Tayyorladi : Gubayeva Oyniso Tekshirdi: Toshkent-2024 Mundarija




Download 49,3 Kb.
bet7/8
Sana29.05.2024
Hajmi49,3 Kb.
#257056
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nomoddiy aktiv

Ichki yaratilga brendlar
Tadbirkorlik subyektining xarajat tizimlari, odatda, nomoddiy aktivning ichki tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish xarajatlarini, masalan, ish haqlari va mualliflik huquqlari yoki litsenziyalarga ega bo„lishga yohud kompyuter dasturini tajriba- konstruktorlik ishlab chiqishga sarflangan xarajatlarni ishonchli baholay oladi.
Ichki ishlab chiqilgan brendlar, titul ma‟lumotlari (nomlanishlar), nashr nomlari, mijozlar ro’yxati va mohiyatan bir xil moddalar nomoddiy aktivlar sifatida tan olinmasligi lozim.
Ichki ishlab chiqilgan brendlar, titul ma‟lumotlari (nomlanishlar), nashr nomlari, mijozlar ro’yxati va mohiyatan bir xil moddalar bo„icha sarflar butun bir biznesni rivojlantirish xarajatlaridan farq qilmasligi mumkin. Shu tufayli bunday moddalar nomoddiy aktivlar sifatida tan olinmaydi.
Ichki ishlab chiqilgan nomoddiy aktivning tannarxi. Iichki ishlab chiqilgan nomoddiy aktivning tannarxi nomoddiy aktiv mezonini dastlab qanoatlantirgan sanadan boshlab sarflangan xarajatlar yig’indisidir. Xarajat sifatida tan olingan sarflarni qayta aks ettirishni taqiqlaydi.
Ichki ishlab chiqilgan nomoddiy aktivning tannarxi aktivni rahbariyat ko„zlagandek ishlay oladigan qilib yaratish, ishlab chiqarish va tayyorlashga zarur bo„lgan barcha bevosita tegishli xarajatlarni qamrab oladi. Bevosita tegishli xarajatlarga misollar quyidagilardir:
a) nomoddiy aktivni tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishda foydalanilgan yoki iste‟mol qilingan xomayoshlar va xizmatlar xarajatlari;
b)nomoddiy aktivni tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish bo„yicha yuzaga keladigan xodimlarga haq to’lash xarajatlari (19-sonli BHXS da ta‟riflangandek);
d) yuridik huquqni ro’yxatdan o’tkazish haqlari;
e) nomoddiy aktivni tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishda foydalanilgan patentlar va litsenziyalarning amortizatsiyasi.
23-sonli BHXSda foizni ichki ishlab chiqilgan nomoddiy aktiv tannarxining qismi sifatida tan olish mezoni ta‟kidlanadi.
Quyidagilar ichki ishlab chiqilgan nomoddiy aktiv tannarxining qismlari emas:
a)sotish, ma’muriy va boshqa umumiy ustama xarajatlari (bunda ushbu xarajatlar aktivni foydalanish uchun tayyorlashga tegishli bevosita xarajatlar bo„lmaguncha);
b)aktiv belgilangan faoliyat ko’rsatishga erishishidan oldin aniqlangan samaradorsizliklar va dastlabki operatsion zararlar;
d) aktivdan foydalanish uchun xodimlarni tayyorlash xarajatlari.
Nomoddiy modda bo’yicha xarajat u sarflanganda xarajat sifatida tan olinadi, qachonki:
a) xarajat tan olish mezonini qanoatlantiradigan nomoddiy aktiv qiymatining tarkibi bo’lmaguncha
b) modda biznes birlashuvida sotib olingan bo„lib, nomoddiy aktiv sifatida tan olinmaguncha. Bunday holatda xarajat xarid sanasida gudvill sifatida tan olingan qiymatning tarkibini tashkil etadi
Ba‟zi holatlarda kelgusi iqtisodiy naflarga ega bo„lish maqsadida xarajatlar sarflanadi, lekin tan olinishi mumkin bo„lgan hech qanday nomoddiy aktiv yoki boshqa aktiv sotib olinmaydi yoki yaratilmaydi. Tovarlarni yetkazib berish holatida, tadbirkorlik subyekti bunday sarfni unda ushbu tovarlardan foydalanish huquqi bo„lgan paytda xarajat sifatida tan oladi. Xizmatlar ko„rsatish holatida tadbirkorlik subyekti sarf-xizmatlarni qabul qilib olgan paytda xarajat sifatida tan oladi. Masalan, tadqiqot bo„yicha xarajat u sarflangan paytda xarajat sifatida tan olinadi , u biznes birlashuvi tarkibi sifatida sotib olingan holat bundan istisno. Sarfga amalga oshirilganda xarajat sifatida tan olinadigan boshqa misollar quyidagilarni qamrab oladi:

  1. yangi biznesni boshlash faoliyati bo„yicha xarajatlar (ya‟ni tashkiliy xarajatlar), bunda ushbu xarajatlar 16-sonli BHXSga muvofiq asosiy vositalar moddasining tarkibiga kiritilmaudi. Tashkiliy xarajatlar tashkil etish xarajatlarini qamrab olishi mumkin, masalan, yuridik tashkilotni tashkil etishga sarflangan yuridik va kotibiyat xarajatlari (ya‟ni ochishdan oldingi xarajatlar) yoki yangi faoliyatlarni boshlash, yangi mahsulotlar yoki jarayonlarni ishga tushirish bo„yicha xarajatlar (ya‟ni faoliyatdan oldingi xarajatlar);

b) trening faoliyatlari bo’yicha xarajatlar;
d)reklama va sotish faoliyatlari bo’yicha xarajatlar (pochta orqali buyurtma ro„yxatlari);
e) Tadbirkorlik subyektini to„liq yoki qisman boshqa joyga ko„chirish yoki qayta tashkil etish bo„yicha xarajatlar.
Tadbirkorlik subyekti, qachonki u tovarlarga egalik qilsa, tovarlardan foydalanish huquqiga ega. Xuddi shuningdek, tadbirkorlik subyekti qachonki ular yetkazib berish shartnomasi shartlariga muvofiq yetkazib beruvchi tomonidan yaratilganda va tadbirkorlik subyekti to’lov evaziga ularni yetkazib berilishini talab qila olganda, tovarlardan foydalanish huquqiga ega bo’ladi. Qachonki xizmatlarni tadbirkorlik subyektiga yetkazib berish shartnomasiga muvofiq yetkazib beruvchi tomonidan ko’rsatilganda, u qabul qilingan bo’ladi (ammo tadbirkorlik subyekti ulardan boshqa xizmatni ko’rsatishda foydalangan paytda emas, masalan, mijozlarga reklamani yetkazib berishda).
Agar tovarlar uchun to’lov tadbirkorlik subyekti tovarlardan foydalanish huquqiga ega bo’lishidan oldin to’langan bo„lsa, tadbirkorlik subyekti oldindan to’langan to’lovni aktiv sifatida tan olishiga to„sqinlik ko„rsatmaydi. Xuddi shuningdek, qachonki xizmatlar uchun to„lov tadbirkorlik subyekti ushbu xizmatlarni qabul qilishidan oldin to’langan bo’lsa, 68-band tadbirkorlik subyekti oldindan to’langan to’lovni aktiv sifatida tan olishiga to’sqinlik ko„rsatmaydi.
Aktiv sifatida tan olinmaydigan oldingi xarajatlar. Dastlab xarajat sifatida tan olingan nomoddiy modda bo’yicha xarajat keyingi sanada nomoddiy aktiv tannarxining qismi sifatida tan olinmasligi lozim.
Tadbirkorlik subyekti yoki 74-banddagi tannarx bo„yicha hisobga olish modeli yoki 75-banddagi qayta baholash modelini o„zining hisob siyosati sifatida tanlashi lozim. Agar nomoddiy aktiv qayta baholash modelidan foydalangan holda hisobga olinsa, uning turkumidagi barcha boshqa aktivlar ham aynan shu modeldan foydalangan holda hisobga olinishi lozim (bunda ushbu aktivlar bo„yicha faol bozor mavjud bo„lmaguncha).
Nomoddiy aktivlarning turkumi aktivlarning bir xil xususiyati va tadbirkorlik subyekti faoliyatida foydalanilishi jihatidan guruhlanishidir. Nomoddiy aktivlar turkumidagi moddalar bir vaqtda qayta baholanadi, bunda aktivlarni tanlanma qayta baholashdan hamda moliyaviy hisobotlarda turli sanalarda tannarxlar va qiymatlar birikmasini aks ettiradigan miqdorlarni taqdim etish chetlab o„tiladi.
Tannarx bo’yicha hisobga olish modeli. Dastlabki tan olishdan so’ng, nomoddiy aktiv uning tannarxidan har qanday jamg’arilgan amortizatsiyani va har qanday yig’ilgan qadrsizlanish bo’yicha zararni chegirilgandagi qiymatda hisobga olinishi lozim.

Download 49,3 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 49,3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tayyorladi : Gubayeva Oyniso Tekshirdi: Toshkent-2024 Mundarija

Download 49,3 Kb.