Nomoddiy aktiv tan olinishi




Download 49,3 Kb.
bet4/8
Sana29.05.2024
Hajmi49,3 Kb.
#257056
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nomoddiy aktiv

Nomoddiy aktiv tan olinishi
Nomoddiy aktiv tan olinishi lozim, faqatgina agar:
a)tadbirkorlik subyekti tomonidan nomoddiy aktiv bilan bog’liq kelgusi iqtisodiy naf olinishi ehtimoli mavjud bo’lsa;
b) aktivning tannarxi ishonchli baholana olsa.
Aktivning foydali xizmat muddati davomida mavjud bo’ladigan iqtisodiy sharoitlar majmuyi bo’yicha rahbariyatning eng yaxshi baholashini aks ettiradigan oqilona va tasdiqlovchi farazlardan foydalangan holda, tadbirkorlik subyekti kutilgan kelgusi iqtisodiy naflarning ehtimolini baholashi lozim.
Tadbirkorlik subyekti aktivdan foydalanishdan keladigan kelgusi iqtisodiy naflar oqimining aniqlik darajasini baholashda malakali mulohaza qilishdan foydalanadi, bunda dastlabki tan olish paytida mavjud dalillarga, ko’proq tashqi dalillarga asoslanadi.Nomoddiy aktiv dastlab tannarxda baholanishi lozim.
Alohida sotib olish. Odatda, tadbirkorlik subyekti nomoddiy aktivni alohida sotib olishda to’laydigan narx aktivda mujassamlangan kutilayotgan kelgusi iqtisodiy naflarning tadbirkorlik subyekti tomonidan olinishi ehtimoli to„g„risidagi kutilishlarni aks ettiradi. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiy naflar oqimining vaqti yoki summasi bo„yicha noaniqlik mavjud bo’lishidan qat’i nazar, tadbirkorlik subyekti iqtisodiy naflar olinishini kutadi. Shu tufayli 21(a)-banddagi ehtimollikni tan olish mezoni alohida sotib olingan nomoddiy aktivlar uchun doimo qanoatlantirilgan deb inobatga olinadi.
Shu bilan birga, alohida sotib olingan nomoddiy aktivning tannarxi odatda ishonchli baholanadi. Xususan, qachonki aktivning sotib olinishida o’rniga beriladigan tovon pul mablag’i yoki boshqa monetar aktivlar shaklida bo’lsa, bunday holat yuz beradi.
Alohida sotib olingan nomoddiy aktivning tannarxi quyidagilarni qamrab oladi:

a)savdo chegirmalari va imtiyozlarini chegirgan holda, uning sotib olish narxini, jumladan, import bojlari va sotib olish bilan bog’liq qoplanmaydigan soliqlarni;


