• ABC” MCHJda qayta baholanmagan asosiy vositani hisobdan chiqarish bilan bog’liq operatsiyani aks ettirish tartibi
  • ABC” MCHJda qayta baholangan asosiy vositani hisobdan chiqarish bilan bog’liq operatsiyani aks ettirish tartibi
  • Asosiy vositalarni hisobga olish metodologiyasi, muammolari va yechimlari




    Download 0,77 Mb.
    bet9/16
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,77 Mb.
    #242489
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
    Bog'liq
    BMI Muzaffarov Javohir

    2.1 Asosiy vositalarni hisobga olish metodologiyasi, muammolari va yechimlari
    Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida ishlab chiqarishni raqobatbardoshligini oshiruvchi, mahsulot sifatini yaxshilovchi, maksimal foyda olish imkoniyatini hamda ishlab chiqarish jarayonining samaradorligini ta’minlovchi omil sifatida korxonalar faoliyatida asosiy vositalarning roli oshib bormoqda. Korxona faoliyatini pirovard natijasi qanday mehnat vositalarini ishlatilishga, ularni holatiga, texnika taraqqiyoti darajasiga mosligiga bevosita bog’liq.
    Mehnat vositalari har qanday ishlab chiqarishning majburiy moddiy elementi hisoblanadi. Ular odam mehnati mahsuloti va qiymatga ega bo’lgandagina, iqtisodiy kategoriya bo’lib hisoblanadi. Asosiy mehnat vositalarini iqtisodiy tabiati ularni korxonada ishlab chiqarilganligi, sotib olinganligi, lizinga(ijaraga) olinganligi yoki tekinga olinganligi kabi aniq shartlar bilan tavsiflanib, ularda mehnat sarfini namoyon bo’lishi va tan olingan iste’mol sifatlarini mavjudligi, ya’ni ulardan foydalanish mumkinligida namoyon bo’ladi. Ular ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt davomida natural shaklini saqlab qolgan holda, sekin-asta o’z qiymatini ishlab chiqargan mahsulotga o’tkazish orqali ularga qilingan dastlabki sarf xarajatlar amortizatsiyalanadi (qayta tiklanadi).
    Mehnat vositalarining jamiyat taraqqiyotida katta rol o’ynashi, ularning moddiy ishlab chiqarish taraqqiyoti darajasini belgilashi, mehnat unumdorligini oshirishi bu turdagi aktivlarni “asosiy kapital” nomi bilan atalishiga sabab bo’ldi.
    “Asosiy kapital” tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida iqtisodiyot nazariyasiga Shotlandiyalik iqtisodchi olim Adam Smit kiritgan. U “O prirode kapitala, yego nakoplenii i primenenii” kitobida «...yerni yaxshilashga, daromad yoki foyda keltiruvchi, bir mulkdordan boshqa mulkdorga o’tmaydigan yoki kelgusida muomalada bo’lmaydigan zarur mashinalar va uskunalar yoki shunga o’xshash narsalarni sotib olishga nisbatan ishlatilishi mumkin. Bunday kapitalni to’liq huquq bilan asosiy kapital deyish mumkin»25 deb yozgan.
    P.A. Samuelson va V.D. Nordxaus asosiy kapitalni uzoq muddat foydalanishga ega bo’lgan ishlab chiqarish, o’z o’rnida kelgusi ishlab chiqarishda resurs sifatida foydalaniladigan qulay ashyo sifatida ko’rib chiqishgan.
    Asosiy kapitalni fundamental jihatlaridan biri, deb uni «bir vaqtni o’zida ham resurs, ham mahsulot» ekanligini ta’kidlashgan. Shu bilan birga ushbu resursga mulkchilik huquqi berilib, «unga odamlar yoki firmalarni egalik qilish, sotib olish, sotish yoki undan foydalanish qobiliyati aniqlagan»26.
    Asosiy kapitalni turlari bo’yicha nazariy tasniflash asosi bo’lib, mehnat vositalarini ishlab chiqarish jarayonidagi roliga qarab taqsimlanishi hisoblanadi. Birinchi guruhga korxonani ishlab chiqarish va ishlab chiqarish quvvatini texnik vositalari kiradi. Ikkinchi guruhga ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan mehnat vositalari, uchinchi guruhga esa transport vositalari, apparatlar va xo’jalik inventarlari kiradi.
    Shuni ta’kidlash kerakki olimlar orasida asosiy kapital tushunchasiga yagona yondashish mavjud emas.
    Masalan: R. Barr asosiy kapitalni mahsulotga texnik va iqtisodiy transformatsiyasi bo’yicha tasniflaydi: Asosiy kapital - bu o’z texnik tarkibini transformatsiyalamay ishlab chiqarishning bir necha bosqichida ishtirok etuvchi kapitaldir27.
    Yu. Brigxemni fikricha esa: «kapital termini ishlab chiqarishda ishlatiladigan asosiy fondlarga tegishli”28.
    M.Kreynina ko’rsatib o’tadiki, asosiy vositalar (asosiy kapital) o’z ichiga harakatlanuvchi va konservatsiyadagi yoki qoldiq qiymat bo’yicha zaxiradagi binolar, mashinalar, uskunalarni oladi. Asosiy vositalar tarkibiga shuningdek yerlarni yaxshilashga sarflangan kapital qo’yilmalar xam kiritiladi29.
    A. Xosking asosiy kapital elementiga xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’zidagi va ijaradagi binolar, uskunalar, nomoddiy aktivlar, patentlar, savdo markalari va xokazolarni olib boradi30. U asosiy kapital elementlari tarkibida yerni ajratib ko’rsatadi. Mezon sifatida aktivni vujudga kelishi tamoyili, ya’ni tabiiy aktivlar tabiat bergan va odamlar tomonidan vujudga keltirilgan yoki qayta ishlangan va ishlab chiqarishda kelgusida ishlatishga mo’ljallanganligi olinadi. Demak, aktivni vujudga kelishi mezonini qo’llagan xolda xulosa qilish mumkinki: yer xamda boshqa tabiiy resurslarni asosiy kapital elementlari tarkibiga kiritish kerak emas. Shunday qilib quyidagi xulosaga kelish mumkin, asosiy kapital “ishlab chiqarilgan ishlab chiqarish vositalarini” tashkil etadi: ishchilarning mehnatga bo’lgan qobiliyati so’zsiz albatta ashyoviy resurslarni ishlatgan holda “ishlab chiqarilgan”. Asosiy kapital tarkibiga esa bizning fikrimizcha, kelgusida daromad olish maqsadida shakllantirilgan yer uchastkalari, ishlab chiqarish vositalari va binolarni olib borish mumkin. Sobiq sotsialistik tuzim iqtisodiyotida “asosiy kapital" (asosiy vositalar) kategoriyasi atamalar tarkibidan chiqarilgan bo’lib, uning o’rniga asosiy fondlar tushunchasi kiritilgan edi.
    “Asosiy vositalar” va “Asosiy fondlar” kategoriyalariga berilgan tariflarning eng keng tarqalganlari quyidagilardan iborat:

    1. Asosiy vositalar va “Asosiy fondlar” sinonim tushunchalar bo’lib, yaxlit mazmunga ega. Ushbu nuqtai nazarda V.A. Pipso, L.I.Ushivitskiy, L.N.Bulavina31, A.V.Mardovkin32, G.A.Nikolaeva33, E.X.Maxmudov34... turadi. “Asosiy vositalar” tushunchasiga ta’rif berishda ular qavs Ichida “Asosiy fondler” tushunchasini keltiradilar.

    2. Asosiy fondlar – bu moddiy va nomoddiy aktivlar majmui. Ushbu nuqtai nazarni V.P.Astaxov35 qo’llaydi. V.P.Astaxovni fikricha asosiy vositalar “moddiy asosiy fondler” va “sezilmaydigan”- nomoddiy asosiy fond (nomoddiy aktiv) kabilardan iborat.

    3. Asosiy vositalar – asosiy fondlarning qiymatidagi ko’rinishidir. Ushbu tushuncha A.S.Mimrikova36(97),P.I.Poletaev37, V.V.Ostapenko38, O.Bobojonov kabilar tomonidan qo’llab quvvatlangan. P.I.Poletaev asosiy fondlarni shunday tariflaydi: “bu ishlab chiqarish binolari va inshootlari, qishloq xo’jaligi va yuk mashinalari, ishlab chiqarish uskunalari, transport vositalari va boshqa asosiy vositalarning qiymatidagi shakli”39.

    Buxgalteriya hisobi nuqtai nazaridan yuqorida qayd etilgan tushunchalarning hech qaysisi asosiy vosita tushunchasi mohiyatini to’liq yoritmaydi. 5-son BHMS “Asosiy vositalar”ga muvofiq “Asosiy vositalar - korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo’jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlardir”40.
    Bizning fikrimizcha ushbu ta’rifni quyidagicha bayon etish lozim “Asosiy vositalar - bu kelgusida iqtisodiy naf keltiradigan, korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo’jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar”.
    Aktivlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritishda mezon sifatida ularning foydalanish muddati va qiymati asos qilib olinadi. Chunonchi bu tartib 5-son BHMS “Asosiy vositalar”da ham belgilab qo’yilgan. Unga muvofiq asosiy vositaning qiymati eng kam ish haqi miqdoriga bog’liq. Eng kam ish haqi miqdorining oshishi asosiy vositalar tarkibida bo’lgan aktivlarni aylanma aktivlar tarkibiga o’tkazishga asos bo’ladi. Bu yerda asosiy vositalardan foydalanish muddati va ular orqali olinadigan iqtisodiy naf rol o’ynamay qoladi. Bizning fikrimizcha, aktivlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritishdagi asosiy mezon bo’lib undan foydalanish mobayinida olinadigan daromad (iqtisodiy naf) bo’lishi lozim.
    Bizningcha, 5-son BHMS “Asosiy vositalar”ning 4 - bandida keltirilgan talabni quyidagi tahrirda o’zgartirish maqsadga muvofiq. “Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi:
    kelgusida iqtisodiy naf keltiradi;

    1. bir yildan ortiq xizmat qilish muddati;

    Xizmat muddatidan qat’i nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi:

    1. maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumlab va yoppasiga ishlab chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlash uchun mo’ljallangan, maqsadli yo’naltirilgan asboblar va moslamalar);

    2. maxsus va sanitariya kiyim-kechaklari, maxsus poyabzallar;

    v) ko’rpa-to’shak anjomlari;
    g) yozuv-chizuv anjomlari (kalьkulyatorlar, stol ustiga qo’yiladigan
    asboblar va boshqalar); oshxona anjomlari, shuningdek oshxona uchun dasturxon sochiqlar;

    1. tiklanishi bo’yicha xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannarxiga

    kiritiladigan vaqtinchalik (notitul inshootlar) moslamalar va qurilmalar;
    j) kamida bir yillik foydalanish muddatiga ega bo’lgan almashtiriladigan uskunalar;
    z) ov qurollari (trallar, to’rlar, qarmoqlar, matraplar, merejalar va
    boshqalar).
    Asosiy vositalar tarkibida qonun hujjatlariga muvofiq korxona mulkiga o’tkazilgan yer uchastkalari ham hisobga olinadi.
    Ko’p yillik ko’chatlarga, yerni tubdan yaxshilashga, ijaraga olingan asosiy vositalar obyektlariga kapital qo’yilmalar har yili barcha ishlar majmuasi yakunlangan sanadan qat’i nazar, hisobot yilida foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalarga tegishli xarajatlar summasi miqdori asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi.”
    Fikrimizcha “Asosiy fondlar” va “Asosiy vositalar” atamalari sinonim emas. Fond tushunchasi mablag’larni hosil qiluvchi manbasiga tegishlidir. Chunonchi, asosiy fondlar ustav kapitali va qo’shimcha kapitalni asosiy vositalarga talluqli qismini o’z ichiga oladi.
    Fikrimizcha, terminalogik va mantiqiy tushunmovchiliklarni oldini olish uchun “asosiy fond” atamasini emas, balki “asosiy vosita” atamasini qo’llash zarur, chunki “asosiy vosita” atamasi ishlab chiqarishni bevosita harakatga keltiruvchi vosita sifatida e’tirof etiladi hamda obyektning iqtisodiy manosini to’liq yoritib beradi.
    Asosiy vositalar xarid qilish, qarzga olish, qurib bitkazish, ayirboshlash, hadya qilish, ta’sischilarning ulushlari kabi turli yo’llar orqali shakllantiriladi. Mazkur aktivlarni kirim qilib olish hamda ulardan foydalanish jarayonida turli xarajatlar qilinadi. Bunday xarajatlar ikki turga: kapital xarajatlar va joriy - operatsion xarajatlarga bo’linadi.
    Kapital xarajatlar- bu asosiy vositalarni xarid qilish yoki rivojlantirish uchun sarf bo’lgan mablag’lardir. Odatda, kapital xarajatlar aktivlar schetida aks ettirilib, balansda ko’rsatiladi, chunki ushbu xarajatlar bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy naf kelgusi davrda olinadi.
    Operatsion xarajatlar esa asosiy vositalarni hisobot davri mobaynida ishchi holatda saqlab turish bilan bog’liq sarflarni o’z ichiga oladi. Ushbu sarflar xarajatlar schetida aks ettirilib, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotning xarajatlar elementi sifatida e’tirof etiladi.
    Ko’rinib turibdiki, kapital xarajatlar bilan operatsion xarajatlar bir-biridan farqlanadi. Kelgusida daromad olish maqsadida qilingan sarf-xarajatlarni kapitallashtirmaslik, ularni joriy hisobot davrida olingan daromadlar evaziga qoplash joriy davr moliyaviy natijalarini soxtalashtirishga, ya’ni xarajatlar orttirib ko’rsatilishga olib keladi.
    Shu o’rinda Business Week ning 2002 yil 28 iyun sonida World Com kompaniyasining moliyaviy hisobotida amalga oshirilgan ko’z bo’yamachilik to’g’risidagi ma’lumotga e’tiborni qaratish mumkin. 2001 yil davomida va 2002 yilning birinchi choragi mobayinida 3,8 mlrd AQSH dollari miqdoridagi operatsion xarajatlarning kapital xarajatlar deb e’tirof etilishi bunga sabab bo’lib, kompaniyaning moliyaviy ahvoli hisobotdagi ma’lumotlar bo’yicha yaxshi deb ko’rsatilgan41, ya’ni har bir aksiyaga to’g’ri keladigan foyda ko’rsatkichi yuqori darajada bo’lishiga erishilgan.
