigan qiymat aktivning tugatish qiymati chegirilgandagi tannnarxi yoki tannarx o„rniga aks ettiriladigan boshqa qiymatidir.
    Tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish tijorat maqsadlarida ishlab chiqarish yoki foydalanishni boshlashdan oldin, yangi yoki sezilarli tarzda takomillashgan materiallar, uskunalar, tovarlar, jarayonlar, tizimlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish rejasiga yoki dizayniga nisbatan tadqiqot topilmalarini yoxud boshqa bilimlarni qo’llashdir.
    Tadbirkorlik subyektiga xos qiymat tadbirkorlik subyekti tomonidan aktivdan davomiy foydalanishidan va foydali xizmat muddati oxirida balansdan chiqarishdan yoki majburiyat so’ndirilganida kutiladigan pul oqimlarining keltirilgan (diskontlangan) qiymatidir.
    Haqqoniy qiymat baholash sanasida bozor ishtirokchilari o„rtasidagi odatdagi operatsiyada aktivni sotishda olinishi mumkin bo„lgan yoki majburiyatni o„tkazishda to„lanishi mumkin bo„lgan narxdir. Qadrsizlanish bo yicha zarar aktivning balans qiymati uning qoplanadigan qiymatidan oshadigan qismidir.

    Nomoddiy aktivlar va ularning xizmat muddati

    Nomoddiy aktiv moddiy ‒ ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan aniqlanadigan nomonetar aktiv. Monetar aktivlar egalikdagi pul mablag’lari va qat’iy belgilangan yoki aniqlanadigan pul miqdorlarida olinadigan aktivlardir.


    Tadqiqot yangi ilmiy yoki texnik bilimga va tushunchaga erishish istiqbolini ko„zlab amalga oshirilgan asl va rejalashtirilgan izlanishdir.
    Nomoddiy aktivning tugatish qiymati aktivning chiqib ketishi bo„yicha baholangan xarajatlar chegirilgan holda, tadbirkorlik subyekti ayni paytda xuddi aktiv foydali xizmat muddati oxirida kutilgan muddati va holatida bo„lganidek aktivning chiqib ketishidan oladigan baholangan qiymatidir.
    Foydali xizmat muddati :
    a)aktivning tadbirkorlik subyekti tomonidan foydalanishi uchun yaroqli bo„lishi kutilgan davr;
    b) tadbirkorlik subyekti tomonidan aktivdan olinishi kutilgan ishlab chiqarish hajmi (miqdori) yoki shunga o„xshash birliklar soni.
    Nomoddiy aktivlar.Tadbirkorlik subyektlari nomoddiy aktivlar, masalan, ilmiy yoki texnik bilim, yangi jarayonlar yoki tizimlar dizayni va amalga oshirilishi, litsenziyalar, intellektual mulk, bozor bilimi va savdo mulklarini (jumladan, brend nomlari va chop etish nomlari) sotib olish, takomillashtirish, saqlash yoki yaxshilashda tez-tez resurslarni kengaytiradilar yoki majburiyatlarni tan oladilar. Ushbu keng ko„lamni qamrab oladigan oddiy misollarga kompyuter dasturi, patentlar, mualliflik huquqlari, tasviriy filmlar, mijozlar ro„yxatlari, ipotekaga xizmat ko„rsatish huquqlari, baliq ovlash litsenziyalari, import kvotalari, franchayzinglar, mijoz yoki ta‟minotchi aloqalari, mijoz sodiqligi, bozor ulushi va marketing huquqlarini keltirish mumkin.
    Qayd qilingan moddalarning barchasi ham nomoddiy aktivning ta‟rifi, masalan, aniqlangan ekanligi, resurs ustidan nazorat va kelgusi iqtisodiy naflarning mavjudligiga to’g’ri kelmaydi. Agarda modda mazkur Standartni qo’llash doirasida nomoddiy aktiv ta‟rifini qanoatlantirmasa, uni sotib olish yoki ichki yaratish xarajatlari ular sarflangan paytda xarajatlar sifatida tan olinadi. Biroq, agarda modda biznes birlashuvida sotib olingan bo’lsa, u xarid sanasida gudvillning ma’lum qismini tashkil etadi.

    Download 49,3 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 49,3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tayyorladi : Gubayeva Oyniso Tekshirdi: Toshkent-2024 Mundarija

    Download 49,3 Kb.