III BOB. Boshqa uzoq muddatli muddatli aktivlarning metodologik masalalari




Download 0,77 Mb.
bet12/16
Sana18.05.2024
Hajmi0,77 Mb.
#242489
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
BMI Muzaffarov Javohir

III BOB. Boshqa uzoq muddatli muddatli aktivlarning metodologik masalalari
3.1 Kapital qo’yilmalarga doir investitsiyalar hisobini yuritishning metodologik asoslari
Bozor munosabatlari sharoitida har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt aktivlarini shakllantirish uchun o’zida mavjud yoki qarzga olingan mablag’lar bilan investitsion operatsiyalarni amalga oshiradi. Aktivlarni bunday tartibda shakllantirishga kapital qo’yilmalar deb aytiladi. Uzoq muddatli aktivlarni, jumladan, moddiy, nomoddiy va moliyaviy aktivlarni shakllantirishning o’ziga xos alohida xususiyatlari mavjud bo’lib, mazkur jihatlar aktivlarni tan olish va buxgalteriya balansida aks ettirishda muhim rol o’ynaydi.
Kapital qo’yilmalar deb sotuvga mo’ljallanmagan uzoq muddatli aktivlarni sotib olishga hamda shakllantirish va hajmini ko’paytirishga ketgan xarajatlar tushuniladi. Qimmatli qog’ozlarga va boshqa korxonalar ustav kapitaliga yo’naltirilgan kapital qo’yilmalar bundan mustasno. Kapital qo’yilmalar quyidagi operatsiyalar natijasida vujudga keladi:

  1. binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari va asosiy vositalarning alohida obyektlari (ular qismlari)ni sotib olish orqali;

  2. yangi qurilish shaklidagi kapital qurilishni amalga oshirish hamda mavjud asosiy vositalarni rekonstruktsiya qilish yoki modernizatsiyalash orqali;

  3. yer uchastkalarini sotib olish orqali;

  4. lizingga berish sharti bilan asosiy vositalarni xarid qilish orqali;

  5. nomoddiy xarakterga ega bo’lgan aktivlarni sotib olish va shakllantirish orqali.

Iqtisodiyotga oid adabiyotlarda52 «kapital qo’yilmalar» atamasi asosiy vositalarni shakllantirishga va tiklashga ketgan xarajatlarni o’z ichiga olishi ta’kidlangan.
Bizning fikrimizcha, bozor munosabatlari rivojlangan sharoitda uzoq muddatli aktivlar yangi obyektlarining paydo bo’lishi munosabati bilan asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni xarid qilish bilan bog’liq xarajatlar hamda lizingga olingan asosiy vositalarni va yerni obodonlashtirish uchun sarf qilingan moddiy xarajatlar majmuasi kapital qo’yilmalarni tashkil etadi. Shuning uchun, uzoq muddatli moddiy va nomoddiy aktivlarni shakllantirish uchun yo’naltirilgan investitsiya sarflarini kapital qo’yilmalar deb atash maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Kapital qo’yilmalar maqsadida amalga oshirilgan mablag’lar harakatini aks ettirish uchun 21- BHMSda 0800 “Kapital qo’yilmalar” scheti joriy etilgan bo’lib, unga moddiy va nomoddiy aktivlarning obyektlarini, turlarini hisobga olish maqsadida tegishli schetlar belgilangan.
Bizning fikrimizcha, schetlarning nomlanishi ularning maqsadlarini to’liq ochib bermaydi. Shuning uchun “Kapital qo’yilmalar” deb nomlangan 0800 schetini kengaytirilgan variantda, jumladan, 0810-“Asosiy vositalarni qurish uchun sarflangan kapital qo’yilmalar”, 0820“Asosiy vositalarni sotib olish uchun sarflangan kapital qo’yilmalar”, 0830- “Nomoddiy aktivlarni sotib olish uchun sarflangan kapital qo’yilmalar 0840 – “Asosiy podani shakllantirish uchun sarflangan kapital qo’yilmalar”, 0850- “Erni obodonlashtirish uchun sarflangan kapital qo’yilmalar”, 0860- “Lizingga berish maqsadida shakllantirilgan asosiy vositalar uchun sarflangan kapital qo’yilmalar”, 0860- “Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish uchun sarflangan kapital qo’yilmalar””, va 0890-“Boshqa kapital qo’yilmalar” deb nomlanishi ulardagi uzoq muddatli aktivlarni shakllantirish uchun yo’naltirilgan investitsiyalar to’g’risidagi axborotlarning to’laqonliligini ta’minlagan bo’lar edi.
Buxgalteriya balansida kapital qo’yilmalar «Tugallanmagan kapital qo’yilmalar» moddasida ko’rsatilib, unda korxona tomonidan xo’jalik yo’li bilan qurib bitkazilgan va xarid qilib olingan asosiy vositalar uchun sarflangan, yerni obodonlashtirish uchun sarflangan, uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishga sarflangan, xarid qilib olingan nomoddiy aktivlar uchun sarflangan kapital qo’yilmalar qiymatida aks ettiriladi.
Kapital qo’yilmalar hisobini yuritishda quyidagi vazifalar belgilanishi kerak:

