|
Mavzu: Uzoq muddatli aktivlarni hisobga olishni tashkil etish Kirish I bob. Uzoq muddatli aktivlarni hisobga olishning nazariy asoslari
|
bet | 1/16 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #242489 |
Bog'liq BMI Muzaffarov Javohir
Mavzu: Uzoq muddatli aktivlarni hisobga olishni tashkil etish
Kirish
I BOB. Uzoq muddatli aktivlarni hisobga olishning nazariy asoslari
1.1 Uzoq muddatli aktivlar tushunchasining iqtisodiy mazmuni va mohiyati
1.2 Xo’jalik yurituvchi subyektlarda uzoq muddatli aktivlarni tan olish va baholashning oziga xos xususiyatlari
II BOB. Asosiy vositalar nomoddiy aktivlar va investitsiyalar hisobining metodologik masalalari
2.1 Asosiy vositalarni hisobga olish metodologiyasi, muammolari va yechimlari
2.2 Nomoddiy aktivlar va investitsiyalar hisobini yuritish
III BOB. Boshqa uzoq muddatli muddatli aktivlarning metodologik masalalari
3.1 Kapital qo’yilmalarga doir investitsiyalar hisobini yuritishning metodologik asoslari
3.2 Uzoq muddatli debitorlik qarzlari va kechiktirilgan xarajatlar bo’yicha buxgalteriya hisobining metodologik asoslari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitda O’zbekiston Respublikasida mamlakat taraqqiyotining barcha sohalarida, shu qatorda, eng avvalo, tadbirkorlik sohasida islohatlarni yanada rivojlantirish va erkinlashtirish borasidagi aniq dasturlar ishlab chiqilgan va ularni hozirgi kunda yanada takomillashtirish choralari ko’rib kelinmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda tadbirkorlarga keng eshiklar ochilgan, mamlakatimizning har bir fuqarosi tadbirkorlik bilan shug’ullanish huquqiga egadirlar. Bunga yaqqol misol sifatida hozirgi kunda banklarimizning tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida berilayotgan eng kam foiz stavkalarda belgilangan kreditlarni misol qilishimiz mumkin. Shunday ekan bu imkoniyatlardan foyalangan holda mamlakatimizning iqtisodiyotiga hissa qo’shish yoshlar hamda umuman barcha fuqorolarning eng oliy burchlaridan biri sifatida qarasak mubolag’a bo’lmaydi.
Birinchi prezidentimiz Islom Abdug’anevich Karimov: “Oldimizda turgan birinchi va asosiy vazifa – bu izchil iqtisodiy o’sish, chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni mukammallashtirish va ilg’or texnologiyalar bilan qayta qurollantirishning bosh sharti bo’lgan makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish muammosidir”1 deb takidlagan edilar.
Bundan tashqari prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Bizning yana bir muhim vazifamiz – kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qo’llab - quvvatlash va rag’batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega deganda, tadbirkor nafaqat o’zini va oilasini, balki xalqini ham, davlatini ham boqadi. Men takror bo’lsa ham, aytishdan hech qachon charchamayman, ya’ni “Xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va qudratli bo’ladi”2 deb takidlagan edilar. Bu, Respublikamizda faoliyat yuritayotgan barcha tadbirkorlik subektlarining foyda ko’rish maqsadida, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan xolda ishlab chiqarishi yoki xizmatlar ko’rsatishini talab etadi.
Respublikamizda iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish uchun tadbirkorlik subyektlarimizni yanada rivojlantirish va ularni dunyo bozorida o’z o’rinlarini topishi uchun, bundan tashqari mamlakatimizda import o’rnini bosuvchi tovarlarni ishlab chiqarish, hamda eksport bob tovarlarni ko’paytirish bevosita xo’jalik yurituvchi subektlarning asosiy (operatsion) faoliyatidan olinadigan daromadlarini hisobini yuritish bilan chambarchas bog’liqdir. Chunki har bir xo’jalik yurituvchi subyekt foyda olarkan albatta o’z faoliyatini kengaytirishga, yanada ko’proq foyda olishga intiladi. Bu esa bevosita mamlakat iqtisodiyotini o’sishiga va import mahsulotlarga bo’lgan ehtiyojni kamaytirishga olib kelishi bilan bir qatorda chetga eksport qilish imkonini ham yaratadi hamda chetdan valyuta kirib kelish imkoniyatini yaratadi. Buning uchun mamlakatimizda imkoniyatlar yetarli darajada deb o’ylaymiz. Mamlakatimiz uchun tadbirkorlik yangi soha emas bu soha bilan qadimdan ajdodlarimiz shug’ullanib kelishgan, bunga misol sifatida birgina “Buyuk ipak yo’li”ning markazi mamlakatimiz hududidan o’tganligini misol qilishimiz yetarli deb o’ylaymiz. Bizning oldimizda turgan vazifa bu sohani yangi strategik maqsadlarini belgilashdir. Bu maqsadlarga erishish uchun oldimizda turgan qator to’siq va kamchiliklarni bartaraf etib mamlakatimizni jahon bozoridagi iqtisodiy mavqeyini yanada yuksaltirish va mustahkamlashdan iboratdir. Bunda bizga xo’jalik yurituvchi subektlarning operatsion faoliyati daromadlari hisobini yanada takomillashtirish yordam beradi. Mamlakatimizning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri sifatida mamlakatda tadbirkorlik subyektlarini ko’paytirish hamda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirib jahon talablariga mos keladigan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish eng dolzarb masalalardan biri bo’lib kelmoqda. Isloxotlarning bugungi kundagi bosqichida iqtisodiyotni erkinlashtirish hamda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hisobiga uzluksiz iqtisodiy barqarorlikka erishishdek ulkan dolzarb vazifa qo’yilgan. Bunda bizga “Buxgalteriya hisobi”, “Moliyaviy va boshqaruv tahlili” va “Audit” fanlarini yanada chuqurroq o’rganib chiqish, yanada kengroq tushunish imkonini beradi.
Xo’jalik yurituvchi subektlarning uzoq muddatli aktivlari hisobini o’rganish xo’jalik yurituvchi subektning aktivlari, ularning imkoniyatlarini o’rganish bilan bir qatorda uzoq muddatli aktivlardan foydalanib mamlakat iqtisodiyotiga qanchalik foyda keltirishi hamda mamlakat iqtisodiyotida ushbu korxona yoxud firmaning o’rni qanday ekanligini bilish hamda kelajakda uning o’rnini mustahkamlashga qaratilgan chora tadbirlar, uzoq muddatli aktivlar hisobini o’rganishning qanchalik dolzarbligini belgilaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Uzoq muddatli aktivlarni hisobga olishni tashkil etish Kirish I bob. Uzoq muddatli aktivlarni hisobga olishning nazariy asoslari
|