• Uzoq muddatli aktivlarning tasniflanishi va tavsiflanishi 4
  • Mavzu: Uzoq muddatli aktivlarni hisobga olishni tashkil etish Kirish I bob. Uzoq muddatli aktivlarni hisobga olishning nazariy asoslari




    Download 0,77 Mb.
    bet5/16
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,77 Mb.
    #242489
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    BMI Muzaffarov Javohir

    1.1- rasm. Uzoq muddatli aktivlarning tarkibiy tuzilishi3

    (foizlar hisobida)


    Respublikamizning me’yoriy-huquqiy hujjatlarida, chunonchi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonunda, 1- son BXMS “hisob siyosati va moliviy hisobot”da keltirilgan uzoq muddatli aktivlarning tavsifi bizning fikrimizcha ular mazmun mohiyatini yaqqol ochib bera olmaydi. Fikrimizcha, buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonunning 4-moddasida “Asosiy” deb boshlangan jumlani “Uzoq muddatli va” degan jumla bilan almashtirish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari 1-son BXMSning 11 punktini “Uzoq muddatli aktivlar – bu korxona tomonidan uzoq muddat mobayinida (12 oydan ko’p) foydalanish uchun ulush, hadya ko’rinishida hamda xarid qilib olinadigan, kelgusida iqtisodiy naf keltira olishi va nazorat qilinishi mumkinligi bilan tavsiflanadigan mablag’lardir” degan ta’rif bilan to’ldirish zarur.
    Uzoq muddatli aktivlarning tasnifi mamlakat iqtisodchi olimlari tomonidan yetarli darajada tadqiq qilinmagan. Adabiyotlarda ularning tarkibiy qismlari alohida alohida holda tasniflangan, bunda asosiy vositalarga nisbatan ko’proq urg’u berilgan. Shuningdek, adabiyotlarda uzoq muddatli aktivlarga ta’rif berilmasdan, balki alohida asosiy vositalarga, nomoddiy aktivlarga, moliyaviy qo’yilmalarga ta’riflar berilgan. Chet ellik iqtisodchi olimlar tomonidan e’tirof etilgan uzoq muddatli aktivlar tarkibiy qismlarining tasniflanish tartibi 1.2- jadvalda keltirilgan.
    1.2-jadval
    Xorijiy davlatlar olimlari tomonidan uzoq muddatli aktivlarning tasniflanishi



    Uzoq muddatli aktivlar



















    A

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    7

    8

    9

    1. Moddiy aktivlar:










    Er-

    +

    +

    +

    +

    +

    +


    +

    +

    Bino va inshootlar –



    +



    +

    +

    +

    +

    Bino va asbob-uskunalar

    +



    +






    Mashina va asbob-uskunalar


    +

    +



    +

    +

    +


    Mashina, asbob-uskuna va
    ofis jihozlari



    +



    +



    +

    O’rnatiladigan asbob-
    uskunalar









    +

    Mashina, zavod va asbobuskunalar





    +





    Erni obodonlashtirish



    +







    Qazilma boyliklar


    +








    Tabiiy resurslar

    +


    +

    +

    +

    +

    +

    +


    Ijaraga olingan mulk









    +

    Ijaraga olingan mulkni
    obodonlashtirish









    +

    II Nomoddiy aktivlar:
























