|
Tayyorladi : Gubayeva Oyniso Tekshirdi: Toshkent-2024 Mundarija
|
bet | 6/8 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 49,3 Kb. | | #257056 |
Bog'liq Nomoddiy aktivAktivlarni ayirboshlash. Bir yoki bir necha nomoddiy aktivlar nomonetar aktiv yoxud aktivlar yoki monetar va nomonetar aktivlar birikmasi evaziga sotib olinishi mumkin. Quyida keltirilgan mulohaza bir nomonetar aktivni boshqasiga ayirboshlashga tegishlidir, biroq u yuqorida qayd etilgan barcha ayirboshlashlarga nisbatan ham qo„llaniladi. (a) Ayirboshlash operatsiyasi tijorat maqsadlariga ega bo„lmaguncha yoki (b) qabul qilingan aktivning ham topshirilgan aktivning ham haqqoniy qiymati ishonchli baholanmaguncha, bunday nomoddiy aktivning qiymati haqqoniy qiymatda baholanadi. Hattoki, agar tadbirkorlik subyekti topshirilgan aktivni tan olishni tezda to„xtata olmasa ham, sotib olingan aktiv xuddi shu usulda baholanadi. Agar sotib olingan aktiv haqqoniy qiymatda baholanmasa, uning qiymati topshirilgan aktivning balans qiymatida baholanadi.Tadbirkorlik subyekti ayirboshlash operatsiyasi tijorat maqsadlariga egaligini operatsiya natijasida uning kelgusi pul oqimlari qanchalik darajada o’zgarishi kutilishini inobatga olgan holda aniqlaydi. Ayirboshlash operatsiyasi tijorat maqsadlariga ega, agar:
qabul qilingan aktiv bo’yicha pul oqimlarining tarkibiy tuzilmasi (masalan, xatar, muddat va summa) topshirilgan aktiv bo’yicha pul oqimlarining tarkibiy tuzilmasidan farq qilsa;
b)tadbirkorlik subyekti faoliyatining operatsiya ta’sir qilgan qismining tadbirkorlik subyektiga xos qiymati ayirboshlash natijasida o’zgarsa;
d)(a) yoki (b) dagi tafovut ayirboshlangan aktivlarning haqqoniy qiymatiga nisbatan katta bo’lsa.
Ayirboshlash operatsiyasi tijorat maqsadlariga ega ekanligini aniqlash uchun, tadbirkorlik subyekti faoliyatining operatsiya ta’sir qilgan qismining tadbirkorlik subyektiga xos qiymati soliqdan so„nggi pul oqimlarini aks ettirishi lozim. Ushbu tahlillarning natijasi tadbirkorlik subyekti batafsil hisob-kitoblarni amalga oshirmasidan aniq bo’lishi mumkin.
Nomoddiy aktivni tan olish sharti aktivning qiymati ishonchli baholanishidir. Nomoddiy aktivlarning haqqoniy qiymati ishonchli baholanadi, (a) oqilona haqqoniy qiymat baholari kengligidagi o„zgarish ushbu aktiv uchun ahamiyatli emas yoki (b) kenglikdagi turli baholarning ehtimollari oqilona baholanishi mumkin va haqqoniy qiymatni aniqlashda foydalanilishi mumkin. Agar tadbirkorlik subyekti yoki qabul qilingan yoki topshirilgan aktivning haqqoniy qiymatini ishonchli aniqlay olsa, bunda qabul qilingan aktivning haqqoniy qiymati yaqqolroq namoyon bo„lmaguncha, topshirilgan aktivning haqqoniy qiymatidan tannarxni hisoblashda foydalaniladi.
Ichki yaratilgan gudvill. Ichki yaratilgan gudvill aktiv sifatida tan olinmasligi lozim. Ba‟zi holatlarda kelgusi iqtisodiy naflarni keltirib chiqarish uchun xarajat amalga oshiriladi, biroq u mazkur standartdagi tan olish mezonini qanoatlantiradigan nomoddiy aktivning paydo bo„lishiga olib kelmaydi. Bunday xarajat, odatda, ichki yaratilgan gudvillning qismi sifatida inobatga olinadi. Ichki yaratilgan gudvill aktiv sifatida tan olinmaydi, chunki tadbirkorlik subyekti nazoratida bo„lgan holda aniqlanadigan resurs (ya‟ni u na ajraladigan va na shartnomaviy yoki boshqa yuridik huquqlardan kelib chiqadigan resurs) emas, balki tannarxda ishonchli baholanadi.