b) aktivdan ko’zlangan foydalanishga tayyorlash uchun sarflangan har qanday bevosita xarajatlarni.
Quyidagilar bevosita xarajatlarga misoldir:
a)aktivni ishchi holatiga keltirish bo’yicha bevosita yuzaga keladigan xodimlarga to„lanadigan haq bo„yicha xarajatlar ;
b)aktivni ishchi holatiga keltirish bo’yicha bevosita yuzaga keladigan professional haqlar;
d) aktiv to’g’ri ishlayotganligini tekshirish bo’yicha xarajatlar.
Quyidagilar nomoddiy aktivning tannarxida hisobga olinmaydigan sarflarga misoldir:
a)yangi mahsulot yoki xizmatning namoyish xarajatlari (shu jumladan, reklama va sotish bo’yicha choralarga xarajatlar);
b) yangi joyda yoki yangi mijozlar bilan biznesni amalga oshirish xarajatlari (jumladan, xodimlar uchun trening xarajatlari);
d) ma’muriy va boshqa umumiy ustama xarajatlar.
Qachonki nomoddiy aktiv rahbariyat ko„zlagandek ishlay oladigan holatga keltirilganda, nomoddiy aktivning balans qiymatida xarajatlarni tan olish to’xtatiladi. Shu tufayli nomoddiy aktivdan foydalanish yoki uni boshqa joyga ko’chirish bilan bog’liq xarajatlar uning balans qiymatiga kiritilmaydi. Masalan, quyidagi xarajatlar nomoddiy aktivning balans qiymatiga kiritilmaydi:
a) nomoddiy aktiv rahbariyat ko’zlagandek ishlay oladigan holatga keltirilgan, lekin foydalanilmagan paytda sarflangan xarajatlar;
b) aktivning mahsulotiga talab shakllanayotgan davrdagi zararlar kabi dastlab ko„rilgan operatsion zararlar.
Ayrim operatsiyalar nomoddiy aktivni tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish bilan bog’liq holda sodir bo’ladi, ammo ular nomoddiy aktivni rahbariyat ko’zlagandek ishlay oladigan holatga keltirish uchun zarur emas. Ushbu ikkinchi darajali operatsiyalar tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishdan oldin yoki tajriba- konstruktorlik ishlab chiqish davomida sodir bo’lishi mumkin. Ikkinchi darajali operatsiyalar aktivni rahbariyat ko„zlagandek ishlay oladigan holatga keltirish uchun zarur bo’lmaganligi tufayli ikkinchi darajali operatsiyalar bo’yicha daromadlar va tegishli xarajatlar bevosita foyda yoki zararda tan olinadi va ular daromad va xarajatning tegishli tasniflariga kiritiladi.
Agarda nomoddiy aktiv uchun to’lov odatiy kredit shartlari doirasidan tashqarida kechiktirilsa, uning qiymati pul mablag’idagi narx ekvivalentiga teng bo’ladi. Mazkur qiymat bilan jami to’lovlar orasidagi farq 23-sonli BHXS ‒ “Qarzlar bo yicha xarajatlarga muvofiq kapitalizastiya qilinmaguncha, kredit davri mobaynida foizli xarajat sifatida tan olinadi.
Biznes birlashuvining qismi sifatida sotib olish. 3-sonli MHXS ‒ “Biznes birlashuvlariga muvofiq, agarda nomoddiy aktiv biznes birlashuvi jarayonida sotib olinsa, ushbu nomoddiy aktivning tannarxi xarid sanasidagi uning haqqoniy qiymatiga teng bo’ladi.
Nomoddiy aktivning haqqoniy qiymati aktivda mujassamlangan kutilayotgan kelgusi iqtisodiy naflarning tadbirkorlik subyekti tomonidan olinishi ehtimoli to„g„risidagi kutishlarni aks ettiradi. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiy naflar oqimining muddati yoki summasi bo’yicha noaniqlik mavjud bo’lishidan qat’i nazar, tadbirkorlik subyekti iqtisodiy naflar olinishini kutadi. Shu tufayli biznes birlashuvi jarayonida sotib olingan nomoddiy aktivlar uchun 21(a)-banddagi ehtimollikni tan olish mezoni doimo qanoatlantirilgan deb inobatga olinadi. Agar biznes birlashuvi jarayonida sotib olingan aktiv ajraladigan bo’lsa yoki shartnomaviy boshqa yuridik huquqlar natijasida yuzaga kelsa, aktivning haqqoniy qiymatini ishonchli baholash uchun yetarlicha ma’lumot mavjud bo’ladi. Shu tufayli, biznes birlashuvi jarayonida sotib olingan nomoddiy aktivlar uchun ishonchli baholash mezoni doimo qanoatlantirilgan deb inobatga olinadi.
Mazkur standart va 3-sonli MHXS ga muvofiq, aktiv sotib olinayotgan tadbirkorlik subyekti tomonidan biznes birlashuvidan oldin tan olingan bo’lishidan qat’iy nazar xaridor xarid sanasida sotib olinayotgan tadbirkorlik subyektining nomoddiy aktivini gudvilldan alohida tarzda tan oladi. Bu shuni anglatadiki, agarda loyiha nomoddiy aktiv ta’rifini qanoatlantirsa, xaridor aktivni gudvilldan alohida tarzda sotib olinayotgan tadbirkorlik subyektining tugallanmagan tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish loyihasining aktivi sifatida tan oladi. Tadbirkorlik subyektining tugallanmagan tadqiqot va tajriba- konstruktorlik ishlab chiqish loyihasi jarayoni nomoddiy aktiv ta‟rifini qanoatlantiradi, qachonki u:
a) aktiv ta’rifini qanoatlantirsa;
b)aniqlanadigan, ya’ni ajraladigan bo’lsa yoki shartnomaviy boshqa yuridik huquqlar natijasida yuzaga kelsa.
Biznes birlashuvi jarayonida sotib olingan nomoddiy aktiv. Agar biznes birlashuvi jarayonida sotib olingan nomoddiy aktiv ajraladigan bo’lsa yoki shartnomaviy boshqa yuridik huquqlar natijasida yuzaga kelsa, aktivning haqqoniy qiymatini ishonchli baholashda yetarlicha ma’lumot mavjud bo’ladi. Qachonki nomoddiy aktivning haqqoniy qiymatini hisoblashda foydalaniladigan baholar uchun turli xil ehtimollarga ega bo’lishi mumkin bo„lgan natijalar kengligi mavjud bo’lsa, ushbu mavhumlik aktivning haqqoniy qiymatini hisoblashda inobatga olinadi.
Biznes birlashuvi jarayonida sotib olingan nomoddiy aktiv ajraladigan bo’lishi mumkin, biroq u faqatgina tegishli shartnoma, aniqlanadigan aktiv yoki majburiyat bilan birga ajraladigan bo’lishi mumkin. Bunday holatlarda xaridor nomoddiy aktivni gudvildan alohida tarzda, biroq tegishli modda bilan birga tan oladi.


Download 49,3 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 49,3 Kb.