    Gudvill

    +

    +

    +

    +

    +

    +

    +

    +

    +

    Patent

    +




    +

    +

    +

    +

    +

    +

    +

    Mualliflik huquqi

    +




    +

    +

    +

    +




    +

    +

    Litsenziyalar


    +




    +


    +







    +

    Savdo markalari


    +

    +

    +

    +

    +

    +

    +

    +

    Franchayzes


    +




    +

    +

    +

    +

    +

    +

    Savdo nomi


    +

    +











    +




    Maxfiy jarayonlar


    +











    +







    Tovar belgisi


    +




    +





    +




    +

    Imtiyozlar

    +























    Ijaraga olingan mulk


    +

    +

    +


    +

    +







    Muddati uzaytirilgan
    xarajatlar

    +























    Erdan foydalanish huquqi





















    +

    Ilmiy tadqiqot va ilmiy konstruktorlik ishlanmalari

    +

    +




    +


    +

    +

    +

    +

    Uzoq muddatli oldindan
    to’lovlar















    +







    III. Moliyaviy aktivlar

    +

    +

    +

    +


    +

    +

    +

    +

    IV. Muddati uzaytirilgan xarajatlar va debitorlik qarzlari


    +

















    +

    Jadvaldan ko’rinib turibdiki, ko’pchilik mualliflar uzoq muddatli aktivlarni uchta yirik guruhga ajratganlar: 1) moddiy aktivlar, 2) nomoddiy aktivlar, 3) uzoq muddatli investitsiyalar.


    Bizning mamlakatimizda “Yer” va “Tabiiy resurslar” xususiy mulk obyekti hisoblanmaydi. Bugungi kunga kelib yer uchastkalarini xususiylashtirish obyekti deb qabul qilish masalasi ko’tarilmoqda. Fikrimizcha, korxonalar yerga mulkiy egalik qilish huquqi bo’lganda ularni asosiy vositalar tarkibiga kiritish, doimiy va muddatli foydalanish uchun yerni ijaraga olish huquqiga ega bo’lgan holda esa foydalanish huquqi qiymatini nomoddiy aktiv sifatida tan olish va aks ettirishni maqsadga muvofiq, deb o’ylaymiz.
    Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, mamlakatimiz iqtisodchi olimlari tomonidan uzoq muddatli aktivlarning tasniflanishi yetarlicha o’rganilmagan
    Fikrlarni umumlashtirib shu narsani aytish mumkinki, uzoq muddatli aktivlarni hisobga olish va ular to’g’risidagi ma’lumotlar asosida xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy ahvolini tahlil qilishda moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga boshqaruv uchun zarur bo’lgan qarorlarni qabul qilish maqsadida ularni quyidagi tartibda tasniflash va tavsiflash mumkin (1.3 – jadval).

    1.3- jadval


    Uzoq muddatli aktivlarning tasniflanishi va tavsiflanishi4


    Tasnifi

    Tavsifi

    Tarkibi

    Moddiy aktivlar

    Korxona faoliyatida bir yildan ortiq vaqt mobaynida
    ishtirok etadigan, kelgusida iqtisodiy naf keltira
    oladigan moddiy mablag’lar

    Nomoddiy aktivlar

    Korxona faoliyatida bir yildan ortiq vaqt
    mobayinida ishtirok etadigan, kelgusida
    iqtisodiy naf keltira oladigan,
    identifikatsiyalanuvchi, moddiy buyumlashgan
    shaklga ega bo’lmagan
    aktivlar

    • Patentlar

    • Savdo markasi

    • Tovar belgisi

    • Dasturiy ta’minot

    • Erdan foydalanish xuquqi

    • Tashkiliy xarajatlar Franchayz

    • Mualliflik xuquqi  Gudvill

    Moliyaviy aktivlar

    Kelgusida foiz (dividend), ulush ko’rinishida daromad olish maqsadida boshqa
    korxonalar faoliyatiga bir
    yildan ortiq muddatga qo’yilgan mablag’lar

    • Qimmatbaho qog’ozlar

    • Avlod korxonalarga investitsiyalar

    • Qaram xo’jaliklarga investitsiyalar

    • Xorijiy kapitallik korxonalarga investitsiyalar


    Muddati uzaytirilgan debitor qarzlar va kechiktirilgan xarajatlar

    Bir yildan uzoq muddatga uzaytirilgan debitorlik
    qarzlari va kechiktirilgan
    xarajatlar

    • Olinadigan veksellar

    • Uzoq muddatli ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar

    • Xodimlarning qarzlari bo’yicha to’lovlar

    • Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad solig’i  Kechiktirilgan qarzlar bo’yicha diskontlar

    Bizning fikrimizcha, yuqorida bayon qilingan fikrlar, bir tomondan, uzoq muddatli aktivlar tarkibini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablariga uyg’unlashtirishga ko’maklashsa, ikkinchi tomondan, korxona faoliyatini tahlil qilishda ko’rsatkichlar tizimini tartibga solishni osonlashtiradi.