    2002 - hisobot yilining yakuni bo’yicha respublikamizdagi gaz ta’minoti korxonalari faoliyati tekshirilganda, asosiy vositani quvvatini oshirish (modernizatsiyalash) yuzasidan amalga oshirilgan xarajatlarni operatsion xarajatlar deb tan olinishi mulk solig’i obyekti bo’lgan asosiy vositalar qiymatini pasaytirib ko’rsatishga hamda joriy xarajatlarning oshib ketishi esa foyda va qo’shilgan qiymat soliqlari obyektining noto’g’ri shakllanishiga sababchi bo’lgan42.
    5 –son BHMS “Asosiy vositalar”ning 22 - bandiga muvofiq, asosiy vositalar qiymatiga o’tkaziladigan kapital qo’yilmalar kelgusida asosiy vositalardan foydalanish natijasida olinadigan iqtisodiy nafni olish imkoni ma’lum bo’lgan holdagina kapitallashtirilgan xarajatlar deb tan olinadi. Kelgusida olinadigan iqtisodiy nafni oshirmaydigan barcha boshqa xarajatlarga joriy xarajatlar hisoblanadi.
    Sarf qilingan xarajatlar kelgusida iqtisodiy naf keltirishi shartmi? Buni kim aniqlaydi? Me’yoriy hujjatlarga muvofiq ushbu savollarga javoblarni ifodalovchi tartiblarni korxona rahbariyati belgilashi lozim. Bunday tartib xarajatlarni kapitallashtirish yoki aksincha ularni operatsion xarajatlarga olib borishda sub’ektivlikka olib keladi. Shuningdek sub’ektivlik mulk solig’iga tortiladigan asosiy vositalar qiymatini shakllantirishda obyektivlikni pasaytiradi. Muammo yechimining topish uchun, bizning fikrimizcha, 5-son BHMS “Asosiy vositalar”ning 22,23-bandlarini izohli ilovalar bilan to’ldirish lozim, deb hisoblaymiz. Chunonchi, ushbu standartda xarajatlarni kapitallashtirishning aniq mezon va cheklovlari belgilanishi lozim.
    Asosiy vositalarni xarid qilish uchun odatda katta miqdordagi mablag’ talab qilinadi. Korxonalarda esa hamma vaqt ham bo’sh turgan mablag’larning o’zi bo’lavermaydi. Shuning uchun asosiy vositalarni qarzga chetdan jalb qilish maqbul variantlardan biri bo’lib qolmoqda. Buning uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlar qonunchilik talablaridan kelib chiqib, qarzli qimmatbaho qog’ozlarni muomalaga chiqaradilar. Bunda asosiy vositalarni xarid qilish jarayonida ularning qiymatini shakllantirish va balansda aks ettirish bo’yicha muammolar kelib chiqadi. Albatta, bu yerda asosiy vositalar uchun to’lovlarning kechiktirilgan holatlari yoki pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda (aksiyalarni chiqarish sharti bilan).
    Asosiy vositani xarid qilish uchun korxona qarzli qimmatli qog’ozlarni (obligatsiya) yoki o’zining xususiy aksiyalarini muomalaga chiqarib asosiy vositalarga ayirboshlashi mumkin. Bu yerda asosiy vositalarni qaysi bahoda kirim qilib olish haqida so’z boradi: qimmatli qog’ozning nominal qiymatidami yoki sof bozor bahosidami?
    Korxona asosiy vositani olish uchun qarz qimmatli qog’ozini muomalaga chiqaradi. Mazkur muomalaga chiqarilgan qarz qimmatli qog’ozning sof bozor qiymati aniqlanadi. Asosiy vositalar scheti ana shu summaga debetlanadi, to’lanadigan uzoq muddatli obligatsiyalar scheti esa kreditlanadi. Obligatsiyani muomalaga chiqargan korxona ushbu obligatsiya uchun va’da qilgan foiz stavkasi bozor stavkasidan farq qilsa, u holda asosiy vositaning qiymati, albatta obligatsiyaning nominal qiymatidan farqlanadi. Va’da qilingan foiz stavkasi bozor stavkasidan past bo’lsa, u holda asosiy vositaning qiymati qarz qimmatli qog’ozning nominal qiymatidan yuqori bo’ladi. Aksincha, va’da qilingan foiz stavkasi bozor stavkasidan yuqori bo’lsa, u holda asosiy vositaning qiymati obligatsiyaning nominal qiymatidan past bo’ladi.