  • obyektlar turiga qarab qurilishga ketgan barcha xarajatlarni o’z vaqtida, to’liq va haqiqiy aks ettirish;

  • ishga tushirilayotgan va sotib olingan asosiy vositalar, yer uchastkalari va nomoddiy aktivlarning inventar qiymatini to’g’ri aniqlash hamda aks ettirish;

  • qurilish ishlarining bajarilishi, ishlab chiqarish quvvatini ishga tushirish va asosiy vositalar obyektlari ustidan nazoratni ta’minlash;

  • uzoq muddatli investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarining mavjudligi va ishlatilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.

Korxonaning kapital qo’yilmalari hisobi quyidagi haqiqiy sarf qilingan xarajatlar guruhlari bo’yicha olib boriladi:

  1. alohida asosiy vositalar obyektlari, yer uchastkalari va nomoddiy aktivlarni xarid qilish bo’yicha;

  2. umumiy qurilish va unga kiruvchi alohida obyektlar (bino- inshoot va hokazo) bo’yicha.

Asosiy vositalar obyektlarini qurish mobaynidagi xarajatlar hisobini qurilishni amalga oshirayotgan korxona qurilish boshlangan davrning boshidan obyektlarni ishga tushirishgacha bo’lgan davr oralig’ida alohida olib boradi.
Buxgalteriya hisobida qurilish obyektlari bo’yicha xarajatlar smeta hujjatlari bilan aniqlanadigan xarajatlar texnologik tarkibi bo’yicha guruhlanadi.
Xarajatlar hisobini quyidagi tarkib bo’yicha olib borish tavsiya etiladi:

    1. qurilish ishlari bo’yicha;

    2. uskunalarni montaj qilish ishlari bo’yicha;

    3. montajga topshirilgan uskunani sotib olish bo’yicha;

    4. montajga muhtoj bo’lmagan uskunani, ish quroli va inventarni hamda montajga molik doimiy zahiraga mo’ljallangan uskunalarni sotib olish bo’yicha;

    5. boshqa kapital xarajatlar bo’yicha;

    6. asosiy vositalar qiymatini ko’paytirmaydigan xarajatlar bo’yicha.

Ushbu ishlar bo’yicha xarajatlarni hisobga olish tartibi ularni ishlab chiqarish usuliga(pudrat yoki xo’jalik) bevosita bog’liq.
Pudrat usulida belgilangan tartibda bajarilgan va rasmiylashtirilgan qurilish ishlari va uskuna montaji bo’yicha ishlar uskuna - buyurtmachi tashkilotining 0810-“Asosiy vositalarni qurish uchun sarflangan kapital qo’yilmalar” schetida pudrat korxona bilan tuzilgan shartnoma narxiga muvofiq amalga oshirilgan hisob-kitoblar asosida aks ettiriladi.
Ishlab chiqarish-xo’jalik usulida bajarilgan ishlar korxonaning qurilish ishlarini olib boruvchi brigada yoki guruh tomonidan amalga oshiriladi. Kapital qo’yilmalar qiymati 0810 “Asosiy vositalarni qurish uchun sarflangan kapital qo’yilmalar” schetida hisobga olib borilib, qurilish ishlarini rejalashtirish va tannarxining hisobi bo’yicha amalga oshiriladi. Bunda 0810- “Asosiy vositalarni qurish uchun sarflangan kapital qo’yilmalar” schetida haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar qiymatida aks ettiriladi.
Bizning fikrimizcha, asosiy vositalarni qurishning usullariga qarab ularning hisobini alohida-alohida schetlarda yuritish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, qurilish ishlarini pudrat usulida olib borilganda, 0810 -“Asosiy vositalarni pudrat usulida qurish uchun sarflangan kapital qo’yilmalar” schetida, qurilish ishlarini xo’jalik usulida amalga oshirilganda, 0811- “ Asosiy vositalarni xo’jalik usulida qurish uchun sarflangan kapital qo’yilmalar” schetida aks ettirilishi lozim. Qurilish usullarining turlicha bo’lishi asosiy vositalarni qurish bilan bog’liq kapital qo’yilmalarni va obyekt qurilishi tugagandan so’ng uni ekspluatatsiyaga topshirish jarayoni hamda soliqqa tortish masalalariga aniqlik kiritish imkoniyatini yaratadi.
Qurilish ishlarini xo’jalik usulida amalga oshirganda, korxonaning xarajatlar hisobini quyidagi xarajatlar moddasi tarkibida yuritish tavsiya etiladi:

  1. “Moddiy xarajatlar”

  2. “Mehnat xarajatlari”

  3. “Qurilish mashina va mexanizmlarini ushlab turish va eksplutatsiyasiga ketgan xarajatlar”

  4. “Ustama xarajatlar”

“Moddiy xarajatlar” moddasida to’g’ridan–to’g’ri qurilishda ishlatilgan materiallar, qurilmalarga sarflangan xarajatlar aks ettiriladi. Ular ehtiyot qismlarni, yoqilg’i, elektr energiyasi, bug’, suv va boshqa moddiy resurslarni o’z ichiga oladi.
“Mehnat xarajatlari” moddasida qurilishga qabul qilinib, uchastkalar ishchilari tarkibiga kiritilgan (shtatga kiritilmaganlarni qo’shgan holda) ishlab chiqarishda qatnashgan ishchilar va muhandis-texnik xodimlarning mehnatiga to’langan haq va ular yuzasidan yagona ijtimoiy to’lovga ajratmalar bo’yicha xarajatlar aks ettiriladi.
“Qurilish mashina va mexanizmlarini ushlab turish va eksplutatsiyasiga ketgan xarajatlar” moddasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:

    • qurilish mashina va mexanizmlari boshqaruvida band bo’lgan va uchastkalar ishchilari tarkibiga kiritilgan holda ishchilar mehnatiga to’lanadigan ish xaqi bilan bog’liq xarajatlar;

    • qurilish mashina va mexanizmlarining to’liq tiklanishi hamda asosiy vositalar tarkibida hisobga olingan ishlab chiqarish moslamalari va uskunalarining amortizatsiyasi bilan bog’liq xarajatlar;

    • eksplutatsiya maqsadlarida ishlatilgan yoqilg’i, energiya va moddiy resurslar sarfi bilan bog’liq xarajatlar;

    • shartnoma shartlari bilan belgilangan miqdorda qurilish mashinalari va mexanizmlar ishlatilgani uchun ijara to’lovi bilan bog’liq xarajatlar;

    • qurilish mashinalari va mexanizmlarining texnik xizmati va diagnostikasi yuzasidan qilingan xarajatlar;

    • qurilish mashinalari va mexanizmlari, ishlab chiqarish moslamalari va uskunalarini ta’mirlashning turli ko’rinishlariga sarflangan xarajatlar;

    • qurilish mashinalari va mexanizmlaridan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar.“Ustama xarajatlar” moddasida esa quyidagi xarajatlar o’z aksini topadi:

    • ma’muriy-boshqaruv xarajatlari (ish haqi xarajatlari, yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha o’tkazmalar, idora xarajatlari va boshqalar);

    • qurilish maydonlarida ishni tashkil etishga ketgan xarajatlar (vaqtinchalik ta’mirlash va ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan inshootlar, moslama va qurilmalar; o’t o’chirish va qo’riqlashga ketgan xarajatlar, nashriyot va ratsionalizatorlik takliflari bilan bog’liq xarajatlar; geodezik ishlar yuzasidan xarajatlar va boshqalar);

    • qurilish ishchilariga xizmat ko’rsatish xarajatlari (kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga ketgan xarajatlar; qurilishga jalb etilgan va qurilish mashinalari va mexanizmlari eksplutatsiyasida band bo’lgan ishchilar ish haqi to’lovlari yuzasidan yagona ijtimoiy to’lovlar, o’tkazmalar; nokapital ishlar; sanitariya-gigienik va xizmat sharoitlarini ta’minlashga ketgan xarajatlar; mehnat muhofazasi, texnik xavfsizlik bilan bog’liq va boshqa xarajatlar);