Tadbirkorlik subyektining haqqoniy qiymati bilan uning aniqlanadigan sof aktivlarining har qanday paytdagi balans qiymati o„rtasidagi farq tadbirkorlik subyektining haqqoniy qiymatiga ta‟sir etadigan bir qator omillarni qamrab olishi mumkin. Biroq bunday farqlar tadbirkorlik subyekti tomonidan nazorat qilinadigan nomoddiy aktivlarning qiymatini aks ettirmaydi.
Ichki ishlab chiqilgan nomoddiy aktivlar. Quyidagi muammolar tufayli, ba‟zida ichki ishlab chiqilgan nomoddiy aktiv tan olish mezonini qanoatlantirishini aniqlash qiyin bo„ladi:
a) kutilgan kelgusi iqtisodiy naflarni keltirib chiqaradigan aniqlanadigan aktiv mavjudligi va qachon mavjud bo„lishini aniqlash;
b) aktiv qiymatini ishonchli aniqlash. Ba‟zi hollarda nomoddiy aktivning ichki tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish xarajatlari tadbirkorlik subyektining ichki yaratilgan gudvillini saqlash yoki yaxshilash yoxud kunlik faoliyatini amalga oshirish xarajatlaridan farqlanmaydi.
Shu tufayli nomoddiy aktivni tan olish va dastlabki baholash bo„yicha umumiy talablarni qondirishga qo’shimcha tarzda, tadbirkorlik subyekti barcha ichki ishlab chiqilgan nomoddiy aktivlarga nisbatan 52-67-bandlardagi talablarni va qo’llanmani qo’llaydi.
Ichki ishlab chiqilgan nomoddiy aktiv tan olish mezonini qanoatlantirishini aniqlash maqsadida, tadbirkorlik subyekti aktivni tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish jarayonini ikki qismga bo’ladi:
a) tadqiqot bosqichi;
b) tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish bosqichi.
“Tadqiqot” va “tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish” atamalari ta‟riflangan
bo„lsa-da, mazkur standart maqsadi uchun “tadqiqot bosqichi” va “tajriba- konstruktorlik ishlab chiqish bosqichi” atamalari kengroq ma‟noga ega.
Agar tadbirkorlik subyekti nomoddiy aktivni yaratish bo„yicha ichki loyihaning tadqiqot bosqichini tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish bosqichidan farqlay olmasa, tadbirkorlik subyekti ushbu loyiha bo„yicha xarajatlarni, xuddiki ular faqatgina tadqiqot bosqichida sarflangan sifatida inobatga oladi.
Tadqiqot bosqichi. Tadqiqot (yoki ichki loyihaning tadqiqot bosqichi) natijasida yuzaga kelgan hech qanday nomoddiy aktiv tan olinmaydi.
Tadqiqot (yoki ichki loyihaning tadqiqot bosqichi) bo„yicha sarflar ular amalga oshirilganda xarajat sifatida tan olinishi lozim.
Ichki loyihaning tadqiqot bosqichida tadbirkorlik subyekti ehtimolli kelgusi iqtisodiy naflarni keltiradigan nomoddiy aktiv mavjudligini namoyish eta olmaydi. Shu tufayli ushbu sarf u amalga oshirilganda xarajat sifatida tan olinadi.
Quyidagilar tadqiqot faoliyatlariga misollardir:
a) yangi bilimlarni egallashga mo„ljallangan faoliyat;
b)tadqiqot topilmalarini yoki boshqa bilimlarni izlash, baholash va yakuniy
tanlab olish, qo„llash;
d)xomashyolar, uskunalar, mahsulotlar, jarayonlar, tizimlar yoki xizmatlar
uchun muqobillar izlash; va
e) yangi yoki takomillashtirilgan xomashyolar, uskunalar, mahsulotlar,
jarayonlar, tizimlar yoki xizmatlar uchun mumkin bo„lgan muqobillarni yaratish, dizayn tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish, baholash va yakuniy tanlab olish.