    Asosiy vositani muomalaga chiqarilgan xususiy aksiyalarga ayirboshlash operatsiyasi amalga oshirilganda, ikkita holatga e’tibor qaratish lozim. Birinchisi aksiyaning bozor qiymatini ma’lum bo’lishi, asosiy vositaning sof bozor qiymatini aniqlash imkonining yo’qligi. Ikkinchi holat esa aksiyaning bozor qiymatining ma’lum emasligi, aksincha, asosiy vositaning sof bozor qiymatini ma’lum ekanligi. Ushbu ikkala holatni ko’rib chiqamiz.
    Aksiyadorlik jamiyati to’qimachilik dastgohini sotib olish uchun muomalaga aksiyasini chiqardi. Aksiyaning sof bozor qiymati ma’lum. Dastgohning sof bozor qiymatini aniqlashning imkoni yo’q. U holda dastgoh aksiyaning sof bozor qiymatidan kelib chiqib kirim qilinadi. Aksincha, aksiyaning sof bozor qiymati ma’lum bo’lmasdan dastgohning sof bozor qiymati ma’lum bo’lsa, u holda dastgoh sof bozor qiymatida kirim qilib olinadi.
    Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, kapital xarajatlar asosiy vositalar qiymatini to’g’ri belgilashning muhim omili hisoblanadi. Chunki ularning qiymatini kelgusida mahsulot tannarxiga olib borib, uning shakllanishida va pirovard moliyaviy natijani aniqlash obyektivligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining natijasi bo’lgan moliyaviy natijalar asosiy faoliyat natijasidan olinadigan foyda(zarar)ga to’g’ri keladi. Moliyaviy natijaning shakllanishi va uni hisobga olish masalalari hozirgi sof raqobat muhitidagi bozor munosabatlari sharoitida muhim masalalardan biri bo’lib kelmoqda.
    2004 yil 1 yanvardan boshlab, barcha xo’jalik sub’ektlarida amal qilayotgan schetlar rejasi moliyaviy natijalarni to’liq shallantirish imkoniyatini yaratgan bo’lsada, ammo ayrim operatsion faoliyat natijalarining to’g’ri shakllanishida fikr yuritish zarur bo’lgan ayrim muammolar ham mavjud. Bunday muammolar asosiy vositalarni qayta baholashdan so’ng hisobdan chiqarish bilan bog’liq operatsiyalar natijasida vujudga kelmoqda. Ushbu muammolarning muhokamasini amaliy materiallar asosida quyidagi ikki holat bo’yicha tahlil qilamiz.
    Birinchi holatda asosiy vositalarni qayta baholamasdan hisobdan chiqarish operatsiyasini o’z ichiga olgan bo’lsa, ikkinchi holatda asosiy vositalarni qayta baholashdan keyin hisobdan chiqarish operatsiyasi aks ettirilgan ( 2.1 va 2.2-jadvallarga qarang).
    “Quva tekstil” MCHJ to’qish dastgohini 1.01.2010 yilda foydalanishga topshirilgan. Dastgohning boshlang’ich qiymati 42 000 000 so’m. Hisob siyosatiga ko’ra dastgohga amortizatsiya soliq qonunchiligiga mos keladigan bir tekis usulida hisoblangan. Amortizatsiya me’yori – 15%. 1.01.2015 yil dastgohni ma’naviy eskirgan, deb hisobdan chiqarishga qaror qilindi. Hisobdan chiqarish davrigacha dastgoh qayta baholanmagan. Asosiy vosita qayta baholanmaganligi tufayli “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar” schetida saldo yo’q. Hisobdan chiqarish bilan bog’liq operatsiya(2.1–jadvalda keltirilgan.)
    2.1- jadval
    ABC” MCHJda qayta baholanmagan asosiy vositani hisobdan chiqarish bilan bog’liq operatsiyani aks ettirish tartibi



