|
Tayyorladi : Gubayeva Oyniso Tekshirdi: Toshkent-2024 Mundarija
|
bet | 8/8 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 49,3 Kb. | | #257056 |
Bog'liq Nomoddiy aktivQayta baholash modeli
Qayta baholash modeli. Dastlabki tan olishdan so„ng nomoddiy aktiv qayta baholangan qiymatda, ya‟ni qayta baholash sanasidagi uning haqqoniy qiymatidan har qanday keyingi jamg„arilgan amortizatsiyani va har qanday keyingi yig„ilgan qadrsizlanish bo„yicha zararni chegirilgandagi qiymatda hisobga olinishi lozim. Mazkur standartdagi qayta baholashlar maqsadida haqqoniy qiymat faol bozor inobatga olingan holda aniqlanishi lozim. Qayta baholashlar shunday me‟yorda amalga oshirilishi lozimki, hisobot davri oxirida aktivning balans qiymati uning haqqoniy qiymatidan muhim darajada farq qilmasligi kerak.
Qayta baholash modeli bo„yicha quyidagilarga ruxsat berilmaydi:
a) oldin aktiv sifatida tan olinmagan nomoddiy aktivlarni qayta baholash;
b) tannarxdan boshqa qiymatlarda nomoddiy aktivlarni dastlab tan olish.
Qayta baholash modeli aktiv dastlab tannarxda tan olingandan so„ng
qo„llaniladi. Biroq, agarda nomoddiy aktiv jarayondan o„tish mobaynida tan olish mezonini qanoatlantirmaganligi tufayli uning tannarxining faqat ma‟lum qismi aktiv sifatida tan olingan bo„lsa (65-bandga qarang), qayta baholash modeli ushbu aktivning butun qismiga qo„llanishi mumkin. Shu bilan birga, qayta baholash modeli davlat granti orqali qabul qilingan va nominal qiymatda tan olingan nomoddiy aktivlarga nisbatan ham qo’llanilishi mumkin .
Nomoddiy aktiv uchun faol bozor mavjud bo’lishi odatiy hol emas, lekin bu sodir bo’lishi mumkin. Masalan, ayrim yurisdikstiyalarda erkin o’tkaziladigan taksi litsenziyalari, baliq ovlash litsenziyalari yoki ishlab chiqarish kvotalari uchun faol bozor mavjud bo’lishi mumkin. Biroq brendlar, gazeta nomlari, musiqa va film nashr etish huquqlari, patentlar va savdo belgilari uchun faol bozor mavjud bo’la olmaydi, chunki bunday aktivning har biri yagonadir. Shu bilan birga, nomoddiy aktivlar oldi- sotdi qilinsa ham, shartnomalar alohida sotuvchilar va xaridorlar o’rtasida tuziladi va operatsiyalar kamdan-kam holatda sodir bo’ladi. Shular tufayli bir aktiv uchun to„langan narx boshqasining haqqoniy qiymati to’g’risida yetarlicha dalil hisoblanmasligi mumkin. Bundan tashqari narxlar ko’pgina hollarda jamoatga ma’lum bo’lmaydi.
Qayta baholash davriyligi qayta baholanayotgan nomoddiy aktivlar haqqoniy qiymatining o„zgaruvchanligiga bog„liqdir. Agar qayta baholangan aktivning haqqoniy qiymati uning balans qiymatidan muhim darajada farq qilsa, yana qayta baholash zarurdir. Ayrim nomoddiy aktivlarning haqqoniy qiymatida katta darajada va o„zgaruvchan tebranishlar kuzatilishi mumkin, bunday holat yillik qayta baholash zaruratini keltirib chiqaradi. Bunday tez-tez qayta baholashlar haqqoniy qiymatida faqatgina katta bo„lmagan tebranishlarga ega nomoddiy aktivlar uchun zarur emas.