    Uzoq muddatli aktivlarning to’g’risidagi ma’lumotlarni ixcham va yetarli darajada olish imkoniyatini tug’dirish hamda tahlil qilishni osonlashtirish uchun buxgalteriya hisobi balansining “Uzoq muddatli aktivlar” nomli 1 bo’limini quyidagicha ko’rinishda ifodalash maqsadga muvofiq bo’ladi (1.4-jadval).
    Uzoq muddatli aktivlar korxona faoliyatida ishtirok etadigan muhim iqtisodiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. Yangi iqtisodiy munosabatlar sharoitida mazkur iqtisodiy kategoriya yetarlicha chuqur o’rganilmagan. Shuning uchun uning toifalarini aniqlovchi asosiy tavsiflarni har tomonlama ko’rib chiqish zarur.
    Ko’pchilik iqtisodchilar uzoq muddatli aktivlarni ishlatish muddati 1 yildan ortiq bo’lgan aktivlar sifatida tasniflaydilar: uzoq muddatli kapital qo’yilmalar, nomoddiy aktivlar, asosiy vositalar, boshqa uzoq muddatli aktivlar. Bunday tarzda tasniflash buxgalteriya hisobi qoidalariga asoslanadi.
    Professor G.V. Savitskayaning fikri bo’yicha uzoq muddatli aktivlar (asosiy kapital) - bu uzoq muddatli maqsadlarga yo’naltirilgan mablag’lar, ya’ni ko’chmas mulk, obligatsiyalar, aksiyalar, foydali qazilma zahiralari, qo’shma korxonalar, nomoddiy aktivlar va hokazolar5.

    1.4-jadval


    Kvarts” AJining uzoq muddatli aktivlarini buxgalteriya balansida ifodalash6
    (2023 yil 1 yanvar holatiga, ming so’mda)

    Balans moddalarining nomi

    Davr boshiga

    Davr oxiriga

    I. Bo’lim Uzoq muddatli aktivlar



    1.1.Moddiy aktivlar
    (0100+0300+0700+0800-0200)

    93465090

    12459193

    1.2. Nomoddiy aktivlar
    (0400+0830-0500)

    36743

    25214

    1.3. Moliyaviy aktivlar (0600)

    18627398

    18627398

    1.4. Uzoq muddatli debitorlik qarzlar va muddati kechiktirilgan xarajatlar (0900)

    66728797

    80298259

    I Bo’lim bo’yicha jami

    178858028

    223542807

    Iqtisodchi V.I. Makarьeva7ning fikri bo’yicha uzoq muddatli aktivlar buxgalteriya hisobining bir bo’limi sifatida, ya’ni buxgalteriya hisobi qonun-qoidalariga binoan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, moliyaviy qo’yilmalar, o’rnatiladigan uskunalar va jihozlarning korxona aktivlari sifatida mavjudligi va harakati haqidagi kerakli axborotni umumlashtirishga mo’ljallangan. Bu ta’rif uzoq muddatli aktivlarga ko’proq tavsif beradi, lekin buni ham yanada aniqlashtirish lozim.


