|
Tayyorladi : Gubayeva Oyniso Tekshirdi: Toshkent-2024 Mundarija
|
bet | 5/8 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 49,3 Kb. | | #257056 |
Bog'liq Nomoddiy aktivAlohida aktivlar
Alohida aktivlarning foydalanish muddati bir xil bo’lganda, xaridor bir-birini to’ldiruvchi nomoddiy aktivlar guruhini yagona aktiv sifatida tan olishi mumkin. Masalan, “Brend” va “Brend nomi” atamalari savdo belgilari va boshqa belgilar uchun sinonimlar sifatida foydalaniladi. Biroq “Brend” va “Brend nomi” atamalari umumiy marketing atamalari bo„lib, ular, odatda, bir-birini to„ldiruvchi aktivlar, masalan, savdo belgisi (yoki xizmat belgisi) va uning tegishli savdo nomi, formulalari, tarkiblari va texnologik ekspert bilimlariga nisbatan foydalaniladi.
Sotib olingan tugallanmagan tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish loyihasi bo’yicha navbatdagi xarajatlar.Tadqiqot yoki tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish xarajati:
a) alohida yoki biznes birlashuvida sotib olingan va nomoddiy aktiv sifatida tan olingan tugallanmagan tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish loyihasiga tegishli;
b)ushbu loyihani sotib olgandan so„ng sarf qilinganxarajat bo„lib, hisobga olinishi lozim.
Alohida yoki biznes birlashuvida sotib olingan va nomoddiy aktiv sifatida tan olingan tugallanmagan tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish loyihasi bo„yicha navbatdagi xarajatlar:
a) agar u tadqiqot xarajati bo„lsa, sarflangan paytda xarajat sifatida tan olinadi;
b)agar u 57-banddagi nomoddiy aktiv sifatida tan olish mezonini qanoatlantirmaydigan tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish xarajati bo„lsa, sarflangan paytda xarajat sifatida tan olinadi;
d) agar u 57-banddagi tan olish mezonini qanoatlantiradigan tajriba- konstruktorlik ishlab chiqish xarajati bo„lsa, sotib olingan tugallanmagan tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish loyihasining balans qiymatiga kiritiladi.
Aktivlarning davlat granti yordamida olinishi. Ba’zi hollarda nomoddiy aktiv davlat granti yordamida bepul yoki o„rniga nominal tovonni berish evaziga olinishi mumkin. Bunday holat davlat tadbirkorlik subyektiga nomoddiy aktivlar, masalan, aeroportdagi qo„nish huquqlari, radio yoki televideniye stansiyalarini boshqarish litsenziyalari, import litsenziyalari yoki kvotalari yoxud boshqa cheklangan resurslardan foydalanish huquqlarini taqdim etganda yoki ajratganda yuz berishi mumkin. 20-sonli BHXS ‒ “Davlat grantlarini hisobga olish va davlat yordamini ochib berish‖ga muvofiq, tadbirkorlik subyekti ham nomoddiy aktivni, ham grantni dastlab haqqoniy qiymatda tan olishni tanlashi mumkin. Agar tadbirkorlik subyekti aktivni dastlab haqqoniy qiymatda tan olmaslikni tanlasa, tadbirkorlik subyekti aktivni dastlab nominal qiymatda tan oladi (20-sonli BHXS tomonidan ruxsat etilgan muqobil yondashuv) va bunga aktivni ko„zda tutilgan foydalanish holatiga keltirish bilan bevosita bog’liq har qanday xarajatlar qo’shiladi.
|
| |