    Operatsiya mazmuni

    Hisob–kitoblar

    Schetlar korrespon.

    Summa

    Dt

    Kt

    1.

    Dastgohni foydalanishga
    topshirish


    0130

    0810

    42.000.000

    2.

    Dastgoh bo’yicha 5 yil davomida amortizatsiya
    hisoblash

    42 000 000 * 15% *
    5

    2010

    0230

    31.500.000

    3.

    Dastgohni hisobdan chiqarish:
    a)boshlang’ich qiymati
    b) yig’ilgan amortizatsiya


    9210
    0230

    0130
    9210

    42.000.000
    31.500.000

    4.

    Dastgohni hisobdan
    chiqarish bo’yicha zarar


    9430

    9210

    10.500.000

    2.1- jadval ma’lumotidan ko’rinib turibdiki, dastgohni hisobdan chiqarish natijasida korxona 10 500 000 so’m zarar ko’rgan. Mazkur zarar korxonaning moliyaviy natijasiga salbiy ta’sir etib foyda solig’i bazasini kamayishiga sabab bo’ladi. Dastgohni hisobdan chiqarilishi evaziga mulk solig’i hisoblanadigan baza ham kamayadi.


    Yuqoridagi xolatni asos qilib olgan holda qayta baholangan dastgohni hisobdan chiqarish bilan bog’liq xo’jalik operatsiyasini ko’rib chiqamiz. Dastgoh 2 koeffitsient miqdorida qayta baholangan. Ushbu operatsiya (2.2-jadvalda keltirilgan.)
    2.2-jadval
    ABC” MCHJda qayta baholangan asosiy vositani hisobdan chiqarish bilan bog’liq operatsiyani aks ettirish tartibi



    Operatsiya mazmuni

    Hisob–kitoblar

    Schetlar korrespon.

