|
Tayyorladi : Gubayeva Oyniso Tekshirdi: Toshkent-2024 Mundarija
|
bet | 2/8 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 49,3 Kb. | | #257056 |
Bog'liq Nomoddiy aktivAniqlanganlik. Nomoddiy aktiv ta‟rifi uni gudvilldan farqlash uchun nomoddiy aktivni aniqlanadigan bo’lishini talab etadi. Biznes birlashuvida tan olingan gudvill biznes birlashuvida sotib olingan boshqa aktivlardan keladigan kelgusi iqtisodiy naflarni ifoda etuvchi aktiv bo’lib, u alohida aniqlanmaydi va tan olinmaydi. Kelgusi iqtisodiy naflar sotib olinganda aniqlanadigan aktivlar yoki alohida olganda moliyaviy hisobotlarda tan olinmaydigan aktivlardan birgalikda foydalanishdan kelishi mumkin.
Aktiv aniqlanadigan hisoblanadi, agar:
a) ajratiladigan bo’lsa, masalan, tadbirkorlik subyektidan ajratish va bo’linish yoki alohida yoki tegishli shartnoma, aniqlanadigan aktiv yoki majburiyat bilan birga sotilishi, o’tkazilishi, litsenziya sifatida berilishi, ijaraga berilishi yoki almashinishi imkoniga ega bo’lsa, bunda tadbirkorlik subyekti buni amalga oshirishni ko’zlaganligidan qat’i nazar;
b) shartnomaviy yoki boshqa yuridik huquqlar natijasida yuzaga kelsa, bunda ushbu huquqlar o’tkaziladigan yoki tadbirkorlik subyektidan yoxud boshqa huquqlar va majburiyatlardan ajratilishidan qat’i nazar.
Nazorat. Agarda tadbirkorlik subyekti asosiy resursdan oqib keladigan kelgusi iqtisodiy naflarni olish va boshqalarning ushbu manfaatlarga ega bo’lishini cheklash imkoniyatiga ega bo’lsa, tadbirkorlik subyekti aktivni nazorat qiladi. Tadbirkorlik subyektining nomoddiy aktivdan keladigan kelgusi iqtisodiy naflarni nazorat qilish imkoniyati, odatda, huquqiy kuchga ega yuridik huquqlar negizida bo’ladi. Yuridik huquqlar mavjud bo’lmaganda, nazoratni namoyish etish qiyinroqdir. Biroq huquqning yuridik kuchga egaligi nazorat uchun zarur shart emas, chunki tadbirkorlik subyekti kelgusi iqtisodiy naflarni ayrim boshqa usullar bilan nazorat qilishi mumkin.
Agar, masalan, bilim yuridik huquq bilan himoyalangan, jumladan, mualliflik huquqi, savdo kelishuvi cheklovi (ruxsat etilgan joyda) yoki maxfiylikni saqlash uchun xodimlarning yuridik majburiyati bilan himoyalangan bo’lsa, bozor va texnik bilim kelgusi iqtisodiy naflarni o„sishiga olib kelishi mumkin. Tadbirkorlik subyekti ushbu manfaatlarni nazorat qiladi.
Tadbirkorlik subyekti malakali xodimlar guruhiga ega bo„lishi mumkin va trening orqali kelgusi iqtisodiy naflarga olib boradigan malakali xodimlarni aniqlay olishi mumkin. Tadbirkorlik subyekti shuni ham ko„zda tutishi mumkinki, xodimlar tadbirkorlik subyekti faoliyatida o„z ko„nikmalarini namoyish etishda davom etishi mumkin. Biroq, tadbirkorlik subyekti odatda malakali xodimlar guruhidan va treningdan keladigan kutilgan kelgusi iqtisodiy naflar ustidan yetarli bo„lmagan nazoratga ega bo„lishi mumkin va natijada ushbu moddalar nomoddiy aktiv ta‟rifini qanoatlantirmasligi mumkin. Shu sababli, bunda u undan foydalanish va kelgusi iqtisodiy naflar olish bo„yicha yuridik huquq bilan himoyalanmaguncha va ta‟rifning ayrim qismlarini qanoatlantirmaguncha, muayyan boshqaruv va texnik qobiliyat nomoddiy aktiv ta‟rifini qanoatlantirmaslik ehtimoli mavjud.
Tadbirkorlik subyekti mijozlar portfeli yoki bozor ulushiga ega bo„lishi mumkin va tadbirkorlik subyekti, mijoz bilan aloqalar va ularning sodiqligini hosil qilish harakatlari tufayli mijozlar tadbirkorlik subyekti bilan savdo olib borishni davom ettirishini kutishi mumkin. Biroq himoya qilishning yuridik huquqlari yoki nazoratning boshqa yo„llari, mijozlar bilan aloqalar yoki tadbirkorlik subyektiga mijozlarning sodiqligi mavjud bo’lmaganda, tadbirkorlik subyekti nomoddiy aktiv ta‟rifini qanoatlantiradigan darajada mijoz aloqalari va sodiqligidan (masalan, mijozlar portfeli, bozor ulushlari, mijoz bilan aloqalar va sodiqlik) keladigan kutilgan iqtisodiy naflar ustidan yetarlicha nazoratga ega emas. Mijoz aloqalarini himoya qilishning yuridik huquqlari mavjud bo’lmaganda, bir xil yoki o’xshash noshartnomaviy mijoz aloqalari (biznes birlashuvi qismidan tashqari) bo’yicha ayirboshlash operatsiyalari shuni tasdiqlaydiki, tadbirkorlik subyekti bunga qaramasdan, mijoz bilan aloqalardan oqib keladigan kutilayotgan kelgusi iqtisodiy naflarni nazorat qila oladi. Chunki bunday ayirboshlash operatsiyalari yana shuni tasdiqlaydiki, mijoz bilan aloqalar ajraladigan hamda ushbu mijoz bilan aloqalar nomoddiy aktiv ta‟rifini qanoatlantiradi.
|
| |