Agar nomoddiy aktiv qayta baholansa, qayta baholash sanasidagi har qanday jamg„arilgan amortizatsiya:
a) aktivning yalpi balans qiymatidagi o„zgarishga proporsional tarzda qayta hisoblanadiki, natijada qayta baholashdan so„ng aktivning balans qiymati uning qayta baholangan qiymatiga teng bo„ladi;
b) aktivning yalpi balans qiymatidan chegirib tashlanadi va sof balans qiymati aktivning qayta baholangan qiymati summasida aks ettiriladi.
Agar qayta baholangan nomoddiy aktivlar turkumidagi nomoddiy aktivni ushbu aktiv uchun faol bozor mavjud bo’lmaganligi tufayli qayta baholash imkoni bo„lmasa, aktiv uning tannarxidan har qanday jamg’arilgan amortizatsiya va qadrsizlanish bo„yicha zararlarning chegirilgan qiymatida hisobga olinishi lozim.
Agar qayta baholangan nomoddiy aktivning haqqoniy qiymatini faol bozor orqali aniqlash imkoni boshqa mavjud bo’lmasa, aktivning balans qiymati uning faol bozor orqali oxirgi qayta baholash sanasidagi qayta baholangan qiymatidan har qanday jamg’arilgan amortizatsiya va har qanday keyingi yig’ilgan qadrsizlanish bo’yicha zararlarning chegirilgan qiymati bo’lishi lozim.
Qayta baholangan nomoddiy aktiv uchun bundan buyon faol bozor mavjud bo’lmasligi to’g’risidagi ma’lumot shuni anglatishi mumkinki, aktiv qadrsizlangan va uning 36-sonli BHXSga muvofiq tekshirilishi zarurdir.
Agar keyingi ma’lum hisobga olish sanasida aktivning haqqoniy qiymatini faol bozor orqali aniqlash imkoni bo’lsa, qayta baholash modeli o’sha sanadan boshlab qo’llaniladi.
Agar nomoddiy aktivning balans qiymati qayta baholash natijasidan oshsa, oshgan qism boshqa umumlashgan daromadda tan olinishi va kapital tarkibidagi boshlang„ich qiymatiga nisbatan qayta baholash qiymatining oshgan summasi hisobga olinadigan hisobvaraqda yig„ilishi lozim. Biroq, oshgan qism foyda yoki zararlarda shu darajada tan olinishi lozimki, bunda oldin aynan shu aktivni qayta baholash natijasida foyda yoki zararlarda tan olingan uning kamayishi summasi oldin qoplanishi lozim.
Agar nomoddiy aktivning balans qiymati qayta baholash natijasidan kamaysa, kamaygan qism foyda yoki zarar tarkibida tan olinishi lozim. Biroq kamaygan qism boshqa umumlashgan daromadda ushbu aktiv bo„yicha boshlang„ich qiymatiga nisbatan qayta baholash qiymatining oshgan summasi hisobga olinadigan hisobvaraqining har qanday kredit saldosiga teng miqdorda tan olinishi lozim. Boshqa umumlashgan daromadda tan olingan kamaygan qism kapital tarkibidagi boshlang„ich qiymatiga nisbatan qayta baholash qiymatining oshgan summasi hisobga olinadigan hisobvaraqda yig„ilgan summani kamaytiradi.
Kapitalda boshlang’ich qiymatiga nisbatan qayta baholash qiymatining oshgan summasi hisobga olinadigan hisobvaraqda jamlangan summa, qachonki bu summa o„zlashtirilganda, to’g’ridan-to’g’ri taqsimlanmagan foydaga o’tkazilishi mumkin. Jami bunday summa aktivning foydali xizmat muddati tugaganida yoki u balansdan chiqarilganida o’zlashtirilishi mumkin. Biroq bu hisobvaraqdagi summaning ma‟lum qismi aktiv tadbirkorlik subyekti tomonidan foydalanilayotganda o’zlashtirilishi mumkin; bunda o’zlashtiriladigan summa aktivning qayta baholangan balans qiymati asosida hisoblangan amortizatsiya summasi bilan aktivning boshlang’ich tannarxi asosida hisoblangan amortizatsiya summasi o’rtasidagi farqqa teng bo’ladi
|
| |