    Summa

    Dt

    Kt

    1.

    Dastgohni
    foydalanishga topshirish


    0130

    0810

    42.000.000

    2.

    Dastgoh bo’yicha
    hisoblangan amortizatsiya 1- yil uchun

    42.000.000*15%

    2010

    0230

    6.300.000

    3.

    Boshlang’ich qiymatiga nisbatan qayta baholash

    42000000*2.0-
    42000000

    0130

    8510

    42.000.000

    4.

    Hisoblangan
    amortizatsiyaga nisbatan qayta baholash

    6300000*2.0-6300000

    8510

    0230

    6.300.000

    5.

    Dastgoh bo’yicha 4 yil davomida amortizatsiya hisoblash

    (84 000 000*15%)*4

    2010

    0230

    50.400.000

    6.

    Dastgohni hisobdan
    chiqarish

    1. boshlang’ich qiymati

    2. yig’ilgan

    amortizatsiya
    v)qayta baholash
    natijasi


    9210
    0230
    8510

    0130
    9210
    9210

    84.000.000
    56.700.000
    35.700.000

    7.

    Dastgohni hisobdan chiqarish yuzasidan
    moliyaviy natija a) foyda
    b) zarar


    9210

    9360

    8 400 000

    2.2- jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, qayta baholangan dastgohni hisobdan chiqarish natijasida 8 400 000 so’m foyda ko’rilgan. Bu xususan qayta baholash natijasida “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar” schetiga olib borilgan farqni hisobdan chiqarish hisobiga vujudga kelgan.
    Dastgohni qayta baholash - bu amalga oshirilmagan xarajatlar evaziga uning boshlang’ich qiymatini hamda jamlangan eskirishni bozor baholariga yetkazishdir.
    Agar qayta baholangan dastgohning qiymati to’liq amortizatsiyalanmagan bo’lsa, dastgohni hisobdan chiqarishda uning qoldiq qiymati sun’iy o’sadi. Qayta baholash natijasida amalga oshirilmagan xarajatlarni moliviy natijaning salbiy ta’sir etmasligi uchun o’rtadagi farqni bir qismi qayta baholashdan olingan qo’shimcha qiymat evaziga qoplanadi. Qayta baholashdan yuzaga kelgan qiymatning qolgan qismi (buni misolimizda 8 400 000 so’m) daromad sifatida tan olinadi.
    Qayta baholangan qiymat bilan qoldiq qiymat o’rtasida o’zaro bog’liqlik 2.2-rasmdagi ko’rinishga ega. Shunday qilib, qayta baholangan asosiy vositaning qiymati quyidagi ikki: haqiqiy amalga oshirilgan xarajatlar qoldiq qiymati va amalga oshirilmagan xarajatlar (tiklanish qiymati) summasining qoldiq qiymatlaridan iborat bo’ladi.
    Bizning fikrimizcha, asosiy vositalarning qayta baholash natijasida vujudga kelgan farqning qoldiq qiymati asosiy vositalar chiqib ketishida moliviy natijalarining shakllanishiga ta’sir o’tkazmasligi kerak. Chunki ushbu qayta baholash natijasida asosiy vositaning qiymatini oshirgan xarajatlar korxona tomonidan haqiqatda amalga oshirilmagan xarajatlar bo’lib, ular asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bog’liq moliyaviy natijaga ta’sir etmasligi kerak. Qayta baholash jarayonida foydalaniladigan “Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar” schetini ham “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar” deb nomlanilsa to’g’riroq bo’lar edi.
    Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan asosiy vositalarni hisobga olishda asos bo’ladigan 5-son BHMS “Asosiy vositalar”dagi asosiy vositalarni qayta baholash tartibotiga e’tiborni qaratish lozim. Ushbu me’yoriy hujjatga asosan asosiy vositalar qayta baholanganda, boshlang’ich qiymat bilan tiklanish qiymati o’rtasidagi ijobiy farq “Asosiy vositalar”(0100) schetining debeti va “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar”(8510) schetining kreditida aks ettiriladi. Qayta baholangungacha bo’lgan davrda to’plangan amortizatsiya summasiga tegishli tuzatish “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar” schetining debeti va “Asosiy vositalarning eskirishi”(0200) schetining kreditiga yoziladi