Tajriba-konstruktorlik ishlab chiqarish bosqichi. Agar tadbirkorlik subyekti quyidagilarning barchasini namoyish eta olsa, tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish (yoki ichki loyihaning tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish bosqichi) natijasida yuzaga kelgan nomoddiy aktiv tan olinadi:
a)nomoddiy aktivni foydalanish yoki sotishga tayyor qilish bo„yicha uni tugallashning texnik imkoniyatini;
b) o„zining nomoddiy aktivni tugallash va undan foydalanish yoki uni sotish bo„yicha moyilligini;
d) o’zining undan foydalanish yoki uni sotish qobiliyatini; 98
e) nomoddiy aktiv qay tarzda ehtimolli kelgusi iqtisodiy naflarni keltirishini. Shu o’rinda tadbirkorlik subyekti nomoddiy aktivning mahsuloti yoki nomoddiy aktivning o„ziga nisbatan bozor mavjudligini, yoki agar u ichki foydalanishga mo’ljallangan bo’lsa, nomoddiy aktivning foydaliligini namoyish etishi mumkin;
f) nomoddiy aktivni tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishni tugallash va undan foydalanish yoki uni sotish uchun muvofiq texnik, moliyaviy va boshqa resurslarning mavjudligini;
d)tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish mobaynida nomoddiy aktivga tegishli sarflarni ishonchli baholash qobiliyatini.
Ichki loyihaning tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish bosqichida tadbirkorlik subyekti, ba’zi hollarda nomoddiy aktivni aniqlay olishi va nomoddiy aktiv ehtimolli kelgusi iqtisodiy naflarni keltirishini namoyish eta olishi mumkin. Bunga sabab shuki, loyihaning tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish bosqichi tadqiqot bosqichiga nisbatan yanada takomillashgan bo’lishidir.
Quyidagilar tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish faoliyatlariga misollardir:
a) ishlab chiqarish yoki foydalanishdan oldingi andozalarni va modellarning dizayni, yasalishi va sinovi;
b) yangi texnologiyani qamrab olgan uskunalar, andozalar, shakllar va qoliplar dizayni;
d)tijorat maqsadida ishlab chiqarish uchun iqtisodiy maqsadga muvofiq hajmda muvofiq bo„lmagan dastlabki korxona dizayni, qurilishi va faoliyati;
e) yangi yoki takomillashgan xomashyolar, uskunalar, mahsulotlar, jarayonlar, tizimlar yoki xizmatlar uchun tanlangan muqobillar dizayni, yasalishi va sinovi.
Nomoddiy aktiv qaytarzda ehtimolli kelgusi iqtisodiy naflarni keltiriishini ko„rsatish maqsadida, tadbirkorlik subyekti 36-sonli BHXS ‒ “Aktivlar qadrsizlanishi‖dagi tamoyillardan foydalangan holda aktivdan olinadigan kelgusi iqtisodiy naflarni baholaydi. Agar aktiv faqatgina boshqa aktivlar bilan birga iqtisodiy naflarni keltirisa, tadbirkorlik subyekti 36-sonli BHXSdagi pul mablag„larini hosil qiladigan birliklar tamoyilini qo„llaydi.
Nomoddiy aktivni tugallash, foydalanish va manfaatlar olish uchun resurslarning mavjudligi, masalan, zaruriy texnik, moliyaviy va boshqa resurslar hamda tadbirkorlik subyektining ushbu resurslarni ta‟minlay olish qobiliyatini aks ettiradigan biznes-reja orqali ko„rsatilishi mumkin. Ba‟zi hollarda tadbirkorlik subyekti tashqi moliyalashtirish mavjudligini namoyish etishi mumkin, bunda tadbirkorlik subyekti kreditorning rejani moliyalashtirishga moyilligi bo„yicha ko„rsatmasiga ega bo„lgan holda korsatadi.
|
| |