    • boshqa ustama xarajatlar (majburiy sug’urta xarajatlari; nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; me’yoriy hujjatlarda belgilangan stavka chegarasida bank kreditlari yuzasidan foiz to’lovlari; tasdiqlangan me’yorlar miqdorida reklama bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar; ustama xarajatlar me’yorida hisobga olinmagan, lekin ustama xarajatlarga olib boriladigan xarajatlar ishlab chiqarishda olingan jarohat oqibatida ishga layoqatliligi yo’qotilganligi uchun nafaqa; qonun bo’yicha soliq yig’ish, belgilangan yig’im va boshqa majburiy to’lovlar; byudjetdan tashqari maxsus fondlarga o’tkazmalar; qurilishning shartnomaviy narxida ko’zda tutilgan bo’lsa, vaqtinchalik inshootlarni qurish uchun zahiraga o’tkazmalar; pudratchi faoliyatiga kiruvchi boshqa xarajatlar hisobida qurilish buyurtmachisining ustama xarajatlari).

Korxona tomonidan qurilish obyektlari uchun zarur bo’lgan asosiy vositalar qiymati to’langan yoki to’lovga qabul qilingan bo’lsa, ularni kirim qilib, hisobga qo’ygandan so’ng 0810 –“Asosiy vositalarni xo’jalik usulida qurish uchun sarflangan kapital qo’yilmalar” schetida aks ettiriladi. Smetada ko’zda tutilgan boshqa kapital xarajatlar 0810 –“Asosiy vositalarni xo’jalik usulida qurish uchun sarflangan kapital qo’yilmalar” schetida xarajatlarni amalga oshirish jarayonida shartnomaviy narxlarda to’langan yoki to’lovga qabul qilingan hujjatlar asosida aks ettiriladi.
Asosiy vositalar qiymatini oshirmaydigan xarajatlar hisobini yuritishda, bizning fikrimizcha, asosiy vositalar qiymatini ko’paytirish xarajatlari qurilish obyektlariga ketgan xarajatlardan alohida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan holda 0812 - “Asosiy vositalar qiymatini ko’paytirish uchun sarflangan kapital qo’yilmalar” schetida hisobga olinishi lozim. Amaldagi schetlar rejasida bunday schet ko’zda tutilmagan, shuning uchun mazkur schetni kiritishni taklif etamiz.
Qurilishi tugatilganda, obyekt ekspluatatsiyaga belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. Ushbu obyektlar bo’yicha xarajatlar ularning inventar qiymati hamda boshqa xarajatlari 0810 –“Asosiy vositalarni pudrat usulida qurish uchun sarflangan kapital qo’yilmalar” va 0811“Asosiy vositalarni xo’jalik usulida qurish uchun sarflangan kapital qo’yilmalar” schetlaridan kirim qilingan mulk sifatida hisobdan chiqariladi.
Qurilishi tugatilgan binolar va inshootlar o’rnatilgan uskunalar va obyektlar qayta ta’mirlanishi bo’yicha tugatilgan ishlar - bular dastlabki tannarxning ko’payishiga olib keluvchi asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi. Bunga asosiy vositalarni qabul - topshiruv dalolatnomasi asos bo’la oladi. Shartnoma bilan belgilangan tartibda amalga kiruvchi obyektlar qismi bo’yicha mablag’lar, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan obyekt qismlari bo’yicha qiymatlar o’sha tayyor bo’lgan qismi bo’yicha kirim qilinadi.
Asosiy vositalar qiymatini ko’paytirmaydigan xarajatlar 0810 schetidan ko’zda tutilgan moliyaviy manbadan u yoxud bu ishlar yoki amalga oshirilgan operatsiyalar to’liq tugatilganda hisobdan chiqariladi. Tugatilgan qurilish obyektlarining inventar qiymati quyidagi tartibda aniqlanadi:

  1. Bino va inshootlarning inventar qiymati qurilish ishlari va ularga to’g’ri keluvchi boshqa kapital xarajatlar qo’shilishidan hosil bo’ladi. Boshqa kapital xarajatlar obyektlar inventar qiymatiga to’g’ridan-to’g’ri yo’nalishda kiritiladi. Ular bir necha obyektga tegishli bo’lgan hollarda qiymati shartnoma narxlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Agar obyektlar qismlar bo’yicha ishga tushirilsa, uni smetaga kiritilgan me’yorlar va qurilayotgan obyektlarning umumiy shartnoma qiymatida boshqa kapital xarajatlar ishga tushirilayotgan obyekt inventar qiymatiga kiritiladi. Bu holatda qurilish tugatilgandan va boshqa kapital xarajatlar haqiqiy summasi aniqlangandan so’ng ishga tushirilgan obyektlarning inventar narxini hisob-kitob qilish maqsadga muvofiq.