    Dastgoh tiklanish qiymatining amortizatsiya qilingan qiymati


    Qayta baholangan mulkning amortizatsiya qilinadigan qiymati

    Dastgohning qayta baholashdan keyingi amortizatsiya qilinadigan qoldiq qiymati

    Dastgoh sotib olingandagi haqiqiy sarflar bo’yicha qiymati
    Ekspluatatsiya muddati tugagan yoki mulk egasining xohishiga ko’ra, muddatidan oldin asosiy vositalarni sotib yuborishda qayta baholangan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2004 yil 16 avgustdagi 101 – sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi to’g’risida”gi nizomga asosan amalga oshiriladi. Ushbu nizom talabiga muvofiq, tugatilayotgan yoki sotilayotgan qayta baholangan asosiy vositalarning qoldiq qiymati qayta baholanish natijasida vujudga kelgan farq hisobiga kamayib, moliyaviy natijaga o’z ta’sirini o’tkazadi. Bizning fikrimizcha, asosiy vositalarni tugatish yoki sotish jarayonini schetlarda aks ettirishda “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar” schetiga tegmaslik lozim. Aksincha, “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar” schetining kreditidagi qoldiq summa asosiy vositalarni qayta baholagan vaqtdan boshlab eskirish summasiga proportsional ravishda taqsimlanmagan foydani ko’paytirishi kerak. Asosiy vositalarni qayta baholash natijalariga ko’ra uning joriy qiymati aniqlanadi. Bizning fikrimizcha asosiy vositalarning joriy qiymati quyidagicha aniqlanishi lozim (2.2-rasm).
    O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tishi amaliyotida buxgalteriya hisobida vujudga kelgan muammolardan biri - bu yer uchastkalarining buxgalteriya hisobi muammosidir. Mamlakat hisob tizimida yer uchastkalarining buxgalteriya hisobi masalalari uslubiy jihatdan kam o’rganilgan soha hisoblanadi.
    Hozirgi davrga qadar buxgalteriya hisobida yer uchastkalari qiymatga ega bo’lgan iqtisodiy resurs sifatida to’liq e’tiborga olinmagan. Chunki yer davlat mulki bo’lib, umummilliy boylik hisoblangan. Bugungi kunda xo’jalik sub’ektlari yer uchastkalariga nisbatan doimiy egalik va foydalanish, muddatli (vaqtinchalik) foydalanish va ijaraga olish huquqiga ega.
    Yer uchastkalarini ishlatayotganlar foydalanish huquqiga ega, shuning uchun yerdan foydalanish huquqi uchun to’lovlar operatsion xarajat sifatida hisobdan chiqarilmoqda va kapitallashmayapti. Shu sababli xo’jalik sub’ektlari buxgalteriya balansidagi uzoq muddatli aktivlar tarkibida yer uchastkalari aks etmaydi. Lekin ishlab chiqarish munosabatlarini omili sifatida daromad olish imkonini beradi.

    Taqsimlanmagan foydani kamaytiradi (oldingi oshirilgan qiymat miqdorida)

    Zahira kapitalini kamaytiradi (oldingi oshirilgan qiymat miqdorida)

    Pasaytirilgan qiymat

    Pasaytirilgan qiymat

    Oshirilgan qiymat:

    Zahira kapitalini ko’paytiradi (oldingi pasaytirilgan qiymat miqdoridan ortig’ida)

    Taqsimlanmagan foydani kamaytiradi (oldingi pasaytirilgan qiymat miqdorida)

    vositalarning qiymati oshirilganmi?

    davrlarida asosiy

    Oldingi hisobot

    qiymati

    vositalarning

    Asosiy


    Download 0,77 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




    Download 0,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Asosiy vositalarni hisobga olish metodologiyasi, muammolari va yechimlari

    Download 0,77 Mb.