    I.A.Zavalishina “Yangicha buxgalteriya hisobi” kitobida uzoq muddatli aktivlarni quyidagicha tavsiflagan. “Uzoq muddatli aktivlar quyidagi vositalarni o’z ichiga oladi: 1) foydali xizmat ko’rsatish muddati bir yildan ko’p bo’lgan, 2) korxona faoliyatida ko’p marotaba foydalaniladigan, 3) qaytadan sotilmaydigan”8. Uzoq muddatli aktivlarni iqtisodiy naf keltirishi shubha ostiga olinsa u holda ularni sotib yuborish mumkin bo’ladi. Shunday ekan u holda uzoq muddatli aktivlarni qaytadan sotilmaydigan vosita deb tavsiflash noto’g’ri bo’ladi.
    Iqtisodchi V.V.Kovalev9 o’z ishida shuni qayd etadiki, uzoq muddatli aktivlar deganda umumiy holda korxona faoliyatida bir yildan ortiq foydalaniladigan mablag’lar tushuniladi.
    Mazkur ta’rif, bizning fikrimizcha, uzoq muddatli aktivlarning faqatgina foydalanish muddatinigina aks ettiradi.
    Prof. I.A.Blank uzoq muddatli aktivlarni umumiy holda quyidagicha tavsiflaydi10: aktivlar korxonaning xo’jalik yuritishida foydalaniladigan iqtisodiy resurslarni aks ettiradi; aktivlar korxonaga investitsiya qilingan kapital hisobiga shakllangan korxonaning mulkiy qiymati bo’lib hisoblanadi; aktivlar korxonaning mulkiy qiymatini aks ettiradi; aktivlarga faqat korxona tomonidan nazorat qilinadigan iqtisodiy resurslar kiritiladi; korxona xo’jalik faoliyatida iqtisodiy resurs sifatida foydalaniladigan aktivlar ma’lum bir unumdorlik bilan xarakterlanadi; aktivlar foydani vujudga keltiradigan va jamlaydigan iqtisodiy resurs hisoblanadi; xo’jalik faoliyatida foydalaniladigan korxona aktivlari doimiy harakat jarayonida bo’ladi; korxona xo’jalik faoliyatida aktivlarning ishlatilishi vaqt omili bilan uzviy bog’liq; aktivlarni xo’jalik faoliyatida ishlatish tavakkalchilik omili bilan uzviy bog’liq; aktivlar tarkibida vujudga keladigan mulkiy qiymatliklar likvidlik omili bilan bog’langan.
    Yuqoridagi ta’riflarning barchasi aktivlarni umumiy holda xarakterlaydi.
    Shunday qilib, yuqorida keltirilgan ta’riflarni umumlashtirib, uzoq muddatli aktivlarga quyidagicha ta’rif berish mumkin: uzoq muddatli aktivlar – bu korxona tomonidan uzoq muddat mobayinida (12 oydan ko’p) foydalanish uchun ulush, hadya ko’rinishida hamda xarid qilib olinadigan, kelgusida iqtisodiy naf keltira olishi va nazorat qilinishi mumkinligi bilan tavsiflanadigan mablag’lardir.
    Uzoq muddatli aktivlarni hisob va hisobotda aks ettirishda ularning shakllanish bosqichlarini to’g’ri tasniflash va tavsiflanishiga muhim ahamiyat kasb etadi.
    Uzoq muddatli aktivlarning shakllanishini korxona faoliyati tsiklining rivojlanishiga qarab 3 ta asosiy bosqichga bo’lish mumkin ( 1.5- jadval):
    Kelgusi davrda korxona faoliyati samarali bo’lishini ta’minlash uchun uzoq muddatli aktivlarini shakllantirish jarayoni biron maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
    Uzoq muddatli aktivlar iqtisodiy kontseptsiyasining muhim jihati bo’lib ularni tan olish, baholash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tamoyillarini aniq belgilash hisoblanadi.
    1.5-jadval

    Download 0,77 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 0,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Uzoq muddatli aktivlarni hisobga olishni tashkil etish Kirish I bob. Uzoq muddatli aktivlarni hisobga olishning nazariy asoslari

    Download 0,77 Mb.