  2. Uskunaning inventar qiymati uni sotib olishdagi haqiqiy qiymati va sotib olish jarayonida amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar hamda qurilishmontaj ishlari, boshqa kapital xarajatlar qiymatining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Agar qurilish - montaj ishlari yuzasidan xarajatlar hamda boshqa xarajatlar bir necha tur uskunalarga to’g’ri kelsa, u holda ular qiymati yetkazib beruvchilar narxlarida uskunalar turi bo’yicha mutanosib ravishda taqsimlanadi.

  3. Montaj talab qilmaydigan, kam qiymat va tez eskiruvchi uskunalar, qurollar va inventarlar hamda montaj talab qiluvchi doimiy zahiraga olinadigan uskunalar qiymati yetkazib beruvchilarning narxlari va olib kelish qiymati yig’indisidan hosil bo’ladi.

  4. Ko’rsatilgan turdagi uskunalar, qurollar, inventar va ularni hisobdan chiqarish, qurilayotgan obyektlarni ishga tushirish yoki amaldagi obyektlarni rekonstruktsiyalash, texnik qayta jihozlash qiymati 0810 – “Asosiy vositalarni pudrat usulida qurish uchun sarflangan kapital qo’yilmalar” va 0811–“Asosiy vositalarni xo’jalik usulida qurish uchun sarflangan kapital qo’yilmalar” schetlarida bir vaqtning o’zida kirim qilinishi kerak.

Bino -inshootlar, uskunalar, transport vositalari va qurilishdan alohida sotib olingan asosiy vositalar ularni sotib olish va ishga yaroqli darajaga yetkazish xarajatlarini qo’shish natijasida hosil bo’ladi.
Nomoddiy aktivlar inventar qiymati ularni shakllantirish yoki sotib olish va ularni ishga yaroqli holatigacha yetkazish xarajatlarining yig’indisidan hosil bo’ladi.
Nomoddiy aktivlar korxona tashkil etish yoki kirim qilish jarayonida ularning qabul-topshiruv dalolatnomasi asosida nomoddiy aktivlar tarkibiga kiritiladi.
Nomoddiy aktivlar (patentlar, litsenziyalar, dasturlar, yer uchastkalariga mulkiy huquq) 0860 - “Nomoddiy aktivlarni sotib olish uchun sarflangan kapital qo’yilmalar” schetida to’lov hujjatlariga muvofiq aks ettiriladi.
Korxona tomonidan nomoddiy aktivlarning alohida turi shakllantirilganda, 0861 –“Nomoddiy aktivlarni shakllantirish uchun sarflangan kapital qo’yilmalar” schetida haqiqiy xarajatlar qiymatida aks ettiriladi.
Kelgusida korxona faoliyatida foydalanish uchun xarid qilib olingan uskunalar ham kapital qo’yilmalar deb hisoblanishi lozim. Chunki ularning xarid qilib olishdan maqsad kelgusida asosiy vosita sifatida foydalanishdir. Shuning uchun ham o’rnatiladigan jihozlarni hisobga olish uchun hozirgi kunda amaldagi schetlar rejasida ko’zda tutilgan 0710 “O’rnatiladigan jihozlar” scheti o’rniga, ularni 0820 “Asosiy vositalarni xarid qilib olish uchun sarflangan kapital qo’yilmalar” schetida hisobga olish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Bozor munosabatlari sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’zlarining asosiy faoliyatidan tashqari bo’sh turgan mablag’laridan samarali foydalanish maqsadida ularni turli moliyaviy bozordagi qimmatli qog’ozlarga investitsiya qiladi. Moliyaviy bozorda ishtirok etadigan qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan investitsiyalarni baholash ular ishtirokidagi faoliyatdan olingan daromadlarni tan olish va buxgalteriya hisobida aks ettirishda ayrim muammolarni uchrashi ularni hisobga olishni takomillashtirish zaruratini keltirib chiqarmoqda.

Download 0,77 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 0,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III BOB. Boshqa uzoq muddatli muddatli aktivlarning metodologik masalalari

Download 0,77 Mb.